O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi abdulla qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika insituti pedagogika psixologiya fakul’teti maxsus pedagogika kafedrasi,,logopedik ritmika’’fanidan kurs ishi



Yüklə 65,64 Kb.
səhifə2/14
tarix23.06.2022
ölçüsü65,64 Kb.
#62161
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
YAXSHILIKOVA MOXINUR (Автосохраненный)
Abdulla qahhor asarlarida nutq va notiqlik masalalari, 1646289282
Taqrizchi: X.N.Muzaffarova

MUNDARIJA


KIRISH…………………………………………………………
I-BOB.Bolalarda uchraydigan nutq kamchiliklarini ilmiy adabiyotlarda tahlil qilish va kelib chiqish sabablarini o’rganish…………………………………………………
1.1.Bolalarda uchraydigan nutq kamchiliklari haqidagi olimlarning ilmiy nazariy qarashlari……………………………………………
1.2.Nutq kamchiliklarini kelib chiqish sabablari va namoyon bo’lish belgilari…………………………………
II-BOB. Bolalardagi nutq nuqsonlarini bartaraf etish texnalogiyasi
2.1.Bolalarda uchraydigan nutq kamchiliklarini bartaraf etishda zamonaviy va innovatsion metodlarni qo’llash usullari………………
2.2. Bolalardagi nutq kamchiliklarini bartaraf etishda didatik o’yinlardan foydalanish……………………………………….
Xulosa………………………………………………………..
Foydalanilgan adabiyotlar …………………………………..


KIRISH
Mavzuning dolzarbligi oldimizda turgan mustaqil buyuk davlat qurishdek murakkab va sharafli ish darajasini yangi sifat bosqichiga ko‘tarish uchun astoydil harakat qilmog‘imiz darkor. Har qanday ulug‘ maqsadlarga yetishish, yangi jamiyat, farovon turmushni qurish, inson zotiga munosib go‘zal hayot barpo etish, avvalo, shu jamiyat a’zolari bo‘lgan komil insonlarga, kelajak barkamol avlodga bog‘liqdir. O‘zbekiston Respublikasining mustaqilligi ravnaq topib, barcha sohalarda yuksak ishlar amalga oshirilib kelinayotgan shu kunlarda maorif sohasida ham ta’limni isloh qilish borasida samarali natijalarga erishilmoqda. ‘Yangi O’zbekistonda yangicha fikr, yangicha dunyoqarash, bu eng avvalo yosh avlodni har tomonlama bilimli , zukko, barkamol shaxs qilib o’stiris jamiyatni ma’naviy jihatdan boyitib borishni, dunyo hamjamiyatiga integratsiyalashuvni amalga oshirmoqda. Mamlakatimizda jismoniy sog‘lom, ma’naviy yetuk, har tomonlama sog’lom va barkamol rivojlangan, mustaqil fikrlaydigan, intellektual salohiyatga, chuqur bilim va zamonaviy dunyoqarashga ega, Vatanimizning taqdiri va kelajagi uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishga qodir bo‘lgan yosh avlodni tarbiyalab voyaga yetkazish vazifasini izchil davom ettirish uchun aniq maqsadga qaratilgan keng ko‘lamdagi kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirilmoqda. Mamlakatimizda sog’lom va barkamol avlodni tarbiyalashda yoshlarning o’z va intellektual salohiyatini ruyobga chiqarishi, mamlakatimiz yigit qizlarini talablariga to’liq javob beradigan har tomonlama rivojlangan shaxslar etib tarbiyalash bo’yicha keng ko’lamli ishlar olib borilmoqda.
O’zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2021-,yilni ,,Yoshlarni qo’llab- quvvatlash va aholi salomatligini mustaxkamlash yili’’ deb e’lon qilinishi ham yosh avlodni har tomonlama sog’lom voyaga yetkazish barkamol shaxs sifatida tarbiyalash ham kata ahamiyatga ega. O‘zbekiston Respublikasining Ta’lim to’g’risidagi qonunning 20-moddasida. Inklyuziv ta’lim.
-Inklyuziv ta’lim alohida ta’lim ehtiyojlari va individual imkoniyatlarning xilmma- xilligini hisobga olgan holda barcha ta’lim oluvchlar uchun ta’lim tashkilotlarida ta’lim olishga bo’lgan teng imkoniyatlarini ta’minlashga qaratilgan.
-Jismoniy , aqliy, sensor, (sezgi) yoki ruhiy nuqsonlari bo’lgan (shaxslar) uchun ta’lim tashkilotlarida inklyuziv ta’lim tashkil etiladi.
-Inklyuziv ta’limni tashkil etish tartibi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasi tomonidan belgilanadi.
Maktabgacha ta’lim uzluksiz ta’lim sohasini rivojlantirish va shu jumladan Ta’lim to’g’risidagi qonunning 8- moddasida ,,Maktabgacha ta’lim va tarbiya’’
-Maktabgacha ta’lim va tarbiya bolalarni o’qitish va tarbiyalashga , ularga , ma’nviy - axloqiy , estetik va jismoniy jihtdan rivojlantirishga shuningdek bolalarni umumiy o’rta ta’limga tayyorlashga qaratilgan t-Maktabgacha ta’lim va tarbiya olti yoshdan yeti yoshgcha bo’gan bolalarni boshlang’ich ta’limga tayyorlashni nazarda tutadi.
-Maktabgacha ta’lim va tarbiyani tashkil etish tartibi ushbu qonun shuningdek ,,Maktabgacha ta’lim va tarbiya to’g’risidagi’’ qonunida belgilangan.
Maktabgacha ta’lim, uzluksiz ta’limning birlamchi bo’g’ini hisoblanib bolaning har tomonlama yetuk, sog’lom va barkamol bola shaxsini rivojlantirib maktabga tayyor holda boshlang’ich sinfga tayyorlash shu jumladan bola nutqining ravon bo’lishi uning sog’lom va ravon nutqini talaffuz qilishi va nutq nuqsonlarini bartaraf ettirish uchun logopedik shtatlar o’z faolyatini olib bormoqda. Olib borilayotgan chora tadbirlarning negizida nutqiy nuqsonlikning oldini olish bolani sog’lom tug’ilishi bo’lajak ona uchun homiladorlik davrida maksimal darajadagi qulay shart sharoitlarni yaratish oliy maqsad hisoblanadi.
Mamlakatimizda nutq kamchilliklariga ega bo’lgan bolalar bilan olib boriladigan korreksion-pedagogik va tarbiyaviy ishlar olib borilishga katta e’tibor berilmoqda. Bolalardagi nutq kamchiliklarni o’z vaqtida oldini olish nerv psixik kasalliklarni oldini olishdan boshlanadi. Bolaning nutqi qanchalik boy bo’lsa unga o’z fikrlarini bayon qilish shunchalik oson bo’ladi, atrof muhit olamni idrok etishi kengayadi.
Bolani maktabda muvaffaqiyatli ta’lim olishga tayyorlash uchun unga ona tilining barcha boyliklarini egallab olish uchun tegishli shart-sharoitlarni yaratish zarur.Bola nutqining rivoji ko‘p jihatdan uning ruhiyatiga, sog‘lom, tetik o‘sishiga. Ahloqiy sifatlariga o‘quv dasturini o‘zlattirishda me’yorli bajarilishini ta’minlashshiga, qo‘llanmalarning monandligiga bog‘likdir. Bu masalalar maktabgacha ta’limda o‘z echimi ifodasini topishi va o‘z ona tilida ravon gapira oladigan qilib tarbiyalashga qaratilishi zarur. Bolalarning aqliy jarayonini rivojlantirish uchun ularning nutqini o‘stirish zarur: Bola har bir so‘z manosini tushuna olishi uni o‘z nutqida erkin ifodalashga muvofiq bo‘lishi kerak. Tushunchalar tizimiga moslashgan bola o‘z fikrini jamlab gapirishga va ifodalab berishga o‘rganadi. Og‘zaki nutqini o‘stirish bo‘yicha o‘tkaziladigan mashg‘ulotlarda asosan, bolalarning og‘zaki nutqini o‘stirishga, nutqni grammatik tomondan to‘g‘ri shakllantirishga: nutqning morfologik va sintaksis tomonlarini shakllantirishni davom ettirish: sodda va qo‘shma gaplar tuzish, bunda barcha so‘z turkumlaridan foydalanishga o‘rgatish, bolalarni gapirganda sonni otga, sifatni otga, sifatni fe’lga to‘g‘ri ishlatish malakalarini takomillashtirish, tovush va so‘zlarni to‘g‘ri talaffuz etishga, ravon gapirishga, mustaqil hikoya qilishga e’tibor beriladi. Og‘zaki nutqini o‘stirishda mustaqil hikoya qilishga o‘rgatish katta o‘rin egallaydi: bolalalarni o‘z hayotlarida uchragan voqealar, suratlarga qarab, tarbiyachining taklif qilgan mavzusi asosida hikoyalar tuzishga o‘rgatiladi.Tayyorlov guruh bolalarining hikoyalari mazmunan bog‘langan, ma’lum izchillikda, grammatik tomondan to‘g‘ri tuzilgan bo‘lishi kerak.
Maktabgacha yoshdagi bolalar nutqini ravon bo’lishi bolaning bilim salohiyatini yanada kengayishi va bolani har tomonlama sog’lom va barkamol bo’lishi bolalar ravon nutq orqaligina o’z fikrlarini bayon eta oladi.



Yüklə 65,64 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2022
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə