O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti


 Innovatsion texnologiyalar uyg’unligi



Yüklə 1,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/26
tarix18.01.2022
ölçüsü1,74 Mb.
#51362
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   26
akademik litseyda mexanika va molekulyar fizikani oqitishning innovatsion usullari
fizik talimda yangi pedagogik texnologiya
1.3. Innovatsion texnologiyalar uyg’unligi. 

O’zbekiston  Respublikasi  inson  huquqlari  va  erkinliklariga  rioya 

etilishini,  jamiyatning  ma’naviy  yangilanishini,  ijtimoiy  yunaltirilgan  bozor 

iqtisodiyotini  shakllantirishni, jahon hamjamiyatiga  qo’shilishni  ta’minlaydigan 

demokratik huquqiy davlat va ochiq fuqarolik jamiyati qurmoqda. Inson, uning 

har tamonlama uyg’un kamol topishi va farovonligi shaxs manfatlarini ro’yobga 

chiqarishning  sharoitlarini  va  ta’sirchan  mexanizmlarini  yaratish,  eskirgan 

tafakkur 

ijtimoiy 

xulq-atvorning 

andozalarini 

Respublikada 

amalga 


oshirilayotgan islohotlarning asosiy maqsadi va harakatlantiruvchi kuchidir. 

Xalqning  boy  intellektual  merosi  va  umumbashariy  qadriyatlar  asosida 

zamonaviy  madaniyat,  iqtisodiyot,  fan,  texnika  va  texnologiyalarning  yutuklari 

asosida  kadrlar  tayyorlashning  mukammal  tizimini  shakllantirish  O’zbekiston 

taraqqiyotining muhim shartidir.  

Dastur  kadrlar  tayyorlash  milliy  modelini  ro’yobga  chiqarishni  har 

tomonlama  kamol  topgan,  jamiyatda  turmushga  moslashgan,  ta’lim  va  kasb-

hunar  dasturlarini  ongli  ravishda  tanlash  va  keyinchalik  puxta  o’zlashtirish 

uchun  ijtimoiy-siyosiy,  huquqiy,  psixologik-pedagogik  va  boshqa  tarzdagi 

sharoitlarni  yaratilishi,  jamiyat,  davlat  va  oila  oldida  o’z  javobgarligini  his 

etadigan fuqarolarni tarbiyalashni nazarda tutadi. 

O’zbekistonda ta’limni isloh qilish omillari quyidagilardan iborat: 

–  Respublikaning  demokratik  huquqiy  davlat  va  adolatli  fuqarolik 

jamiyati qurish yo’lidan izchil ilgarilab borayotganligi; 

–  Mamlakat  iqtisodiyotini  tub  o’zgartirishlarning  amalga  oshirilishi, 

Respublika  iqtisodiyoti  asosan  xom  ashyo  y0’nalishidan  raqobat  bardosh 

pirovard  mahsulot  ishlab  chiqarish  yo’liga  izchil  o’tayotganligi,  mamlakat 

eksport salohiyatining kengayayotganligi; 

–  Davlat  ijtimoiy  siyosatida  shaxs  manfaati  va  ta’lim  ustivorligi  qaror 

topganligi; 




23 

 

–  Milliy uzviylikni anglashning o’sib borishi, vatanparvarlik,  o’z Vatani 



uchun  iftixor  tuyg’usining  shakllanayotganligi,  boy  milliy  madaniy-tarixiy 

an’analarga va xalqimizning intellektual merosiga hurmat; 

–  O’zbekistonning  jahon  hamjamiyatiga  integratsiyasi,  respublikaning 

jahondagi  mavqei  va  obru-e’tiborining  mustahkamlanib  borayotganligi 

hisoblanadi. 

Uzluksiz ta’limni isloh qilish quyidagilarni nazarda tutadi: 

 

Ta’lim tizimining kadrlar salohiyatini tubdan yaxshilash



  Tarbiyachi,  o’qituvchi,  muallim  va  ilmiy  xodimning  kasbiy  nufuzini 

oshirish; 

  Davlat  va  nodavlat  ta’lim  muassasalarining  har  xil  turlarini 



rivojlantirish; 

 



Ta’lim  tizimini  tarkibiy  jihatdan  qayta  qurish,  ta’lim,  fan,  texnika  va 

texnologiyaning  iqtisodiyot  va  madaniyatning  jahon  miqyosidagi  zamonaviy 

yutuklarini hisobga olgan xolda ta’lim va kasb-hunar ta’limi dasturlarini tubdan 

o’zgartirish; 

  Majburiy  umumiy  o’rta  ta’limdan  o’rta  maxsus,  kasb-hunar  ta’limiga 



o’tilishini ta’minlash; 

 



Ilg’or  texnologiyalarni  keng  o’zlashtirish,  iqtisodiyotdagi  tarkibiy 

o’zgarishlar,  chet  el  investitsiyalari  ko’lamlarining  kengayishi,  tadbirkorlik, 

kichik  va  xususiy  biznesni  rivojlantirish  bilan  bog’liq  yangi  kasb-hunar  va 

mutaxassisliklar  bo’yicha  kadrlar,  shu  jumladan  boshqaruv  tizimi  kadrlarini 

tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish; 

 



Ta’lim jarayoni va kadrlar tayyorlash sifatiga xolis baho berish tizimini 

yaratish va joriy etish

   Uzluksiz  ta’limni  fan  va  ishlab  chiqarish  bilan  integratsiyalashtirish-



ning puxta mexanizmlarini ishlab chiqish va joriy etish. 

Kadrlar  tayyorlash  milliy  modelining  asosiy  tarkibiy 

qismlari 

quyidagilardan iborat: 




24 

 



  Shaxs – kadrlar tayyorlash tizimining bosh sub’yekti va ob’yekti, ta’lim 

sohasidagi  xizmatlarning  iste’molchisi  va  ularni  amalga  oshiruvchi  davlat  va 

jamiyat,  ta’lim  sohasidagi  xizmatlarning  iste’molchisi  va  ularni  amalga 

oshiruvchi; 

   Davlat va jamiyat – ta’lim va kadrlar tayyorlash tizimining faoliyatini 



tartibga  solish,  nazorat  qilishni  amalga  oshiruvchi  kadrlar  tayyorlash  va  ularni 

qabul qilib olishlarning kafillari; 

   Uzluksiz ta’lim – malakali raqobatbardosh kadrlar tayyorlashning asosi 



bo’lib, ta’limning barcha turlarini, davlat ta’lim standartlarini, kadrlar tayyorlash 

tizimi tuzilmasi va uning faoliyat ko’rsatish muhitini o’z ichiga oladi.  

Fan  –  yuqori  malakali  mutaxasislar  tayyorlovchi  va  ulardan 

foydalanuvchi,  ilg’or  pedagogik  va  axborot  texnologiyalarining  ishlab 

chiquvchi:  Ishlab  chiqarish –  kadrlarga bo’lgan ehtiyojni, shuningdek, ularning 

tayyorgarlik  sifati  va  saviyasiga  nisbatan  quyiladigan  talablarni  belgilovchi 

asosiy  buyurtmachi,  kadrlar  tayyorlash  tizimini  moliya  va  moddiy  –  texnika 

jihatidan  ta’minlash  jarayonining  qatnashchisi.  Davlat  va  jamiyat  ta’lim  va 

kadrlar tayyorlash tizimi barcha uchun ochiq bo’lishini va hayot o’zgarishlariga 

moslanuvchanligini ta’minlaydi.  

 

O’zbekiston Respublikasi tomonidan inson huquqlari, ta’lim, bola huquqi 



sohasidagi  shartnomalar  va  konsepsiyalarning  bajarilishi,  kadrlar  tayyorlash 

sohasida  jahon  ilg’or  tajribasini  hisobga  olish  uzluksiz  ta’lim  va  kadrlar 

tayyorlash  tizimining  barcha  jihatlariga  daxldor  bo’lib,  uning  rivojlanishi 

omillaridan biridir [3].  

Respublikamiz Prezidenti I.Karimov ta’lim tushunchasiga milliy didaktik 

nuqtai  nazardan  yondashadi  va  quyidagicha  ta’riflaydi:  «Ta’lim  O’zbekiston 

xalqi  ma’naviyatiga  yaratuvchilik  faoliyatini  baxsh  etadi.  O’sib  kelayotgan 

avlodning  barcha  eng  yaxshi  imkoniyatlari  unda  namoyon  bo’ladi,  kasb-kori 

mahorati  uzluksiz  takomillashadi,  katta  avlodlarning  dono  tajribasi  anglab 

olinadi va yosh avlodga o’tadi.  




25 

 

O’zbekistonda  ta’limning  yangi  modeli  yaratildi  va  uni  kelajakdagi 



«portlash effekti» Prizedentimiz tomonidan ilmiy asoslab berildi:  

  Ijtimoiy-siyosiy 



muhitga 

ijobiy 


ta’sir 

qiladi 


va 

natijada 

mamlakatimizdagi mavjud muhit butunlay o’zgaradi; 

  Insonning hayotdan o’z o’rnini topish jarayoni tezlashadi; 



  Jamiyatda  mustaqil  fikrlovchi  erkin  shaxsning  shakllanishiga  olib 

keladi; 

  Jamiyatimizning  potensial  kuchlarini  ro’yobga  chiqarishda  juda  katta 



ahamiyat kasb etadi; 

 



Fuqarolik  jamiyati  ko’rishni  ta’minlaydi,  model  vositasida  dunyodan 

munosib o’rin olishga o’zbek nomini yanada keng yoyishiga erishiladi.  

«Portlash effekti» – pedagogik jarayon mahsulidir. «...Bu masalaga keng 

jamoatchilik  diqqatini  jalb  etish  kerak»  –  deb  ta’kidlaydi  davlatimiz  rahbari 

«Turkiston»    gazetasi  muxbiri  savollariga  bergan  javobida.  Bu  o’z  navbatida 

yosh  avlodni  erkin  fikrlaydigan,  Vatanga  mehr-muhabbat  ruhida  tarbiyalash 

jarayoniga  ijobiy  ta’sir  kursatadigan  bilimlar  tizimini  yaratishni  takozo  etadi. 

Ana shunday bilimlar sohasi bilan pedagogik texnologiya shug’ullanadi.  

Ilmiy-texnik  taraqqiyot  rivoji  ishlab  chiqarishning  ko’p  sonli  tarmoqlari 

(sanoat,  qurilish,  qishloq  xo’jaligi,  tibbiyot  va  boshqalar.)  bilan  bir  qatorda 

madaniyat  sohasiga,  ijtimoiy-gumanitar  bilimlar  doirasiga  ham  yangi 

texnologiyalarni  joriy  etishni  taqozo  etmoqda.  Shu  boisdan  kadrlar 

tayyorlashning milliy dasturida «O’quv – tarbiyaviy jarayonni ilg’or pedagogik 

texnologiyalar  bilan  ta’minlash  e’tirof  etildi  hamda  ikkinchi  va  uchinchi 

bosqichning  jiddiy  vazifalaridan  biri  sifatida  belgilandi.  Ma’lumki,  milliy 

dasturning maqsad va vazifalari bosqichma-bosqich ro’yobga chiqariladi.  

Ta’lim  muassasalarning  moddiy  texnika  va  axborot  bazasini 

mustahkamlash davom ettirilmoqda, o’quv-tarbiya jarayoni yuqori sifatli o’quv 

adabiyotlari va ilg’or pedagogik texnologiyalar bilan ta’minlash ham oxirigacha 

yetkazilgan emas. 




26 

 

Pedagogik  texnologiya  ta’lim  jarayonini  tashkil  etish,  tayyorlash  ilmiy 



metodik  jihatdan  ta’minlash,  amalga  oshirish,  ta’lim  natijalarining  sifatini 

baholashdan  iborat  bo’lgan  yaxlit  tizimda  o’z  ifodasini  topadi.  Shu  sababdan 

milliy ta’lim – tarbiya tizimini takomillashtirish uchun yangi tipdagi o’quv reja, 

o’quv  dasturlari  va ta’lim  standartlari  yaratildi,  lekin uni  to’la  amalga  oshirish 

uchun ta’lim mazmuniga yangi pedagogik natijalar, texnologiyalarni olib kirish, 

ularni joriy etishning qulay shart-sharoitlarini yaratish lozim.  

Uzoq yillar davomida pedagogik texnologiya nazariyasi va amaliyoti bir – 

biriga  bog’liq  bo’lmagan  holda  o’rganib  kelindi.  Natijada,  o’qitish  jarayonini 

takomillashtirishga  yoki  o’quvchilarning  bilish  faoliyatini  rivojlantirishga 

qaratilgan  u  yoki  bu  ilg’or  metodikalar  texnologiya  darajasida  ko’tarila  olmay, 

asta-sekinlik  bilan  o’z  mavqeini  yo’qotib  pedagogika  fanidan  uzoqlasha 

boshlagan edi. Masalan: asrimizning 60–yillarida katta shovqinga sabab bo’lgan 

«Dasturlashtirilgan  ta’lim»  (Програмированное  обучение)  yoki  70–yillarda 

Sobiq  Ittifoq  miqyosidagi  («Shatalovchilik  рarakati»)  ni  eslashning  o’zi 

kifoyadir [21].  

Bugungi  kunda  mamlakatimizda  mutaxasislarning  ilmiy  salohiyatini 

birlashtirishga imkoniyatlar yetarli. Nazariya va amaliyot birligini ta’minlanishi 

pedagogik 

texnologiyaning 

asl 


mohiyatini 

aniqlashga 

yo’l 

ochadi. 


Olimlarimizning  fikricha,  yangi  pedagogik  texnologiya  pedagogika  faning 

alohida  tarmog’i  sifatida  yoki  faqat  ta’lim  amaliyotini  maqbullashtirishga 

yo’naltirilgan  tizim  deb  qarash  mumkin  emas.  Pedagogik  texnologiya  bu 

pedagogika  sohasidagi  nazariy  va  amaliy  izlanishlarni  birlashtirish  doirasidagi 

faoliyatni aks ettiradi.  

Pedagogik  texnologiyalar  uning  elementlarining  hozirgi  zamon  ta’lim 

amaliyoti  jarayonida  qo’llanilishi  va  shakllanyotganligi  haqida  xorijiy 

nazariyotchi pedagoglar qatorida K.Zaripov, N.Sayidaxmedov, U.Nishonaliyev, 

X.Abdukarimov  kabi  mamlakatimizning  taniqli  olimlari  ham  bir  qator  ilmiy 

maqolalar e’lon qilganlar [22].  




27 

 

Pedagogik  texnologiya  boshqa  sohalardagi  texnologik  tajribalar  bilan 



uzluksiz  boyib  boradi  va  an’anaviy  o’quv  jarayoniga,  uning  samarasini 

oshirishga ta’sir ko’rsatishning yangi imkoniyatlarini egallab oladi. Afsuski bu 

jarayon 

hozirgi 


ta’lim 

tizimida 

juda 

qiyin 


kechayapti, 

haqiqiy 


komp’yuterlashgan pedagogik texnologiya o’zining ilmiy ishlanmasini kutyapti: 

«komp’yuterlarning  shu  kundagi  qo’llanilishi  ekstensivlik  xolos,  an’anaviy 

o’quv  kurslari  shunchalik  ekran  monitoriga  joylashtirilyapti».  Shu  yerda 

pedagogik texnologiya va axborot texnologiyasi o’rtasidagi o’zaro munosabatni 

oydinlashtirish  lozim  bo’ladi.  Keyingi  vakqlarda  ba’zi  bir  olimlar  (ayniqsa, 

informatika  fani  vakillari)  pedagogik  texnologiyani  axborotlashtirishga  qo’yish 

yoki  tenglashtirish  (ba’zan  ustun  qo’yish)  ni  yoqlamoqdalar.  Ta’lim  –  tarbiya 

jarayonini texnologiyalashtirish tarixiga nazar soladigan bo’lsak, bu jarayon XX 

asrning  ikkinchi  yarmidan  boshlab  ob’yektiv  voqealikka  aylandi. 

Axborotlashtirish  esa,  bu  jarayondagi  inqilobiy  burilishidir.  Oddiy  til  bilan 

aytganda  ta’limda  «axborot  texnologiyasi  –  bu  o’quvchi  –  komp’yuter» 

o’rtasidagi muloqotdir [7, 9].  

Ta’limni 

texnologiyalashtirish 

ob’yektiv 

jarayon 


ekanligini, 

zamonaviyligi  esa  ilmiy  texnik  taraqqiyot  yunalishi  bilan  belgilanganishini 

e’tirof  etgan  holda  pedagogik  texnologiyaning  o’ziga  xos  tomonlari  va  yaqin 

kelajakda u bilan bog’liq bo’lgan vazifalar, olimlarning fikricha quyidagilardan 

iborat:  

  Ko’p  bosqichli  ta’lim  tizimida  pedagogik  texnologiyalarning 



mohiyatini asoslash va zaruriy tavsiyanomalar ishlab chiqish; 

  Zamonaviy  sanoat,  tibbiyot,  iqtisodiyot,  ekologiya  kabi  soha 



texnologiyalari  bilan  pedagogik  texnologiyalarni  muntazam  ravishda  yangilab 

borish  va  tabaqalashtirilgan  yondashuv  asosida  ularni  qo’llash  mezonlarini 

aniqlash; 

   Istiqbolli o’qitish vositalarini yaratish va ularga tayangan  holda ilg’or 



pedagogik  texnologiyalarni  loyihalashtirish,  pedagogik  amaliyotga  joriy  etish, 

ommalashtirish va samaradorlik darajasini aniqlash; 




28 

 



   Tegishli  boshqaruv  organlari  (ta’lim  markazlari)  tomonidan  o’quv 

muassasalari  faoliyatida  yangi  pedagogik  texnologiyalarni  tadbiq  etilish 

darajasini nazorat  qilish va baholash

   Respublikamiz  uzluksiz  ta’lim  tizimida  faoliyat  ko’rsatayotgan 



proffesor-o’qituvchilarni malaka oshirish va  qayta tayyorlash kurslarida, ilg’or 

pedagogik va innovatsion texnologiyalari kabi yangi yangi bilimlar tizimi bilan 

qurollantirishni muntazam tashkil etish; 

  Respublikamizda  faoliyat  ko’rsatayotgan  ijodkor  o’qituvchilar  ish 



tajribalarini  muntazam  o’rganib  tahlil  etish,  umumlashtirish  va  ular  tomonidan 

yaratilgan  metodik  ishlanmalar,  pedagogik  texnologiya  elementlarini  yangi 

pedagogik  va  innovatsion  texnologiya  darajasiga  ko’tarish  borasidagi  ilmiy-

nazariy, amaliy ishlarni ro’yobga chiqarish lozim. 




Yüklə 1,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2022
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə