O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti


Bitiruv  malakaviy  ishining  tarkibi  va  hajmi



Yüklə 1,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/26
tarix18.01.2022
ölçüsü1,74 Mb.
#51362
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   26
akademik litseyda mexanika va molekulyar fizikani oqitishning innovatsion usullari

Bitiruv  malakaviy  ishining  tarkibi  va  hajmi.  Malakaviy  bitiruv  ishi 

12438  so’zdan  iborat  bo’lib,  72  betda  bayon  etilgan,  bunda  u:  kirish,  2  bob, 

xotima, foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati, 41 chizmadan tashkil topgan. 



10 

 

I. 



INNOVATSION 

TEXNOLOGIYALAR 

– 

TA’LIM 

TARAQQIYOTINING HARAKATLANTIRUVCHI KUCHI 

1.1.  O’rta  maxsus,  kasb-hunar  ta’limida  zamonaviy  texnologiyalar 

tadqiqoti masalalari. 

O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  Davlat  maslahatchi  xizmati  va 

Vazirlar  Mahkamasi  ta’lim,  sog‘liqni  saqlash,  ijtimoiy  muhofaza,  axborot 

tizimlari  va  telekommunikatsiyalar  kompleksining  2010  yil  17  martdagi 

qo‘shma  yig‘ilishi  bayonida  belgilangan  vazifalar  asosida  ishlab  chiqilgan 

Vazirlikning  “Xalq  ta’limi  tizimi  faoliyatini  mazmunan  takomillashtirish  va 

samaradorligini  oshirish  bo‘yicha  chora-tadbirlar”  ining  ijrosini  ta’minlash, 

umumiy  o‘rta  ta’limda  uzviylashtirilgan  Davlat  ta’lim  standartlari  sharhlari  va 

o‘quv  dasturlarini  amaliyotga  joriy  etish,  ta’lim  sifati  va  samaradorligini 

oshirishga qaratilgan pedagogik texnologiyalarni tizimga keltirish, rivojlantirish, 

optimallashtirish  va  eng  maqbullarini  tanlab  olish  hamda  ta’limda  yuqori 

samaradorlikni ta’minlashga xizmat qilish maqsadida Xalq ta’limi vazirligining 

buyrug‘i qabul qilindi. 

Vazirlikning  2010  yil  20  dekabrdagi  “Ilg‘or  pedagogik  texnologiyalar 

bo‘yicha tajriba-tadqiqot maydonlari faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” gi 289-

sonli  buyrug‘iga  asosan  ilg‘or  pedagogik  texnologiyalar  bo‘yicha 

Respublikamizda bir necha  umumta’lim maktabi va akademik litseylari tajriba-

tadqiqot  maydoni  etib  belgilandi  [15].  Mazkur  ta’lim  muassasalarida  quyidagi 

bosqichlarda, ya’ni:  

  Moslashtiruv bosqichi -2010-2011 o‘quv yilining III-IV choraklari; 



  Faol bosqich- 2011-2012 o‘quv yili; 

  Yakunlovchi bosqich  –  2012-2013  o‘quv  yilida tajriba-tadqiqot  ishlari 



olib borilishi yo‘lga qo‘yildi. 

Yuqorida  ta’kidlab  o‘tilgan  buyruqning  qabul  qilinishidan  ko‘zlangan 

asosiy maqsad – ta’limning uzviylashtirilgan Davlat ta’lim standartlari va o‘quv 

dasturlarini  amaliyotga  joriy  etish,  ta’lim  sifati  va  samaradorligini  oshirishga 




11 

 

qaratilgan  pedagogik  texnologiyalarni  tizimga  keltirish  va  ularni  sinovdan 



o‘tkazishdan iboratdir. Shundan kelib chiqqan holda, 2010-2011 o‘quv yilining 

3-choragidan  boshlangan  va  ayni  paytda  mazkur  jarayonning  moslashtiruv 

bosqichi  olib  borilayotgan  tajriba  –  tadqiqot  maydonlarida  pedagogik 

texnologiyalar samaradorligi aniqlanmoqda. 

Tajriba  nima?  Tadqiqotchi?  Bu  ikki  tushuncha  ilmning  mohiyatini, 

ahamiyatini, istiqbolini belgilab beruvchi jarayondir. Shu bois doimo ilm-fan va 

jamiyat  taraqqiyotida  muhim  ahamiyatga  ega  bo‘lgan  yangiliklar  ustidagina 

tadqiqotlar  olib  borilsa,  u  bilimli  va  mahoratli  mutaxassislar  tomonidan 

o‘tkazilgan  tajriba  natijalariga  ko‘ra  hayotga  tatbiq  etiladi.  Bir  so‘z  bilan 

aytganda,  tajriba-tadqiqot  jarayoni,  u  qaysi  sohaga  taalluqli  bo‘lmasin,  kelajak 

avlod taqdiri bilan chambarchas bog‘liqdir. Qayd etilgan Vazirlikning buyrug‘i 

asosida  Respublikamiz  tajriba-tadqiqot  maydonlarida  ana  shu  mas’uliyatni  his 

qilgan holda jarayon olib borilmoqda. 

Tajriba-tadqiqot ishlar, avvalgi tajriba-sinov jarayonlardan farqli ravishda, 

akademik  litsey  va  kasb-hunar  kollejlarida  barcha  fan  yo‘nalishlari  bo‘yicha, 

ya’ni  tabiiy  fanlar  (geografiya,  kimyo,  biologiya,),  aniq  fanlar  (matematika, 

informatika fizika), ijtimoiy fanlar (tarix, huquq, iqtisodiy bilim asoslari, milliy 

istiqlol g‘oyasi turkumiga kiruvchi fanlar), gumanitar fanlar (ona tili, adabiyot, 

o‘zbek  tili,  xorijiy  tillar)  bo‘yicha  tashkil  etiladi.  Shu  bois  tajriba-tadqiqot 

maydonlari etib tanlangan ta’lim muassasalarning pedagogik jamoasi salohiyati, 

rahbarlarning  tashkilotchilik  qobiliyati,  o‘sha  muassasalarda  ko‘p  yillik  yaxshi 

an’analarning  mavjudligi  va  ta’lim  muassasasining  moddiy-texnik  bazasi  kabi 

omillariga e’tibor qaratildi. Yana bir jihati, mazkur ta’lim muassasalari tajriba-

maydonlari emas, tajriba-tadqiqot maydonlari, deb atalmoqda. 

Barchamizga  ma’lumki,  tadqiqot-juda  keng  ma’noni  o‘z  ichiga  oladi. 

Tajriba-tadqiqot  maydonida  faoliyat  ko‘rsatayotgan  har  bir  fannning 

tadqiqotchi-o‘qituvchisi  tomonidan  optimallashtirilgan  o‘quv  dasturidagi 

mavzular sinchiklab ko‘zdan kechiriladi va ular orasidan nisbatan murakkabroq 

bo‘lgan mavzular ajratib olinadi. Respublika ta’lim markazi tomonidan ham ana 



12 

 

shunday  mavzular  bo‘yicha  ishlangan  dars  ishlanmalari  amaliyotda  qo‘llab 



ko‘rishlari  uchun  taqdim  etiladi.  Tadqiqotchi  o‘qituvchi  Respublika  ta’lim 

markazi  tomonidan  berilgan  murakkab  mavzular  va  o‘zi  tanlab  olgan 

mavzularni  solishtirib  chiqadi.  Shundan  so‘ng  fani  bo‘yicha  umumiy  taqvim-

mavzu  rejasidan  ana  shu  murakkab  mavzular  qaysi  kuni,  nechanchi  soatda 

o‘tilishini  aniqlab,  ta’lim  muassasasining  o‘quv  ishlari  bo‘yicha  o‘rinbosariga 

taqdim  etadi.  U  esa  o‘z  navbatida  barcha  fan  o‘qituvchilaridan  ana  shunday 

ro‘yxatlarni olgach, alohida jadval tuzadi. Jadval direktor tomonidan tasdiqlanib

ko‘rinarli joyga osib qo‘yiladi. Tadqiqotchi –o‘qituvchi uslubiy birlashma bilan 

kelishilgan holda darsga kimlarni taklif etishni belgilaydi. Yodda tutish lozimki, 

tadqiqot  sifatida  o‘tilayotgan  darslarda  kuzatuvchi  bo‘lishi  maqsadga 

muvofiqdir.  Dars  jarayonida  tadqiqotchi-o‘qituvchi,  uslubiy  birlashma  a’zosi, 

litsey  rahbariyati  vakili,  o’rta  maxsus,  kasb-hunar  ta’limi  muassasalari 

faoliyatini  metodik  ta’minlash  va  tashkil  etish  tuman  (shahar)  bo‘limlari 

mutaxassisi,  viloyat  pedagog  kadrlarni  qayta  tayyorlash  va  malakasini  oshirish 

instituti hamda viloyat metodika markazi mutaxassislari ishtirok etishi lozim. 

Tadqiqotchi-o‘qituvchi, avvalo, har bir darsning aniq texnologik xaritasini 

tuzadi.  Shu  o‘rinda  darsga  tayyorgarlik  ko‘rishga  ketgan  vaqt,  sarf  etilgan 

qo‘shimcha  moddiy  resurslarni  qayd  etib  qo‘yadi.  Negaki,  taklif  etilayotgan 

innovatsion pedagogik texnologiyaning aniq samarasini bilish uchun sarflangan 

vaqt  va  moddiy  resurslar  qiymatini  taqqoslash  va  shundan  kelib  chiqqan  holda 

erishilgan natija sarflangan “buromad” ga arziydimi yoki yo‘qmi, degan savolga 

javob  topish  lozim.  Chunki,  qaysidir  bir  yangi  pedagogik  texnologiya 

o‘qituvchidan juda ko‘p vaqt hamda ortiqcha qo‘shimcha resurslar talab etsayu, 

o‘zlashtirish  samaradorligi  shunga  yarasha  bo‘lmasa,  tabiiyki,  bunday 

texnologiyadan voz kechiladi. 

Demak,  tadqiqotchi-o‘qituvchi  ana  shunday  tadqiqotchilik  salohiyatiga 

ega  bo‘lishi  lozim.  Dars  tugagach,  shu  zahoti  o‘tilgan  dars  qanday 

o‘zlashtirilganini  aniqlash  uchun  o‘quvchilardan  qisqa  muddatli  (8-12  daqiqa) 

nazorat  ishi  olinadi.  Nazorat  natijasiga  ko‘ra  5  ballik  tizimda  o‘rtacha  baho 



13 

 

chiqariladi.  Shundan  so‘ng  dars  tahlili  mezoniga  ko‘ra  tahlil  o‘tkaziladi  va  bu 



haqda  bayonnoma  tuziladi.  Bu  bilan  qo‘llanilgan  pedagogik  texnologiya 

samaradorligiga  baho  beriladi.  Muvofiqlashtiruvchi  guruh  taqdim  etilgan 

bayonnomalar asosida xulosa chiqaradi. 

Tajriba-tadqiqot 

maydonida 

faoliyat 

ko‘rsatayotgan  tadqiqotchi-

o‘qituvchilar jarayonda quyidagilarni bilishi va amal qilishi lozim, jumladan: 

 

Pedagogik  tamoyillarga  to‘laqonli  amal  qilish  barobarida  o‘z  ustida 



doimiy izlanishlar olib borishi, ya’ni ilmiy, metodik kitoblarni o‘qishi, bugungi 

kunda  dunyo  davlatlari,  mamlakatimizdagi  mavjud  ilg‘or  ish  tajribalarni 

o‘rganishi,  metodlar,  usullar  va  vositalardan  dars  jarayonida  foydalanib,  tahlil 

qilib borishi va o‘tilgan darsning samaradorligini aniqlashi; 

 

Ilg‘or  pedagogik  texnologiyalarni  o‘quv  fani  hamda  dars  maqsadiga 



muvofiq tanlay olishi va amaliyotga tatbiq etishi

  Interfaol darsning an’anaviy darsdan ustunligini anglashi va har ikkala 



dars shakllaridan o‘rinli foydalanish malakasiga ega bo‘lishi; 

 



O‘quvchi  shaxsiy  sifatlaridagi  o‘ziga  xoslik  munosabatlarini  yakdillik 

bilan  anglay  olishi  va  individual  mahorat  orqali  yondashish  malakasiga  ega 

bo‘lishi; 

 



Dars  maqsadlariga  erishish  yo‘llarini  bilishi,  dars  bosqichlari  tarkibiy 

tuzilishiga to‘liq tayanishi lozim. 

Albatta,  tajriba-tadqiqot  ishlarini  samarali  tashkil  etishda  metodik 

xizmatni  amalga  oshiruvchi  Respublika  ta’lim  markazi,  T.N.Qori  Niyoziy 

nomidagi  O‘zbekiston  Pedagogika  fanlari  ilmiy-tadqiqot  instituti,  A.Avloniy 

nomidagi  xalq  ta’limi  xodimlarini  qayta  tayyorlash  va  malakasini  oshirish 

markaziy  instituti,  Viloyat  metodika  markazi,  o’rta  maxsus,  kasb-hunar  ta’limi 

muassasalari  faoliyatini  metodik  ta’minlash  va  tashkil  etish  tuman  (shahar) 

bo‘limlari  mutaxassisi,  akademik  litsey  va  kasb-hunar  kolleji  rahbariyati,  fan 

uslubiy  birlashmalari  hamkorlikda  reja  asosida  izchil  metodik  xizmat 

ko‘rsatishlari  talab  etiladi.  Buning  uchun  birinchi  navbatda  tajriba-tadqiqot 

maydonlaridagi  tadqiqotchi-o‘qituvchining  kasbiy  mahoratini  rivojlantirishga 




14 

 

oid ishlarni bosqichma-bosqich amalga oshirish zarur. Ya’ni: o‘quv xonalarining 



jihozlanishi,  texnik  va  metodik  ta’minoti  to‘g‘risidagi  ma’lumotlardan  kelib 

chiqqan  holda  aniqlangan  kamchiliklarni  bartaraf  etishda  amaliy  yordam 

ko‘rsatish;  o‘qituvchining  belgilangan  dastur-reja  asosida  topshiriqlarni  o‘z 

muddatida,  shoshma-shosharlikka  yo‘l  qo‘ymasdan,  natijaviyligini  ta’minlagan 

holda bajarishi uchun metodist va ta’lim muassasasining o‘quv ishlari bo‘yicha 

direktor o‘rinbosari muntazam amaliy yordamini rejalashtirishi lozim. Jumladan, 

o‘qituvchi  darslarini  va  o‘quvchilarning  o‘zlashtirish  darajasini  tahlil  qilish  va 

o‘qituvchi  faoliyatidagi  mavjud  bo‘shliqlarni  aniqlab,  zaruriy  ehtiyojlar 

ro‘yxatini  tayyorlash  va  bu  borada  metodik  yordam  ko‘rsatish;  o‘qituvchining 

mustaqil  o‘z  ustida  ishlash  rejasini  tuzishda  amaliy  yordam  berish  muhim 

ahamiyat kasb etadi. 

Tajriba-tadqiqot jarayoni bir qancha mas’ul xodimlar, o‘qituvchi, metodist 

va ilmiy rahbarlar hamkorligida amalga oshiriladigan katta miqyosdagi faoliyat 

bo‘lib,  mazkur  jarayon  izchil  va  mukammal  tahlilni  talab  etadi.  Buning  uchun 

tajriba-tadqiqot  jarayonining  har  bir  pog‘onasida  xodimlar  o‘z  faoliyatlari 

yuzasidan muntazam kuzatuv yuritib borishlari lozim bo‘ladi. Shularni hisobga 

olgan  holda  “Pedagogik  texnologiyalar  tajriba-tadqiqoti”  nomli  tavsiyalar, 

shuningdek, “Ijtimoiy fanlarni o‘qitishning interfaol metodlari”, “Tabiiy fanlarni 

o‘qitishda  interfaol  metodlar”,  “Gumanitar  fanlarni  o‘qitishda  interfaol 

metodlar”,  Aniq  fanlarni  o‘qitishda  interfaol  metodlar”  nomli  qo‘llanmalarda 

esa  tajriba-tadqiqot  maydonlarida  joriy  etilishi  lozim  bo‘lgan  pedagogik 

texnologiyalar  turlari  va  ularni  o‘quv  jarayonida  qo‘llash  metodikasi  o‘z 

ifodasini  topgan.  Barcha  fanlardan  tayyorlangan  tavsiyalar  va  pedagogik 

texnologiyalar  asosidagi  namunaviy  dars  ishlanmalari  Respublika  miqyosida 

faoliyat ko‘rsatayotgan tajriba-tadqiqot maydonlariga taqdim etilgan. 

Ta’kidlash  joizki,  metodik  xizmat  ko‘rsatish  jarayonida  asosiy 

buyurtmachi  ekspert  o‘qituvchi  hisoblanadi.  Ularga  amaliy-metodik  yordam 

ko‘rsatish,  o‘quv-tarbiya  jarayoniga  muammosiz  to‘laqonli  tayyor  holda 

kirishlari uchun qaysi  yo‘nalishda  bilim,  yangiliklar  va qo‘shimcha  materiallar 



15 

 

zaruriyati haqida tajriba-tadqiqot maydonlarining mas’ul metodistlariga, ular o‘z 



navbatida  esa  Respublika  ta’lim  markaziga  murojaat  etishi  va  hamkorlikni 

kuchaytirishi 

lozim. 

Shunda 


tajriba-tadqiqot 

maydonlaridagi 

ishlar 

samaradorligini  ta’minlash  uchun  kerakli  bo‘lgan  maqsadli  metodik  xizmat 

ko‘rsatish imkoniyati vujudga keladi. Eng muhimi, ta’lim tizimi takomillashuvi 

yo‘lida  ishonch  bildirilgan  tajriba-tadqiqot  maydonining  tadqiqotchi-

o‘qituvchilarimiz  o‘zlarining  bugungi  xulosalari  ertangi  ta’lim  sifati  va 

samaradorligida  muhim  ahamiyatga  ega  ekanligini  hech  qachon  unutmasliklari 

lozim. 


Yüklə 1,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin