O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI MIRZO ULUG‘BEK NOMIDAGI O‘ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETINING JIZZAX FILIALI
“Amaliy matematika” fakulteti
Iqtisodiyot kafedrasi
Fanidan
MUSTAQIL ISH
Mavzu:________________________________________________________________________________________________.
BAJARDI: 927-21-guruh talabasi A.Mirzaxmadov.
QABUL QILDI: ________________
Jizzax_2022
REJA:
1.İlmiy texnika inqilobining mohiyati va xarakterli xususiyatlari, asosiy
yo’nalishlari.
2.İTİning tarkibiy qismlari.
3.İTİ va xo’jalikning tarmoq tarkibidagi o’zgarishlar.
4.İTİning ishlab chiqarish kuchlarini joylashishiga tasiri va iqtisodiy
o’sishning asosi ekanligi.
5.İTİning xo’jalikni o’sish suratlari va rivojlanish darajasiga tasiri.
6.İTİ va atrof muxit muammosi.
İjodiyotning butun madaniyat taraqqiyoti ilmiy texnika progressi bilan
chambarchas bog’liq bo’lib, fanda va texnikada yuz bergan evolyutsion jarayonni
ifodalaydi. Uning evolyutsion yo’l, ilmiy evolyutsion va inqilobiy yo’llari mavjud
inqilobiy yo’l mutlaqo fan texnika va ishlab chiqarishdagi, yani sifat
o’zgarishlarini ifodalaydi. Xuddi shunday sifat o’zgarishlari XX asrning 50
yillarining o’rtalaridan boshlaydi va İTİ nomini oldi.
İTİ ishlab chiqarish kuchlarining muxim sifat o’zgarishlarini yaratish
bevosita ishlab chiqarish kuchlariga aylanishini, shuga mos ishlab chiqarishning
moddiy texnika bazasidagi sifat o’zgarishlarini ijtimoiy mehnat taqsimoti, ishlab
chiqarish kuchlari tarkibi, mexnat xarakterini o’zgarishlarini ifodalaydi.
İTİ tarixan o’zgarishlari quyidagilarda ifoadalangan:
a) Evropaning bir qator mamlakatlaridagi XVIII-XIX asrlarda manfaktura
bosqichidan, fabrika zavod bosqichiga o’tish jarayoni yoki «Birinchi sanoat
inqilobi», XIX asr o’rtalarida boshlangan fanning bevosita ishlab chiqaruvchi kuga
aylanishi ki «İkkinchi sanoat inqilobi».
b) XX asr oxirgi o’n yilligidan boshlangan fanda, texnikada va jamiyatdagi
tub sifat o’zgarishlarini ifodalovchi uchinchi sanoat inqilobi yani «pos-industriya
inqilobi».
Bugungi İTİning 18-19 asrdagi sanoat inqiloblaridan bir muncha farqi bor.
Barcha jabhalarni qamrab olganligi. Agar sanoat inqilobi faqat sanoat,
taransport va aloqada yuz bergan bo’lsa, İTİ kup tarmoqli bo’lib ishlab chiarish va
istemolchi, turmush va madaniyatni xamda inson psixalogiyasini xam qamrab
olganligi. Shuning uchun uni raisi AES, EXM kosmik kemadir.
İTİ tuzimdan ibrat bo’lib, inson faoliyatini qamrab olgan, bu mano tuzimni
4ta kichik tuzimga ajiratish mumkin.
A) Fonda amalga oshib davom etayotgan tabaqalanish jarayoni
integratsiyani tugatilishiga olib keldi va endi fanlarni biofizika, bu texnalogiya,
geotin.
B) jamiyatning tabiatga tasirini kuchaytirishi.
V) İshlab chiqarishda va moddiy turmush sharoitini
Yaxshilanishida.
G) boshqarishda qaysini, ishlab chiqarish va istemolda samarali yo’l
bo’lmoqda. Bugungi kunda boshqarishnazariyasi (axborot nazariyasi) vjudga keldi.
İTİ keng qamrovli va universal bo’lib, to’rtta bosh xususiyatga ega:
1. Keng qamrovli va universallik.
İTİ iqtisodiy va ijtimoiy hayotning barcha tarmoq va shalarini mehnat
xarakteri, turmush va inon psixologiyasini juda tez o’zgartirmoqda. Agar yaqin
vaqtilarga qadar uning ramzi EHM, raketa, atom elektrostantsiyalari, rabototexnika
bo’lsa, bugungi kunda ekologik muammolar echimlarini shlab chiqarish, ishlab
chiqarishda berk texnologik tizimni yaratish, axborotlar texnologiyasi va insoning
o’zini saqlab qolishdan iborat o’blib qolmoqda. İTİ nafaqat er sharini, balki,
kosmik kenglik va dunyo ekeanini ham qambrab oldi.
2. İlmiy texnik o’zgarishlarning xaddan tashqari tezlashuvi.
İlmiy tadqiqot va konstruktorlik byurolaridagi ixtiro va kashfiyotlarning
ishlab chiqarishga tadbiqining tezlashuvi natijasida maxsulotlarning doimiy
yangilanib borishi va turlarining to’xtovsiz ko’payishi yuz bermoqda.
3. Yuqori malakabiy mexnatga bo’lgan talab va extiyojning ortishi.
Mexnatning tobora intellektual xarakter kasb etishi natijasida mehnat
resurslarining ixtisosiy va malakaviy tuzilishida iqtisodiyotning tarmoq tarkibidagi
o’zgarishlariga mos jarayonlar yuz bermoqda.
4.Deyarli barcha iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarda bozor iqtisodiyotiga
o’tayotgan, xatto rivojlanayotgan mamlakatlarda xam XX asrning 80-yillaridan
boshlab ilmiy tadqiqot, konstruktorlik tajriba ishlariga bo’lgan extiyojning
kuchayishi «İlm talab» sohalarning kengayishi fan shaharlari va markazlarini
yuzaga keltirdi.
İTİning asosiy yo’nalishlari 1-energetika bazasida, 2-mexnat vositalarida, 3-
mexnat predmetlarida va 4-mehnat vositalarida yuz bermoqda.
Bugungi energetika sanoati tarmog’i juda murakkab tizimdagi va qator
kichik tizimlardan iborat.
Ёqilg’i energetika kopleksi xo’jaligining rivojlanishi, tarkibi va darajasiga
kuchli tasir ko’rsatdi. Energetika bilan juda ko’plab muammo, birinchi navbatda
energiya bilan taminlash muaommasi turadi. Jaxon energetika resursi juda katta.
Akademiklar Krillin V.N. va Shkolnikov N.V. baxosiga qaraganda ananaviy
yoqilg’ilar o’tin, ko’mir, neft, tabiiy gaz, yonuvchi slanets 12,5 trln yoqilg’idan
iborat. Bugungi jaxon energiya istemol qilish darajasi o’rtacha yiliga 11-12 mlrd.
T.Sh.E.B teng bo’lsa, 1000 yilga etadi. Gidroenergi resurslarining potentsial
zaxirasi esa 33 trli kvts bo’lib, uning 1/10 qismi foydalanilmoqda xolos. Ammo
shu narsa xarakterliki, XX asr 70 yillaridan boshlab dastlab iqtisodiy jixatdn
rivojlangan mamlakatlarda, so’ngra sobiq satsnalistik mamlakatlarda energiya
qashshoqligi ko’zga tashlanib qoldi. Chunki bugungi texnika imkoniyatlari mavjud
energiya resurslarining faqatgina 1/3 qismdan foydalanish imkoniyatini beradi
xolos. Ko’pgina mamlakatlarda energo resurslarni qazib olish sharoiti tobora
murakkablashmoqda. Oldin energo resurslardan foydalanish koeffitsienti 30% dn
oshmas edi. Jaxon bo’yicha energiya istemol qilish darajasi esa har 15-18 yilda 2-
marta oshmoqda. XXI asr boshlarida 20-25 mlrd t.e.b ortishi mumkin. Natijada
ko’pgina ming yillar to’g’risidagi bashoratlar kuchga chiqadi va energoresurslar
zahirasi 100-200 yilga etadi xolos.
Keyingi vaqtda jaxon enegietikasida mutlaqo yangi energiya atom
energiyasidan foydalanish imkonini ochdi. 1960 yil dunyo mamlakatlari bo’yicha
20 AES bergan quvvati 1 mln kvt bo’lsa, 1980 yil AES bergan quvvati 200 mln
kvt, 1990 yil 300 mln kvtga etdi. XX asr boshlarida 10-15 marta ortishi
kuzatilmoqda.
Shuningdek, alternativ energoresurslr gazsimon yoqilg’i olish, bitumlashgan
qumlardan Kanada geotermal (A+Sh, Rossiya. İtaliya, Yangi Zelandiya, Meksika,
Yaponiya, İspaniya) dengiz suvini ko’tarilishi va qaytishi (Farntsiya, Rossiya)
uquyosh va shamol energiyasidan foydalanish, vodoroddan yoqilg’i sifatida
foydalanish, istiqbolda boshqariladigan termoedro sintezi orqali insoniyatni elektr
energiyasi bilan to’la taminlashga qaratilgan edi.
Mexnat vositalarini o’zgarishda evolyutsion yo’l mexnat vositalarini
takomillashtirish va ixchamlashtirishdan iborat. Bu ishlab chiqarish kontsent
ratsiyasida yaqqol ko’rinadi. Sanoat va energiya bloklari quvvatini oshirish (3-4
mln kvt) domna pechlar xajmining ortishi 4,5 ming kub metr, metallurgiya
kombinati quvvati (10-15 mln tonna po’lat eritish) ortishi mashinalar majmuasini
yaratish va maxsulotlarni kichiklashtirish yoki transportda-transport vositalarini
yuk ko’tarish quvvatini oshirishi bilan bog’liq.
Mehnat vositalarini o’zgartirishdagi inqilobiy yo’lning bosh yo’nalishi
EHMga asoslangan avtomatlashtirishni rivojlantirishidir.
Mehnat predmetlari ishlashdagi evolyutsion yo’l, «Ananaviy» predmetlarni
ishlatish bilan bir qatorda elektronika erim o’tkazgich texnikasini rivojlanishi bilan
bog’liq. Kosmik texnika sanoatini rivojlanishi bilan engil metallar, magniy, litiy,
beliliy keng ishlatilmoqda.
Mehnat predmetlarini o’zgarishdagi inqilobiy yo’l mutlaqo engil suniy va
sintetik materiallarni ishlatish bilan bog’liqdir. Atom energiyasi, reaktiv
samolyotsozlik, kosmik texnika, radio, elektronika sanoatining tez rivojlanishi
mutlaqo sifat jixatidan keng materiallariga bo’lgan talabni yuzaga keltirmoqda
(plastmassa, kimyoviy tela, suniy kauchuk). Tabiiy buyumlarni foydalanishdagi
suniy buyumlarga o’tish İTİning jaxon olami xususiyatlaridan biridir.
Jaxonda bir kecha million kishi ilmiy-tadqiqot faoliyat bilan shug’ullanadi.
AQSh, Yaponiya, Frantsiya, Germaniya va Buyuk Britaniya ulkan ilmiy
salohiyatga ega bo’lgan mamlakatlar xisoblanadi. Shularning ichida AQSh juda
katta ilmiy saloxiyatga egaligi bilan keskin ajratib turadi. Mazkur mamlakatda 3
mln ga yaqin yoki axolining xar 10 mingtasiga xisoblaganda, 113 kishi ilmiy
tadqiqot ishlari bilan shug’ullanmoqda. İlmiy tadqiqot va tajribakonsruktrlik
ishlariga ajratilgan xarajatlarning xajmi bo’yicha (140 mlrd dollar ajratadi) AQSh
dunyoda birinchi o’rnini egallaydi.
İlmiy texnika inqilobining to’rt tarkibiy qismlari mavjud.
1. Fan. 2.Texnika va texnologiya. 3.İshlab chiqarish. 4.Boshqarish.
1. Fan va ilm talab sohalarning o’sishi.
İTP sharoitida fan murakkab bilimlar majmuasiga aylandi. Dunyo bo’yicha
ilmiy xodimlar 5,5 mln kishidan iborat bo’lib uning 9/10 qismi bizning
zamongdoshlarimizdir. İshlab chiqarish suratlarining rivojlanib borishi bilan ilm
talab sohalar yani fan va ishlab chiqarish aloqalari chuqurlashmoqda. Ammo
iqtisodiy rivojlangan mamlakatlar bilan rivojlanayotgan mamlakatlar o’rtasida ilm
talab sohalarning rivojlanganlik darajasidagi farq kattadir.
Dunyo bo’yicha ilmiy maxsulotlarni ishlab chiqarishning 80% dan ortig’i 10
ta mamlakat xissasiga to’g’ri kelsa, rivojlanayotgan mamlakatlar xissasiga dunyo
bo’yicha ilmga bo’lgan xarakatning 4,5% to’g’ri keladi, xolos.
2. Texnika va texnologiya – rivojlanishning ikkinchi yo’li. Yangi texnika va
texnologiyani ishlab chiqarishga qo’llashdan asosiy maqsad ishlab chiqarish
samaradorligini va unumdorligini oshirishidan iboratgina bo’lmay, balki
resurslarni tejash va atrof muxitni muxofaza qilishdan xam iborat bo’lib bormoqda.
Natijada iqtidiy rivojlangan. Mamlakatlarda XX asr 70 yillaridan boshlab, keng
suratda ikkilamchi maxsulotlarni (metallom, makalatura, va boshqalar) foydalanish
texnologiyalari keng qo’llanilmoqda.
İTİ sharoitida texnika taraqqiyoti va texnologik jarayonlarini rivojlanishi
ikki yo’l yani evolyutsion va inqilobiy yo’nalishlarda bormoqda.
a) Evolyutsion yo’l ishlab chiqarish quvvatlarining (unumdorligining)
mashina va jixozlar quvvatining ortishi, transport vositalari yuk ko’tarish
qobiliyatning o’sishi bilan bog’liq.
b)
İnqilobiy yo’l – texnika va texnologiyalardagi mutlaqo, yagi sifat
o’zgarishlaridan iborat (mikroelektronika lazer texnikasi va boshqalar).
3.
İshlab chiqarishning olti bosh yo’nalishi. Tİ sharoitida ishlab chiqarish
olti yo’nalish bo’yicha rivojlanmoqda.
Birinchi yo’nalish – elektronlashtirish bo’lib inson xayotini elekron
xisoblash mashinalari bilan to’ldirishdir.
Bu yo’nalish tufayli ishlab chiqarish texnologiyasida juda katta o’zgarishlar
yuz bermoqda. Elektronlashtirish insonning turmush tarziga maorif va sog’liqni
saqlash, xizmat ko’rsatish sohalariga juda tez kirib bormoqda. U sanoatning eng
ilmtalab sohasidir. A+Sh, Yaponiya va RFR dunyodagi eng yirik EXM parkiga
egadir.
İkkinchi yo’nalish kompleks avtomatlashtirish bo’lib 50-yillarning
o’rtalaridan JXMning 1-avlodi yuzaga kelishi bilan boshlangan.
Kompleks avtomatlashtirishdagi sifat jixatidan yangi bosqich 70-yillarida
mirok EXM, mikroprotsessorlarning ishlab chiqarish va noishlab chiqarish
sohalariga tadbiqi bilan bog’liq. Xilma-xil elektron mexanik manipulyatorlar va
robototexnika yangi bosqichda ishlab chiqarish, zavod avtomatlarni yuzaga
keltirdi. Dunyoda eng yirik sanoat robotlari Yaponiya, A+Sh, GFR, İtaliya va
Frantsiyada yaratilmoqda.
Uchinchi yo’nalish – energetika xo’jaligini tubdan o’zgartirish bilan bog’liq
bo’lib yoqilg’i energetika majmuasi tarkibini takomillashtirish, yoqilg’i tejash
texnologiyasiga asoslangan tizimlarni shakllantirishdan iborat. Ammo
energetikasidan foydalanish muammosi va AESlarni rivojlantirish, kun tartibidagi
keskich masala. 1990 yil boshlarida dunyo bo’yicha 250 ta AES bo’lib uning
asosiy qismi A+Sh, Farntsiya, GFR va Rossiya xamda Ukrainada joylashgan.
To’rtinchi yo’nalish – yangi materiallar ishlab chiqarish bilan bog’liqdir.
Chunki, bugungi ishlab chiqarish tizimi materiallarga matlaqo sifat jixatidan yangi-
yangi talablarni qo’ymoqda. İshlab chiqarish va ilm talab soxalarda tobora ko’proq
kopozitsion materiallar, yarim o’tkazgichlar, keramik materiallar, optik masalalar
«XX asr metall»lari ishlatilmoqda va bu jarayon kuchayib bormoqda.
Beshinchi yo’nalish – io texnologiyaning tez rivojlanishi bo’lib, XX asr 70-
yillarida yuzaga keldi va g’oyat tez suratlar bilan taraqqiy etmoqda.
Biotexnologiya va bioindustriya nozik ilmtalab sohalaro tarkibiga kirib, A+Sh,
Yaponiya, GFR, Yaponiya, va Farntsiyada rivojlangan.
Oltinchi yo’nalish - kosmoslashtirishdir. Kosmonoavsikaning gurkirab
rivojlanishi eng yangi va g’oyat ilm talab aerokosmik sanoatni yuzaga keltirdi.
Aerokosmik sanoat o’z navbatida bu tarmoq bilan bog’liq yangi (nokosmik
tarmoqlarning yangi mashina va jixozlar asboblar eritmalar va boshqalar) kosmik
texnologiya va kosmik ershunoslikning xamda fundamental fanlararo
tadqiqotlarning rivojlanishiga kuchli turtki berdi. Shu bilan birgalikda ishlab
chiqarish jarayonlarini mexanizatsiyalash elektrlashtirish va kimyolashtirish sifat
jixatidan yangi bosqichga kirdi.
4. Boshqarish iqtisodiy ijtimoiy xayotning xamma jabxalarida sifat jixatidan
yangi bosqichga «Axborotlar industriya»siga qadam qo’ydi. Bosim qarshi bilan
bog’liq axborot exnikasi va texnologiyalari yuzaga keldi. Ayni vaqtda boshqarish
ishlab chiqarish kuchlarining joylashishiga xam tasir etmoqda. Chunonchi, XX asr
80 yillaridan boshlab ko’plab ilm maktab soxalar axborotlar tizimi rivojlangan
shahar va shahar aglomeratsiyalarda joylashmoqda.
İTİ moddiy ishlab chiqarish tarkibida muxim o’zgarishlarga olib keldi va
dunyo bo’yicha 1 mlrd kishini band etmoqda. İjtiomiy mexnat taqsimotida yuzaga
kelgan xo’jalikning tarmoq tarkibi İTİ sharoitida chuqur diversifikatsiyaga uchradi.
Yangi tarmoqlar, kichik tarmoqlar tarkibi va ishlab chiqarish turli xarakter kasb
etdi. İTİ tasirida tarmoq tarkibidagi o’zgarishlarni 3 ga bo’lish mumkin.
1.Makrotarmoqdagi
2.Mezotarmoqdagi
3.Mikrotarmoqdagi o’zgarishlar.
Xo’jalikning makrotarmi yirik xalq xo’jaligi proportsiyasidagi o’zgarishlarni
ifodalaydi va 3 ta yo’nalishga egadir.
Birinchi yo’nalish – moddiy ishlab chiqarishda sanoat xissasining doimiy
ortib borishi bilan belgilanadi. Sanoat tarmoq tarkibidagi esa ishlov beruvchi
sanoat xissasi doimiy ortib bormoqda. Yani bugungi unda bu tarmoqga sanoat
maxsuloti qiymatining 9/10 qismi to’g’ri keladi.
İkkinchi yo’nalish iqtisodiyotga noishlab chiqarish sozalari va xizmatlar
xissasining tobora ortishi bo’lib iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarda bu jarayon
yaqqol ko’zga tashlanmoqda. A+Sh, Evropa mamlakatlari Yaponiya va boshqa bir
qator mamlakatlar yalpi ijtimoiy maxsulotida bu xissa barqaror ortib bormoqda.
Uchinchi yo’nalish milliy iqtisodiyot tizimida qishloq xo’jaligi xissasining
doimiy qisqarishidir. Keyingi yillarda agrosanoat integratsiyasining kuchayishi,
agrobiznesning rivojlanishligi ishlab chiqarishni industrial asoslarga ko’chishi va
o’ziga xos sanoat ishlab chiqarishi tizimiga aylanishi yuz bermoqda.
+ishloq xo’jaligi tarkibida chorvachilik xissasi ortiq bormoqda. Ziroatchilik
tarkibida texnika ekinlari, em xashak, sabzavot va meva etishtirish ko’payib
bormoqda.
Transport tizimida, temir yo’l transporti xisasining qisqarishi avtomobil
dengiz va xavo transporti xissasining ortishi kuzatilmoqda.
İqtisodiyotning mezotarkibidagi asosiy o’zgarishlar sanoatning ikki yirik
tarmog’i qazib beruvchi va ishlov beruvchi tarmoqlari o’rtasidagi o’zgarishlardir.
Bu jarayon qazib beruvchi sanoat xissasining doimiy qisqarishi va ishlov beruvchi
sanoat xisasining ortigshidir. Sanoat tarkibidangi o’zgarishlar avvalo «Zarbdor
o’chlik» bilan bog’liq bo’lib bu soalarda İTİning tasiri juda yuqoridir.
Qishloq xo’jaligida ziroatchilik va chorvachilik tarmoqlari transportda
avtomobil, quvur va havo transporti, tashqi iqtisodiy aloqalarda tayr maxsulotlar va
investitsiya xissasining ortishi ko’zga tashlanmoqda.
İqtisodiyotning mikromatarkibidagi o’zgarishlar g’oyat murakkab va
tabaqalashgan mashinasozlik va kimyo sanoati uchun xosdir. İTİ tasirida
mashinasozlik tarkibida elektron jixozlar, aniq elektro texnika, avtomatlashtirish
jixozlari va asboblari aviakosmik va atom texnikasi, metalllarning qayta
ishlashning bir qator jixozlari, kimyo texnologik uskunalar xamda mashina
elektronina va elekrotexnika jixozlari ishlab chiqarish kengayib bormoqda.
Kimyo sanoati tarkibidagi o’zgarishlar plastmassa maxsulotlari, kimviy
tolalar, bo’yoqlar, dori-darmonlar, yuvuvchi vositalar kosmetika vositalari ishlab
chiqarishini kengayishi bilan bog’liq.
Metallurgiya sanoatida kislorod-inventar va elektropech usulida po’lat
eritish va metalldan foydalanish kengaymoqda. «XX asr metallari»ni eritish
ko’paymoqda.
Qishloq xo’jaligida tarmoq tarkibidagi o’zgarishlar ziroatchilikda
qimmatbaxo donli ekinlar, texnika ekinlari, sabzavot-meva, chorvachilikda esa
industrial asoslarga ko’ra parrandachilik va bo’rdoqichilik xissasi ortishida
ifodalaydi.
İTİ ishlab chiqarish kuchlarining (ayniqsa sanoat tarmoqlarida) joylashishiga
kuchli tasir etmoqda. Natijada ishlab chiqarish kuchlarining hududiy tashkil qilish
va xududiy tarkib tamoyillari va o’lchovlari xam o’zgarmoqda. İqtisodiy
rivojlangan mamlakatlarda klassik «shtandort» nazariyalarining yangi ijtimoiy —
iqtisodiy sharoitga moslashuvi yuz bermoqda va uning yangi yo’nalishlari —
«rivojlanish qutbi» , «regoinal iqtisodiyot» va boshq. talimotlar yuzaga keldi va
rivojlanib bormoqda.
İTİ ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirishdagi ' ko’ttgina klassik
omillardagi o’zgarishlarga va yangi omillarni hayotga tadbiq etishga
olib keldi. Bu omillar quyidagilardan iborat:
Bu jarayon kichik hududlarda ishlab chiqaript tizimlarining to’planishini
ifodalaydi va ijtimoiy mehnat samaradorligini oshishiga tasir qiladi. Ayni vaqtda,
bu aholi joylashishida ham siljishlarga olib keldi.
50-yillarning oxiriga qadar ishlab chiqarishning hududiy to’planishida ichki
tarmoqlar umumlashuvi xarakterli bo’lsa, keyinrok ixtisoslashuv etakchi o’ringa
chiqdi hamda rayonlararo va xalqaro mexnat taqsimoti imkoniyatlaridan to’laroq
foydalanishga olib keldi,';|' Shuningdek, noishlab chiqarish sohalari turli xizmatlar,
axborotlar va ilmiy — texnika va tajriba — konstruktorlik ishlari ham ishlab
chiqarishning hududiy to’planishiga kuchli tasir ko’rsatdi. Hududiy to’planishning
asosiy shakllari sanoat qo’rg’oni, markazi, rayon xdmda xududiy ishlab chiqarish
majmualari va sanoat ishlab chiqarish majmualaridir.
İshlab chiqarishning hududiy to’planishida eski sanoat rayonlari roli (
poytaxtlar , yirik shaharlar, ko’mir xdvzalari va boshq.) katta bo’lib, jahon sanoat
ishlab chiqarishning 3/4 qismini beradi. Ammo, XX asrning 70 — yillari
o’rtalaridan boshlab ishlab chiqarish va axolining xaddan tashqari hududiy
to’planishi atrof — muxitga kuchli salbiy tasir eta boshladi. XX asrning 80 —
yillaridan boshlab ishlab chiqarish va aholining xududiy taqsimlanishida
markazdan kochma va eski sanoat rayonlarini «engillatish» dan iborat siyosat
amalga oshirilmoqda. Kichik va o’rta korxonalar, kichik zavod va fabrikalar va
kichik GES barpo qilish yoki ishlab chiqarishni «miniatyuralashtirish» kuchayib
bormoqda. Bu yo’nalishlarning to’triligshsh qator mamlakatlar tajribasi xam
isbotlab turibdi.
İqtisodiy — geografik (İGH) holat tushunchasi fanga N.N.Baranskiy
tomonidan kiritilgan. N.N.Baranskiy İGHning mamlakat, rayon va shaharlarga
nisbatan 4 ta: markaziy; ichki (chekka); uo’shnichilik; va dengiz bo’yi holatini
asoslab beradi. Dengiz bo’yi holat mamlakatlar ijtimoiy — iqtisodiy rivojlanishiga
ijobiy tasir etsa, chekka holat salbiy tasir etishi mumkin. Qo’shnichilik holati esa
mamlakatlar o’rtasidagi munosabatlar bilan bog’liq. Ayni vaqtda mamlakatlar
o’zlarining İGH yaxshilashlari xam mumkin. Chunonchi, Uzbekiston mustaqillikni
qo’lga kiritgandan so’ng, amalga oshirayotgan ishlari bunga misol bo’la oladi.
İndustrlashtirishning dastlabki bosqichlarida sanoatning joylashishiga
(toshko’mir va temir rudasi havzalari) kuchli tasir ko’rsatgan. İTİ sharoitida bu
omil tasiri bir muncha susaysada, qazib beruvchi sanoat joylashishida bosh omil
bo’lib qolmoqda. Eski qazib beruvchi rayonlarda tabiiy resurslarning ozayishi va
sifatining yomonlashuvi, ularning o’zgartirilishi qiyin, murakkab ekstremal
sharoitlardagi xududlarga siljishi kuzatilmoqda. Jumladan, Shimoliy rayonlar 20
mln.km2 bo’lib, buning 11 mln.km2 Rossiyaga karashlidir. İTİ yututushri bu
hududlarni o’zlashtirish imkoniyatlarini yuzaga keltirdi. Shuningdek, kontinental
shelf mintaqasi (31mln.km2) o’zlashtirilmoqda va dunyo bo’iicha qazib
olinayotgan neftning 25%, tabiiy gazning 20% to’g’ri kelmoada. Shuningdek,
Shimoliy dengiz, Karib havzasi, Kanadaning shimoli, Avstraliyaning ichki
rayonlari, rossiyaning Rarbiy va Sharqiy Sibir, Uzoq Sharq hududlarini intensiv
o’zlashtirilishida İTİ shart - sharoit xozirlamoqda.
İTİ davriga qadar ishlab chiqarishning joylashishida va istemolda deyarli
etakchi omil sanalsa, mahsulot tannarxiga kuchli tasir qilib belgilovchi mavqeni
egallagan bo’lsa, transport yo’llarining va transport vositalarining takomillashuvi
transport xarajatlarini sezilarli qisqarishiga olib keladi. İTİ tufayli yuzaga kelgan
«transport inqilobi» ishlab chikarishni «resursli hududlar» ga bog’liqligini
kamaytirdi. Minglab kilometrga cho’zilgan neft va gaz quvurlari, dengiz transporti
(maxsus yuk ko’tarishga mo’ljallangan tanker va supertankerlar) ishlab chiqarish
va axolining dengiz bo’ylariga siljishiga tasir ko’rsatmoqda Yaqin va O’rta Sharq
mamlakatlaridan neft va tabiiy gazni G’arbiy Evropa mamlakatlariga eksport
qilinishi, Rossiyadan Evropa mamlakatlariga tortilgan neft (Drujba) va tabiiy gaz
(Bratstvo, Shimoliy yog’du) quvurlari, Meksika qo’ltig’idan AQSh shimoliga
qadar cho’zilgan quvurlar, va boshqa İTİ gasiridagi transport vositalari
rayonlararo, mamlakatlararo va xalqaro mehnat taqsimotining chuqurlashuvi va
kengayyashiga kuchli tasir etmoqda.
İshlab chiqarishni: joylashtirishning «klassik» omillaridan bo’lib, İTİ tasirida
muhim siljishlar yuzaga kelmoqda. İTİning mehnat resurslariga tasiri ikkiyoqlama
— yani sanoat va ishlab chiqarish infratuzilmalari boshqa mamlakatlardan
Qo’shimcha ishchi kuchini import qilsa, ikkinchi tomondan arzon ishchi kuchi
hududlarida (yirik transnatsional korporatsiyalarining boshqa mamlakatlardagi
filiallari va korxonalari) yangi sanoat korxonalarining barpo etilishi bilan bog’liq.
G’arbiy Evropadagi (yirik iqtisodiy salohiyatga va yaxshi infratuzilmalar mavjud)
sanoat rayonlari va shaxar aglomeratsiyalarida boshqa Evropa Mamlakatlaridan,
Sharqiy va Janubi Sharqiy Osiyo mamlakatlaridagi arzon ishchi kuchlaridan
AQSh, G’arbiY Evropa va Yaponiyada keng foydalanilmoqda.
İTİ sharoitida aellar mehnatidan sanoatning eng yangi tarmoqlari elektronika
va radioelektronikada ommaviy ishlab chiqarish tizimida foydalanish kuchaydi.
Ayniqsa, yuqori malakali mehnat resurslariga bo’lgan talab, ishchi kuchining sifat
tarkibiga bo’lgan talabni tobora kuchaymoqda va «aql oqimi» ning o’ziga xos
yo’nalishlarini gozaga keltirmoqda.
İTİ kuchli bo’lgan infratuzilmalar majmuasining ishlab chiqarish kuchlari
rivojlanishi va mintaqaviy joylashishiga tasiri katta bo’lmoqda. İshlab chiqarish
infratuzilmalari, avvalo transportning ahamiyati ishlab chiqarish kuchlarini dengiz
bo’yiga siljishi, yangi hududlarni o’zlashtirish bilan bog’liq «rivojlanish qutblari»
va «rivojlanish Yo’lkalari» nyang shakllanishida ko’zga tashlanmoqda.
Noishlab chiqarish infratuzilmalari — ijtimoiy — maishiy tuzilmalar, xizmat
ko’rsatish, axborotlar tizimi, ayniqsa marketing tizimining (firma va
korporatsiyalarning barcha faoliyatiiing qamrab oluvchi istemol extiyojlari va
uning o’zgarishlarini tadqiq qiluvchi) rivojlanganlik darajasi katta o’rin tutmoqda.
İshlab chiqarish kuchlarining yangi va eng yangi tarmoqlarini joylashishida
asosiy o’rin tutmoqda. Bu jarayon avvalo ilmtalab va axborotlar tizimi bilan
bog’liq ishlab chiqarishni ilmiy — madaniy muxit mavjud yirik shaxar va shaxar
aglomeratsiyalarida to’planishiga olib kelmoqda. Natijada, fan shaxarlari yuzaga
kelmoqda. Jumladan, Rossiyada — Moskva, Sankt—Peterburg va Novosibirsk,
Frantsiyada — Parij, Yaponiyada — Tokio: Daniyada — Kopengagen,
Bolgariyada — Sofiya, O’zbekistonda — Toshkent bosh ilmiy — tadqiqot
markazlaridir. Shuningdek, ilmiy — tadqiqot parklari, ilmiy — tadqiqot markazlari
shakllanmoqda. Ayni vaqtda, ayrim mamlakatlar uchun fanning xududiy tashkil
qilishda umumlashuv jarayoni xarakterli bo’lsa, ayrim mamlakatlarda xududlar
bo’yicha bo’lib yuborilganligi ko’zga tashlanadi.
İTİ sharoitida tobora roli ortib bormoqda. İndustrlashgan va
urbanizatsiyalashgan hududlardagi suv, tuproq va atmosferaning ifloslanishi, atrof
- muxit muammosining g’oyat keskinlashganligi, sanoat va aholining yanada
tuplanishkni, cheklash zaruriyatiga olib keldi. Natijada, qator mamlakatlarda «iflos
ishlab chiqarishni ko’chirish» siyosati amalga oshirilmoqda.
Bu bosqichning asosiy xususiyatlari sifatida quyidagilarni ko’rsatish mumkin.
İqtisodiyotga uzluksiz innovatsiya sarflash jarayoni texnologik, tashkiliy va
ijtimoiy sohalarda chuqur o’zgarishlarga olib kelmoqda. Rivojlanish va inson
resurslaridan foydalanishning yangi modeli, yuqori malakali mexnatga asoslangan,
integratsiyalashgan ishlab chiqarish tizimi shakllanmoqda.
Nomaterial jamg’armalar ulkan axamiyatga ega bo’lib, shu jumladan
insonga kapital mablag’ sarflanishi material jamg’armaga nisbatan ustivor
yo’nalish kasb etmoqda.
Axborot - muxit ishlab chiqarish kuchiga aylanmoqda. Uni ishlab chiqish,
qayta ishlash, tarqatish, axborot infrastrukturasini tashkil etish va axborot
tarmog’ining raqobatbardoshligi - iqtisodiy o’sishning zaruriy sharti bo’lib
qolmoqda. Axborot almashish intensifikatsiyasi insonlar xulqi va ongiga ham katta
tasir ko’rsatmoqda.
Tarmoq majmuasi xizmatining hozirgi sharoitida ishlab chiqarish
funktsiyalarini bajarishi aholi bandligini taminlashning bosh sohasiga aylanmoqda.
Uning asosida axborot va iktellektual faoliyatda yangi sektor shakllanmoqda.
Rivojlanishning yangi bosqichi jaraenida raqobatning tug’ilishi va iqtisodiy
barqarorlik sharoitida jamiyatning yuksak moslashuvchanligi kuzatilmoqda.
Jamoatchilik instituglari, kasb - mahorat va ijtimoiy- sinfiy strukturalardagi
xdrakatchanlik o’smoqda.
Xususiy tadbirkorlik tizimida, ijtimoiy yo’nalish kuchaymoqda. Kapital
ustidan jamoatchilik nazorati kuchaymoqda, korporatsiyalarning ijtimoiy
xarajatlari o’smoqda. Jamiyatning rivojlanishida ijtimoiy yo’nalish ortmoqda.
İjtimoiy - sinfiy struktura murakkab va «rang — barang» bo’lib bormoqda.
turli ijtimoiy qatlam va sinflarning yaqinlashuvi, o’zaro kiripshshi kuchaymoqda.
Turli ijtimoiy qatlamlar aralash belgilarga ega, bandldr soni o’smoqda, unda
ijtimoiy belgilar aralashib ketmoqda (yollanma ishchi — mulkdorlar, yuqori
malakali mutaxassis tadbirkorlar va boshq.)
Kudratli axborot tizimining yoyilishi, ishlab chiqarishning
baynalminallashuvi, «sovuq urushning» tutashi va bozor iqtisodiyotining keng
tarqalishi natijasida jahon davlatlari o’rtasidagi xamkorlik kuchaymoqda.
FTİ ning kengayishi va chuqurlashishi natijasida dunyodagi kupchilik,
asosan, iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarda iqtisodiyotning yangi pots-indutsrial
turi shakllana boshladi. Sunday turda noishlab chiqarish tarmoqlari, ayniqsa,
xizmat kursatish sohasi tez rivojlana boshlaydi.
Potsindutsrial mamlakatlar qatoriga Garbiy, Janubiy va Shimoliy Evropa mamlakatlari,
AQSh, Kanada, Avtsraliya, Yaponiya hamda Argentina, Liviya va
boshqa davlatlar kiradi. Ularda noishlab chiqarish sohasiga jami band aholining 50
- 70 foizi tugri keladi.
Rivojlanayotgan mamlakatlarning ayrimlarida noishlab chiqarish sohasi
yuqori darajada rivojlangan. İjtimoiy-iqtisodiy rivojlanish borasida katta
yutuqlarga erishgan Meksika, Braziliya, Chili, Koreya Respublikasi yoki neftni
eksport qilish natijasida moliyaviy ahvolini yaxshilab olgan Jazoir, Saudiya
Arabitsoni, BAA, +uvayt, Katar yoxud vositachilik faoliyatini olib borishga va
turizmga ixtisoslashgan Bagam va Kanar orollari, Monako, Andorra, San-Marino
mamlakatlari shular jumlasidandir.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
2. https://uz.wikipedia.org/wiki/Bosh_Sahifa
3. http://library.ziyonet.uz
4.https://fayllar.org
Dostları ilə paylaş: |