O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti byudjet hisobi va g’aznachilik fakulteti



Yüklə 1,02 Mb.
səhifə1/11
tarix06.04.2022
ölçüsü1,02 Mb.
#54807
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
hisobot

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • Bajardi

202_y.


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI BYUDJET HISOBI VA G’AZNACHILIK FAKULTETI

BYUDJET HISOBI VA G’AZNACHILIK ISHI”KAFEDRASI


DAVLAT BYUDJETI G‘AZNA IJROSI” BAKALAVRIAT TA’LIM YO‘NALISHI BO‘YICHA BITIRUV OLDI AMALIYOTI


HI S O B O T I

Bajardi: 4-kurs, DBG’I-60 guruhi

talabasi Baxtiyarova Gullola.


Rahbar:o‘q.Achilov U.

Toshkent-2021

MUNDARIJA

Kirish____________________________________________________3-4

1. Moliya vazirligi G’aznachiligi va uning hududiy (viloyat, shahar, tuman) bo’limlarining faoliyati va tashkiliy tuzilmasi bilan tanishish_____________ 5-11

2. Ellikqal’a tuman g’aznachilik bo’linmasi faoliyatini tartibga soluvchi me’yoriy-huquqiy hujjatlarni o’rganish____________________________________11-19

3. Ellikqal’a tuman g’aznachilik bo’linmasining moliyaviy hisobotlari bilan tanishish____________________________________________________19-27

4. Ellikqal’a tuman g’aznachilik bo’linmasining istiqboldagi rivojlanish yo’nalishlarini o’rganish________________________________________27-31

Xulosa__________________________________________________32-34

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati____________________________35-36

Ilovalar _________________________________________________37

KIRISH

Men Baxtiyarova Gullola Faxriddin qizi Qoraqalpog'iston Respublikasi Ellikqal'a tumani G’aznachilik bo’linmasida 2021-yil 6 -dekabrdan 2022-yil 19-martgacha bitiruv oldi amaliyotini o'tadim. O‘n uch hafta davom etgan amaliyot davomida O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G’aznachiligi va uning hududiy Ellikqal'a tuman bo’linmasining davlat byudjeti g’azna ijrosini samarali boshqarish yuzasidan faoliyatini, byudjet tizimi byudjetlarining daromad va xarajatlar bo‘yicha g‘azna ijrosini, byudjet mablag’larining sarflanishida yuridik va moliyaviy majburiyatlarni shakllantirish asosida to‘lovlarni moliyalashtirilishini nazorat qilish amaliyotini, Yagona g‘azna hisobraqami va shaxsiy g’azna hisobraqamlari samarali faoliyatini tashkil etish imkoniyatlari va shart-sharoitlarini, byudjet tizimi byudjetlari mablag’laridan foydalanishni nazorat qilishni o'rgandim va bu bo‘yicha o'z bilimlarimni mustahkamlab oldim. Shuningdek, amaliyot davrida Ellikqal'a tumani g’aznachilik bo‘linmasining umumiy faoliyatida va jamoat ishlarida ham muntazam ishtirok etib bordim.

Davlat byudjetining g’azna ijrosi davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg’armalarining barcha daromadlarini, shuningdek, byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari mablag’lar bo’yicha tushumlarini yagona g’azna hisobraqamga jamlash va ularning barcha xarajatlarini shu hisobraqamdan amalga oshirishni bilib oldim .Davlat byudjeti, byudjetdan tashqari fondlar, byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari mablag’lari, davlat qarzlari va ularga xizmat ko’rsatish jarayonlarining tezkor nazoratini va monitoringini olib borish, davlat mablag’larining samarali ishlatilishini ta’minlash, davlat moliyaviy resurslarining harakati to’g’risida operativ tarzda ma’lumotlarni jamlashiga guvoh bo‘ldimi.

O‘n uch hafta davom etgan bitiruv oldi amaliyotimiz davomida O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G’aznachiligi va uning hududiy Yunusobod tuman bo’linmasining davlat byudjeti g’azna ijrosini samarali boshqarish yuzasidan faoliyatini, byudjet tizimi byudjetlarining daromad va xarajatlar bo’yicha g’azna ijrosini, byudjet mablag’larining sarflanishida yuridik va moliyaviy majburiyatlarni shakllantirish asosida to’lovlarni moliyalashtirilishini nazorat qilish amaliyotini, Yagona g’azna hisobraqami va shaxsiy g’azna hisobraqamlari samarali faoliyatini tashkil etish imkoniyatlari va shart-sharoitlarini, byudjet tizimi byudjetlari mablag’laridan foydalanishni nazorat qilish amaliyotini o’rgandik va bu bo’yicha o’z bilimlarimizni yanada mustahkamlab oldik. Shuningdek, amaliyot davrida Moliya vazirligi G’aznachi Ellikqal’a tuman hududiy bo’linmasining umumiy faoliyatida va jamoat ishlarida ham muntazam ishtirok etib bordim. Bundan tashqari G‘aznachilik boshlig’iga o'z vakolati va shtatlari doirasida mavjud tashkiliy tuzilmani takomillashtirish hamda xodimlarni lavozim pillapoyasida o‘stirish maqsadida tasdiqlangan shtatlar doirasida qonunchilikka asosan tegishli o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha rahbariyatga takliflar berish huquqiga ega ekanligini bilib oldim.

Yurtimizda davlat byudjetining g’azna ijrosini samarali tadbiq etishga faqatgina barqaror rivojlanish ko’rsatkichlariga erishganimizdan keyingina muvaffaq bo’lindi. O’zbekiston hukumati davlat moliyasini boshqarish tizimida ham keng qamrovli islohotlarni muvaffaqiyatli amalga oshirib kelmoqda. Bu islohotlarning ijobiy natijalarini davlat byudjeti g’azna ijrosining muvaffaqiyatli joriy etilishida ko’rishimiz mumkin.

Mamlakatimizda davlat moliyasini boshqarish tizimida olib borilayotgan islohotlar, qator vazifalar bilan birgalikda, davlat byudjetining g‘azna ijrosiga bosqichma bosqich o‘tishni va uning faoliyat mexanizmlarini takomillashtirishni nazarda tutadi.




Yüklə 1,02 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin