O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta`lim vazirligi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/25
tarix12.03.2017
ölçüsü5,01 Kb.
#10953
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25

 
 
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA`LIM 
VAZIRLIGI 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
NEONATOLOGIYA 
Sog‘liqni saqlash sohasi – 7200000 
“Pediatriya ishi” – 5720200 yo‘nalishi uchun  
DARSLIK
 
professor Alimov A.V. tahriri ostida 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Toshkent – 2010

 

 
Mualliflar jamoasi: professor Alimov A.V., dotsentlar Ismailova M.A., 
Raxmankulova M.A., Gulyamova M.A., Pak E.A., Amizyan N.M., assistentlar 
Yunusova S.E.,  Xodjamova N.K., Abdukadirova M.K. 
 
 
 
Resenzent: 1. ToshVMOI Neonatologiya kafedrasi mudiri, d.m.n., professor 
Muxamedova X.T. 
2. ToshPTI O‘zbek, rus va lotin tillari kafedrasi mudiri, filolologiya fanlari 
nomzodi Turdieva K.SH. 
 
 
 
Tibbiyot oliy o‘quv yurtlarining talabalari, ordinatorlar va aspirantlar uchun 
mo‘ljallangan. 
 
 
 
Darslik ToshPTI ilmiy kengashida tasdiqdan o‘tgan 
Bayonnoma № ___ «_____»_____________ 2010 yil. 
 
 
 
 
 
Ilmiy kengash kotibi, dotsent                                             Shomansurova E.A.

 

MUNDARIJA 
______________________________________ 
 
Kirish------------------------------------------------------------------------------------------4 
Asosiy qisqartmalar ro‘yxati--------------------------------------------------------------5 
Bob-1.  Yangi  tug‘ilgan  chaqaloqlik  davri  fiziologiyasi  (Ismailova  M.A., 
Xodjamova N.K.)---------------------------------------------------------------------------10 
        1-1. Yangi tug‘ilgan chaqaloq parvarishi---------------------------------------15 
        1-2. Yangi tug‘ilgan chaqaloqni klinik tekshirishi----------------------------24 
        1-3. Muddatiga yetmay tug‘ilgan chaqaloq---------------------------------------51 
        1-4. Ko‘krak suti bilan ovqatlantirish--------------------------------------------78 
        1-5. Yangi tug‘ilgan bolalarning chegaraviy holatlari------------------------94 
Bob-2. Yangi tug‘ilgan chaqaloqlar asfiksiyasi  
(Ismailova M.A., Gulyamova M.A.) ---------------------------------------------------110 
Bob-3. Nerv tizimining perinatal patologiyasi (Pak E.A.)-------------------------145 
Bob-4. Yangi tug‘ilgan chaqaloqlarning gemolitik kasalliklari 
(Raxmankulova Z.J.)----------------------------------------------------------------------190 
Bob-5.  Yangi  tug‘ilgan  chaqaloqlar  me`da  -  ichak  tizimi  kasalliklari  (Amizyan 
N.M., Abdukadirova M.K.) 
       5.1. Qusish va qayt qilish sindromi ---------------------------------------------217 
       5.2. Disbakterioz---------------------------------------------------------------------232 
Bob-6. Yangi tug‘ilgan chaqaloqlar yiringli-yallig‘lanish  
kasalliklari (Yunusova S.E.)-------------------------------------------------------------241 
Bob-7. Yangi tug‘ilgan chaqaloqlar sepsisi (Gulyamova M.A.) ---------------251 
Bob-5. Homila ichi infeksiyalari (Raxmankulova Z.J., Pak E.A.)-------------276 
Bob-6. Yangi tug‘ilgan chaqaloqlarning gemorragik kasalligi  
(Gulyamova M.A.)  -----------------------------------------------------------------------339 
 

 

“Neonatologiya” darsligiga 
 so‘z boshi 
Sog‘lom avlod, farzandlarimizni har jihatdan yetuk va barkamol insonlar qilib 
voyaga  etkazish,  ularga  kelajagimiz  egalari  deb  qarash  xalq  kelajagiga  bevosita 
daxldor masala sifatida istiqlol siyosatining uzviy qismiga aylangani, ham mohiyat 
e`tibori bilan shu ezgu maqsadiga hizmat qiladi. “Farzandlari sog‘lom yurt qudratli 
bo‘ladi”, - degan edi mamlakatimiz rahbari I. A. Karimov. 
Mazkur darslik Toshkent Pediatriya Tibbiyot Instituti Neonatologiya kafedrasi 
xodimlari  tomonidan  yaratilgan.  Unda  perinatal  davrda  eng  ko‘p  uchraydigan 
kasalliklarning  patogenezi,  terapiya  va  profilaktikasi,  xavfi  yuqori  homiladorlikni 
olib  borish  xususiyatlari  to‘g‘risida  batafsil  ma`lumotlar  keltirilgan.  Perinatal 
kasallanish  va  o‘limga  olib  keladigan  har  hil  shikastlovchi  omillar,  homila  va 
chaqaloq  holatiga  baho  berish  tamoyillari,  zamonaviy  davolash  usullari  bayon 
qilingan. 
Darslik  tibbiyot  institutlarining  talabalariga,  ordinator  va  aspirantlarga 
mo‘ljallangan.  
Ushbu  kitobning  o‘zbek  tilida  chop  etilishi  Toshkent  Pediatriya  Tibbiyot 
Instituti  talabalarining  neonatologiya  fanini  puxta  egallashlarida  dasturil  amal 
bo‘lib xizmat qiladi, deb umid bildiramiz.  
Darslik  to‘g‘risidagi  qimmatli  fikr,  mulohazalaringizni  quyidagi  manzilga 
yuborishingizni so‘raymiz: 
Toshkent Pediatriya Tibbiyot Instituti neonatologiya kafedrasi. 

 

ASOSIY QISQARTMALAR RO‘YXATI 
 
AI 
–  amniotik indeks 
AIT 
–  autoimmun tireoidit 
AK 

 
aorta koarktatsiyasi 
AKS 
–  alimentar konstitutsion semirish 
AM 

 
ayollar   maslahatxonasi 
AOH 
–  antioksidant himoya 
ART 
–  antiretrovirus terapiyasi 
AS 
–  amniotik suyuqlik 
AS 
–  aortal stenoz 
AFP 
–  α - fetoprotein 
AFS     
–  antifosfolipid sindromi 
AYUQH 

 
aylanib yuradigan qon xajmi 
BA 
–  bakterial amnionit 
BATN 

 
bo‘lmachalararo to‘siq nuqsoni 
BV 
–  bakterial vaginoz 
BO‘G 

 
birlamchi o‘pka gipertenziyasi 
BE 
–  bilirubin ensefalopatiyasi 
JSST 
–  Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti 
GGTP 
–  γ - glutamattranspeptidaza 
GIE 
–  gipoksik-ishemik ensefalopatiya 
GK 
–  gipertrofik kardiomiopatiya 
GS 
–  giperprolaktinemiya sindromi 
GTSS 

 
glyukozaga tolerantlikka soatlik sinamasi 
GTUSS 

 
glyukozaga  tolerantlikka uch soatlik sinamasi 
DK              

 
dilatatsion kardiomiopatiya 
DKA 

 
diabetik ketoasidoz 
DTB 

 
diffuz  toksik bo‘qoq 
DTO‘ 

 
dumg‘azaning tepa suyak o‘lchami 

 

DF 

 
davolash fizkul’turasi (jismoniy tarbiyasi) 
YOBQ 

 
yoqa  bo‘shlig‘i  qalinligi 
ZOM 

 
zardob-oqsillar markeri 
IBBQD 

 
insulinga bog‘liq bo‘lmagan qandli diabet 
IBQD 

 
insulinga  bog‘liq qandli diabet 
IGP 

 
idiopatik giperprolaktinemiya 
ITH 

 
immuntanqislik holati 
QAQ 

 
qonni  almashlab quyish 
KAH 

 
kislota-asos holati 
QB 

 
qalqonsimon bez 
KGG 

 
kardiotokografiya 
QIQQ 
–  qorincha ichiga qon quyilishlar 
KPI 

 
kardiopiknotik indeks 
KSTRN 

 
ko‘p sonli tug‘ma rivojlanish nuqsonlari 
KT 

 
komp’yuter tomografiyasi 
KFK 

 
kreatinfosfokinaza 
LDG 

 
laktatdegidrogenaza 
LPO              

 
lipidlarning peroksidli oksidlanishi 
MVB 

 
markaziy venoz bosim 
MEH 

 
muddatiga etmagan homiladorlik 
MIQQ 
–  miya ichiga qon quyilishlar 
MIT 

 
me`da-ichak trakti 
MRT 

 
magnit-rezonans tomografiyasi 
MS 

 
mitral stenoz 
MS 

 
Marfan sindromi 
MXA      

 
meditsina  xirurgik akademiyasi 
NE 

 
nokon`yugatlangan estriol 
NEYOB 

 
neyroendokrin semirish 
OAY 

 
ochiq arterial yo‘l 
OAS 

 
opiat abstinent sindrom 

 

OBSK 

 
OITS bilan bog‘langan simptomlar va sindromlar 
kompleksi 
OZ 

 
optik zichlik 
OITV 
–  odam immuntanqisligi virusi 
OITS   

 
orttirilgan immuntanqislik sindromi 
OXGXGCH 

 
odam xorionik gonadotropini 
PVQQ   

 
pariventrikulyar qon quyilishlar 
PVL 

 
periventrikulyar leykomalyatsiya 
PL 

 
platsentar laktogen 
PRL 

 
prolaktin 
PT 

 
prenatal tashhis 
PTS 

 
polikistoz tuxumdonlar sindromi 
PO‘I   

 
platsentaning o‘tkazuvchanlik indeksi 
RDS 

 
rangli Doppler surati 
RIH 

 
radioaktiv ifloslangan hududlar 
STG 
–  sekinlashgan turdagi gipersezuvchanlik 
STK 

 
siydik-tosh kasalligi 
SFPE 

 
surunkali fetoplasentar etishmovchilik 
SX 

 
sensibilizasiya xavfi 
SEQQ 

 
subependimal qon quyilishi 
SYAR 

 
sistemali yallig‘lanish reaksiyasi 
TBG 

 
tiroksinni bog‘lovchi globulin 
TZ 

 
triyidtironin 
TIDQI 
–  tomir ichi disseminlangan qon ivishi 
TRN 
–  tug‘ma rivojlanish nuqsonlari 
TTG 

 
tireotrop gormon 
TYUN 
–  tug‘ma yurak nuqsonlari 
TYA 

 
tiroksin 
UTT   

 
 ul’tratovush tekshiruvi 
O‘AKS 

 
o‘pka arteriyasi klapani 

 

FDM 

 
fibrinogen degradatsiya mahsulotlari 
FOT 

 
feto-onalik transfuziya 
FT 

 
Fallo tetradasi 
FT   

 
fetal transfuziya 
FTT 

 
funksional tashhis testlari 
FFTS 

 
feto-fetal tranfuzion sindrom 
FH 

 
fiziologik homiladorlik 
XA 

 
xromosom aberratsiyalar 
HBBPO‘ 
–  homila boshining biparietal o‘lchami 
HBFP 
–  homilaning biofizik profili 
HVU 
–  homila son suyagining uzunligi 
HGK 
–  homilaning gemolitik kasalligi 
HII 
–  homila ichi  infeksiyalari 
HQA 

 
homila qorin aylanasi 
HROK 

 
homila rivojlanishiningorqada qolishi 
XTID 

 
homila tuxumining ichki diametri 
TSMVX                

 
Sitomegalovirus 
TSNS 

 
markaziy nerv tizimi 
TSTL 

 
tsitotoksin T-limfotsitlar 
CHGK 
–  Yangi tug‘ilgan chaqaloqlarning  gemolitik kasalligi 
CHGK 
–  chaqaloqlar gemorragik kasalligi 
CHP 
–  chaqirilgan potentsiallar 
EKU 

 
ekstrakorporal urug‘lantirish 
ES 

 
Eyzenmenger sindromi 
ET 

 
erkin tiroksin 
ETY 

 
erkin triyodtironin 
EEG 

 
elektroentsefalografiya 
EEF 

 
ekstremal ekzogen omil 
YUIK 

 
yurak ishemik kasalligi 
YUQCH 

 
yurak qisqarishlari chastotasi 

 

YUTK 

 
yurak-qon tomir kasallaklari 
YATMYOK 

 
yarim to‘yinmagan yog‘ kislotalari 
HbAlc 

 
glyukozalangan gemoglabin 
PAPP-A          –
 
pregnancy associated plasma protein A 
            

 
10 
1 – BOB. YANGI TUG‘ILGAN CHAQALOQNI PARVARISHLASH 
ASOSLARI 
 
 
Yil  sayin  dunyoda  bir  oylikkacha  yoshdagi  to‘rt  milliondan  ortiq  bolalar, 
asosan  hayotining  birinchi  “qaltis”  haftasida  nobud  bo‘ladilar.  Bu  o‘limlarning 
talaygina  qismi  onalarning  salomatlik  va  ovqatlanish    holatlarining  yomonligi, 
shuningdek  tug‘ruqqacha,  tug‘ruq  vaqtida  va  tug‘ruqdan  so‘ng  ko‘rsatiladigan 
tibbiy yordamning monand emasligi natijasidir.  
       Yangi 
tug‘ilgan 
chaqaloqlar 
sog‘lig‘ini 
yaxshilash 
uchun 
yuksak 
texnologiyalar  va  yuqori  ixtisoslashgan  xodimlar  zarur  degan  xato  g‘oya  keng 
tarqalgan.  Aslini  olganda,  perinatal  o‘limga  olib  keladigan  ko‘pgina  holatlar 
murakkab  va  qimmatbaho  texnologiyalardan  foydalanilmasdan  davolanishi  yoki 
ularning  oldini  olish  mumkin.  Faqatgina  homiladorlik,  tug‘ruq  va  tug‘ruqdan 
keyingi  davrda  kerakli  akusherlik  yordami  hamda  Yangi  tug‘ilgan  chaqaloq 
hayotining dastlabki bir necha kunlarida, unchalik ko‘p bo‘lmagan, intensiv (jadal) 
aralashuvlar talab qilinadi holos. 
 
Bu  bob  JSST  definitsiyalari,  joriy  parvarishning  umumiy  tamoyillarini, 
jumladan ovqatlantirish, tana haroratini normal saqlash, infeksiyaning oldini olish, 
immunizatsiya,  yetuklikni  baholash,  moslashuv  davri  xususiyatlarini,  shuningdek 
mavjud muammoni aniqlashtirish uchun holatni keyingi baholash ta`rifini, batafsil 
fizikal tekshiruv ta`rifini o‘z ichiga olgan. 
 
 
1.1. JSST  definitsiyalari 
 
Urug‘lanish – tuxum hujayra va spermatozoidning qushilishi. 
Pusht – urug‘langan tuxum hujayraning bachadon devoriga birikishi. 
Homila – Urug‘lanishning 7-8 haftasidan so‘ng rivojlanadigan pusht  
(embrional davrning oxiridan to tug‘ilgungacha) 

 
11 
Tug‘ruq – Homiladorlik muddatidan qat`iy nazar, tana vazni 500 grammdan ortiq 
yoki  gestatsion yoshi 22 va undan ortiq haftalik tirik yoki o‘lik homilaning onadan 
to‘liq ajralishi. 
Tug‘ilish – bola tug‘ilishi bilan kechadigan fiziologik jarayon. 
Abort  –  homiladorlikning  to‘xtashi  (tana  vazni  500  grammgacha  yoki  gestatsiya 
muddati  22  haftagacha  bo‘lgan  homilaning    o‘z-o‘zidan  ona  organizmidan 
ajralishi).    
Sun`iy  abort    -  tibbiy  ko‘rsatmalarga  ko‘ra  yoki  ayol  xohishiga  ko‘ra 
homiladorlikning to‘xtatish. 
Homila  tushishi  –  gestatsiya  muddati  22  haftagacha  bo‘lgan  homilaning  ona 
organizmidan ajralishi. 
Xavfli  abort  –  minimal  tibbiy  standartlarga  mos  bo‘lmagan  sharoitda  va  etarli 
malakaga ega bo‘lmagan shaxs tomonidan homiladorlikni to‘xtatish yoki homilani 
ona organizmidan sun`iy ajratish. 
Tirik  tug‘ilish  –  homiladorlikning  muddatidan  qat`iy  nazar  homilaning  ona 
organizmidan  to‘liq  ajralishidir,  bu  vaqtda  yo‘ldoshning  ajralishi  yoki  kindikning 
kesilishiga bog‘liq bo‘lmagan holda, homila nafas olishi yoki unda boshqa tiriklik 
belgilaridan  birortasi,  ya`ni  yurak  urishi,  kindik  pul’satsiyasi,  mushaklar  harakati 
bo‘lishi mumkin.  
O‘lik  tug‘ilish  -  homiladorlikning  muddatidan  qat`iy  nazar,  homilaning  ona 
organizmidan  to‘liq  ajralishidan  oldin  nobud  bo‘lishi,  bunda  tiriklik  belgilarining 
birortasi  ham kuzatilmaydi. 
Letal  oqibatning  kelib  chiqish  vaqtiga  qarab,  homilaning  antenatal  va  intranatal 
o‘limi, Yangi tug‘ilgan chaqaloqning esa postnatal o‘limi farqlanadi. 

 
Antenatal o‘lim – tug‘ruq boshlangunga qadar yuzaga keladi; 

 
Intranatal o‘lim – tug‘ruq vaqtida yuzaga keladi; 

 
Postnatal o‘lim – tirik bola tug‘ilgandan so‘ng yuzaga keladi. 
Perinatal davr – homila hayotining 22 – haftasidan  boshlab, tug‘ilgandan so‘ng 
7- kunigacha bo‘lgan davr.  
Neonatal davr (chaqaloqlik davri) – tug‘ilgandan 28 kungacha bo‘lgan davr. 

 
12 
Neonatal  o‘lim  –  Yangi  tug‘ilgan  chaqaloqlar  hayotini  to‘liq  28  kuni  davomida 
kuzatiladi. Bu o‘lim ko‘rsatkichiga erta neonatal va kechki neonatal o‘lim kiradi.  
Erta  neonatal  o‘lim  –  Yangi  tug‘ilgan  chaqaloqlar  hayotining  dastlabki  7  kuni 
davomida yuzaga keladi. 
Kechki  neonatal  o‘lim  -  Yangi  tug‘ilgan  chaqaloqlar  hayotining  dastlabki  7 
kunidan so‘ng, to‘liq 28- kunigacha yuzaga keladi. 
Homiladorlik  muddati  (gestatsion  yosh)  –  oxirgi  hayzning  birinchi  kunidan  to 
tug‘ilgunicha  hisoblanadi  va  to‘liq  haftalarda  yoki  to‘liq  kunlarda  belgilanadi. 
Oxirgi  hayzning  birinchi  kuni  «0»  kun,  0-6  kun  «to‘liq  0  hafta»,  7-13  kun  esa 
“to‘liq  1  hafta”  deb  hisoblanadi,  demak  homila  hayotining  40  haftasi  to‘liq  39 
haftaga to‘g‘ri keladi.  
Homiladorlik davrini davomiyligiga qarab tug‘ruq turlari quyidagilarga bo‘linadi: 

 
Vaqtidan  ilgari  tug‘ruq  –  homiladorlikning  22-  haftasidan  to‘liq  37-
haftasigacha (259 kun) bo‘lgan tug‘ruq. 

 
Vaqtidagi  tug‘ruq  –  homiladorlikning  to‘liq  37-  haftasidan  to‘liq  42- 
haftasigacha (259-293) bo‘lgan tug‘ruq. 

 
Kech tug‘ruq - homiladorlikning to‘liq 42- haftasidan (294 kundan ortiq) so‘ng 
kuzatiladigan tug‘ruq. 
Yangi  tug‘ilgan  chaqaloqlar  tana  vazni  tug‘ilgandan  so‘ng  1-2  soat  mobaynida 
o‘lchanishi  kerak,  chunki  postnatal  davrda  tana  vaznining  sezilarli  darajada 
yo‘qotilishi  kuzatiladi.  Tana  vazniga    ko‘ra  Yangi  tug‘ilgan  chaqaloqlar  quyidagi 
guruhlarga bo‘linadi: 
1.
 
Kichik vaznli bolalar – tana vazni 2500grammdan kam (2499-1500g) 
2.
 
O‘ta kichik vaznli bolalar – tana vazni 1500 grammdan kam (1499-1000g). 
3.
 
Ekstremal  kichik  vaznli  bolalar  –  tana  vazni  1000  grammdan  kam  (999-
500g). 
 
O‘lim ko‘rsatkichlarini hisoblash formulalari 
O‘lik tug‘ilish ko‘rsatkichi: 
O‘lik tug‘ilganlar soni     x 1000 

 
13 
Barcha tug‘ilganlar soni        
 
Erta neonatal o‘lim ko‘rsatkichi: 
Erta neonatal davrda o‘lganlar soni     x 1000 
         Tirik tug‘ilganlar soni 
 
Perinatal o‘lim ko‘rsatkichi: 
O‘lik tug‘ilganlar+Erta neonatal davrda o‘lganlar soni     x 1000 
         Barcha tug‘ilganlar soni        
 
Kech neonatal o‘lim ko‘rsatkichi
Tirik tug‘ilib hayotining 7-27-kunida o‘lganlar soni     x 1000 
         Tirik tug‘ilganlar soni 
 
Neonatal  o‘lim ko‘rsatkichi: 
 Neonatal  davrda o‘lganlar soni     x 1000 
         Tirik tug‘ilganlar soni 
 
Postneonatal  o‘lim ko‘rsatkichi
Tirik tug‘ilib hayotining 28-kunidan 1 yoshgacha o‘lganlar soni     x 1000 
         Tirik tug‘ilganlar soni 
 
Go‘daklar  o‘limi ko‘rsatkichi: 
 1 yoshgacha o‘lgan bolalar soni     x 1000 
     Tirik tug‘ilganlar soni 
 
Bolalar  o‘limi ko‘rsatkichi
 5 yoshgacha o‘lgan bolalar soni     x 1000 
     Tirik tug‘ilganlar soni 
                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                             

 
14 
1.2. Yangi tug‘ilgan chaqaloqlar  parvarishi 
           Sog‘lom  Yangi  tug‘ilgan  chaqaloq  –  bu  tug‘ilgandan  so‘ng  hech  qanday 
tibbiy yordamga muhtoj  bo‘lmagan va o‘zining yashash faoliyatini yaxshi saqlab 
qolgan chaqaloqdir. 
Yangi  tug‘ilgan  chaqaloqni  to‘g‘ri  parvarish  qilish  hamda  uning  umumiy 
ahvolini  to‘g‘ri  baholash  –  kelajakda  uni  tashqi  muhitga  moslashish  qobiliyatini   
va salomatligini saqlab qolish uchun katta ahamiyatga ega omillardan biri. 
Tug‘ruqxonada sog‘lom chaqaloqning  to‘g‘ri parvarishiga quyidagi muhim 
faoliyatlar kiradi: 
 
Teriga teri kontakti. 
 
Kindik tizimchasini bog‘lash. 
 
Ona ko‘kragiga to‘g‘ri qo‘yish. 
 
Gonoblennoreyani oldini olish. 
 
Yangi tug‘ilgan chaqaloqlar gemorragik kasalligini oldini olish. 
 
Vaksinatsiya, skrining. 
 
Yangi tug‘ilgan chaqaloqning yetukligini baholash. 
 
Yo‘rgaklash, cho‘miltirish. 
 
Ona va bolani birgalikda bo‘lishi. 
 
Yangi tug‘ilgan chaqaloqni birlamchi parvarishi 
Tug‘ruq  zalida  har  bir  bola  uchun  kerak  bo‘ladigan  parvarish  anjomlari:  1) 
alohida  toza  oqlik  to‘plami  (  3ta  yo‘rgak,  adyol,  qalpoqcha,  noski);  2)  Yangi 
tug‘ilgan  chaqaloqning  birlamchi  parvarishi  uchun  steril  to‘plam:  2  ta  Koxer 
qisqichi, Rogovin skobasi yoki rezina halqa, uni qo‘yish uchun qisqichlar, paxtali 
cho‘plar, bolani o‘lchash uchun qog‘oz tasma (lenta), onaning ismi-sharifini yozish 
uchun 2  ta  kleyonka braslet, bolaning  tug‘ilgan  kuni  va  soati,  jinsi, vazni va  tana 
uzunligi, tug‘ruq tarixi raqami va bola krovatchasi raqami, yuqori nafas yo‘llaridan 
shilliqni so‘rib olish uchun rezina nokcha. 
 
 

 
15 
Teriga teri kontakti  
Ona  (ota)  va  bola  terisi  orqali  bevosita  yaqin  muloqot  -  bu  teriga  teri 
kontaktidir.  
Uning ijobiy tomonlari ko‘p bo‘lib, ularga: ona va bola o‘rtasidagi ruhiy va 
emotsional  bog‘lanishning  paydo  bo‘lishi,  ko‘krak  suti  bilan  oziqlantirishni 
qo‘llab-quvvatlash,  onadagi  laktatsiya  jarayonini  yaxshilash,  me`yoriy  holatlarda 
bola  uchun  tanish  bo‘lgan  ona  mikroflorasi  bolaga  o‘tishi,  chaqaloqni  tana 
haroratini  me`yorida  saqlash,  og‘riq  qoldiruvchi  usullardan  biri.  CHaqaloq 
tug‘ilgan  zahoti  quritiladi,  boshiga  issiq  qalpoqcha  kiygiziladi,  bolani  ona 
ko‘kragiga etqizilib ustidan issiq adyol bilan yopiladi. Teriga teri kontakti tug‘ruq 
zalida va bolani xonaga o‘tkazish vaqtida ham bajariladi. Kontakt davrida bolaning 
teri rangi, nafas olish soni va tana harorati nazorat qilib boriladi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin