O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus



Yüklə 179 Kb.
səhifə1/5
tarix08.12.2022
ölçüsü179 Kb.
#73218
  1   2   3   4   5
MTPJL .Mustsqil ish




Ozbekiston respublikasi oliy va orta maxsus ta’lim vazirligi


Guliston davlat universiteti


Maktabgacha ta’lim kafedrasi
Maktabgacha ta’limda pedagogik jarayonlarni loyihalashtirish
fanidan
talabalari uchun mustaqil ish topshiriqlar
bajarish boʻyicha uslubiy koʻrsatma





Yangiyer-2022


KIRISH
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 31 dekabrdagi “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim jarayonini tashkil etish bilan bogʻliq tizimni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 824-sonli Qarorida belgilangan vazifalarni bajarish va oliy ta’lim muassasalarida talabalarning kasbiy tayyorgarligiga qoʻyilayotgan talablar, maqsad va vazifalar kun sayin ochiqlik va rangbaranglik kasb etgan holda oʻzgarib bormoqda, bu oʻz navbatida amalda professional faoliyatni yoʻlga qoʻyishga xizmat qiluvchi usul va vositalarning ham zamon talablariga moslashishini taqozo etmoqda. Ushbu jihatdan qaraganda boʻlgʻusi mutaxassislar uchun kasbiy faoliyatga oid qarorlarni qabul qilishda mustaqil harakat qilish, mobillik kabi jihatlarga moʻljal olish muhim oʻrin tutadi, zero bularning barchasiga kasbiy kompitentlik orqali erishiladi.
Zamonaviy talablar odatdagi ta’lim strategiyasini qayta koʻrib chiqishni zarur qilib qoʻyadi. Talabalarning oʻz amaliy faoliyatlari natijalarini nazariy jihatdan chuqur anglab etish, talabalarning bilim olishlariga boʻlgan ichki motivlarini uygʻotishga qaratilgan oʻqitish vositalariga oʻtish jarayoni sodir boʻlmoqda. Kun sayin fundamental bilimlarning ahamiyati ortib bormoqda, individuallashtirishga alohida urgʻu berilmoqda, talabalarning mustaqil ishlari hajmi koʻpaygani holda, oʻqituvchi rahbarligida amalga oshiriluvchi oʻquv faoliyatidan mustaqil ta’lim faoliyatiga oʻtilmoqda.
Kredit-modul tizimida talabalarning mustaqil ish turlarining hajmi 50-60% gacha oshadi, amaldagi ta’lim tizimida bu koʻrsatkich deyarli 40% ni tashkil etadi. Shu sababli, mustaqil ta’limga yetarlicha e’tiborni qaratmasdan, uning uslubiy turlarini shakllantirmasdan kredit-modul tizimini toʻlaqonli tatbiq qilib boʻlmaydi.



Yüklə 179 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin