O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA
MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT VILOYATI CHIRCHIQ DAVLAT PEDAGOGIKA
UNIVERSITETI TARIX SIRTQI 22/2-GRUH TALABASI
MAMAYUSUPOVA MANZURANING
MUSTAQIL ISHI
MAVZU: FALSAFA FANINING PREDMETI, OB`EKTI VA VAZIFALARI
BAJARDI: MAMAYUSUPOVA MANZURA
TEKSHIRDI: MULLAJONOV ISLOM
FALSAFA FANINING PREDMETI, OB`EKTI VA VAZIFALARI
Reja:
1. Falsafa atamasining kelib chiqishi
2. Falsafa fanining predmeti va ob`ekti
3. Falsafa fanining asosiy vazifalari
1.
Har qanday noma’lum so‘z mazmunini uning etimologiyasidan , ya’ni u qachon,
qanday va nima uchun yuzaga kelganini aniqlashdan boshlash o‘rinli
bo‘ladi. «Falsafa» tushunchasi yunoncha Philo– sevaman va sophia – donolik so‘zlaridan
kelib chiqqan bo‘lib, mazkur atamaning dastlabki ma’nosini donolikka muhabbat deb
talqin qilish mumkin. Falsafa so‘zini ilk bor qadimgi yunon mutafakkiri Pifagor miloddan
avvalgi VI asrda tayyor holda (afsonalar, rivoyatlar, an’analar orqali) avloddan avlodga
o‘tuvchi bilim va inson o‘z aqliga tayanib, mushohada yuritish va borliqni tanqidiy
tushunish yo‘li bilan olishi mumkin bo‘lgan bilimni farqlash maqsadida ishlatgan. Ong
paydo bo‘lishi ilmiy tasavvurlarga muvofiq, inson tarixiy rivojlanishining odam miyasi
o‘sib borayotgan mehnat faolligi va verbal (nutq orqali) muloqot ta’sirida o‘ta rivojlanib,
murakkab mavhumliklarni tushunadigan darajaga etgan davri bilan bog‘lanadi. Shunday
qolib, inson tushunchalarga ta’rif berish, mulohazalar bildirish va mushohadalar yuritish
yo‘li bilan sodda, lekin tom ma’noda aqliy ish olib bora boshladi. Falsafa Hindiston,
Xitoy, Markaziy Osiyo va qadimgi Yunonistonda taxminan bir vaqtda avvalo dunyoni
oqilona anglash usuli sifatida vujudga keldi. Odamlar dunyoqarashida nisbatan qisqa vaqt
ichida tub o‘zgarishlar yuz berdi; unda bilim, tafakkur, tahliliy fikrlash tobora muhimroq
rol o‘ynay boshladi, ular sirtdan olingan axborotni sezgilar va emotsiyalar darajasida
idrok etishga asoslangan har xil e’tiqodlarni chetga chiqarib qo‘ydi. Faqat so‘zlariga
ishonish kerak bo‘lgan ota, kohin, ruhoniy o‘rnini, savollar beruvchi va anglashga
chorlovchi muallim faylasuf egalladi. U shubha urug‘ini sochib, qiziqish uyg‘otdi va:
«Ishonma, balki o‘zing fikr qil!», deya da’vat etdi. Ajdodlardan meros qolgan
«donishmandlik» manbai sanaluvchilar, tayyor bilimlar va shak-shubhasiz haqiqatlarni
e’tiqod sifatida qabul qilishga chorlovchilardan farqli o‘laroq, faylasuf savollarni
ta’riflashni va avvalo sog‘lom fikr va o‘z aql-zakovatining kuchiga tayanib , ularga javob
qidirishni o‘rgatatdi. Qadimgi Yunoniston va Rim davridan buyon o'tgan ikki ming
yildan ziyodroq vaqt mobaynida «Falsafa eidi yo'q bo'ldi, uni o'rganishning hech bir
zarurati qolmadi» qabilidagi gaplar ko'p bo'lgan.
«Falsafa» atamasi «filosofiya» so'zining Sharq ijtimoiy tafakkuridagi shaklidir.
Sharqning atoqli faylasufi, mashhur mutafakkir Abu Nasr Forobiy filosofiya so'zini
«Hikmatni qadrlash» deb talqin etgan. Falsafa Sharq xalqlari ijtimoiy tafakkurida
«donishmandlikni sevish» degan mazmun bilan birga, olam sirlarini bilish, hayot va
insonni qadrlash, umr mazmuni haqidagi qarash va hikmatlarni e'zozlash ma'nosida
ishlatilgan. Falsafaning ijtimoiy ong tizimida tutgan o'rni, jamiyat va shaxs hayotidagi
ahamiyati nimadan iborat, degan masala hamma davrlarda ham dolzarb bo'lgan. Ayniqsa,
tarixiy taraqqiyotning tub burilish davrlarida falsafaning asl mohiyatini bilish, uning usul
va g'oyalari kuchidan foydalanish muhim ahamiyat kasb etgan. Falsafa kishilarga olam
to'g'risida yaxlit tasavvur beradi, boshqa fanlar esa , uning ayrim jihatlarini o'rganadi.
Masalan, biologiya o'simlik va hayvonot dunyosini, turlarining kelib chiqishi, o'zgarishi
va takomillashib borishi kabi masalalarni o'rganadi. Umuman, rivojlanish jarayonining
o'zi nima, uning mohiyati qanday? Masalaning aynan shu taxlitda qo'yilishi ilmiy
muammolarni falsafiy masalaga aylantiradi. Endi Faylasuf kim, degan savolga javob
beraylik. «Filosof» so'zini ham yuqorida aytganimizdek, ilk bor buyuk matematik va
mutafakkir Pifagor qo'llagan. Bu tushunchaning ma'nosini u Olimpiya o'yinlari misolida
quyidagicha tushuntirib bergan: anjumanga keladigan bir guruh kishilar bellashish, kuch
sinashish, ya'ni o'zi va o'zligini namoyon etish uchun, ikkinchi bir guruh — savdo-sotiq
qilish , boyligini ko'paytirish uchun, uchinchisi esa, o'yindan ma'naviy oziq olish,
haqiqatni bilish va aniqlashni maqsad qilib oladi. Ana shu uchinchi guruhga mansub
kishilar, Pifagor talqiniga ko'ra, faylasuflar edi. Bu, bir qarashda, oddiy va jo'n misolga
o'xshaydi. Ammo uning ma'nosi nihoyatda teran. Chunki, inson umri ham shunday.
«Dunyo teatrga o'xshaydi, unga kelgan har bir kishi sahnaga chiqadi va o'z rolini o'ynab
dunyoni tark etadi», degan fikr bejiz aytilmagan. Kimdir bu dunyoga uning sir-asrorlari
to'g'risida bosh ham qotirmasdan kelib ketadi, umrini yeyish-ichish, uy-ro'zqor
tashvishlari bilan o'tkazadi. Boshqasi — nafs balosiga berilib, mol-mulkka ruju
qo'yadi. Uchinchisi esa , olam hikmatlarini o'rganadi, umrini xayrli va savob ishlarga
sarflaydi, boshqalar uchun ibrat bo'larli hayot kechiradi.
Qadimgi davrlarda har tomonlama chuqur bilim va katta hayotiy tajribaga ega bo'lgan,
inson ma'naviyatini boyitish va haqiqatni bilishga intiluvchi kishilarni faylasuf deb
ataganlar. Fozil va komil insonlargina falsafa bilan shug'ullanganlar. Aslida, o'sha
davrlarda falsafani o'rganish deyilganda, ilmning asoslarini egallash ko'zda tutilgan. Grek
mutafakkiri Geraklit (eramizdan avvalgi 520—460 yillarda yashagan) shogirdlariga
murojaat qilib, «Do'stim, sen hali yoshsan, umringni bekor o'tkazmay desang, falsafani
o'rgan», deganda aynan ana shu haqiqatni nazarda tutgan. Boshqa bir buyuk grek faylasufi
Epikur (eramizdan avvalgi 470—399-yillarda yashagan) bu haqiqatni quyidagicha ifoda
etgan: «O'z-o'zingni yerga urish, tubanlashish nodonlikdan boshqa narsa emas,
o'zligingdan yuqori turish esa — faylasuflikdir». Xuddi shuningdek, Sharqda ham
konfutsiy va moniylik , Xorazmiy va Forobiy, imom Buxoriy va imom Termiziy, Beruniy
va ibn Sino, Naqshband va Navoiy kabi donishmand bobolarimiz o'z hayotiy kuzatishlari
va tajribalarini umumlashtirish, insonga xos xato va kamchiliklardan saboq chiqarish,
bashariyat tomonidan to'plangan bilim va tajribalarni o'zlashtirish orqali faylasuf
darajasiga ko'tarilganlar. Umuman olganda, bilimdon kishilarning barchasini ham
donishmand yoki mutafakkir deb bo'lmaydi. Haqiqiy faylasuflar hayotda nihoyatda kam
bo'ladi. Ular o'z davri va millatining farzandi sifatida insoniyat tarixiga katta ta'sir
ko'rsatadi. Xudoning o'zi aql-zakovat, iste'dod, kuch-quvvat ato etgan, yorqin tafakkurga
ega bo'lgan bunday buyuk shaxslar umumbashariy taraqqiyot misolida , teran insoniv
g'oyalar, ma'naviy boyliklarning qadr-qimmatini chuqur anglaydigan donishmand
odamlar bo'lgan.
Falsafaning umumbashariy fan ekani, uning bahs mavzulari va asosiy
muammolarini belgilab beradi. Shu ma'noda odam va olam, ularning ibtidosi va intihosi,
hayoti va o'zaro munosabatlari, inson tafakkuri, tabiat va jamiyat taraqqiyotining umumiy
qonuniyatlari falsafa uchun azaliy muammolardir. Shu bilan birga, muayyan davrda
tug'iladigan va hal etiladigan o'tkinchi muammolar ham bo'ladi. Ular abadiy muammolar
darajasiga ko'tarilmasa-da, o'z davrining talab va ehtiyojlaridan kelib chiqqani uchun,
muhim ahamiyat kasb etadi. Falsafa yangi g'oyalarning tug'ilishiga imkon beradi. Hayot,
ijtimoiy tajriba bilan uzviy bog'liq holda rivojlanadi. U tarixiy davr bilan mustahkam
aloqadorlikda taraqqiy etadi. Har bir tarixiy davr , uning oldiga yangi masala va
muammolarni qo'yadi. Falsafiy muammolar bevosita hayot zaruratidan tug'iladi. Aynan
ular orqali falsafada davrning taraqqiyot tamoyillari va o'ziga xos xususiyatlari aks etadi.
Masalan, hozirgi zamonda yurtimiz falsafasi uchun istiqlol davriga xos qonuniyatlar va
xususiyatlarning falsafiy asoslarini izohlash zarurati shu bilan belgilanadi. Falsafiy
ta'limotlarda jamiyat hayotining barcha sohalari tarixiy jarayonga xos tamoyiUar,
ijtimoiy guruhlarning manfaat va kayfiyatlari, tafakkur usullari o'z aksini topadi. Shuning
uchun ham muayyan ijtimoiy kuch, sinf, guruh, partiya va oqimlar o'z maqsad-
muddaolari va g'oyalarini ilmiy asoslashda falsafadan foydalanadi. Falsafadagi ustuvor
qarash va qoidalar davr mahsuli bo'lgani uchun, zamonning taraqqiyot tamoyillari va
muammolari unda o'z ifodasini topadi.
Kishilar qadim zamonlardan boshlab, borliq
dunyo, tabiat nima, ular qanday tuzilgan, borliqning asosida nima yotadi, insonning o‘zi
nima, u dunyoga qanday qaraydi, kabi savollarga javob berishga harakat qilib kelganlar.
Falsafiy tafakkur insonning o‘z-o‘zini anglashidan boshlanadi, uning olam haqidagi
bilimlarini umumlashtirish asosida rivojlanib boradi.Inson bilishining ob’ekti bo‘lgan
olam cheksizligi sababli, bu savollarga javob berish imkoniyati ham cheksizdir. Kishilar
borliqni va unga bo‘lgan o‘zlarining munosabatlarini o‘rgana borishi, ularning o‘z
turmush tajribalari asosida ongli va ongsiz ravishda hosil qila borgan tasavvurlari va
qarashlari miyalarida qayta ishlanib, o‘ziga xos turli xil dunyoqarashni hosil qiladi.
Inson dunyoga kelar ekan, u yashashi, ulg‘ayib borishi bilan o‘z hayoti xaqida, kundalik
ishlari xaqida, hayotdagi o‘z quvonch va tashvishlari, baxti va baxtsizligi haqida, o‘zining
va o‘z atrofidagi kishilarning tug‘ilishi, yashashi, olamdan o‘tishi haqida, narsa va
hodisalarning esa o‘zgarishi, rivojlanishi, boshqa yangi narsa va hodisalarning paydo
bo‘lishi haqida ma’lum tasavvurlarga, tushunchalarga ega bo‘lib boradi. Bu tasavvurlar
va tushunchalar uning borliqni, o‘zi yashayotgan dunyoni qanday tushunishi, dunyodagi
o‘z o‘rnini qanday anglashini ifodalaydi. Bular insonning dunyo to‘g‘risidagi oddiy ong
darajasidagi qarashlaridir. Bu avvalo,inson o‘zini va dunyoni zaruriy ravishda anglashi,
tushunishi, bilishi va baholashi natijasida yuzaga kelgan xulosalari, bilimlari asosida
shakllangan umumlashmalar tizimidir.
2. Falsafaning o`rganish ob'ekti insonning o`zini o`rab turgan olam bilan o`zaro
Dostları ilə paylaş: |