O’zbеkiston rеspublikasi oliy va o’rtamaxsus ta’limvazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti



Yüklə 58,08 Kb.
səhifə1/7
tarix21.03.2023
ölçüsü58,08 Kb.
#88964
  1   2   3   4   5   6   7
Ergashev Abbos Kurs ishi


O’ZBЕKISTON RЕSPUBLIKASI OLIY VA
O’RTAMAXSUS TA’LIMVAZIRLIGI
NIZOMIY NOMIDAGI TOSHKENT
DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI

“Himoyaga ruxsat etilsin”


Fakultet dekani
_____ G.N.Ibragimova
“___” _________ 2021 yil

5110900 – Pedagogika va psixologiya


ta’lim yo’nalishi Pp – 201 guruh talabasi
Ergashev Abbosning
Katta o‘smir shaxsida o‘zini o‘zi rivojlantirishning psixologik omillari “

mavzusidagi


KURS ISHI

“Himoyaga tavsiya etilsin”


Ilmiy rahbar: Sh.A.Parpiyeva
Psixologiya kafedrasi mudiri
___ps. f. n. dots. N. I. Xalilova
“___” ______ 2021 yil
Toshkent 2021
MUNDARIJA


KIRISH ………………………………………………………………………………..3
I BOB. O’smirlik davri psixologiyasi ………………………………………………..6

    1. O’smirlik davri psixologiyasini o’rganish predmeti sifatida ……………………….6

    2. O’smirlik davrida rivojlanish xususiyatlarining namoyon bo’lishi …...................16


II BOB. O’smirlik davrida rivojlanish xususiyatlarini o’rganilganligi …………26
2.1.Katta o’smirlarning rivojlanishini o’rganadigan metodikalar tasnifi ……………26
2.2. Katta o’smirlik davrida rivojlanishni ta’minlovchi psixologi omillar
sharhi …………………………………………………………………………….……31
Xulosa va tavsiyalar………………………………………………………………….36
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati ………………………………………………...38

KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. Har tomonlama yetuk, barkamol shaxsni tarbiyalash hozirgi kun ta’lim tizimi oldidagi dolzarb muammolardan biridir. Barkamol shaxsni tarbiyalashda u dunyoga kelganidan boshlab, to maktabgacha tarbiya yoshigacha bo‘lgan davrdagi psixologik xususiyatlarini bilish tarbiyachilar, pedagoglar va psixologlar, ota-onalar uchun muhim ahamiyatga ega. bolalar psixologiyasining hozirgi vaqtdagi dolzarb muammolari ko‘proq o‘z aksini topgan. Mamlakatimiz prezidenti Sh.Mirziyoyev O‘zbekiston Respublikasi “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunda, Kadrlar tayyorlash Milliy dasturida, Milliy istiqlol g‘oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillarida tarbiyachilar, pedagoglar oldiga ulkan vazifalami yuklamoqda.
Respublikamizda ijtimoiy- iqtisodiy, siyosiy, ma’naviy va madaniy sohalarda amalga oshirilayotgan islohotlar ta’lim jarayoni va kadrlar tayyorlash tizimini ham tubdan yangilash va rivojlantirishni talab etadi. Shu boisdan ta’lim tizimini zamon talablari darajasida va erishilgan tajribalar asosida rivojlantirish orqali o‘sib kelayotgan yosh avlodni jamiyat hayotida faol ishtirok etadigan, har tomonlama yetuk va yuksak ma’naviyatli, komil insonlar etib tarbiyalash davlatimiz siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan hisoblanadi. Uzluksiz ta’lim tizimining muvaffaqiyatida maktabgacha ta’lim muassasalari poydevor hisoblanadi.
Barkamol avlodni tarbiyalash deganda nafaqat ijodiy balki jismoniy va ruhiy salomatlikni mustahkamlash ham tushuniladi. Yoshlarni hayotda o’z o’rnini topishda axloqiy e’tiqodlarini shakllantirishda ularda oliyjanoblik va insonparvarlik kabi yuksak sifatlarni tarbiyalashda sog’lom turmush tarzini tashkil qilish lozim. Bolalarning tafakkuri va iqtidorini har jihatdan namoyon etish milliy va umuminsoniy ideallar va qadriyatlarning ustuvorligini ta’minlash shaxs, jamiyat va atrof muhitning o’zaro munosabatlarida uyg’unlikka erishish bola va o’qituvchi o’rtasidagi munosabatni yuqori darajaga olib chiqishga sabab bo’ladi.1 Mamlakatimizda yosh avlod ta’lim-tarbiyasiga alohida e’tibor qaratilmoqda. O‘g‘il-qizlarning zamonaviy bilim olishi, yuksak ma’naviyatli bo‘lib ulg‘ayishi uchun zarur sharoit yaratish borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda."Bizni hamisha o‘ylantirib keladigan yana bir muhim masala – bu yoshlarimizning odob-axloqi, yurish-turishi, bir so‘z bilan aytganda, dunyoqarashi bilan bog‘liq. Bugun zamon shiddat bilan o‘zgaryapti. Bu o‘zgarishlarni hammadan ham ko‘proq his etadigan kim – yoshlar. Mayli, yoshlar o‘z davrining talablari bilan uyg‘un bo‘lsin. Lekin ayni paytda o‘zligini ham unutmasin. Biz kimmiz, qanday ulug‘ zotlarning avlodimiz, degan da’vat ularning qalbida doimo aks-sado berib, o‘zligiga sodiq qolishga undab tursin. Bunga nimaning hisobidan erishamiz? Tarbiya, tarbiya va faqat tarbiya hisobidan", deya ta’kidladi Prezidentimiz SHavkat Mirziyoyev.

Yüklə 58,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin