O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 23-oktabrdagi pf-5853-son



Yüklə 18,79 Kb.
tarix20.09.2023
ölçüsü18,79 Kb.
#145794
O


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 23-oktabrdagi PF-5853-son Farmoni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020 — 2030-yillarga mo‘ljallangan strategiyasi va “Qishloq xo‘jaligida suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy etishni yanada jadal tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 11-dekabrdagi PQ-4919-son qaroriga muvofiq respublika hududlarida suv resurslaridan samarali foydalanish, zamonaviy sug‘orish texnologiyalari joriy etiladigan maydonlarni kengaytirish, ushbu jarayonlarga xalqaro moliya institutlarining investitsiyalarini keng jalb etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qilindi.
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi va “Roehren-und Pumpenwerk Bauer Gesellschaft.m.b.N.” kompaniyasi (Avstriya Respublikasi) (keyingi o‘rinlarda — “Bauer” kompaniyasi) o‘rtasida “Bauer” kompaniyasi tomonidan ishlab chiqariladigan suvni tejaydigan zamonaviy texnologiyalarni yetkazib berish va to‘liq o‘rnatish bo‘yicha imzolangan kelishuvga muvofiq “O‘zbekiston qishloq xo‘jaligida suvni tejaydigan zamonaviy texnologiyalarni joriy etish” loyihasini (keyingi o‘rinlarda — loyiha) moliyalashtirish uchun “UniCredit Bank Austria AG” banki tomonidan 26 yil 6 oyga 8 yillik imtiyozli davri bilan 7,9 mln yevro miqdorida O‘zbekiston Respublikasi kafolati ostida kredit berish ma’qullaganligi ma’lumot uchun qabul qilindi.
Va qarorni ijrosni ta`minlash maqsadida quyidagilar belgilandi.
texnologiyalarni joriy etish” loyihasini moliyalashtirish uchun “UniCredit Bank Austria AG” bankining krediti bo‘yicha asosiy qarzni, unga hisoblanadigan foizlar va boshqa to a) “O‘zbekiston qishloq xo‘jaligida suvni tejaydigan zamonaviy ‘lovlarni qaytarish prognoz jadvali 1-ilovaga muvofiq;
b) quyidagilarni nazarda tutuvchi Zamonaviy yomg‘irlatib sug‘orish texnologiyalarini yetkazib berish va to‘liq o‘rnatish tartibi to‘g‘risidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi sug‘orish texnologiyalarini joriy etuvchi tashabbuskorlarning manzilli ro‘yxatini shakllantirish uchun O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirining o‘rinbosari rahbarligida ishchi guruh tuzadi;
sug‘orish texnologiyalarini joriy etuvchi tashabbuskorlar e’lon berilgan kundan boshlab bir oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligiga sug‘orish texnologiyalarini joriy etishi to‘g‘risida belgilangan shakldagi ariza hamda sug‘orish texnologiyalari joriy etiladigan yer uchastkasi va joriy qilinadigan sug‘orish texnologiyalari to‘g‘risida ma’lumotlarni taqdim etadi;
ishchi guruh sug‘orish texnologiyalarini joriy etuvchi tashabbuskorlar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi taqdim etilgan hujjatlarni besh ish kunida ko‘rib chiqadi hamda manzilli ro‘yxatni shakllantiradi.

Va ularga yanada yengillik yaratish uchun quyidagilar belgilandi. Bundan ko`rinib turibdiki qishloq xo`jaligida texnikalarni rivojlantirish chora tadbirlari jadal rivojlanmoqda.


O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksiga muvofiq suvni tejaydigan (tomchilatib, yomg‘irlatib, diskret va boshqa) sug‘orish texnologiyalari joriy etilgan yerlarga suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyalari joriy etilgan oyning boshidan e’tiboran besh yil muddatga soliq solinmaydi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq xo‘jaligida suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy etishni yanada jadal tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 11-dekabrdagi PQ-4919-son qaroriga muvofiq qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilariga suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy etish xarajatlarini va ushbu texnologiyalarni xarid qilishga ajratiladigan bank kreditlari bo‘yicha foiz xarajatlarining bir qismini qoplashga subsidiyalar taqdim etilishi hamda suv tejaydigan texnologiyalar joriy etilgan yer maydonlari kamida besh yil mobaynida maqbullashtirilmaydi.
Vazirlar Mahkamasining “Fermer xo‘jaliklarining nasos agregatlari va sug‘orish quduqlari iste’mol qiladigan elektr energiyasi qiymatini qoplash uchun O‘zbekiston Respublikasi davlat budjetidan subsidiyalar ajratish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 3-maydagi 320-son qaroriga asosan fermer xo‘jaliklarining nasos agregatlari va sug‘orish quduqlari iste’mol qiladigan elektr energiyasi qiymatini qoplash uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan subsidiyalar ajratilishi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Yüklə 18,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin