0
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
SOG‘LIQNI SAQLASH VAZIRLIGI
TOSHKENT FARMASEVTIKA INSTITUTI
FARMATSEVTIK BOTANIKA
fanidan farmatsevtika instituti farmatsiya fakulteti talabalari uchun
o‘quv – uslubiy qo‘llanma
1 – qism
Toshkent – 2019
1
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash
vazirligi
Toshkent farmasevtika instituti
‗‗Tasdiqlayman‘‘
o‘quv va tarbiyaviy ishlari
bo‘yicha prorektor, prof.
Yuldashev Z.A.
_____________________
‗‗___‘‘ ________ 2019 y.
Farmatsevtik botanika
fanidan farmatsiya fakulteti talabalari uchun
o‘quv – uslubiy qo‘llanma
Toshkent – 2019
2
Tuzuvchilar:
M.T.Yulchieva – Toshkent farmasevtika instituti
farmakognoziya kafedrasi dotsenti, b.f.n.
N.T.Atamuratova – Toshkent farmasevtika instituti
farmakognoziya kafedrasi katta o‘qituvchisi
Taqrizchilar:
I.V.Belolipov – Toshkent Davlat Agrar Universiteti
Qishloq xo‘jaligida ekologik xavfsizlik va botanika kafedrasi
b.f.d. professori
A.A.Nurmuhamedov – Toshkent farmasevtika instituti
tibbiy va biologik fanlar kafedrasi q.f.n, dotsenti
Farmatsevtik botanika fanining o‘quv – uslubiy qo‘llanma Markaziy uslubiy
kengashining 2019 yil ‗‗ ‘__‘________ – son yig‘ilishida muhokama qilingan
va tasdiqlashga tavsiya etilgan.
Markaziy uslubiy kengash raisi, professor______________ Z.A.Yuldashev
Farmatsevtik botanika fanining o‘quv – uslubiy qo‘llanma institut
Kengashining 2019 yil ‗‗__‘‘________– son yig‘ilishida muhokama qilingan
va tasdiqlashga va tavsiya etildi.
Ilmiy kengash kotibi __________________V.R.Xaydarov
3
Laboratoriya mashg‘ulot -1
Mavzu: Mikroskop va hujayraning tuzilishi
1. Darsning mazmuni:
O‘simliklarning
ichki
tuzilishini
o‘rganishda
mikroskopdan
foydalaniladi. Mikroskop kichik buyumlarni kattalashtirib ko‘rsatadigan asbob.
Hozirgi paytda turli xil mikroskoplar mavjud. Mikroskopni birinchi marta 1665
yilda ingliz olimi Robert Guk kashf etgan. Mikroskop orqali oddiy ko‘z bilan
ko‘rib bo‘lmaydigan hujayra qismlarini ham ko‘rish mumkin. O‘simlik ichki
tuzilishini o‘rganishda biologik mikroskoplardan foydalaniladi. Hozirgi zamon
biologik mikroskoplari ob'ektlarni ikki ming martagacha, elektron
mikroskoplari esa qirqming martagacha kattalashtirib ko‘rsatadi.
O‘simlikning organini mikroskopda ko‘rish bilan uning son-sanoqsiz
mayda hujayralardan iborat ekanligini bilamiz. Hujayra o‘simlikning tarkibiy
qismidir. O‘simlik tirik, o‘lik, bir va ko‘p hujayralardan tashkil topib, ular
nafas oladi, oziqlanadi, o‘sadi, rivojlanadi, ko‘payadi.
Hujayra yumaloq, kubiksimon, prizmasimon va boshka shakllarda
bo‘ladi. Hujayralar shakli jihatidan parenxima va prozenximaga bo‘linadi.
Parenxima hujayraning hamma tomoni taxminan bir xil o‘lchamga, eni bo‘yiga
teng yoki bir oz kattaroq bo‘ladi. Ular dumaloq, ko‘p qirrali, plastinkasimon,
yulduzchasimon shakllarda bo‘ladi. Masalan, piyoz po‘sti hujayrasida.
Prozenxima hujayraning shakli cho‘ziq, ya'ni bo‘yi enidan bir necha
marta uzun bo‘ladi. Masalan, paxta tolasining hujayrasida.
Mikroskopning tuzilishi.
Biologik mikroskop o‘simlik anatomiyasini o‘rganishda eng zarur asbob
hisoblanadi. Hozirgi mikroskoplar ob'ektlarni bir necha yuz va ming
martagacha kattlashtirib ko‘rsatadi. Mikroskopning optik qismi eng muhim
qisimlaridan bo‘lib, u ko‘rish trubkasi (tubus) dan iborat. Bu trubkaning yuqori
qismida okulyar, tagida ob'ektiv joylashgan.
Shtativ. Mikroskopning shtativi to‘g‘ri yoki egri kolonkadan iborat
bo‘lib, uni orqa tomonga qayirib qo‘yish mumkin. Shtativda revolver,
kremalera, mikrovint, makrovint, stolcha, diafragma, dasta va oyna bo‘ladi.
Ob'ektiv. Mikroskopning buyumni kattalashtirib qilib ko‘rsatadigan
asosiy qisimlaridan biri ob'ektivdir. Ob'ektiv odatda 2-4 ta bo‘ladi. Ob'ektiv
buyumlarni kattalashtirib va teskari (bosh - oyoq) qilib okulyarga tushiradi.
Okulyar. Ob'ektiv tushirgan buyum aksini okulyar yanada
kattalashtiradi. Okulyar ikkita: yig‘ish va ko‘rish linzalaridan iborat. Ko‘rish
linzasi kichik bo‘lsa, okulyar buyumni shuncha katta qilib ko‘rsatadi.
Mikroskopdagi 3 ta okulyar va 3 ta ob'ektivni o‘zaro to‘g‘irlash yo‘li bilan
ob'ektlarni quydagicha kattalashtirib ko‘rish mumkin:
4
Okulyar
Ob'ektiv
Kattalashtirish
3
8
8 x
15x
7
10
15 x
40 x
21
80
120
600 va hakazo
Byuum stolchasi. Buyum stolchasi odatda yumaloq yoki kvadrat
shaklida bo‘lib, o‘rtasi teshik bo‘ladi. Bu teshikdan preparatga yorug‘lik tushib
turadi: stolchaning orqa sirtida teshikni katta –kichik qilib turadigan diafragma
o‘rnatilgan. Buyum stolchasi ostiga joylashgan oyna yorug‘likni diafragma
teshigiga to‘g‘irlaydi. Bu oynaning bir tomoni yassi ikkinchi tomoni botiq
bo‘ladi. Preparatga kuchsiz yorug‘lik tushishi kerak bo‘lsa oynaning yassi
tomoni, yorug‘lik kuchli tushishi zarur bo‘lsa botiq tomoni ishga solinadi.
Mikrovint. Mikroskop mikrometrik vintini burash bilan ko‘rish
trubkasini yuqoriga ko‘tarish yoki pastga tushirish, ob'ektiv bilan okulyar
o‘rtasidagi fokus masofani to‘g‘irlab olish mumkin. Demak mikrometrik vint
yordamida ko‘rish fokus masofasini to‘g‘irlab olish mumkin.
1-rasm. ―Biomed‖ yorug‗lik mikroskopi
1-okulyar, 2- tubusning ushlagich qismi, 3,4- revolver va obektivlar, 5-buyum stoli, 6,7- kondensor va
diafragma, 8-yorug‗lik linzasi. 9- taglik, 10-shtativ,11-ogranichitel, 12,13-vint va preparat ushlagich, 14-15
mikro va makrovint, 16- kondersor vertikal vinti,17,18,19-mikroskop asosi.
Preparat tayyorlash. Buning uchun fiksirlangan yoki tirik o‗simlik
bo‗laklari ustara yordamida ko‗ndalangiga va uzunasiga kesiladi. Qattiq
ob‘ektlar (poya, ildiz bulaklari) dan kesik tayyorlashda ular suv va glitserin
aralashmasida qaynatiladi, bunda ob‘ekt hujayralari yumshaydi va kesik
tayyorlash osonlashadi.
Preparat tayyorlashda o‗simlik organini chap qo‗lda tutib, o‗ng qo‗ldagi
5
ustara tig‗ini uziga qaratib yengil harakat bilan, bir yurgizishda yupqa qilib
kesik olinadi. Agar kesiladigan buyum nozik bo‗lsa, uni probka yoki marjon
daraxt o‗zagi orasiga olib kesiladi. Kesma kichik, tekis va yupqa bo‗lishi kerak.
Uni ustara tig‗i sirtidan buyum oynasidagi suv tomchisiga yoki boshqa
suyuqlik tomchisiga cho‗tkacha yordamida tushiriladi, so‗ngra usti qoplag‗ich
oyna bilan yopiladi; bunda ikki oyna o‗rtasida havo qolmasligi kerak. Bu ikki
oyna orasi suyuqlik bilan to‗la egallanmasa, uning yonidan tomchi qo‗shib
to‗ldiriladi (qoplag‗ich oyna buyum oynasiga zich yopishib turishi, lekin
tomchi ustida suzib qolmasligi kerak). Bunda ortiqcha suv filtr qog‗ozga
shimdiriladi. Tekshirilayotgan buyumni, masalan hujayra yadrosini yoki
sitoplazmani aniqroqko‗rish uchun tayyorlangan preparatga KJ tomiziladi.
Shunda preparat ravshanlashadi. Undan so‗ng safranin, metilen ko‗ki va
shunga o‗xshash buyoqlardan foydalanish mumkin. Bu reaktivlardan pipetka
yordamida bir tomchi olib ob‘ekt ustiga tomiziladi va bir necha daqiqadan
so‗ng ortiqcha buyoqni idishdagi suvdan, pipetka bilan yuvib tashlanadi va
yana toza suv quyib yuviladi. Shunday qilib, suv rangsizlanguncha yuvish
davom ettiriladi. Bo‗yalgan va toza suvda yuvilgan kesiklarni nina yoki
cho‗tkacha yordamida olib, glitserin tomizilgan buyum oynasi ustiga qo‗yiladi
va usti artilgan qoplag‗ich oyna bilan yopiladi.
Glitserinda saqlangan ob‘ekt bir necha vaqt buzilmay turadi. Bunday
preparatlar chang tushmasligi uchun qopqoqli qutichalarda saqlanadi. Shunday
qilib glitserinda saqlangan preparatlarni kerak vaqtda glitserin – jelatin bilan,
buyum va qoplag‗ich oyna orasiga olib yopishtiriladi. Doimiy preparat
tayyorlash ancha murakkab bo‗ladi. Bo‗yalgan kesiklarni suvsizlantirish uchun
dastlab 50, 96, 100% li spirtlarda, so‗ngra absolyut spirt, toluol va ksilol bilan 2
marta yuviladi. Kesiklarni buyum oynasiga joylab, ustiga balzam tomiziladi va
qoplarich oyna bilan yopib qo‗yiladi.
2. Darsning vazifasi:
Mikroskopning tuzilishi, undan foydalanish qoidalari, doimiy va
vaqtinchalik kesiklar tayyorlash, ularni bo‘yash usullari bilan tanishadilar.
O‘simlik hujayrasining tuzilishi, ularning shakli va tirik qismlari,
organoidlarining vazifasini o‘rganish nazarda tutilgan.
3. O‘quv jarayonining mazmuni
1.Mikroskop qanday asbob va uning turlari
2.Mikroskopning optik va mexanik qismlari, ularning vazifalari
3.Mikroskop bilan ishlash qoidalari
4.Fokus oraligini topish
5.Kesiklar tayyorlash
6.Kesiklarni reaktivlar bilan bo‘yash
7 Hujayraning tuzilishi
8 Hujayra shakllari: parenxima va prozenxima hujayralar
9 Hujayra organoidlari va ularning vazifasi
6
4.O‘quv jarayonnni amalga oshirish texnologiyasi (metod, forma
(shakl) vosita, usul, nazorat, baholash).
a) Darsning turi - suhbat
b) Metod: - Bumerang, Blits uyin
v) Forma (shakl) - guruh
g) Vosita - doska, tarqatma material, tablitsa, tayyor preparat
d) Usul - nutqli
e) Nazorat - kuzatish (ko‘rish)
j) Baholash - o‘z-o‘zini va umumiy baxolash
5. Metod - Bumerang. Blits o‘yin, Klaster
Bumerang treningi
Talabalar kichik guruhlarga bo‘linadi va vazifa yozilgan material
tarqatiladi. Har 1 ta guruh o‘z fikrini bayon qiladi va guruxlar orasida
savol-javob ketadi.
1 - guruhga berilgan vazifa
1. Mikroskopning vazifasi va xillari
2. Mikroskopning asosiy qismlari
3. Mikroskopning optik qismlari va uning vazifalari
4. Mikroskopning mexanik qismlari va uning vazifalari
2 - guruhga beriladigan vazifa
1. Mikroskop bilan ishlash qoidalari
2. Fokus oralig‘i qanday topiladi
3. Kichik ob'ektivdan katta ob'ektivga o‘tish usullari
4. Kesiklarni tayyorlash tartibi va ularni bo‘yash
3- guruhga beriladigan vazifa
1. Hujayraning shakllari
2. Hujayraning tirik va o‘lik qismi
3. Hujayradagi organoidlar
4. Hujayra qismlarining tuzilishi va vazifasi
7
Blits o‘yin
Metodni o‘tkazilish tartibi. Har bir guruh talabalariga yuqorida
ko‘rsatilgan vazifa tarqatiladi. Talabalar to‘g‘ri deb hisoblagan raqamni "yakka
baxo" qatoriga yozib chiqadi. O‘qituvchi to‘g‘ri javob e'lon qilgandan keyin,
har bir guruh o‘z xatolarini "gurux xatosi" qatoriga yozadi. Natijada to‘gri,
noto‘g‘ri javoblar solishtirilib, gurux baxosi hisoblab chiqiladi.
Guruh
baxosi
Gurux
xatosi
To‘g‘ri
javob
Yakka
xato
Yakka
baxo
Gurux
ichidan
chetlatish
Mikroskop bilan
ishlash
usulini o‘rganish
1. Mikroskop bilan ish
lashdan oldin kuzguni
har
tomonga aylantirib
yorug‘lik diafragma
teshigi
tomon yo‘naltiriladi va
ko‘z bilan okulyardan
qarab
yorug‘lik topiladi.
2. Mikroskopning
tozaligini tekshirib,
tutkich qismidan
ushlab ish stolida
siljimaydigan
qilib qo‘yish kerak.
3. Mikroskopning 7x
okulyari va 8x
ob'ektividan
foydalanib yoruglik
to‘planadi.
4. Preparatga yon
tomoni-
dan qarab turib,
mikroskop trubkasini
katta vint
yordamida preparatga
juda
yaqin kelguncha /oraliq
1sm bo‘lguncha/
tushiriladi.
5. Mikroskopning katta
ob'ektivi (40x) orqali
mikropreparatlarni
mikroskop stolidan
8
qo‘zg‘atmasdan katta
ko‘tarilib, uning
o‘rniga katta ob'ektiv
almashtiriladi.
6. Ish stolining o‘ng
tomoniga rasm chizish
uchun tomonga
ishlash uchun
kerakli narsalar
qo‘yiladi.
7. Tayorlangan
preparatni mikroskop
stolining
markazidagi teshikka
to‘g‘rilab qo‘yiladi.
8. Okulyar orqali
qarab, ob'ekt tasviri
ko‘ringuncha fokusi
to‘g‘rilanadi
/oraliq 1-2 mm.
bo‘lguncha/
9. Okulyardan qarab,
makrovintni ob'ekt
ko‘ringuncha oldinga
va orqaga burab
boriladi va tasvir
topiladi.
Keys
Hujayralarning tuzilishi
9
Rasmlarga qarab o‗simlik va hayvon hujayralarning uxshash va farq qiluvchi
organoidlarni toping. Ularni bajaradigan funksiyalar haqida ma‘lumot bering
uxshash organoidalar
farq qiluvchi organoidlar
organoidlar bajaradigan
funksiyalar
10
HUJAYRA TUZILISHIGA OID KLASTER
Hujayra
qismlari
Mitoxondriy
Sfеrosoma
Yadro
Nuklеoplazma
Yadrocha
Yadro po‘sti
Vakuola
Goldji
apparati
Plastidalar
Xloroplastlar
Lеykoplastlar
Xromoplastlar
Ribosoma
Lizosoma
Sitoplazma
Plazmolеmm
a
Tonoplast
Mеzoplazma
Endoplazmatk
to‘r
11
MIKROSKOP TUZILISHIGA OID KLASTER
Mikroskopning
tuzilishi
Okulyar
Makrovint
Buyum
stolchasi
Shtativ
dastachasi
Mikrovint
Oyoqchasi
Rеvolvеr
Oyna
Tubus
Kondеnsator
diafragmasi
12
6.Mustaqil bajarish uchun vazifalar.
1-mashgulot: Mikroskop bilan ishlash usulini o‘rganish
Ob'ekt: Mikroskop, piyoz
a) Mikroskopni tozaligini tekshirish
b) Ish stoliga mikroskopni o‘rnidan siljimaydigan qilib qo‘yish
v) Ish stolining o‘ng tomoni ish daftari va chap tomoniga ishlash uchun
kerakli asboblar: suv, pipetka, preparoval nina, buyum va qoplog‘ich oynalar,
filtr qog‘oz, spirt lampa, yumshoq latta qo‘yiladi.
g) Mikroskop ko‘zgusini har tomonga harakatlantirib yorug‘lik tutiladi.
d) Yorug‘lik tutish mikroskopning 7x okulyari va 8x ob'ektividan
foydalaniladi.
e) Preparatdagi ob'ekt buyum stolchasidagi teshikka to‘g‘ri qilib
o‘rnashtiriladi.
j) Ob'ektlar aniq ko‘rinishi uchun fokus oralig‘i topiladi. Okulyardan ko‘z
bilan qarab katta vintni ob'ekt tasviri ko‘ringuncha buraladi. Mikroskopga
qo‘yilgan buyum chap ko‘z bilan ko‘riladi, o‘ng ko‘z esa ob'ektning rasmini
chizishga yordam beradi.
2- mashg‘ulot: Kesiklar tayyorlash va piyoz po‘sti hujayrasining
tuzilishini tekshirish.
1. Piyozning seret qobig‘idan nina yoki pintset bilan rangsiz po‘stidan shilib,
buyum oynasidagi suv tomchisiga qo‘yiladi. So‘ngra nina uchi bilan to‘g‘rilab,
ustiga qoplag‘ich oyna yopiladi.
2. Tayyorlangan kesiklar mikroskopning kichik va katta ob'ektivi orqali
tekshiriladi.
3. Kesiklarni bo‘yash uchun suv o‘rniga lyugol eritmasi tomiziladi.
4. Bo‘yalgan kesik mikroskopning kichik va katta ob'ektivi orqali
qaralganda piyoz pardasining hujayralari yupqa po‘st bilan
qoplanganligi va ichida vakuola, sitoplazma, yadro borligi ko‘riladi.
Topshiriq: Biologik mikroskopni va hujayra tuzilishini rasmini chizib. hamma
qismlarini nomini yozing.
7. Kutiladigan natijalar
O‘qituvchi
a) Mavzu bo‘yicha maqsadni
tushuntirish
b) Talabalarda qiziqish
uyg‘otish
v) Yangi texnologik usullarni
qo‘llash
Talaba
a) Mavzu bo‘yicha to‘la ma'lumot
olishi
b) Talabalar bilimini shakllantirish
v) Talabalar qiziqish bilan
kabul qilishi
13
8. Kelgusi rejalar
a) O‘qituvchi internetdan yangi
material olish uchun foydalanishni
mukammallashtirishi
b) Yangilash va joriy etish
v) Kasbiy tayyorgarlikni
insonparvarlashtirish
a) Talaba ushbu materiallarni
o‘zlashtirish, konspekt yozish,
mustaqil ishlashi
b) Adabiyotlar bilan ishlash
v) Yangi texnologiyaga yondashuvi
14
Laboratoriy mashg‘ulot - 2
Mavzu: Osmotik bosim. Plastidlar. Etioplastlar va geronoplastlar.
1. Darsning mazmuni:
Hujayra ichidagi suyuqlik hujayra shirasi deyiladi. Bu suyuqlikda
organik va mineral moddalar erigan holda bo‘ladi. Hujayra shirasi voyaga
yetgan hujayralardagi protoplazmaning hayot faoliyati natijasida vujudga
keladi. Hujayra shirasida erigan moddalar ma'lum bosim hosil qiladi, u osmotik
bosim deb ataladi.Osmotik bosim eritma kontsentratsiyasiga bog‘liq bo‘lib, u
qancha kuchli bo‘lsa, osmotik bosim ham shuncha kuchli bo‘ladi.
Hujayraning turgor holati deb - hujayra, shirasida suv ko‘payib ketib
hujayraning taranglanishiga aytiladi. hujayra turgor holatda bo‘lganda uning
ichidagi moddalar hujayra po‘stiga zich yopishib turadi. Bunday holatdagi
hujayraga to‘yingan eritmalar (10% osh tuzi, 30% qand eritmasi) tomizilsa,
ya'ni osmotik bosimi hujayra shirasi osmotik bosimidan kuchliroq bo‘lgan
eritma vositasi bilan hujayra shirasining bir qismi olib tashlansa, xujayra
ichidagi moddalar to‘planib hujayra po‘stidan qochadi va uning o‘rtasiga
yig‘ilib qoladi, hujayraning bunday holatini plazmoliz deyiladi.
Plazmoliz holatidagi hujayraga suv ta'sir ettirilsa, u yana turgor holatiga
o‘tadi, bu hodisa deplazmoliz deb ataladi. Plastidlar protoplazmada sochilib
yotgan har xil shakl va ranga ega bo‘lgan mayda oqsil tanachalardir.
Plastidlar rangiga qarab 3 xilga bo‘linadi:
1- Xloroplastlar (yashil)
2- Xromoplastlar (qizil, sariq)
3- Leykoplastlar (rangsiz)
Xloroplast - o‘simliklikning barcha yashil qismida uchraydi. Bu plastida
xlofill (yashil), karotin (qizil), ksantofill (sariq) pigmentlar uchraydi.
O‘simliklarda karbonat angidrid va suvdan organik modda vujudga kelishida
xloroplast ishtirok etadi.
Xloroplast ishtiroki quyosh nuri ta'siri bilan organik moddalarning hosil
bo‘lishi hodisasini fotosintez deb ataladi. Buni quyidagi formula bilan
ko‘rsatish mumkin.
6C0
2
+ 6H
2
O+ 674 kkal → C
6
H
12
O
6
+ 6O
2
Bu jarayonda avval saxaroza paydo bo‘lib, u tezda glyukozaga aylanadi.
va o‘simliklarning organlarida zahira oziq modda hisobida to‘planadi.
Xromoplast - to‘q sariq, qizil rangda bo‘lib, gullarning gultoj bargida,
pishgan mevalarda va ildizmevalarda uchraydi.
Leykoplast - rangsiz plastidadan iborat bo‘lib, o‘simliklarning
15
kurtagida, poyasida, ildizi, tugunagi va piyozboshida uchraydi. Leykoplastlar
zahira oziq modda-ikkilamchi kraxmalni to‘playdi.
Dostları ilə paylaş: |