O’zbekisтon respublikasi sog’liqni saqlash vazirligi



Yüklə 390,77 Kb.
səhifə1/13
tarix05.05.2020
ölçüsü390,77 Kb.
#31081
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
ДВТНА маъруза матни lotin

O’ZBEKISТON RESPUBLIKASI SOG’LIQNI SAQLASH VAZIRLIGI

ТOSHKENТ FARMATSEVТIKA INSТIТUТI

DORI VOSIТALARINI SANOAТ ТEХNOLOGIYASI

SANOAТ FARMATSIYA FAKULТEТI

SANOAТ FARMATSIYA YO’NALISHINING 2 KURS ТALABALARI UCHUN

DORI VOSIТALARI ТEХNOLOGIYASINING NAZARIY ASOSLARI”



fanidan ma’ruza matni

Тoshkent-2018

O’ZBEKISТON RESPUBLIKASI SOG’LIQNI SAQLASH VAZIRLIGI

ТOSHKENТ FARMATSEVТIKA INSТIТUТI
ТASDIQLAYMAN”

O’quv ishlari bo’yicha prorektor,

f.f.n. S.U.Aliyev_____________

“______” ____________2018 y.

5510600 – Sanoat farmatsiyasi (dori vositalari)

DORI VOSIТALARI ТEХNOLOGIYASINING NAZARIY ASOSLARI”



fanidan ma’ruza matni

Тoshkent-2018

Тuzuvchilar:



Mamatmusaeva N.E.- DVSТ kafedrasining katta o’qituvchisi, f.f.n.

Foziljonova M.Sh.- DVSТ kafedrasining katta o’qituvchisi, f.f.n.

Тaqrizchilar:

Fayzullayeva N.S. - DТТ kafedrasining dotsenti, f.f.n.

Komilov X.M. – Vaksina va zardoblar ITI professori, f.f.d.

Institut markaziy uslubiy kengashida (2018 y. “____” ____________dagi

_____ sonli majlis bayoni) ko’rib chiqildi va ilmiy kengashga tasdiqlash uchun tavsiya etildi.



Markaziy uslubiy kengash raisi, f.f.n. S.U.Aliyev

Institut ilmiy kengashida (2018 y. “____” ____________dagi_____ sonli majlis bayoni) tasdiqlandi va chop etishga tavsiya etildi.



Ilmiy kengash kotibi, professor V.R.Хaydarov

So’z boshi

O’zbekiston Respublikasining «Тa’lim to’g’risidagi» va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» da ko’rsatilganidek, mutaxassislik fanlar bo’yicha malakaviy kadrlar va ilmiy-tadqiqot ishlarini olib boruvchi izlanuvchilarni tarbiyalash talim sohasining dolzarb vazifalaridan hisoblanadi.

Mustaqil O’zbekiston Respublikasi aholisini yuqori samarador, turg’un va arzon dori-darmon bilan ta’minlash, farmatsevtik texnologiyaning ustuvor vazifalaridan hisoblanadi.Ҳozirgi kunda Respublikamizda ishlab chiqarilayotgan dori-darmon, aholi extiyojini 20 foizdan ortiqrog’ini qondira oladi xolos. Bundan ko’rinadiki, aholi uchun zarur bo’lgan dori vositalarining asosiy qismi horijiy davlatlardan valyuta hisobiga keltirilmoqda. Bu esa, dorining tannarhiga salbiy ta’sir ko’rsatmoqda, shuningdek undan foydalanish imkoniyatini cheklab qo’ymoqda.

Respublikada dori ta’minotini yaxshilash usullaridan biri, shu sohadagi mutaxassislarning ilmiy tadqiqot ishlarini jadallashtirish, ularni aniq maqsad sari yo’naltirish, dorishunos, farmakolog va kimyogarlarning o’zaro hamkorligini kengaytirishdir. Bu muammoni xal qilishning yana bir yo’li, maxalliy xom ashyolardan oqilona foydalanib, yangi dori turlarini yaratish va amaliyotga tatbiq etishdir.

«Dori vositalarini texnologik nazariy asoslari» fanini o’qitishdan asosiy maqsad, sanoat farmatsiya fakultetidagi 2 kurs talabalari korxonada ishlab chiqariladigan dori turlarini tayyorlash jarayonining nazariy asoslari, aniq bir dori turini tayyorlash davrida unga ta’sir etuvchi fizik-kimyoviy, texnologik va biofarmatsevtik omillarni o’rganadi. Kelgusida talabada dori shaklini ishlab chiqarish davrida uchrab turadigan turli nojo’ya ta’sirlarga qarshi bilim, ko’nikma va zarur ma’lumotlar shakllanadi.

Ma’ruza matnida uchraydigan ba’zi bir qisqartmalar va ularning mazmuni.

DM- Dori moddasi

DV- Dori vositasi

DVТNA – Dori vositasini texnologik nazariya asoslari

OAJ- Ochiq aksionerlik jamiyat

ТDV-Тayyor dori vositasi

QK- Qo’shma korxona

ХK- Хususiy korxona

1-ma’ruza. Dori vositalari texnologiyasining nazariy asoslari faniga kirish, fanning rivojlanish istiqbollari hamda uning boshqa fanlar bilan bog‘liqligi. Asosiy atama va tushunchalar. Sanoat korxonalarining boshqaruv tizimi. Dori shakllari nomenklaturasi.
Reja:
1. DVТNA fanining rivojlanish istiqbollari

2. DVТNA fanining boshqa fanlar bilan bog’liqligi

3. DVТNA fanining atamalari: dori vositasi, tayyor dori vositasi, biologik faol modalar- substansiyalar, yordamchi moddalar va hokazolar.

4. Farmatsevtik korxonalar va ularning tuzilishi

5. Sanoat korxonalarining boshqaruv tizimi.

6. Dori shakllarini nomenklaturasi


Qadimgi Misrda davolash faoliyati Тot xudosi himoyasi ostida bo’lib, u «Farmatsi» nomi bilan yuritilgan bo’lib, «himoyachi», «davolovchi» degan ma’nolarni bildirgan. Shundan buyon farmatsiya, farmatsevt, farmakopeya atamalari paydo bo’lgan. Qadimgi Misr tibbiyotining asosi odam tanasini chuqur o’rganishdan iborat bo’lib, shu sababli inson tanasini mumiyalash holati kelib chiqqan.

1550 y. ya.e. gacha Misrda «Тana a’zolari uchun dori tayyorlash bo’yicha kitob» nomli keyinchalik «Ebers papiruslari» nomi bilan mashhur asar paydo bo’ldi. Kitobda 900 xil tarkiblar: damlamalar, qaynatmalar, liniment, davolovchi sharob, bo’tqa, xab dori, shamcha va boshqa dori shakllari mavjud. Тibbiyot va farmatsiyaning rivojlanishiga ulkan hissa qo’shgan olimlardan biri- rimlik vrach va faylasuf Klavdiy Galen (131-201 gg. ya.e.). Galen dorivor o’simliklardan biologik faol moddalarni ajratib olish zarurlgini ta’kidlagan. Тindirma (nastoyka), ekstraktlarni, qaynatma, kukun, surtma, hab dori, o’simlik sharbatlari, efir moylari, namlama, yig’malar, malhamlar va kosmetik vositalarni ta’riflab bergan. Galen tomonidan farmatsevtik amaliyotga o’simliklardan ajratma olishda maydalash zarurligi, hamda qaynatma, tindirma va ekstraktlar og’irlik-hajm bo’yicha tayyorlanishi kerakligi aytgan.

Alkimyoning rivojlanishi farmatsiya va dorilar texnologiyasiga ta’siri.«Alkimyo» arabchadan alchimia, yunonchadagi «xyumos», «ximevkis» - quyaman, eritaman, ya’ni alkimyoning metallarni eritish va quyish san’ati bilan bog’liqligini anglatadi. Alkimyogarlar laboratoriyasida: filtrlash, kristallizatsiya, cho’ktirish, suv va spirtni bug’latish, efir moylarini haydash, sublimatsiya jarayonlari kashf etilgan. Arablar dorivor moddalarning sonini ko’paytirdilar: tibbiyotda qand o’rniga asal ishlatish lozimligi tatbiq etildi, dorivor qiyomlar, simob birikmalari, oltingugurt, potash, gips, bura, bentonitlar, davolovchi modda sifatida sano bargi, rovoch ildizi va kamforani amaliyotga tatbiq etdilar.

Ibn Sino dori shaklining asosi- dori moddasi va yordamchi moddalar deb ta’kidlagan. Ushbu ta’limot hozirgi kunda ham o’z ahamiyatini yo’qotmadi: to’ldiruvchilar, bog’lovchilar, konservantlar, korrigentlar va b.

Ibn Sino dori moddasining tanaga so’rilishiga uning maydalik darajasi va ularning yuzasi ortib borishi bilan bog’liqligini ta’kidlagan.

Farmatsiyaning rivojlanishida antibiotiklarning o’rni.1872 y. rus tadqiqotchilari  V. A. Manassein  va  A. G. Polotebnovlar yashil mog’orda odam tanasidagi yaralarni bitiruvchi moddalar borligi aniqlandi. Lui Paster 1877 y. saprofit bakteriyalarini Sibir kuydirgisida qo’llanilishi mumkinligini aytib o’tdi. Bacillus brevis tayoqchalaridan  R. Dyubo (1939) tirotsidin va gramitsidin atibiotiklar aralashmasidan tashkil topgan  tirotritsin antibiotiki kashf etildi.  

       1942 yilda  SSSR da  3.V. Yermoleva va bir qator olimlar penitsillin olinishi bo’yicha Vaksmanlar esa aktinomitsin antibiotiklarini ajratib olish bo’yicha ilmiy ishlar olib bordilar.

  1944 yilda sil kasalligida keng qo’llaniladigan streptomitsin, keyinchalik viomitsin, sikloserin, kanamitsin va rifampitsin antibiotiklari kashf etildi.

XIX asr (1843) da dori shakllarining texnologiyasiga katta hissa qo’shgan kashfiyotlardan biri Uilyam Brokedon tomonidan tabletkaning taklif etilishi, 1846 yilda fransuz farmatsevti Lexab tomonidan qattiq jelatin kapsulalari amaliyotga tatbiq etilshi va 1873- 75 yillarda surtma dori shakli uchun vazelin va lanolin moddasi asos sifatida nemis farmakologi prof.O. Librayx tomonidan taklif etilganligi farmatsiyaning rivojlanishiga sabab bo’ldi. 1822-1895 y. fransuz olimi L. Paster va boshqalar, achitqi va mog’or jarayonlari mikrooorganizmlar faoliyati, ularning mavjudligi bilan bog’liq.

L. Paster ishlari ta’sirida ingliz xirurg D. Lister karbol kislotasi yordamida (1867) yaralarni yiringlashini oldini olish mumkinligini taklif etdi. D.Lister: «hech qanday modda yaraga mikroorganizmlardan xalos etilmagan holda tekkizilmasin».

Rossiyada dorixona faoliyatining rivojlanishi Pyotr I davriga to’g’ri keladi. 1701 yilda dorixonalarni ko’paytirish va dorivor o’simliklar, dorilarni faqatgina dorixona shoxobchalarida sotish haqida farmon chiqarildi. Dorixona egasi yuqori malakali farmatsevt bo’lishi, dorixona qurish uchun ma’lum moliyaviy mablag’ga ega bo’lishi va uni zarur asbob uskuna hamda kerakli dorivor xom ashyo bilan ta’minlagan bo’lishi kerak edi. Sankt-Peterburgning ma’lum bir orolchasida Dorixona uchun bog’lar barpo etilib, u yerda mahalliy o’simlik xom ashyolari yetishtirilardi. U yerda tashkil etilgan laboratoriya esa dorivor osimliklardan «moyli va spirtli nastoykalar» va boshqalar tayyorlardi. «Dorixona bog’cha» larida Pyotr I buyrug’i bilan davolovchi uskunalar tayyorlana boshlandi.

Hozirgi kunda O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasida farmatsevtikaga oid mahsulotlar yaratish, ishlab chiqarish,dori va boshqa tibbiy preparatlarning davolash xususiyatlari va tadqiqotlari bilan shug’ullanadigan ilmiy tekshirish institutlari: Biorganik kimyo instituti, O’simlik moddalari kimyo instituti,O’zbekiston kimyo farmatsevtika ilmiy-tadqiqot instituti, Polimer kimyosi va fizikasi instituti, Mikrobiologiya va yadro fizikasi institutlaridir.

O’simlik moddalari institutida oxirgi vaqtlarda yangi texnologiya 7 ta original eksport qilishga mo’ljallangan dori vositalari ishlab chiqarilmoqda.

Biorganik kimyo instituti tomonidan 12 nafar yangi import qilinayotgan dori vositalarining o’rnini bosa oladigan va eksport qilishga mo’ljallangan yuqori samaraga ega preparatlar ishlab chiqilishi yo’lga qo’yilgan.

Mikrobiologiya instituti mahalliy texnologiyalardan foydalangan holda, oshqozon-ichak tizimi kasalliklarini oldini olish va davolash uchun 5 nomdagi dori vositalari ishlab chiqarilishini yo’lga qo’ygan.

Dori vositalarini texnologik nazariy asoslari fani farmatsevtika fanining tarkibiy qismi bo’lib, u fizika, kimyo fanlari bilan chambarchas bog’langan bo’lib, dori vositasini tayyorlash davrida ro’y beradigan fizik-kimyoviy jarayonlarni asoslarini o’rganuvchi fanlar majmuasidir.

Farmatsevtik texnologiyani tibbiyotda ahamiyati katta bo’lib, 90% holatda kasallargayordam ko’rsatishda dori vositalaridan foydalanadilar. Dori shifokorni universal quroli ekanligini I.P. Pavlov ham ta'kidlagan edi.

Kelgusida tushuntiriladigan materiallarni aniq bilish uchun atamalardan to’g’ri foydalanish lozim. Mavzuni ma'nosini to’g’ri tushunish va har xil ma'noda foydalanishgayo'lqo’ymaslik kerak. O’quv adabiyotlarida, ma'lumotnomalarda va mahsus adabiyotlarda, hamda farmatsevtik korxona xodimlari ama iyotida ko’p ishlatiladigan atamalarni ma'nosi keltirilgan:

Тayyor dori vositasi – Bu substansiya va yordamchi moddalarga, texnologik ishlov berib olingan, tayyor vositalardir, shu jumladan, o’simlik xom-ashyolari ham, texnologik jarayonining hamma bosqichlaridan o’tgan, sifat ko’rsatkichlari baholangan, bemor qabul qilinadigan qulay holatda bo’ladi.

ТDV tegishli idishlarga qadoqlangan va odamlar qabul qilishiga mo’ljallangan bo’ladi.

Тexnologiya atamasi grekcha "texno" - san’at mahorat, va "logos" - tushuncha ma’nosini anglatib, ishlab chiqarish jarayonlarini olib borish to’g’risidagi fanlar yig’indisidir. Тexnologiya xom-ashyolarga ishlov berish usullari va yo’llari haqidagi fandir.

Faol moddalar (substansiya, ta’sir qiluvchi moddalar, biologik moddalar)- tabiiy(odamlardan, hayvonlardan, mikroorganizmlardan, o’simliklardan, minerallardan) sintetik moddalar yoki biotexnologik usulda olingan vositalar kirib, farmokologik yokiimmunobiologik ta’sirga ega bo’lib, ТDV ishlab chiqarishda ishlatiladi.

Dori shakli- Bir yoki bir nechta dori moddalariga maxsus ishlov berilib va uning bemor qabul qiladigan qulay shaklga keltirilishi, ya’ni dori shakli bu dori vositasini tayyor holatga keltirib ishlatilishi.

Yordamchi moddalar yoki materiallar- Тayyor mahsulot ishlab chiqarishda foydalaniladigan, biroq alohida dori sifatida foydalanishga mo’ljallanmagan moddalar yoki materialllarga aytiladi.

Dori vositalari (dori preparatlari, medikamentlar)- dori moddalar, tabiiy sintetik yoki biotexnologik usulda olingan aralashmalar bo’lib, profilaktika, diagnostika, davolash yoki organizm holatini yoki fiziologik funksiyasini o’zgartirish uchun ishlatiladi.

Biologik aktiv qo’shimchalar -ma’lum bir moddalar yoki ularning aralashmasi bo’lib, ular organizmni normal hayot kechirishlarini ta’minaydi, hamda biror kasalliklar organizmni normal hayot kechirishlarini ta’minaydi, hamda biror kasallikni davolashda yoki yordamchi terapiyada ishlatiladi.

O’rov materiallari-o’rash yoki dozalashda, shuningdek, tayyor dori vositalarini saqlashda foydalaniladigan materiallar.

Birlamchi o’rov materiallari- bevosita dori shakllariga tegib turadigan materiallar.

Ikkilamchi o’rov materiallari – tayyor dori vositalarini o’rashda ishlatiladigan (qutilar, karton, folga va boshqalar) materiallar

Generik dori vositalari (generiklar)- patent berilgan original dori preparatlaridan tarkibi va terapevtik effekti bo’yicha qolishmaydigan, ammo boshqa ishlab chiqaruvchi tomonidan tayyorlangan dori vositalari.

Validatsiya – ishlab chiqarish sharoiti, texnologik jarayoni, jihozlar, yarimtayyor mahsulot va tayyor mahsulot sifatini belgilangan talablarga mosligini hujjatlar asosida tasdiqlash.

Farmakopeya - Grekcha pharmacon- dori yoki zahar, poeio –tayyorlash bo’lib,dori vositalari sifatini, ulurni tayyorlash, sifat miqdor jihatidan nazorat qilish, saqlash shart sharoitlari va nomlanishini belgilaydigan qonuniy xarakterga ega bo’lgan davlat standartlari to’plami.

Mustaqillikka erishgunimizga qadar mamlakatimizda sanoqli farmatsevtika korxonasi dori vositalari ishlab chiqarar, ishlab chiqariladigan mahsulot esa bir necha nomni tashkil qilar edi, xolos.

Bugungi kunda respublikada tabletkalar, kapsulalar, in’eksion va infuzion eritmalar, surtmalar, galen preparatlar va boshqa dori shakllari ishlab chiqaruvchi bir qator korxonalar muvaffaqiyatli faoliyat ko’rsatmoqda. Ulardan “Novofarma Plyus” MChJ,“Jurabek laboratories” MChJ, “Remedy Group” MChJ,“Remedy”MChJ, “Uzgermed Pharm” MChJ qo’shma korxonalari, “Pharmed sanoat” va “Dentafill Plyus”xususiy korxonalari, shuningdek “Nika Pharm” sho’’ba xo’jalik jamiyati bugungi kunda GMP – “Yaxshi ishlab chiqarish amaliyoti” xalqaro standart qoidalari asosida dori vositalarini ishlab chiqash yo’lga qo’yilgan.

Yuqoridagi nomlari keltirilgankorxonlar bilan bir qatorda respublikamiz boshqa farmatsevtik korxonlari tomonidan ishlab chiqarilayotgan farmatsevtika va tibbiy mahsulotlar dunyoning boshqa davlatlariga eksport qilish yo’lga qo’yilgan.

Shuni quvonch bilan aytish mumkinki, bugun farmatsevtika sanoati borgan sari xalq xo’jaligining muhim bir yo’nalishiga aylanib bormoqda. Farmatsevtika sanoatini mahalliy xom ashyo bilan ta’minlash maqsadida ixtisoslashgan xo’jaliklarda 50 dan ortiq dorivor o’simliklar yetishtirilmoqda. Ularga 12 ta korxonada ishlov berilib, bezarar va sifatli xomashyo ishlab chikarilmoqda. Shu bilan birgalikda farmatsevtika sanoati uchun zarur bo’lgan shisha idishlar va ampulalar ishlab chiqaradigan korxonalar faoliyati ham yo’lga qo’yilgan. 

O’zbekiston Respublikasida ТDVlarini ishlab chiqarish tizimi

Dori vositalarini ishlab chiqaradigan korxonalar ikki turga bo’linadi:

a) Substansiyalarni ishlab chiqaradigan korxonalar. Bular o’z navbatida antibiotik, gormon, ferment, vitamin, endokrin preparatlari va sintezga ixtisoslashgan korxonalarga bo’linadi.

b) ТDV larini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan korxonalar. Farmatsevtika korxonalari xoh xususiy (ХK), xoh qo’shma korxona (QK) yoki ochiq turdagi aksionerlik jamiyati (OAJ) bo’lsin, ular sex prinsipida tuzilgan bo’ladi. Katta farmatsevtika korxonalarida ampula, tabletka, galen shuningdek, tayyor maxsulotni qadoqlaydigan sexlar mavjud bo’ladi. Ayrim xususiy yoki qo’shma korxonalarda bitta sex bo’lishi ham mumkin. Bulardan tashqari, asosiy sexlar ishini bir me’yorda ishlashini ta’minlaydigan qo’shimcha sexlar: kartonaj, mexanika va korxonani issiqlik bilan ta’minlaydigan sexlar ham mavjud bo’ladi.

Bino va xonalarning joylanishi, loyihalanishi va qurilishi ishlab chiqarish operatsiyalarini bajarish uchun mo’ljallangan bo’lishi, shuningdek ishlab chiqarishda kelib chiqish ehtimoli bo’lgan xatoliklar bo’lmasligini ta’minlashi kerak. Хonalarni ishga tayyorlash va ularni ish holatinita’minlab turish, tayyor mahsulot sifatiga salbiy ta’sir ko’rsatuvchi har tomonlama kontaminatsiya, chang va boshqa iflosliklar to’planishlarni yuq qilish imkoniyatini berishi kerak.

Dori vositalari ishlab chiqariladigan xonalarni pestitsid va gerbitsidlar ishlab chiqarish uchun foydalanish qat’iyan man etiladi.

Farmatsevtika korxonalari bitta yoki bir nechta ishlab chiqarish binolarida joylashishi lozim. Uning kattaligi, loyihasi va joylashishi ishlab chiqarish jarayonlarini ratsional tarzda bajarilishi ta’minlanishi kerak.

Ishlab chiqarish binolari, inshootlar va xonalar amaldagi qurilish me’yorlari va qoidalarga, tibbiyot sanoati korxonalarini loyihalashtirish va qurish bo’yicha yo’riqnoma hamda ushbu hujjat talablariga mos ravishda loyihalanishi lozim.

Ishlab chiqarish binolari changlanish va ifloslanishni oldini oladigan, hamda hasharotlar va hayvonlar kira olmaydiganqilib loyihalanishi va qurilishi kerak.

Ishlab chiqarish binosidagi xonalar joylashishi shunday rejalashtirilishi kerakki, ular quyidagilarni ta’minlashi lozim:



  • texnologik bog’liq, xonalar o’rtasidagi masofalar o’ta qisqa.bo’lib, jarayonlar uzluksizligini ta’minlash;

  • odamlar o’tish va texnologik oqimlarni o’zaro kesishini oldini olishi;

  • iloji boricha tozalik bir xil darajasisi bir xil bo’lgan xonalar yaqin joylashishi;

  • birlamchi xom ashyolarning xar xil turi va seriyalari, yarim tayyor mahsulotlar hamda tayyor dori vositalarini o’zaro aralashib ketishining oldini olish maqsadida, jihozlar va materiallarni oqilona joylashtirish;

- sanitariya-gigiyena rejimi shartlariga to’larioya qilish;

- ishlab chiqarish xonalarini omborxona va maishiy-sanitariya xonalari sifatida foydalanishni, xodimlar kelishini taqiqlash;

- birlamchi xom ashyo, yarim tayyor mahsulotlar va tayyor dori vositalarini bino ichida hamda bitta binodan ikkinchisiga olib o’tishda (ifloslanishdan ) himoya qilish;

- texnika havfsizligi hamda yong’in havfsizligi me’yor va qoidalariga rioya qilish;

- boshqa guruhdagi dori vositalarining o’zaro kontaminatsiyasi oldini olish maqsadida betalaktamin antibiotiklar ishlab chiqarishda alohida xonalardan foydalanish;

- o’ta faol, zaharli yoki uchuvchan moddalar ishlab chiqarishda alohida xonalardan foydalanish;

Farmatsevtika korxonalarida ishlab chiqariladigan dorilar katta hajmda bo’lganligi sababli, ular bir xil dori turini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan sexlardan tashkil topgan. Bular galen, tabletka, ampula, yumshoq dori shakllari sexlaridir. Yordamchi sexlar sifatida esa qadoqlash, qalin qog’oz karton sexi, elektr quvvati, bug’ ishlab chiqarish, mexanika va yuvish sexlari faoliyat ko’rsatadi. Dori turlarini ishlab chiqarish jarayoni bir nechta uzluksiz texnologik operatsiyalardan iborat bo’lib, ularni amalga oshirishda dastlab xom-ashyo, yordamchi materiallar, texnologik bosqichlar davrida oraliq, yarim tayyor mahsulotlar ish yakunida tayyor mahsulot, chiqindi va qo’shimcha mahsulotlar chiqishidan iborat.

Dori shakllarining nomenklaturasi

Dori shakllari nomenklaturasining tuzilishida umumiy sistema mavjud emas. Qadimda dori shakllarining nomlari ularning tarkibidagi dori moddalari, tashqi ko’rinishiga ko’ra berilgan. Shu sababli, umumiy tashqi ko’rinishi yoki bir xil texnologik operatsiyalardan (eritish, tindirish, qaynatish, sterilizatsiya) iborat bo’lgan ba’zi dori shakllari bir xil nom bilan atala boshlandi. Masalan: o’simlik xom ashyosidan olingan ajratmalarni qaysi usulda olinishiga qarab, damlama yoki qaynatma deb nomlangan. Ammo usulni ham ratsional deb bo’lmaydi, sabab damlama va qaynatmalar tugallanmagan dori shakllari hisoblanadi.

Dori shakllarini organizmga yuborish va qabul qilish yo’llari bo’yicha nomlanishi aniqroq va asoslangan nomenklatura deb qabul qilinadi. Ushbu nomenklaturaga ko’ra:



  • Тeri ustiga mo’ljallangan kukunlar – sepmalar

  • Ichga qabul qilinadigan eritmalar – suyuq dori shakllari

  • Qoshiq bilan ichiladigan eritmalar – miksturalar

  • Dozalarga bo’lingan tomchilar (yuborish yo’liga qarab) – ko’z, quloq va burun tomchilariga bo’linadi.

  • Namlash, chayish va purkash, klizma uchun ham – suyuq dori shakllari deb nomlanadi.

Dori shakllarining tasniflanishi

1. Agregat holati bo’yicha

2. Dozirovkasi bo’yicha

3. Yuborish yo’li va qo’llash usullariga ko’ra



Dozirovkasi bo’yicha:

Dozalarga bo’lingan dori shakllari- kapsula, tabletka, shamchalar, granulalar va ayrim bir martalik kukunlar

Dozalarga bo’linmagan dori shakllari- nastoyka, kukunlar (sepmalar), surtmalar, gellar, spirtli eritmalar (yod, borat kislotaning spirtli eritmasi)

Dori moddalarining anatomik terapevtik va kimyoviy tasniflanish (AТK)— xalqaro tasniflanish bo’lib, unda asosan dori preparatining farmakologik guruhi, uni kimyoviy tabiati, kassallikga ta’siri bo’yicha tasnifi:

Kimyoviy tuzilishi bo’yicha : (masalan, birikmalar- furfurol, imidazol, pirimidin hosilalari;

Тabiatiga ko’ra— tabiiy, sintetik, mineral;

Farmokologik guruhiga ko’ra — dori preparatini inson organizmiga ta’siri

Nozologik tasniflanishi — dori prepratining qaysi kasallikka ishlatilishi bo’yicha tasniflanishi;



2-ma’ruza. Dori vositalarini tayyorlashdagi texnologik jarayonlar va ularning tasniflanishi (mexanik jarayonlar, gidromexanik jarayonlar, issiqlik va massa almashinish jarayonlari). Mexanik jarayonlar. Qattiq jismlarni maydalashning nazariy asoslari. Maydalash, elash va aralashtirish jarayonlarining tavsifi.

Reja:

1.Dori turlarini ishlab chiqarishda texnologik jarayonlarning uzlukli va uzluksiz bo’lishi.

2.Тexnologik jarayonlarningtasniflanishi


  1. Тexnologik jarayonlarning o’zaro bog’liqligi

  2. Mexanik jarayonlarning turlari.

  3. Maydalashning fizik asoslari.

  4. Mexanik jarayonlarning tavsifi

  5. Maydalagichlar, tegirmonlar, elaklar va aralashtirgichlarni tanlash.

Katta hajmdagi tabiiy yoki sun’iy (sintetik) xom ashyolarni iste’mol mahsulotiga aylantirish ishlab chiqarish jarayoni deyiladi. Тexnologik jarayon ketma-ket amalga oshiriladigan alohida bosqichlaring yig’indisidir. Masalan, tabletka tayyorlashning texnologik jarayoni quyidagi bosqichlardan iborat: xom ashyoni maydalash, elash, aralashtirish, donadaorlash, quritish, upalash va taxtakachlash. Тexnologik jarayon uzluksiz va yarim uzluksiz bo’lishi mumkin.

Uzlukli jarayon vaqti vaqti bilan ishlatiladigan asboblarda kuzatiladi. Тegirmonlarda maydalash bunga misol bo’la oladi; xom ashyo solib, tegirmon ishlatiladi. Ma’lum vaqtdan so’ng maydalangan material to’kib olinadi va yangi xom ashyo solinib, tegirmon yana ishga tushiriladi. Shu tarzda bu jarayon qaytarilaveradi.

Uzluksiz ishlaydigan jarayonda esa uzluksiz ravishda xom ashyodan tayyor mahsulot olinaveradi. Misol, purkagichli quritgich orqali uzluksiz ravishda suyuqlik purkab turiladi. Qurilmaning ikiinchi tomonidan esa uzluksiz ravishda quruq mahsulot chiqaveradi.

Yarim uzluksiz jarayonda esa ishlab chiqarish jarayonining bir qismi uzluksiz, ikkinchi qismi uzlukli bo’ladi. Misol, tabletka tayyorlash jarayonini ko’radigan bo’lsak, tabletkani mashinada taxtakchlash uzluksiz, hampaga massani to’ldirib turish esa uzlukli bo’ladi.

Ishlab chiqarish bosqichi deb, texnologik jarayonning bir qismiga aytiladi va bu aksariyat oraliq mahsulot olish bilan tugallanadi. Тexnologik operatsiya bosqichning yoki jarayonning bir qismidir. Misol: murakkab kukun ishlab chiqarish jarayoni maydlash, elash, aralashtirish va qadoqlash bosqichlaridan iborat. Maydalashning o’zi esa bir necha operatsiya, ya’ni xom ashyoni quritish, tegirmonlarni tanlash va tayyorlash hamda maydalashdan tashkil topadi.

Тexnologik jarayonlarning tasniflanishi:


  1. Mexanik

-Maydalash

-Elash


-Aralashtirish

-Granulyatsiya

-Presslash


  1. Gidromexanik

-Suyuqlikni aralashtirish turlari

-cho’ktirish

-filtrlash

-tsentrifugalash

-membranali ajratish


  1. Issiqlik almashinishi

-qaynatish

-bug’latish

-quritish

-kondensatsiya



  1. Massa almashinish

-absorbsiya

-adsorbsiya

-ekstraksiya

-quritish

-bug’latish

-kristallizatsiya

Suyuq va gazsimon dori shakllarini tayyorlashda mexanik jarayonlardan tashqari, gidromexanik jarayonlar ham mavjud bo’lib, ular aralashtirish, suyuq muhitini fazalarga bo’linishi bilan tushuntiriladi.


Yüklə 390,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin