O’zbеkiston rеspublikasi sog’liqni saqlash vazirligi



Yüklə 0,73 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/15
tarix02.01.2022
ölçüsü0,73 Mb.
#45434
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
3 - mavzu 362714cf8b0d903099e354d4bb8134a5
Sport tibbiyoti 3-kurs, LESSON 14, 1-Mavzu 0764510e8019b45e83db71802f7a1507, 1-Mavzu 0764510e8019b45e83db71802f7a1507


 

BILAKNING  VA QO‘L KAFTINING KLINIK ANATOMIYASI FASTSIYA 

VA KLETCHATKA BO‘SHLIQLARI  

Tirsak  sohasining  chegarasini  suyagini  medial  va  lateral  g‘adir-budur 

tepachalarini birlashtiradigan chiziqdan, ikki barmoq eni ustidan va ostidan o‘tkazilgan 

ko‘ndalang  chiziqlar  o‘rtasiga  to‘g‘ri  keladi.  Oldingi  va  orqa  sohalarga  bo‘linadi. 

Tirsak o‘simtasi bilan ichki g‘adir-budur do‘mboqcha oralig‘ida chuqur egatcha hosil 

bo‘ladi.  Uning  ichidan  tirsak  nervi  o‘tadi.  Tirsak  chaqurchasi  elka  suyagining  pastki 

uchi  bilan,  bilak  va  tirsak  suyaklarining  ustki  uchlarining  qo‘shilishidan  hosil  bo‘lib, 

uchta bo‘gimni o‘z ichiga oladi. Bilak sohasining yuqori chegarasi elka suyagi medial 

va  lateral  tepachalarini  birlashtiruvchi  chiziqdan  4  sm.  pastda,  pastki  chegarasi  bilak 

suyaklarining  bigizsimon  o‘simtalaridan  1  sm.  yuqorida  o‘tadi.  Bilakning  oldingi 

yuzasidan   4 ta qon-tomir va nerv tutamlari o‘tadi. Tirsak bo‘g‘imini hosil bo‘lishida 

elka, bilak tirsak suyaklari ishtirok etadi. Lateral egatda bilak kollateral  arteriyasi va 

nervi  joylashadi. O‘rta egatda  elka arteriyasi, venasi va oralik  nervi joylashadi. Vena 

mediana cubiti - bu qo‘ldagi bosh va asosiy venalarni qo‘shilishidan hosil bo‘ladi. 

Bilakning oldingi yuzasida muskullar  4 qavat bo‘lib joylashadi.

 

1-qavat:  elka-bilak  musqo‘li,  yumshoq  pronator,  kaftni  bilak  tomonga  bukuvchi 



musqo‘l, kaftni uzun musqo‘li va kaftni tirsak tomonga bukuvchi musqo‘l.

 

2-qavat: barmoqlarni bukuvchi yuzaki musqo‘l.



 

3-qavat : barmoklarni bukuvchi chuqur va  bosh barmoqni bukuvchi uzun musqo‘l.

 

4-qavat: to‘rtburchakli pronator musqo‘li:



 

Lateral egatda bilak arteriyasi bilak nervining yuzaki shoxi,  urta egatda oralik nervi, 

medial egatda tirsak arteriyasi va nervi bor. 

 

Qo‘l panjasi — manus deb ataladi, uning ikki: kaft palma manus va orqa dorsum 

manus  —  tomonlari  tafovut  qilinadi.  Terisi  juda  qalin  bo‘lishiga  qaramay,  kaft 

aponevrozi  bilan  bevosita  bog‘langan.  SHu  tufayli  kamharakatchan.  Bu  soha  ter 

bezlariga  boy,  ammo  tuksiz.  Teri  shox  qavatining  epiteliysi  bir  nechta  qavat  bo‘lib 

joylashgan. 

Teri  osti  yog‘  qatlami  yaxshi  taraqqiy  etgan,  uniterini  kaft  aprnevrozi  bilan 

bog‘lovchi fibroz tolalari teshib o‘tadi. Bu qavatda yuzaki mayda venalar, oraliq nervi 

va  tirsak  nervlarining  kaftni  ta’minlovchi  tolalari  yotadi.  Keyingi  xususiy  fassiya 

qavati  kaft  usti  sohasida  (regio  carpi)  yo‘g‘onlashadi  va  boylam  tusini  oladi.  Bunga 

lig.car'pivolare deyiladi, u kaft uzun musqo‘lining aponevrozi bilan bog‘langan. 

Kaft  aponevrozi  —  aponeurosis  palmaris  uchburchak  shakliga  ega, 

bu  uchburchakning  asosi  pastga  —  barmoqlarga,  uchi  esa  bilak  usti 

sohasiga  qaragan.  Thenar  sohasi  (bosh  barmoq)  da  quyidagi  muskullar  joylashgan: 

m.abductor  pollicis  brevis,  bosh  barmoqni  uzoqlashtiruvchi  kalta  musqo‘l,  juda  yuza 

joylashgan.  Undan  chuqurroqda  va  lateral  holatda  —  m.opponens  pollicis  —  bosh 

barmoqni ro‘baro‘ qiluvchi musqo‘l, medial tomonda — m.flexor pollicis brevis bosh 

barmoqni  bukuvchi  muskul  joylashgan.  Oxirgi  bu  musqo‘lning  yuza  va  chuqur 

boshchalari bor. YUqorida qayd etilgan uchchala muskullar ni oraliq nervining chuqur 

tolasi  innervatsiya  qiladi.  Kaftning  eng  chuqur  joyida,  panjani  bukuvchi  muskullar  

payi  ostida,  qiyshiq  va  ko‘ndalang  boshdan  iborat  bo‘lgan,bosh  barmoqni 



yaqinlashtiruvchi  muskul—  m.adductor  pollicis,  joylashgan.  Bu  muskulni    va  bosh 

barmoqni  bukuvchi  kalta  musqo‘lning  chuqur  boshchasini  tirsak  nervi  innervatsiya 

qiladi. 

Barmoqlar  (digiti).  Teri  etgan,  shox  qavatining  epitelial  joylashgan.  Terida  juda 

ko‘p  miqdorda  ter-bezlari  mavjud.  Bu  erda  yog‘  bezlari  va  sochlar  bo‘lmaydi. 

Barmoqlar  kafttomonining  teri  osti  yog‘  qatlami  ko‘p  miqdordagi  sharsimon 

to‘plamlardan  iborat  bo‘lib,  fibroz  to‘siqlar  bilan  bo‘linib  turadi.  Bu  fibroz  to‘siqlar 

ko‘pincha vertikal, holda joylashib, terining g‘udda qavatdan tirnoq falangalari orqali 

suyak  usti  pardasiga  o‘rta  va  asosiy,  falangalarda  esa  bukuvchi  muskulpaylarining 

fibroz  qinlariga  qarab  yo‘nalgan.  Barmoqlar  kaft  tomonidagi  teri  osti  yog‘ 

qatlaminingbo‘nday  to‘silishi  katta  ahamiyatga  ega  bo‘lib,  yiringli  yallig‘lanish 

hollarida fosforning suyakka bukuvchi muskullar ningsinovial qiniga yoki falangalararo 

bo‘g‘imiga o‘tishiga sabab bo‘ladi. 

Barcha  barmoqlarning  sinovial  qinlari,tirnoq  falangalariasosida  tugaydi.  II,IIIva 

IVbarmoqlarning  sinovial  qinlari  kaftsuyagi  boshchalari  ro‘parasidan  boshlanadi.  Bu 

erda, sinovial pardaparietal  varag‘ining visseral  varaqqa  o‘tish joyida  ko‘r  xalta hosil 

bo‘ladi.I va V barmoqlarning pay qinlari kaftga o‘tgach kengayib, sinovial qopchalarni 

hosil  qiladi.  Falanganing  dorsal  yuzasida  pay  cho‘zilmasiga  barmoqlarni  yozuvchi 

muskulpaylari  o‘tadi  (barmoqlarning  dorsal  aponevroziga)  va  uchta  oyoqchaga 

bo‘linib,  o‘rta  oyoqchasi  o‘rta  falanga  asosiga,yon  oyoqchalari  oxirgi  falangalar 

asosiga yopishadi 

Bilakning  xususiy  fassiyasi  birinchi  tartibdagi  g‘ilof  bo‘lib,  mushaklararo 

to‘siqlarni beradi  va  bilakni  uchta  fassial bo‘shliqqa  (yuzaki, o‘rta  va  chuqur)  bo‘lib 

tashlaydi.  Ko‘rsatilgan  fassial  bo‘shliqlar  uchta  tegishli  kletchatka  yoriqlariga  ega 

bo‘ladi.  YUzaki  kletchatka  bo‘shlig‘i  birinchi  qavat  mushaklari  fassiyasining  tagida 

yotadi;  o‘rta  kletchatka  yorig‘i  tirsakni  bukuvchi  va  qo‘l  kaftini  bukuvchi  chuqur 

mushak  orasida  yotadi.  Distal  tomonda  bu  kletchatka  yorig‘i  N.I.Pirogov  tomonidan 

yozilgan chuqur bo‘shliqqa o‘tib ketadi. 

Qo‘l  kaftining  fassial-aponevrotik  yotqichlari  juda  murakkab  tuzilishga  ega  bo‘ladi. 

Kaftning  3  ta  fassial  o‘rindig‘i  farqlanadi:  tashqi,  o‘rta  va  ichki.  Ulardan  tashkari 

panjaning  oldingi  fassial  o‘rindig‘i  va  suyaklar  aro  fassial  o‘rindiqlar  farklanadi. 

Bularning xar birida kletchatka bo‘lib, bu esa ularni kletchatka bo‘shliqlari deyilishiga 

asos buladi. 

Qo‘l  kaftining  terisi  va  teri  osti  kletchatkasi  kaft  aponevrozi  bilan  mustaxkam 

bo‘lgan  fibroz  to‘siqlar  orqali  birikadi.  Kaft  aponevrozi  III  va  V  kaft  suyaklariga 

mushaklar aro to‘siqlarni berib, kaft soxasini bir-biridan ajralgan tashqi, o‘rta va ichki 

fassial kletchatka bo‘shliqlariga bulib yuboradi. 

Tashqi yotqich ichida thenar ga qarashli 4 mushak va bosh barmoqni bukuvchi 

uzun mushakning payi va uning sinovil qini turadi. 

Bosh  barmokni  bukuvchi  uzun  mushak  payi  sinovial  qinning  bilakni  yirik 

sinovial xaltasiga o‘tganligi uchun 1 barmoqning panaritsiysida yiringli jarayon bilak 

soxasiga  o‘tib  ketishi  mumkin.  SHuni  esda  tutish  kerakki,  o‘rta  o‘rindiq  (yotqich) 

kaftning  teri  osti  kletchatkasi  bilan  komissural  teshiklar  orqali  tutashib  turadi.  II,  III, 

IV,  V  barmoqlarning  asosiy  falangalari  boshchalari  soxasiga  kaftning  yuzaki 




flegmonalari  tarqalib  ketishi  shunga  bog‘liqdir.  SHuni  esda  tutish  kerakki,  kesma 

qilmasdan antibiotiklar yordamida konservativ yo‘l bilan davolash yuqoridagi asoratga 

olib  keladi, lekin shu  soxadagi  yirik  mutaxassis  L.Fishman  bemorlarni shu  yo‘l  bilan 

davolab, yaxshi natijalarni olganligini xam eslatib o‘tish lozim. 

Kaftning  o‘rta  kletchatka  bo‘shlig‘i  canalis  carpalis  orqali    bilakning  chuqur 

kletchatka bushligi bilan tutashib turadi. SHuning uchun natijasida panaritsiylarda, shu 

jumladan  yiringli  jarayon  II,  111,  IV  kaft  suyaklarining  boshchalari  asosida 

joylashganida (bu joyda kon tomir va nervlar utuvchi komissural teshiklar turadi) bilak 

soxasiga  utib  ketish  imkoniyati  tugiladi.  Bu  xolat  jismoniy  mexnat  bilan 

shugullanuvchi  kishilarda  kaftdagi  kadoklarning  yiringlanishi  natijasida  xam  bulishi 

mumkin. 

SHuni ta’kidlash kerakki, kaft va barmoklar soxasidagi yalliglanishi jarayonlari 

xar  xil  kechadi.  Bu  esa  qo‘l  panjasining  fassial  yotkich  va  kletchatka  yoriklari, 

barmoklarning  esa  suyak  fibroz  kanallari  va  bukuvchi  mushak  paylarining  sinovial 

kinlari borligi bilan tushuntiriladi. Yiringlanish jarayonini pay kinlarining suyak-fibroz 

kanallari  bilan  cheklanishi  to‘qima  ichi  bosimining  tezda  oshishiga  va  keyinchalik 

nekroz  bulishiga olib  keladi.  Yiringli tendovaginitlarda buladigan kuchli ogriklarning 

va  nekroz  bulishini  oldini  olish  kerak  bulgan  erta  kesmalar  kilinishining  sababi  xam 

shundan iboratdir. 

Barmok 


to‘qimalarining  yiringli  yalliglanishiga  panaritsiy  deyiladi. 

Panaritsiyning kuyidagi turlari mavjud: 

1.Teri;  2.  Teri  osti;  3.  Pay  (tendovaginit);  4.  Suyak;  5.  Bo‘g‘im;  6.  Tirnok 

atrofidagi valikning yalliglanishi (paronixiy); 7. Tirnok osti; 8. Limfatik panaritsiy; 9. 

Pandaktilit. 

Kaft yuzasidagi tirnoq falangalari teri osti panaritsiysi pay va uning sinovial qini 

bo‘lmagani  uchun  suyak  va  bo‘g‘imlarga  juda  tezda  o‘tadi  va  uning  natijasida 

osteomielit va bo‘g‘imlar birikishini emirilishi kelib chiqadi. 

 


Yüklə 0,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2022
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə