O‘zbekiston respublikasi



Yüklə 64,3 Kb.
səhifə1/6
tarix16.02.2022
ölçüsü64,3 Kb.
#52670
  1   2   3   4   5   6
Amiriy va uning adabiy merosi


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

NAVOIY DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI

O’ZBEK TILI VA ADABIYOTI FAKULTETI

3-“D” GURUH TALABASI

O’ROQOVA KAMOLANING

KURS ISHI


MAVZU: AMIRIY VA UNING ADABIY MEROSI

Kurs ishi rahbari: Axmedova. Z

Navoiy-2022


RE’JA:

Kirish

  1. Amiriy hayoti va adabiy merosi

Asosiy qism:

  1. Amiriy ijodining o‘rganilish tarixi

  2. Amiriy adabiy merosi, devoni nashri

  3. Amiriy ijodida Navoiy ijodining badiiy ta’siri

  4. Amiriy va Navoiy ijodida tasvir mahoratining hamohangligi va ishq talqini

Xulosa

Adabiyotlar ro’yxati

KIRISH


Adabiyot, san’at va madaniyat yashasa, millat va xalq,

butun insoniyat bezavol yashaydi”

Shavkat Mirziyoyev

Adabiyotshunoslarimiz Amiriy ijodini o‘rganish borasida o‘zlarining ko‘plab asarlarini, ilmiy ishlarini, maqolalarini taqdim etganlar. Xususan, bu shoir ijodiga oid dastlabki tadqiqotni Aziz Qayumov “Qo‘qon adabiy muhiti” tarkibida 1969yilda tadqiq qilgan. Keyingi ma’lumotlarni olima Mahbuba Qodirova 1972 yili katta kirish so‘zi bilan chop etildi. Bu tadqiqotda Amiriy hayoti va ijodi haqida hikoya qilingan. Bundan tashqari A.Hayitmetov, H.Muhammadxo‘jayev, R.Orzibekov, Z.Qobilovaning Amiriy va uning ijodiga bag‘ishlangan maqolalari, adabiy portretlari maydonga keldi.Ularning har birida Amiriy ijodiga to‘xtalib o‘tilgan, lekin Amiriy ijodida Navoiy an’analari mavzusi aniq yoritib berilmagan. Tadqiqotchilarning risola va maqolalarida bu mavzu Amiriy ijodining tarkibiy qismi sifatida berib o‘tilgan. Mavzuga tegishli ma’lumotlarni qisman quyidagi adabiyotla rorqali ham olishimiz mumkin. Xususan, “O‘zbek adabiyoti tarixi” 5 jildlik , N. Mallayevning “O‘zbekadabiyotitarixi”,R.Orzibekovning“Adabiy merosimiz sehri”, R.Orzibekov “O‘zbek adabiyoti tarixi”, Eshonqulov va R. Vohidovlarning “O‘zbek mumtoz adabiyoti tarixi” kabi asarlari va bir necha maqolalar shular jumlasidandir. Ushbu asarlardan bugungi kunda biz ham ijodkorlar ijodini o‘rganishda qimmatli manba sifatida foydalanamiz. Adabiyotshunosligimizda Amiriy ijodida Navoiy an’analari mavzusiga oid ma’lumotlarni ko‘plab ijodkorlarning ilmiy asarlari orqali olishimiz mumkin.A.Qayumov “Qo‘qon adabiy muhiti” asarida Amiriyni quyidagicha ta’riflaydi: “Amiriy o‘zi shoh bo‘lsada qalbi darvish edi”.1 Dastlab Mahbuba Qodirova o‘z ijodida bu mavzuga oid ma’lumotlarni berib o‘tgan. Lekin bu ma’lumotlarda Amiriy va uning ijodiga xolisona baho berilmagan. Keyinchalik yana bir ijodkor Zeboxon Bakirovna Qobilova o‘z nomzodlik dessertatsiyasining uchinchi bobida Amiriy ijodida Navoiy an’analari mavzusini yoritib bergan. Biz ham har ikkala ijodkorning ilmiy ishlari orqali Amiriy ijodi haqida ham, uning ijodida uztozlari jumladan Navoiy an’analarini qanchalar o‘zlashtirgani va ularni yangilab davom ettirganini misollarda aniq ko‘ramiz. Zeboxon Bakirovna Qobilovaning nomzodlik dessertatsiyasiga A.Qayumov shu yerda Amiriyning Navoiy g‘azaliga bog‘lagan muxammasidan bir bandni keltirib, shunday fikr bildirgan: “Afsuski, bu beshlikning tahlilini desertant bir- ikki jumla bilan cheklagan. Vaholangki, agar Amiriy Navoiyning yigirma besh g‘azaliga shunday go‘zal muxammaslar bog‘lagan ekan, ana shu mavzuning o‘zigina bir dissertatsiya mavzuyi bo‘lmog‘i ravshandir”.2

Demak, ishda tamomila dunyoviy, oddiy insoniy his-tuyg‘ularni va kechinmalarni yuksak baadiyat bilan kuylagan shoirlar lirikasini tahlil qilish va uning badiiy ta’sirini ochib berishga urinish va Amiriy ijodining g‘oyaviy-badiiy xususiyatlariniis tiqlol ruhiyati bilan tahlil etmoq ishning dastlabki yangiligidir.Qolaversa, Navoiyni ham istiqlol sharofati bilan N.Komilov tamomila yangicha talqin etdi.(“Ma’nolar olamiga safar”). Ana shu ikki shoir ijodining yangicha talqinlar asosida an’ana va o‘ziga xosligini qiyosiy tahlil etish tadqiqodning asosiy ilmiy yangiligini taqozo etadi.



Said Umarbek - Umarxon, adabiy taxallusi Amir, Amiriy bo'lgan hukmdor, shoh va shoir o‘zbek mumtoz adabiyotining yorqin siymolaridan biri sanaladi. U o‘zining ancha qisqa, atigi 35 yillik umri davomida madaniyat va adabiyot rivojiga katta havas bilan qarab, o‘z poytaxt shahri Qo‘qonda kuchli adabiy markaz tashkil etgan. Yuzdan ortiq shoiru adiblar, xofizu xonandalar, kulgi, askiya ustalari, xattotlar uning homiyligida o‘z iste’dodlarini namoyon etganlar. Amiriy saltanat shukuhi va dabdabalari bilangina o‘ralashib qolmagan. Diyonati, e’tiqodi mustahkam, madaniyati yuksak shaxs sifatida mamlakat hamda el-u yurt tashvishlari bilan yashagan. Ko‘p vaqtini mamlakat obodonchiligiga, bunyodkorlikka, adabiyot va san’at ravnaqiga sarf etgan. Umarbek ayrim manbalarda 1785 yili, ayrimlarida esa, 1787 yili tavallud topgan, deb ko‘rsatiladi.Bo‘lajak iqtidorli hukmdor va iste‘dodli shoir Umarxon puxta ta’lim-tarbiya oladi. U ayniqsa adabiyot va tarix kabi fanlarni zo‘r qiziqish bilan o‘qiydi, fors, arab tillarini mukammal egallaydi, diniy-islomiy manbalardan ham yaxshi xabardor bo‘ladi. Norbo‘tabiydan so‘ng qonuniy valiahd sifatida Qo‘qon taxtiga o‘tirgan Olimxon (1798-1810) o‘tkir zehnli, harbiy salohiyati kuchli, davlat ishlariga qiziqishi baland ukasini Farg‘ona-Marg‘ilon hokimi etib tayinlaydi. Olimxonning pochchasi, diniy arboblardan biri sanalmish Mas’umxon to‘raning «Muntahab ut-tavorix» asarida keltirilishicha, shu shaxsning vositachiligida, Olimxonning taklifi bilan Umarbek 1808 yili amakisining (Rahmonqulibiyning) qizi Mohlaroyimga uylantiriladi. Amiriy yoshligidanoq husni malohatda, odob va axloqda, iste’dodda chinakamiga ismi jismiga monand bo‘lgan Komila (Nodira)ning mashhur shoira, davlat arbobi, sifatida hurmat qozonishida ko‘magi katta. Nodiraning she’riyatdagi bevosita ustozi Amiriy bo‘lgan. Amiriy oilaviy hayotda o‘ta samimiy, umr yo‘ldoshiga g‘amxo‘r va mehribon bo‘lgan. Biroq taassufki, biz sho‘rolar hukmronligi yillari Umarxonni Nodiradan ajratgan holda feodal hukmdor, saroy shoiri, shuhratparast shaxs sifatida tushuntirib keldik. Ilmiy asarlarda uning shaxsi, asarlari qora bo‘yoqlarda ko‘rsatildi. Amalda esa, Umarxon—Amiriy ham saltanat egasi—hukmdor, ham iste’dodli ijodkor sifatida o‘z o‘tmishdoshlari, Husayn Boyqaro va Mirzo Bobur yo‘lidan borib, mamlakat barqarorligi, obodonligi yo‘lida, madaniyat va adabiyot rivojiga muhim hissa qo‘shgan ulkan bir tarixiy shaxs edi. Umarxonning akasi Olimxon saroy amaldorlari fitnasi tufayli 1810 yili Toshkentdan Qo‘qonga qaytishda o‘ldirilgach, 22-23 yoshli Saidumarbek xonlik taxtiga lozim ko‘riladi. U 1810 yildan 1822 yilgacha hukmdor sifatida ulkan ishlarni amalga oshiradi, xonlik sarhadlarini kengaytiradi, yangi shaharlar, manzilgohlar, obod joylar barpo qildiradi. Uning davrida Qo‘qon xonligi madaniy va adabiy hayotida kuchli yangilanish paydo bo‘ldi. U Qo‘qon adabiy markazining asoschisi, tashkilotchisi va homiysi bo‘ldi. Farg'ona, uning markazi Qo‘qon shoiru shuarolar qarorgohiga aylandi. Unda Husayn Boyqaro va Navoiy davri Hirot adabiy muhiti an’analari tiklangandek bo‘ldi. Shuning bilan birga, u feodal hukmdor sifatida qo‘shni xonlik Buxoro bilan nizolarda bo‘ladi, bosib olingan o‘lka va shaharlardan ko‘plab aholini asir sifatida Farg‘onaga keltirib, yangi manzilgohlar barpo ettiradi. «Tarixi muhojiron» memuar asari hamda «Sabot ul-bashar »she‘rlar majmuasining muallifi Dilshodi-Barno yoshlik yillarida O‘ratepadan asira sifatida Qo‘qonga haydab keltirilganlardan biri edi. Keyinchalik u himoyat topib, Umarxon va Nodiraning iltifotiga sazovor bo‘ladi. Ma’naviyat homiysi Umarxon Dilshodning iste’dodini qadrlaydi. Dilshod-Barno Nodira va Uvaysiyga maslakdosh sifatida o‘z ijodini davom ettiradi, uzoq umr ko‘rib, XIX asrning so‘nggi choragida talantli shoira sifatida tanilgan Anbarotinga ham otinbuvilik qiladi. Haqiqatni dadil gapiruvchi bu shoira o‘zining «Tarixi muhojiron» asarida Umarxon haqida so‘z yuritib, uni «Olim va buyuk shoir edi, biroq shunday bo‘lsa-da, mazlum aholiga mehr-shafqati kam bo‘ldi», deb yozadi.Shu o‘rinda Umarxonning feodal hukmdor sifatidagi salbiy jihatlari ham bo‘lganligini unutmasligimiz lozim.

Qo‘qon xonligi tarixi va adabiyotining chuqur bilimdoni alloma Po‘latjon Domulla Qayumovning uch jildlik «Tazkirai Qayumiy» asarida yangi ma’lumotlar keltirilgan: «Amiriy. Bu kishi Xo‘qand shaharidan bo‘lub, nomiUmarbek, Shohruxiylardan Norbo‘tabiyning o‘g‘lidir. Melodiy 1787- yili tug‘ildi.She'rda taxallusi Amirdur. 1810 yili akasi bo‘lmish Olimxonning vafotidan so‘ngra Farg'ona amiri bo‘lub taxtga chiqmishdur. 1822 yil vafot etmish.Ustoz Muhammad Ya’qubdan tahsili ilmi irfon olmish.Navoiyga ergashuvchi shoirlardan bo‘lub, bir devonga egadur.Badiiy tomondan raso shoir ekani yozg‘on ash’ori obdoridan ma‘lumdir.Bu kishining xonligidan qat’i nazar, o‘qandli buyuk shoir sifatida hurmat etamiz.Tabiatan bu shoir Shohruhiylar sulolasidadan o‘zbek elining Ming urug‘idan yetishmishdir. O‘z davrida uning saroyi adabiyot ahli ilm-ma’rifat kishilari uchun ochiq bo‘lub panoh topdilar. O‘shal vaqt Xuqandga atrofdan adabiyot ahllari kela boshladilar va hurmat ko‘rdilar. Adabiy nashidalari bilan serob ettilar. Ma’rifat ahllari ziyodalashdi. Buning amri bilan o‘shal davr shoirlarining kishilaridan Mushrif, Mirzo Qalandar va Mulla Abdulkarim Fazliylar tomonidan yaratilgan. “Majmuat ush-shuaro” kitobining zamonimizgacha yetib kelishi bir muncha klassik shoirlarimizni o‘rganishga muyassar etdi.Haqiqatdan Umarxon tomonidan yaratilgan nashidalardan zavqlangan adabiyotshunoslar g‘azallariga qoyil qolmaygina bo‘lmadi. Jumladan Muqimiy tahsin maqomoda tubandagicha hamd etadur:

Ko‘rub didori haq bo‘lsun maqoming jannat ul a’lo

Nazokat gul qilur har misraingdin ey, shahi volo.

Bu bahr ichra sadaf yanglig‘ Muqimiysan durri yakto…

Muqimiy o‘zining sadafga tashbeh etib uni qiymatining durga o‘xshatur. Bu kishi o‘z hayotida Shaxrixon nomli bir shaharcha barpo etdi.Yaypan qishlog‘iga qo‘shimcha etib Pastki qo‘riq nomli joyda turar joylar-qishloq ettirdi. Oqar suvlar qozitdirdi. Ba har xol o‘z zamonida bog‘lar bino ettirdi. Xotuni Komila xonim va o‘g‘liga ta’siri g‘olib bo‘lub, Nodira, u Xon taxallusi ila shoiraliq va shoirliqda Umarxonga ergashib badiiy nashidai dilpazirligi ila o‘zbek adabiyoti olami(ga) durdonalar qo‘shub boyitdilar. Adabiy oqim natijasida Muqimiy va Furqat kabi demokratik ma`rifatparvarlik oqimi ma’orif, ma’daniyat insonparvarlik buyuk daryosiga yetib kelib qo`shib ketdi. Maxmur va Gulxaniylarga nisbatan Umarxonni xalqparvarlikda barobar tuta olmaymiz. Maxmur ila Gulxaniy kabi bo‘la olmasligi tabiiydir. Amiriyga qarashimiz ham shunga yarashadur. Huqandli shoirligi nuqtai nazaridan qaradik va to‘g‘ri baho berib o‘tdik.

O‘z davrida uning saroyi adabiyot ahli, ilm-ma’rifat kishilari uchun ochiq bo‘lub panoh toptilar. O‘sha vaqt Xo‘qandga atrofdan adabiyot ahllari kela boshladilar va hurmat ko‘rdilar, ma’rifat ahllari ziyodalashdi. Umarxonning amri bilan o‘sha davr shoirlaridan Mushrif, Mirzo Qalandar va Mulla Abdulkarim Fazliylar tomonidan yaratilgan «Majmuat ush-shuaro» kitobining zamonamizgacha yetib kelishi birmuncha klassik shoirlarimizni o‘rganishga muyassar etdi...».3

Adabiy merosi Amiriy tomonidan devoniga yozilgan debocha adog‘ida unga kiritilgan she’rlarniing yozilish tarixi, tartib berilishi hamda «so‘z gavharlarining sarroflari» va zufununlar maslahatlari bilan devon tarzida kitobat qilinishiga doir fikrlar keltirilgan.1972 yili Toshkentda chop qilingan «Devon»dan 216 g‘azal, 6 mustaqil muxammas, 3 musaddas, 6 tuyuq, Navoiy, Lutfiy, Jomiy, Fuzuliy, Mirzo Bedil hamda Zaliliy, Kamol, Nobiy g‘azallariga bog‘langan tazmin muxammaslar joy olgan. Amiriy tomonidan devoniga yozilgan debocha adog‘ida unga kiritilgan she’rlaming yozilish tarixi, tartib berilishi hamda «so‘z gavharlarining sarroflari» va zufununlar maslahatlari bilan devon tarzida kitobat qilinishiga doir fikrlar keltirilgan.




Yüklə 64,3 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin