O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori

Yüklə 20,69 Kb.
tarix29.03.2022
ölçüsü20,69 Kb.
#54388
107-son

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 07.04.2016 yildagi 107-son

Кучга кириш санаси

18.04.2016

Қўшимча ахборот

Улашиш

РУС

ЎЗБ

O’ZB

O‘ZB|РУС

Hujjat kuchini yo‘qotgan 14.05.2019

Hujjat 25.07.2017 sanasi holatiga

Amaldagi versiyaga o‘tish

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

MAKTABGACHA, UMUMIY O‘RTA, O‘RTA MAXSUS, KASB-HUNAR VA MAKTABDAN TASHQARI DAVLAT TA’LIM MUASSASALARI PEDAGOG KADRLARINI ATTESTATSIYADAN O‘TKAZISH TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASH HAQIDA

LexUZ sharhi

Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-maydagi 392-sonli “Maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar va maktabdan tashqari davlat ta’lim muassasalari pedagog kadrlarini attestatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.

“Ta’lim to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq hamda pedagog kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazish tartibini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:

1. Maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar va maktabdan tashqari davlat ta’lim muassasalari pedagog kadrlarini attestatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

2. Belgilansinki:

attestatsiyadan o‘tdi deb e’tirof etilgan maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar va maktabdan tashqari davlat ta’lim muassasalari pedagog kadrlari (keyingi o‘rinlarda — pedagog kadrlar) belgilangan namunadagi sertifikatlar bilan ta’minlanadi;

Oldingi tahrirga qarang.

pedagog kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazish jarayoni bilan bog‘liq, shu jumladan test sinovlari materiallarini tayyorlash va sertifikatlarni nashr etish bilan bog‘liq xarajatlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan taqdim etiladigan xarajatlar smetasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan qoplanadi.

(2-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 18-iyuldagi 515-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 29-son, 698-modda)

Oldingi tahrirga qarang.

3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi hamda tasarrufida ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirliklar va idoralar bilan birgalikda har yili 20-yanvarga qadar attestatsiyadan o‘tish muddati kelgan pedagog kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazish jadvalini ishlab chiqsin hamda tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasining Yoshlar siyosati, ta’lim, madaniyat va sport masalalari kompleksiga kiritsin.

(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 18-iyuldagi 515-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 29-son, 698-modda)

4. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi, Xalq ta’limi vazirligi, Mehnat vazirligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi bilan birgalikda bir oy muddatda:

attestatsiya natijalarini baholash mezonlarini ishlab chiqsinlar va belgilangan tartibda tasdiqlasinlar;

o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.

5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari B.Y. Xodiyev zimmasiga yuklansin.

O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV

Toshkent sh.,

2016-yil 7-aprel,

107-son

Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 7-apreldagi 107-son qaroriga

ILOVA

Maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar va maktabdan tashqari davlat ta’lim muassasalari pedagog kadrlarini attestatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida

NIZOM

I. Umumiy qoidalar

1. Ushbu Nizom “Ta’lim to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 25-moddasiga muvofiq maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar va maktabdan tashqari davlat ta’lim muassasalari pedagog kadrlarini (keyingi o‘rinlarda — pedagog kadrlar) attestatsiyadan o‘tkazish tartibini belgilaydi.

2. Pedagog kadrlarning malaka tavsiflariga muvofiqligi O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi (keyingi o‘rinlarda — Xalq ta’limi vazirligi), O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi (keyingi o‘rinlarda — O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi) hamda tasarrufida ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirliklar va idoralar tomonidan belgilangan tartibda tasdiqlangan xodimlarning asosiy lavozimlari malaka tavsiflaridagi (keyingi o‘rinlarda — malaka tavsiflari) talablar asosida o‘rganiladi.

Keyingi tahrirga qarang.

3. Quyidagilar pedagog kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazishning asosiy vazifalari hisoblanadi:

o‘quv fani bo‘yicha malakasi, dars o‘tish mahorati, mehnati samaradorligi va ijtimoiy-siyosiy bilimlarini oshirgan pedagog kadrlarni rag‘batlantirish;

ish haqi miqdorini oshirish imkoniyatlarini yaratish;

xorijiy tillarni o‘rganishni qo‘llab-quvvatlash;

kompyuter texnikasi va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, shu jumladan Internet jahon axborot tarmog‘idan foydalanish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lishning majburiyligini ta’minlash.

4. Attestatsiyaning asosiy prinsiplari majburiylik, davriylik, oshkoralik, kengashib ish ko‘rish hamda xolislik hisoblanadi.

5. Attestatsiya maktabgacha, umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta’lim muassasalari pedagog kadrlari uchun har besh yilda, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari pedagog kadrlari uchun har uch yilda bir marta o‘tkaziladi.

Pedagog kadrlarning attestatsiyasini tashkil etish va o‘tkazish ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq sxema bo‘yicha amalga oshiriladi.

6. Attestatsiyadan belgilangan muddatda malaka oshirish kursini tugatganlik to‘g‘risidagi sertifikatga ega bo‘lgan:

maktabgacha va maktabdan tashqari ta’lim muassasalarining oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ma’lumotli;

umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining oliy ma’lumotli;

o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarining umumta’lim, chuqurlashtirilgan va kasbiy ta’lim fanlari bo‘yicha oliy ma’lumotli;

o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarining oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ma’lumotli pedagog kadrlari (ishlab chiqarish ta’limi ustalari) o‘tkazilishi shart.

7. Ishga yangi qabul qilingan pedagog kadrlar bir yildan so‘ng, oliy yoki o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarini bitirib birinchi bor ishga kirganlar kasbiy faoliyatiga uch yil to‘lgandan so‘ng attestatsiyaga jalb etiladi.

8. Tuzilmasida umumta’lim bo‘g‘inlari mavjud bo‘lgan o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarining umumiy o‘rta ta’lim bosqichida umumta’lim, chuqurlashtirilgan va kasbiy ta’lim fanlaridan dars berayotgan pedagog kadrlar attestatsiyadan o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari uchun belgilangan tartibda o‘tkaziladi.

9. Mehnatga layoqatsizlik varaqasi rasmiylashtirilgan holda uzoq muddat (uch oydan ortiq) davolanayotgan, homiladorlik, tug‘ish hamda bolani parvarish qilish ta’tilidagi pedagog kadrlar ish faoliyatiga qaytganlariga bir yil to‘lgandan so‘ng attestatsiyaga jalb etiladi.

10. Attestatsiya har yili mart-iyun oylarida o‘tkaziladi.

Oldingi tahrirga qarang.

11. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi (keyingi o‘rinlarda — Davlat inspeksiyasi) Xalq ta’limi vazirligi, O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi hamda tasarrufida ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirliklar va idoralar bilan birgalikda har yili 20-yanvarga qadar attestatsiyadan o‘tish muddati kelgan pedagog kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazish jadvalini tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasining Yoshlar siyosati, ta’lim, madaniyat va sport masalalari kompleksiga taqdim etadi.

(11-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 18-iyuldagi 515-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 29-son, 698-modda)

Attestatsiyadan o‘tish muddati kelgan pedagog kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazish jadvali taqdim etilgan kundan e’tiboran bir oy ichida Vazirlar Mahkamasining Yoshlar siyosati, ta’lim, madaniyat va sport masalalari kompleksi rahbari tomonidan tasdiqlanadi.

Keyingi tahrirga qarang.

12. Maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar va maktabdan tashqari davlat ta’lim muassasalari (keyingi o‘rinlarda — ta’lim muassasalari) rahbarlari attestatsiya muddatini bir oy oldin e’lon qiladi va pedagog kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazish tartibi bilan tanishtiradi.

13. Attestatsiyaga doir tashkiliy masalalar ta’limni boshqarish bo‘yicha maxsus vakolat berilgan davlat organlari va ta’lim muassasalari rahbarlari tomonidan amalga oshiriladi.

14. O‘zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi o‘rnatilgan tartibda attestatsiyaning mehnat to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda, pedagog kadrlarning huquqlari ta’minlangan holda o‘tishini nazorat qiladi.

Oldingi tahrirga qarang.

15. Attestatsiya o‘tkazishda ta’limni boshqarish bo‘yicha maxsus vakolat berilgan davlat organlari hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatini muvofiqlashtirish va attestatsiyani nazorat qilish Davlat inspeksiyasi tomonidan amalga oshiriladi.

(15-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 18-iyuldagi 515-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 29-son, 698-modda)

Muvofiqlashtirish ishlari attestatsiya jadvallarini ishlab chiqish va attestatsiyaga oid faoliyatni tashkil etish bo‘yicha qo‘shma qarorlar loyihalarini tayyorlashda ishtirok etishdan, birinchi, oliy malaka toifali va yetakchi, bosh o‘qituvchi lavozimidagi hamda mazkur malaka toifalari va lavozimlariga talabgor pedagog kadrlar uchun test (yozma, ijodiy ish) sinovlarini o‘tkazishdan hamda ularning natijalarini e’lon qilishdan, pedagog kadrlarning attestatsiyadan o‘tganligi to‘g‘risida sertifikatlar topshirilishini ta’minlashdan iborat.

Attestatsiyani nazorat qilish uning natijalarini tahlil qilish, baholash hamda mazkur Nizom talablari buzilgan holda qabul qilingan qarorlarga oid ma’lumotnomalarni Vazirlar Mahkamasining Yoshlar siyosati, ta’lim, madaniyat va sport masalalari kompleksiga, tasarrufida ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirliklar va idoralarga yuborish orqali amalga oshiriladi.

Keyingi tahrirga qarang.

II. Attestatsiyani tashkil etish va attestatsiya komissiyalarini tuzish tartibi

16. Pedagog kadrlar asosiy ish joyi bo‘yicha attestatsiyaga jalb etiladi. Ta’lim muassasalarida o‘rindoshlik asosida dars beradigan va asosiy ish joyi bo‘yicha pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanmaydigan pedagog kadrlar o‘rindoshlik asosida faoliyat yuritayotgan ta’lim muassasida attestatsiyadan o‘tadi.

17. Maktabgacha, umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar hamda maktabdan tashqari ta’lim muassasalari pedagog kadrlarining malaka toifalari yoki lavozimlari mazkur ta’lim muassasalarining bir turidan boshqasiga ishga o‘tganda saqlanadi.

Bunda xalq ta’limi tizimi pedagog kadrlarining ikkinchi malaka toifasi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimining katta o‘qituvchi lavozimiga, birinchi malaka toifasi — yetakchi o‘qituvchi lavozimiga, oliy malaka toifasi — bosh o‘qituvchi lavozimiga tenglashtiriladi.

Keyingi tahrirga qarang.

18. Pedagog kadrlar o‘rta maxsus, kasb-hunar, oliy ma’lumotli, ilmiy daraja olganligi yoki qayta tayyorlash kurslaridan o‘tganligi haqidagi diplomda (keyingi o‘rinlarda — diplom) ko‘rsatilgan tayyorlov, ta’lim yo‘nalishlari, mutaxassislik yoki ixtisosliklariga mos keladigan fanlar bo‘yicha attestatsiyadan o‘tadi.

Pedagog kadrlarning diplomida bittadan ortiq tayyorlov yoki ta’lim yo‘nalishi, mutaxassislik yoki ixtisoslik ko‘rsatilgan bo‘lsa, ular dars berayotgan har bir o‘quv fani bo‘yicha alohida attestatsiyadan o‘tadi.

19. Ta’lim muassasalari rahbarlari attestatsiyadan o‘tuvchilarning har biri uchun alohida hujjatlar yig‘majildi tayyorlaydi.

Hujjatlar yig‘majildida attestatsiyadan o‘tuvchining pasporti, diplomi, attestatsiyadan o‘tganligi to‘g‘risida olgan va amalda foydalanayotgan sertifikati (agar mavjud bo‘lsa), malaka oshirganligi haqidagi sertifikati nusxalari, ma’lumotnoma, so‘nggi bir yil davomida o‘tgan darslarining tahlillari, ochiq darslar o‘tganligi haqidagi ma’lumotlar, ta’lim oluvchilari reytingi va erishgan yutuqlari (agar mavjud bo‘lsa) to‘planadi.

20. Pedagog kadrlar attestatsiyasi ularning malaka tavsiflarida belgilangan vazifalarga muvofiq faoliyat ko‘rsatishini tasdiqlovchi xalq ta’limi boshqarmalari attestatsiya komissiyalari, tuman (shahar), muassasalar va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi hududiy boshqarmalari attestatsiya komissiyalari (keyingi o‘rinlarda — attestatsiya komissiyalari) tomonidan amalga oshiriladi.

Keyingi tahrirga qarang.

Keyingi tahrirga qarang.

21. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, viloyatlar xalq ta’limi boshqarmalarida, Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasida (keyingi o‘rinlarda — xalq ta’limi boshqarmalari) oliy malaka toifasiga talabgor pedagog kadrlar attestatsiyasini o‘tkazish uchun Xalq ta’limi boshqarmalari attestatsiya komissiyalari tuziladi.

Oldingi tahrirga qarang.

Xalq ta’limi boshqarmalari attestatsiya komissiyalari tarkibi Xalq ta’limi vazirligi, tasarrufida ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirliklar va idoralar hamda Davlat inspeksiyasining qo‘shma qarori bilan tasdiqlanadi.

(21-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 18-iyuldagi 515-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 29-son, 698-modda)

Xalq ta’limi boshqarmalari attestatsiya komissiyalari tarkibi xalq ta’limi boshqarmalari boshlig‘i (komissiya raisi), Xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish institutlarining rahbar xodimi (komissiya raisi o‘rinbosari), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklarining ta’lim sohasiga mas’ul xodimi, O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi (keyingi o‘rinlarda — kasaba uyushmasi) vakili, uch nafar attestatsiyadan o‘tgan, oliy toifali pedagog kadrlardan (bir nafari — komissiya kotibi) iborat bo‘ladi.

Keyingi tahrirga qarang.

22. Quyidagilar Xalq ta’limi boshqarmalari attestatsiya komissiyalarining vazifalari hisoblanadi:

oliy malaka toifasiga talabgor pedagog kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazish;

tuman (shahar) va muassasalar attestatsiya komissiyalarining birinchi va ikkinchi malaka toifasiga talabgor pedagog kadrlar attestatsiyasi yakunlari bo‘yicha hisobotlarini tahlil qilish;

Oldingi tahrirga qarang.

oliy, birinchi va ikkinchi malaka toifali pedagog kadrlarga sertifikatlar olish uchun Davlat inspeksiyasiga buyurtmanoma berish hamda attestatsiya o‘tkazilgandan so‘ng bir oy muddatda pedagog kadrlarni sertifikatlar bilan ta’minlash.

(22-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 18-iyuldagi 515-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 29-son, 698-modda)

23. Xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish tuman (shahar) bo‘limlarida birinchi malaka toifasiga talabgor pedagog kadrlar attestatsiyasini o‘tkazish uchun tuman (shahar) attestatsiya komissiyalari tuziladi.

Tuman (shahar) attestatsiya komissiyalari tarkibi xalq ta’limi boshqarmalari buyrug‘i bilan tasdiqlanadi.

Tuman (shahar) attestatsiya komissiyalari tarkibi xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish bo‘limi mudiri (komissiya raisi), Xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish institutlarining mas’ul xodimi (komissiya raisi o‘rinbosari), tuman (shahar) hokimligining ta’lim sohasiga mas’ul xodimi, kasaba uyushmasi vakili, uch nafar attestatsiyadan o‘tgan, oliy toifali pedagog kadrlardan (bir nafari — komissiya kotibi) iborat bo‘ladi.

24. Quyidagilar tuman (shahar) attestatsiya komissiyalarining vazifalari hisoblanadi:

birinchi malaka toifasiga talabgor pedagog kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazish;

muassasalar attestatsiya komissiyalarining ikkinchi malaka toifasiga talabgor pedagog kadrlar attestatsiyasi yakunlari bo‘yicha hisobotlarini tahlil qilish;

birinchi va ikkinchi malaka toifali pedagog kadrlarga sertifikatlar olish uchun Xalq ta’limi boshqarmalari komissiyalariga buyurtmanoma berish.

25. Ta’lim muassasalarida ikkinchi malaka toifasiga talabgor pedagog kadrlar attestatsiyasini o‘tkazish uchun muassasalar attestatsiya komissiyalari tuziladi.

Muassasalar attestatsiya komissiyalari tarkibi xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish tuman (shahar) bo‘limlarining buyruqlari bilan tasdiqlanadi.

Muassasalar attestatsiya komissiyalari tarkibi ta’lim muassasalari rahbari (komissiya raisi), xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish tuman (shahar) bo‘limi xodimi (komissiya raisining o‘rinbosari), kasaba uyushmasi va ota-onalar qo‘mitasi vakillari, uch nafar attestatsiyadan o‘tgan, oliy toifali pedagog kadrlardan (bir nafari — komissiya kotibi) iborat bo‘ladi.

26. Quyidagilar muassasalar attestatsiya komissiyalarining vazifalari hisoblanadi:

ikkinchi malaka toifasiga talabgor pedagog kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazish;

ikkinchi malaka toifali pedagog kadrlarga sertifikatlar olish uchun tuman (shahar) attestatsiya komissiyasiga buyurtmanoma berish.

27. O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi hududiy boshqarmalarida umumta’lim, chuqurlashtirilgan va kasbiy ta’lim fanlari pedagog kadrlarini (ishlab chiqarish ta’limi ustalarini) attestatsiyadan o‘tkazish uchun o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi hududiy boshqarmalari attestatsiya komissiyalari tuziladi.

Oldingi tahrirga qarang.

O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi hududiy boshqarmalari attestatsiya komissiyalari tarkibi O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi, tasarrufida o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari bo‘lgan vazirliklar va idoralar hamda Davlat inspeksiyasining qo‘shma qarori bilan tasdiqlanadi.

(27-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 18-iyuldagi 515-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 29-son, 698-modda)

O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi hududiy boshqarmalari attestatsiya komissiyalari tarkibi hududiy o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi boshqarmasi rahbar xodimlari (komissiya raisi), O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimi kadrlarining malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash institutining mas’ul xodimi yoki oliy ta’lim muassasalarining sohaga mas’ul prorektorlari (komissiya raisining o‘rinbosari), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklarining ta’lim sohasiga mas’ul xodimi, kasaba uyushmasi vakili, uch nafar attestatsiyadan o‘tgan, oliy toifali pedagog yoki bosh o‘qituvchidan (bir nafari — komissiya kotibi) iborat bo‘ladi.

28. Quyidagilar o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi hududiy boshqarmalari attestatsiya komissiyalarining vazifalari hisoblanadi:

ikkinchi, birinchi va oliy malaka toifalari, katta, yetakchi va bosh o‘qituvchi lavozimlariga talabgor pedagog kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazish;

Oldingi tahrirga qarang.

ikkinchi, birinchi va oliy malaka toifalari, katta, yetakchi va bosh o‘qituvchi lavozimidagi pedagog kadrlarga sertifikatlar olish uchun Davlat inspeksiyasiga buyurtmanoma berish hamda attestatsiya o‘tkazilgandan so‘ng bir oy muddatda pedagog kadrlarni sertifikatlar bilan ta’minlash.

(28-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 18-iyuldagi 515-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 29-son, 698-modda)

29. Attestatsiyadan o‘tuvchi pedagog kadrlar attestatsiya komissiyalari tarkibiga kiritilmaydi.

30. Attestatsiya komissiyalari raislari va a’zolari attestatsiya ushbu Nizom talablariga hamda attestatsiya jadvaliga muvofiq o‘tkazilishi uchun mas’ul hisoblanadilar.

31. Attestatsiyadan o‘tuvchi pedagog kadrlarning malaka tavsiflarida va baholash mezonlarida belgilangan talablarni bajarganliklari haqidagi tavsiyalarni tayyorlash uchun ta’lim muassasalari rahbarlari buyrug‘i bilan ekspert guruhi tuziladi.

32. Ekspert guruhi tarkibi besh nafar a’zodan iborat bo‘ladi.

Ekspert guruhi a’zolari tarkibiga ta’lim muassasalari rahbarining o‘quv ishlari bo‘yicha o‘rinbosari (maktabgacha ta’lim muassasasi metodistlari) va tajribali pedagog kadrlar kiritiladi.

33. Ta’lim muassasalari rahbarlari ekspert guruhi tomonidan tayyorlangan tavsiya va hujjatlar yig‘majildlarini tegishli attestatsiya komissiyalariga taqdim etadi.

III. Attestatsiyadan o‘tkazish, sertifikatlar berish hamda ta’lim olganlik to‘g‘risidagi ma’lumotlarga qo‘yilgan talablarni belgilash tartibi

34. Attestatsiya ikki bosqichda o‘tkaziladi:

birinchi bosqichda — attestatsiyadan o‘tuvchilarning o‘quv fani bo‘yicha malaka sinovi natijalari, dars o‘tish mahorati va mehnati samaradorligi ekspert guruhi tomonidan o‘rganiladi hamda tegishli tavsiyalar tayyorlanadi;

ikkinchi bosqichda — attestatsiya komissiyalari tomonidan pedagog kadrlarning xorijiy tillar, kompyuter texnikasi va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini bilishi hamda ijtimoiy-siyosiy bilimlarini aniqlash yuzasidan suhbat o‘tkaziladi. Suhbat jarayoni videotasvirga olinadi va berilgan savollar va javoblar maxsus (sahifalangan, tikilgan va muhrlangan) daftarda qayd etiladi.

35. Attestatsiya quyidagi baholash mezonlari bo‘yicha o‘tkaziladi:

a) dars o‘tish mahorati — dars tahlillari, ochiq darslar o‘tganligi, ta’lim oluvchilarining reyting ko‘rsatkichlari, ta’lim berish vositalari hamda shakllarini maqbul ravishda tanlashi, tavsiya etilgan ilg‘or pedagogik uslub va texnologiyalarni (“case study” uslubi, loyihalar uslubi, hamkorlikda o‘qitish, “amaliy o‘yin”, interfaol ta’lim uslubi va boshqalar) qo‘llashlari;

b) mehnati samaradorligi — ta’lim oluvchilarning tayyorlaganligi, ta’lim oluvchilar va attestatsiyadan o‘tuvchilarning tuman, shahar, viloyat, respublika, xalqaro ko‘rik-tanlovlar, fan olimpiadalari va turli musobaqalarda erishgan yutuqlari;

v) o‘quv fani bo‘yicha malaka sinovlari — diplomida ko‘rsatilgan tayyorlov, ta’lim yo‘nalishlari, mutaxassisligi yoki ixtisosliklari bo‘yicha davlat ta’lim standartlari yoki davlat talablari mazmuni asosida o‘tkaziladigan test, yozma yoki ijodiy ish natijalari;

g) xorijiy tillar, kompyuter texnikasi va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini bilishi hamda ijtimoiy-siyosiy bilimlarini aniqlash yuzasidan o‘tkazilgan suhbat yakunlari.

Oldingi tahrirga qarang.

36. Pedagog kadrlarning attestatsiya natijalarini baholash mezonlari O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi va Xalq ta’limi vazirligi tomonidan Mehnat vazirligi, Davlat inspeksiyasi bilan birgalikda ishlab chiqiladi va belgilangan tartibda tasdiqlanadi.

(36-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 18-iyuldagi 515-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 29-son, 698-modda)

Keyingi tahrirga qarang.

Oldingi tahrirga qarang.

361. Birinchi va oliy malaka toifali, yetakchi va bosh o‘qituvchi lavozimidagi hamda mazkur malaka toifalari va lavozimlarga talabgor pedagog kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazganlik uchun eng kam oylik ish haqining 100 foizi miqdorida yig‘im undiriladi.

Attestatsiyadan o‘tkazganlik uchun yig‘im O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti daromadiga o‘tkaziladi.

Ariza beruvchi berilgan arizadan voz kechgan taqdirda hamda pedagog kadrga nisbatan “Attestatsiyadan o‘tmadi, tegishli malaka toifasi yoki lavozimi tushirilsin”, mutaxassis, oliy yoki o‘rta maxsus, kasb-hunar ma’lumotli o‘qituvchi lavozimi bo‘yicha “Attestatsiyadan o‘tmadi, mutaxassis (oliy yoki o‘rta maxsus, kasb-hunar ma’lumotli o‘qituvchi) lavozimiga muvofiq emas” qarori qabul qilinganda to‘langan yig‘im summasi qaytarilmaydi.

Pedagog kadrlar attestatsiyaning biror bosqichida uzrli sababga (mehnatga layoqatsizlik varaqasi, ta’limni boshqarish bo‘yicha maxsus vakolat berilgan davlat organi yoki ta’lim muassasalari rahbarlari ma’lumotnomasi) ko‘ra kelmagan bo‘lsa, ularning attestatsiyasi boshqa muddatga ko‘chirilgan taqdirda yig‘im summasi takroran undirilmaydi.

(361-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 18-iyuldagi 515-sonli qaroriga asosan kiritilgan — O‘R QHT, 2017-y., 29-son, 698-modda)

Oldingi tahrirga qarang.

37. Birinchi va oliy malaka toifali, yetakchi va bosh o‘qituvchi lavozimidagi hamda mazkur malaka toifalari va lavozimlarga talabgor pedagog kadrlar uchun test materiallari mazmunini shakllantirish, nashr etish va mazkur jarayonni o‘tkazish Davlat inspeksiyasi tomonidan Xalq ta’limi vazirligi, O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi.

(37-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 18-iyuldagi 515-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 29-son, 698-modda)

Keyingi tahrirga qarang.

38. O‘quv fani bo‘yicha malaka sinoviga oid yozma va ijodiy ish hamda ikkinchi malaka toifasiga va katta o‘qituvchi lavozimiga da’vogar pedagog kadrlarning test sinovlarini o‘tkazish tasarrufida ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirliklar va idoralari bilan kelishilgan holda ta’lim turlari bo‘yicha Xalq ta’limi vazirligi yoki O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi tomonidan amalga oshiriladi.

39. Attestatsiya komissiyalari pedagog kadrlarning dars o‘tish mahorati va mehnati samaradorligi hamda o‘quv fani bo‘yicha malaka sinovi natijalarini tahlil qiladi, xorijiy tillar, kompyuter texnikasi va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini bilishi hamda ijtimoiy-siyosiy bilimlarini aniqlash yuzasidan suhbat o‘tkazadi va tegishli qaror qabul qiladi.

40. Attestatsiya komissiyasi a’zolarining uchdan ikki qismi ishtirok etgan yig‘ilish vakolatli hisoblanadi.

41. Attestatsiya komissiyalari quyidagi qarorlardan birini qabul qiladi:

a) oliy malaka toifali yoki bosh o‘qituvchi lavozimidagi pedagog kadr baholash mezonlarining har biridan:

75 foizdan yuqori ko‘rsatkichga ega bo‘lsa — “Attestatsiyadan o‘tdi, oliy malaka toifasi (bosh o‘qituvchi lavozimi) saqlansin”;

75 foizdan past ko‘rsatkichga ega bo‘lsa — “Attestatsiyadan o‘tmadi, birinchi malaka toifasi (yetakchi o‘qituvchi lavozimi)ga tushirilsin”;

b) birinchi malaka toifali yoki yetakchi o‘qituvchi lavozimidagi pedagog kadr baholash mezonlarining har biridan:

75 foizdan yuqori ko‘rsatkichga ega bo‘lsa — “Attestatsiyadan o‘tdi, oliy malaka toifasi (bosh o‘qituvchi lavozimi) berilsin”;

75 foizdan 65 foizgacha ko‘rsatkichga ega bo‘lsa — “Attestatsiyadan o‘tdi, birinchi malaka toifasi (yetakchi o‘qituvchi lavozimi) saqlansin”;

65 foizdan kam ko‘rsatkichga ega bo‘lsa — “Attestatsiyadan o‘tmadi, ikkinchi malaka toifasi (katta o‘qituvchi lavozimi)ga tushirilsin”;

v) ikkinchi malaka toifali yoki katta o‘qituvchi lavozimidagi pedagog kadr baholash mezonlarining har biridan:

65 foizdan yuqori ko‘rsatkichga ega bo‘lsa — “Attestatsiyadan o‘tdi, birinchi malaka toifasi (yetakchi o‘qituvchi lavozimi) berilsin”;

65 foizdan 60 foizgacha ko‘rsatkichga ega bo‘lsa — “Attestatsiyadan o‘tdi, ikkinchi malaka toifasi (katta o‘qituvchi lavozimi) saqlansin”;

60 foizdan kam ko‘rsatkichga ega bo‘lsa — “Attestatsiyadan o‘tmadi, mutaxassis (oliy yoki o‘rta maxsus, kasb-hunar ma’lumotli o‘qituvchi) lavozimiga tushirilsin”;

g) mutaxassis, oliy yoki o‘rta maxsus, kasb-hunar ma’lumotli o‘qituvchi lavozimidagi pedagog kadr baholash mezonlarining har biridan:

60 foizdan yuqori ko‘rsatkichga ega bo‘lsa — “Attestatsiyadan o‘tdi, ikkinchi malaka toifasi (katta o‘qituvchi lavozimi) berilsin”;

60 foizdan 55 foizgacha ko‘rsatkichga ega bo‘lsa — “Attestatsiyadan o‘tdi, mutaxassis (oliy yoki o‘rta maxsus, kasb-hunar ma’lumotli o‘qituvchi) lavozimi saqlansin”;

55 foizdan kam ko‘rsatkichga ega bo‘lsa — “Attestatsiyadan o‘tmadi, mutaxassis (oliy yoki o‘rta maxsus, kasb-hunar ma’lumotli o‘qituvchi) lavozimiga muvofiq emas”.

42. Attestatsiya komissiyalari mutaxassis, oliy yoki o‘rta maxsus, kasb-hunar ma’lumotli o‘qituvchi lavozimidagi pedagog kadrlar bo‘yicha “Attestatsiyadan o‘tmadi, mutaxassis (oliy yoki o‘rta maxsus, kasb-hunar ma’lumotli o‘qituvchi) lavozimiga muvofiq emas” qarorini qabul qilsa, ular navbatdan tashqari malaka oshirish kurslariga yuboriladi hamda keyingi yilda qayta attestatsiyaga jalb etiladi.

Attestatsiya komissiyalari qayta attestatsiyaga jalb etilgan

Attestatsiya komissiyalari qayta attestatsiyaga jalb etilgan pedagog kadrlar bo‘yicha “Attestatsiyadan o‘tmadi, mutaxassis (oliy yoki o‘rta maxsus, kasb-hunar ma’lumotli o‘qituvchi) lavozimiga muvofiq emas” qarorini qabul qilsa, ish beruvchi tomonidan ular bilan tuzilgan mehnat shartnomasi mehnat qonunchiligida belgilangan tartibda bekor qilinadi.

43. Baholash mezonlari bo‘yicha o‘rtacha ko‘rsatkich chiqarilmaydi hamda baholash mezonlarining birortasi bo‘yicha belgilangan ko‘rsatkichdan past baholansa “attestatsiyadan o‘tmadi” degan qaror qabul qilinadi.

44. Pedagog kadrlar attestatsiyaning biror bosqichida uzrli sababga (mehnatga layoqatsizlik varaqasi, ta’limni boshqarish bo‘yicha maxsus vakolat berilgan davlat organi yoki ta’lim muassasalari rahbarlari ma’lumotnomasi) ko‘ra kelmagan bo‘lsa, ularning attestatsiyasi boshqa muddatga ko‘chiriladi.

45. Pedagog kadr uzrsiz sababga ko‘ra attestatsiyaning biror bosqichida ishtirok etmagan bo‘lsa attestatsiyadan o‘tmagan hisoblanadi hamda unga nisbatan “Attestatsiyadan o‘tmadi, tegishli malaka toifasi yoki lavozimi tushirilsin”, mutaxassis, oliy yoki o‘rta maxsus, kasb-hunar ma’lumotli o‘qituvchi lavozimi bo‘yicha “Attestatsiyadan o‘tmadi, mutaxassis (oliy yoki o‘rta maxsus, kasb-hunar ma’lumotli o‘qituvchi) lavozimiga muvofiq emas” qarori qabul qilinadi.

46. Attestatsiya komissiyalari qarori ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq shaklda rasmiylashtiriladi hamda komissiya raisi, rais o‘rinbosari va kotib tomonidan imzolanadi.

47. Attestatsiya komissiyalari qarori asosida ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq shakldagi attestatsiya varaqasi rasmiylashtiriladi hamda attestatsiya komissiyasi raisi, rais o‘rinbosari, yig‘ilishda ishtirok etgan a’zolar va kotib tomonidan imzolanadi.

Attestatsiya varaqasi ikki nusxada to‘ldiriladi va bir nusxasi pedagog kadrlarning ish joyidagi shaxsiy hujjatlari yig‘majildida, ikkinchi nusxasi attestatsiya komissiyasida saqlanadi.

48. Pedagog kadrlarning attestatsiyasiga oid hujjatlarining to‘plangan yig‘majildi navbatdagi attestatsiyagacha ta’lim muassasasida saqlanadi.

49. Attestatsiya komissiyalarining qaroriga ko‘ra oliy, birinchi, ikkinchi malaka toifasiga yoki bosh, yetakchi, katta o‘qituvchi lavozimiga ega bo‘lgan pedagog kadrlarga ushbu Nizomga 4-ilovaga muvofiq shakldagi pedagog kadrning attestatsiyadan o‘tganligi to‘g‘risidagi sertifikat (keyingi o‘rinlarda — sertifikat) attestatsiya o‘tkazilgandan so‘ng bir oy muddat ichida topshiriladi.

Sertifikatlarning xatosiz to‘ldirilishi uchun attestatsiya komissiyasi raislari mas’ul hisoblanadi.

Oldingi tahrirga qarang.

50. Sertifikat qat’iy hisobda turadigan hujjat hisoblanib, unda hisob seriyasi, raqami va himoya darajasi bo‘ladi. Sertifikat blankalari Davlat inspeksiyasi buyurtmasi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki huzuridagi “Davlat belgisi” davlat-ishlab chiqarish birlashmasi bosmaxonasida tayyorlanadi.

(50-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 18-iyuldagi 515-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 29-son, 698-modda)

Oldingi tahrirga qarang.

51. Davlat inspeksiyasi boshlig‘i, xalq ta’limi boshqarmalari va hududiy o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi boshqarmalari boshliqlari, xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish tuman (shahar) bo‘limi mudirlari va ta’lim muassasalari rahbarlari sertifikatlarning hisobi, saqlanishi hamda maqsadli ishlatilishi yuzasidan shaxsan javobgar hisoblanadi.

(51-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 18-iyuldagi 515-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 29-son, 698-modda)

Keyingi tahrirga qarang.

52. Attestatsiya komissiyalari sertifikatlarning pedagog kadrlarga tarqatilishini ro‘yxatga olish uchun maxsus daftar (sahifalangan, tikilgan va muhrlangan) yuritadi va unda quyidagilarni qayd etadi:

tartib raqami;

pedagog kadrlarning familiyasi, ismi, otasining ismi;

sertifikatning tartib raqami, seriyasi;

sertifikat berilishiga asos bo‘lgan komissiya qarorining sanasi va tartib raqami;

sertifikatni bergan komissiyaning nomi;

sertifikatning amal qilish muddati;

sertifikat nusxasi (dublikati)ning berilishi asosi va sanasi.

53. Pedagog kadrlarning bazaviy tarif stavkalari miqdori, ularning malaka toifasi yoki lavozimi sertifikat asosida belgilanadi.

54. Sertifikatning amal qilish muddati tugagan pedagog kadrlarga mutaxassis, oliy yoki o‘rta maxsus, kasb-hunar ma’lumotli o‘qituvchi lavozimi bo‘yicha haq to‘lanadi.

55. Sertifikatning amal qilish muddati tugab, mutaxassis, oliy yoki o‘rta maxsus, kasb-hunar ma’lumotli o‘qituvchi lavozimi bo‘yicha haq to‘lanayotgan pedagog kadrlar navbatdagi attestatsiyaga oxirgi sertifikatida ko‘rsatilgan malaka toifasi yoki lavozimi bo‘yicha jalb qilinadi.

Oldingi tahrirga qarang.

56. Davlat inspeksiyasi Xalq ta’limi vazirligi va O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi bilan kelishgan holda sertifikatlarni hisobga olish, saqlash va topshirish tartibini belgilaydi.

(56-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 18-iyuldagi 515-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 29-son, 698-modda)

Keyingi tahrirga qarang.

57. Attestatsiyadan o‘tganligi to‘g‘risida sertifikatga ega bo‘lmagan ishga yangi qabul qilingan pedagog kadrlarga yoxud oliy yoki o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarini bitirib birinchi bor ishga kirgan pedagog kadrlarga quyidagi tartibda malaka toifasi (lavozimi) beriladi:

o‘rta maxsus, kasb-hunar ma’lumotli pedagog kadrlarga — o‘rta maxsus, kasb-hunar ma’lumotli o‘qituvchi lavozimi;

bakalavr darajasiga — mutaxassis yoki oliy ma’lumotli o‘qituvchi lavozimi;

magistr darajasiga ega mutaxassislarga, shuningdek oliy ma’lumot darajasi bo‘yicha akademik darajalar joriy etilgunga qadar olingan oliy ma’lumotli pedagog kadrlarga — ikkinchi malaka toifasi yoki katta o‘qituvchi lavozimi (ushbu malaka toifasi yoki lavozimi attestatsiya natijasiga ko‘ra o‘zgarishi mumkin);

fan nomzodi yoki fan doktori ilmiy darajasiga ega bo‘lgan pedagog kadrlarga — oliy malaka toifasi yoki bosh o‘qituvchi lavozimi (mazkur malaka toifasi yoki lavozimi attestatsiya natijasiga ko‘ra o‘zgarishi mumkin).

IV. Attestatsiya natijalari yuzasidan murojaat qilish tartibi

58. Attestatsiya komissiyalari qaroridan norozi bo‘lgan pedagog kadrlar attestatsiya natijalari e’lon qilingan kundan boshlab o‘n kun mobaynida apellatsiya komissiyasiga yozma ravishda ariza (shikoyat) berishlari mumkin.

59. Apellatsiya komissiyasi attestatsiya boshlangandan keyin uch kun ichida pedagog kadrlarning arizalarini ko‘rib chiqish uchun tegishliligiga ko‘ra Xalq ta’limi vazirligi, O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazining buyrug‘i bilan besh kishidan iborat tarkibda xalq ta’limi boshqarmalarida va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi hududiy boshqarmalarida tashkil etiladi.

Keyingi tahrirga qarang.

Apellatsiya komissiyasi tarkibi Xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy instituti yoki O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimi kadrlarining malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash institutining rahbar xodimi, kasaba uyushmasi vakili, uch nafar attestatsiyadan o‘tgan, oliy toifali (bosh o‘qituvchi) pedagog kadrlardan (bir nafari — komissiya kotibi) iborat bo‘ladi.

60. Apellatsiya komissiyasining ish tartibi apellatsiya komissiyasini tashkil etish to‘g‘risidagi buyruqda belgilanadi.

61. Apellatsiya komissiyasi tarkibiga attestatsiya komissiyalari tarkibidan a’zo kiritilmaydi.

62. Apellatsiya komissiyasi muammoli holatlarga aniqlik kiritish maqsadida jamoatchilik asosida malakali mutaxassislarni jalb etishi mumkin.

63. Apellatsiya komissiyasi yig‘ilishida komissiya a’zolarining uchdan ikki qismi ishtirok etsa, uning qabul qilgan qarori qonuniy kuchga ega bo‘ladi.

64. Ariza (shikoyat) ro‘yxatga olingan kundan boshlab o‘n besh kun muddatda ko‘rib chiqiladi.

65. Murojaat etuvchi pedagog kadrlar apellatsiya komissiyasi tomonidan arizasi (shikoyati) ko‘rib chiqilishi jarayonida ishtirok etishi mumkin.

66. Apellatsiya komissiyasi attestatsiya komissiyasi qarorini o‘zgartirishsiz qoldirish yoki uni bekor qilib, qayta attestatsiya tashkil etish haqida qaror chiqaradi.

67. Apellatsiya komissiyasi qarori nusxasi murojaat etuvchi pedagog kadrga va tegishli attestatsiya komissiyasiga apellatsiya komissiyasi qarori chiqqan kundan e’tiboran besh kun muddatda taqdim etiladi.

V. Yakunlovchi qoidalar

68. Attestatsiya komissiyasi yoki apellatsiya komissiyasi qarori yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda sudga shikoyat qilinishi mumkin.

69. Ushbu Nizom talablarining buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.

Maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar va maktabdan tashqari davlat ta’lim muassasalari pedagog kadrlarini attestatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
Yüklə 20,69 Kb.

Dostları ilə paylaş:

Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə

yükləyin