O‘zbekiston respublikasi vazirlar mahkamasining



Yüklə 0,98 Mb.
səhifə1/84
tarix12.05.2022
ölçüsü0,98 Mb.
#57668
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   84
Iste’molchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING QARORI

ISTE’MOLCHILAR ELEKTR QURILMALARINI TEXNIK EKSPLUATATSIYA QILISH QOIDALARI VA ISTE’MOLCHILAR ELEKTR QURILMALARINI EKSPLUATATSIYA QILISHDA XAVFSIZLIK TEXNIKASI QOIDALARINI TASDIQLASH TO‘G‘RISIDA


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat huquqiy siyosatini amalga oshirishda adliya organlari va muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 19-maydagi PF-5997-son Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:

  1. Quyidagilar:

Iste’molchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalari 1-ilovaga muvofiq; Iste’molchilar elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalari 2-

ilovaga muvofiq tasdiqlansin.



  1. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Toshkent shahar va viloyatlar hokimliklari, vazirliklar va idoralar o‘zlarining tizimlaridagi tashkilotlar tomonidan Iste’molchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalari va Iste’molchilar elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalarining talablari bajarilishi ustidan nazoratni ta’minlasinlar.

  2. O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Toshkent shahar va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda Iste’molchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalari va Iste’molchilar elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalarining mazmun-mohiyatini ommaviy axborot vositalarida keng yoritilishini tashkil etsinlar.

  3. O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi, vazirliklar va idoralar bilan birga o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.

  4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining sanoat va uning bazaviy tarmoqlarini hamda kooperatsiya aloqalarini rivojlantirish masalalari departamenti va O‘zbekiston Respublikasi energetika vaziri A.S. Sultanov zimmasiga yuklansin.


Yüklə 0,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   84




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin