O’zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi a. Qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika instituti



Yüklə 224,91 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/4
tarix22.06.2020
ölçüsü224,91 Kb.
#31994
  1   2   3   4
boshlangich sinf oquvchilarini masalalar echishga orgatish metodikasi


O’ZBEKISTON  

RESPUBLIKASI XALQ  

TA’LIMI  

VAZIRLIGI 

 A.QODIRIY  NOMIDAGI

 

 JIZZAX  DAVLAT  PEDAGOGIKA 

INSTITUTI

 

    

 

ЎЗБЕКИСТОН 

РЕСПУБЛИКАСИ ХАЛҚ 

ТАЪЛИМИ 

 ВАЗИРЛИГИ 

А.ҚОДИРИЙ НОМИДАГИ 

ЖИЗЗАХ ДАВЛАТ 

ПЕДАГОГИКА ИНСТИТУТИ

 

 

BOShLANG`ICH TA'LIM NAZARIYASI VA AMALIYOTI KAFЕDRASI 

 

«Himoya qilishga ruxsat beraman» 



Boshlang’ich ta’lim pedagogikasi 

fakulteti dekani 

__________ dots. Rabbimov M. 

«___» _____________ 2013 y. 

 

5141600 – boshlang’ich ta’lim va sport tarbiyaviy ish yo’nalishi bo’yicha 



bakalavr darajasini olish uchun 

 

 



“Boshlang`ich sinf o`quvchilarini masalalar echishga 

o`rgatish metodikasi” 

 

mavzusida bajarilgan 



BITIRUV MALAKAVIY IShI 

Bajaruvchi: Boshlang’ich ta’lim pedagogikasi fakulteti IV 

kurs talabasi Quvonova D. 

 

Ilmiy rahbar: Boshlang’ich ta’lim nazariyasi va amaliyoti 

kafedrasi dotsenti Asadov N.  

 

 

Ishni himoyaga tavsiya etaman: _______       __________________________ 



 

 

 



 

 

      (imzo)  



 

(ilmiy rahbar ismi va sharifi)   

 

BMI «BTN va A » kafedrasi yig’ilishining qarori bilan  



(Qaror № ,  2013 y.) himoyaga tavsiya etilgan. 

 

Kafedra mudiri: _________________ _______ 



 

 

 



(ismi va sharifi)            (imzo) 

 

JIZZAX– 2013 

 

3

M u n d a r i j a 



 

Kirish ……………………………………………………………..3-6 



I Bob O’quvchilarni masalalar yechishga o’rgatishning  nazariy  

asoslari 



§ 1.1.Boshlang’ich  sinf  matematika  kursida  matnli  masalalar…7-12 

§ 1.2. Masalani  yechishga  o’rgatishning  asosiy  bosqichlari……13-21 

§ 1.3. Masalalarni  yechish  usullari……………………………….22-29 

II Bob  Boshlang’ich sinf o’quvchilarini masalalar yechishga o’rgatish 

metodikasining umumiy masalalari 



§ 2.1. Matematik  masalalar  va  ularning  turlari ..........................30-31 

§ 2.2.  Boshlang’ich  sinf  o’quvchilarida  masala  yechish  ko’nikmasini  

shakllantirish  metodikasi .............................................................32-39 



§ 2.3.

 

 Boshlang’ich  sinfda  masalalarni  o’rganishda  zamonaviy  



pedagogik  texnologiyalardan  foydalanish …………………….40-43 

 

Xulosa …………………………………………………………..44-45 



Foydalanilgan  adabiyotlar ……………………………………..46-47 

 

 

 

 

 

4

Kirish 

Ta’limni tubdan isloh qilishning ajralmas  va muhim qismi hisoblangan 

zamonaviy pedagogik texnologiyalar, interfaol metodlar, amaliyotga joriy qilinishi 

mumkin bo’lgan yo’l-yo’riqlar yangicha usullar orqali mutaxassislar tomonidan 

ma’lum tizim asosida  o’rgatilishi lozim. Jahon ta’limi tajribasi shundan dalolat 

beradiki, jamiyat taraqqiyoti ta’limning takomillashishi va taraqqiy qilishi bilan 

chambarchas bog’liqdir.  

Prezident Islom Karimovning O’zbekiston Respublikasi  Konstitutsiyasining  

20 yilligiga  bag’ishlangan  tantanali  marosimda  “Inson  manfaati, huquq  va  

erkinliklarini  ta’minlash, hayotimizning  yanada  erkin  va  obod  bo’lishiga  

erishish – bizning  bosh  maqsadimizdir”  mavzusida  qilgan  ma’ruzasida  

jumladan shunday  fikrlarni o’qish  mumkin: 

“Bu  yo’lda  bizning  eng  katta  tayanch  va  suyanchimiz, hal  qiluvchi  

kuchimiz  yosh  avlodimizdir.  

Bu – O’zbekistonda  tashkil  etilgan  dunyo  miqyosida  katta  qiziqish  va  

havas  uyg’otayotgan  mutlaqo  yangi  o’quv  tizimida  yuksak  ta’lim-tarbiya  

olayotgan, eski  asoratlardan, qarashlardan  uzoq  bo’lgan, zamonaviy  kasb-

hunarlarni  o’zlashtirgan, mustaqil  fikrlaydigan, ertangi  kunga  intilayotgan  

bizning  farzandlarimizdir. 

… Ishonchim  komil, bunday  yoshlarimizning  safi  qancha  ko’paysa, 

qancha  rivoj  topsa, hech  shubnasiz, marra  bizniki, O’zbekistonnikidir”

1

 

Mustaqillik yillarida ta’lim tizimidagi o’zgarishlar ta’lim jarayoni tarkibiy 

qisimlarini yangicha tartibda namoyon bo’lishini taqozo etadi. An’anviy ta’lim 

qonuniyatlari va tamoyillariga mos holda yangi tamoyillarga amal qilish, ta’lim 

metodlarining paydo bo’lishi, ta’lim vositalarining takomillashuvi, ayniqsa 

ta’limni tashkil etishning noan’anaviy shakllari keng ko’lamda joriy etilishi 

kuzatilmoqda. 

                                           

1

 I.A.Karimov   Inson  manfaati, huquq  va  erkinliklarini  ta’minlash, hayotimizning  yanada  erkin  va  obod  



bo’lishiga  erishish – bizning  bosh  maqsadimizdir.  O’zbekiston  Respublikasi  Konstitutsiyasining  20  yilligiga  

bag’ishlangan tantanali marosimdagi ma’ruza. Xalq  so’zi. 2012 yil 8-dekabr 



 

5

Mazkur o’zgarishlarning bir qismi mavjud didaktik ta’limotlarning 



tarkibidan o’sib chiqqan bo’lsa, yana bir qismi dunyodagi ta’lim tizimi rivojlangan 

mamlakatlar olimlarining pedagogik tajribalariga suyangan holda paydo bo’ladi. 

Shu o’rinda ta’limning zamonaviy interfaol metodlarining mamlakatimiz ta’lim 

sohasiga kirib kelishi alohida e’tibor qaratadigan yo’nalishlardan biri ekanligini 

qayd etish zarur.  

Mavzuning dolzarbligi – Ta`lim  jarayoni interfaol  metodlar asosida tashkil  

etish  bo’lajak mutaxassislarning O’zbekistoning  ilg’or tajribalari,  an’analari, 

madanyatini  hisobga  olgan  holda  har  tomonlama  shakllantirish  imkonyatini  

beradi. Bu borada  ta’lim tizmida,  oquv  jarayonida  interfaol  metodning   

umumiy  asoslari  tadqiq  etilgan.  Pedagogik  olimlar O. Tolipov,  SH. 

Abdullaeva,  O. Haydarova   kabilarning  tadqiqot ishlari  shular  jumlasidandur.  

Ta’lim  jarayoni  ko’p bosqichli  yaxlit  tizimga  ega bolib, uning har bir bosqichi 

ta’lim oluvchilarning  yoshi va oziga xos xususiyati ta’lim–tarbya jarayonida 

intelektual qobiliyatiga bog’liqdir. O’quvchi o’quvchilikka qabul qilingandan 

boshlab har bir fanning ilmiy–nazariy  asoslarni chuqur o’rganish bilan birga  kasb 

tayyorgarligiga alohida e’tibor qaratildi. Jamyatning intelektual  salohiyotiga  mos 

kelajak  avlodni  tarbyalash bugungi  ta`lim tizimi  oldida turgan  dolzarb vazifa 

bo’lib, bu o’z navbatida ta’lim jarayonida mumtazam ravishda innovatsion  

yondashuvlarni amalga  oshirishni  talab etadi. Innovatsion  yondashuvlar - ta’lim 

jarayonida zamonaviy pedagogik  texnologiyalarni qo’llash demakdir. Mazkur 

BMI mavzusining dolzarbligi ham mana shunda.   

Matematikani o’qitish umumiy sistemasida masalalar yechish samarali 

mashq turlaridan biridir. Masalalar yechish bolalarda avvalo mukammal 

matematik tushunchalarni shaklllantirish ularning programmada berilgan nazariy 

bilimlarni o’zlashtirishlarida favqulotda muhim ahamiyatga ega. 

Masalan, agar biz qo’shish haqida to’g’ri tushuncha shakllantirishni istasak

buning uchun bolalar yig’indini topishga doir yetarli miqdorda sodda masalalarni 

deyarli har gal to’plamlarni birlashtirish amalini, bajarib yechishlari zarur. 


 

6

Shunday qilib, masalalar konkret material bo’lib, ular yordamida bolalarda 



yangi bilim vujudga keladi va mavjud bilimlar tadbiq qilinishi jarayonida 

mustahkamlab boradi. Masalalar bilimlarni shakllantirishda konkret material 

bo’lgani holda nazariyani amaliyot bilan, o’qitishni turmush bilan bog’lab olib 

borish imkonini beradi. Masalalar yechish bolalarda kundalik hayotda har bir kishi 

uchun zarur bo’lgan amaliy uquvlarni vujudga keltiradi.  

Tadqiqotning maqsadi: Boshlangich sinflarda matematikani o’qitish 

samaradorligini oshirishda zamonaviy pedagogik  texnologiyalar  va ularni 

qo’llash usullarini ishlab chiqish, dastur materiallariga mos matnli masalalarni 

o’rganishning samarali usullarini aniqlash yangi pedagogok texnologiyalardan 

foydalanib masala yechishni amalga oshirish yo’llarini izlashdan iborat.   

Tadqiqotning  vazifalari: 

1.Boshlang’ich sinflarda zamonaviy texnologiyalar asosida matematika 

darslarini tashkil etishning mavjud holatini o’rganish . 

2.Matematika darslarida zamonaviy pedagogik texnologiyalarni  tashkil 

etishning ob’yektiv va  sub’yektiv omillarni aniqlash . 

3.Boshlang’ich sinflarda matematika darslarini zamonaviy texnologiyalar 

asosida tashkil etishga xizmat qiluvchi maqbul shakl, metod va vositalarni 

belgilash. 

4.Boshlang’ich sinf matematika darslarini ta’limning zamonaziy interfaol 

metodlari asosida tashkil etishda maxsus metodlarni tajriba -sinovdan o’tkazish va 

uning samaradorligini aniqlash.     

Tadqiqot  ob’yekti:  Boshlang’ich sinflarda matnli masalalar ustida ishlash 

usullari  va  matematika darslarida zamonaviy texnologiyalarni qo’llash jarayoni.  



Tadqiqotda qo’yilgan asosiy masalalar: 

1.  1-sinfda matnli masalalarni yechish usullarini tahlil qilish. 

2.  Matnli masalalar mazmunini tahlil qilish. 

3.  Ilg’or boshlang’ich sinf o’qituvchilarining tajribalarini o’rganish. 



 

7

4.  1-sinfda matnli masala ustida ishlash bo’yicha pedagogic tajriba o’tkazish, 



natijalarini metodik tavsiya sifatida bayon qilish. 

 

  Tadqiqotimizning asosiy ilmiy – uslubiy yangiligi: 

 -1-sinfda matnli masalalarni o’rganish, nazariy, uslubiy izlanishlar olib borildi. 

 -muammoni yechimlarini o’rganishni takomillashtirish bo’yicha alohida metodik 

ishlanma ishlab chiqildi. 

Malakaviy bitiruv ishining metodlari:   

Tadqiqot muammosiga oid pedagogik- psixologik  va metodik adabiyotlar  

mazmunini o’rganish, nazariy jihatdan tahlil qilish, boshlang’ich sinflarda 

matematika o’qitishda zamonaviy texnologiyalarni qo’llash holatini  o’rganish, 

pedagogik kuzatuv, suhbat, pedagogik tajriba va h.k.  

Malakaviy bitiruv ishining tuzilishi: 

Malakaviy  bitiruv  ishi  Kirish, 2 ta bob, har bir bobda 3 paragraf,   Xulosa 

va  Foydalanilgan  adabiyotlar ro’yxatidan iborat.  

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

8

I Bob   O’quvchilarni   masalalar   yechishga  o’rgatishning   



nazariy  asoslari 

§ 1.1. Boshlang’ich  sinf  matematika  kursida  matnli  masalalar 

Turmushda  sonlar bilan bog’liq bo’lgan cheksiz ko’p hayotiy vaziyatlar 

vujudga  keladiki, bu sonlar ustida turli arifmetik amallar bajarish talab qilinadi. 

Bular masalalardir. Masalan: 

1.  Yosh  tabiatshunoslarga 15 tup olma ko’chati va 10 tup olxo’ri ko’chati 

ajratildi . Yosh tabiatshunoslarga qancha ko’chat ajratilgan? 

2.  Yengil  mashina yo’lda 4 soat bo’ldi  va soatiga 56 km tezlik bilan yurdi. 

Mashina qancha masofani bosib o’tdi? 

3.  Do’konda 2 bo’lak chit sotildi. Birinchi bo’lak uchun 180 so’m, ikknchi 

bo’lak uchun ikki marta ko’p pul berishdi, ikkinchi bo’lak uchun qancha pul 

berishgan? 

 Ta’lim maqsadlarida ko’pincha obstrakat vaziyatlardan foydalaniladi va 

muhim masalalar deb ataluvchi masala hosil qilinadi. Masalan: 8 ni hosil qilish 

uchun 12 dan qaysi sonni ayirish kerak? Biz marta arifmetik masalalarni ko’rib 

chiqdik. Ularda qanday umumiylik bor? 

 Avvalo har bir masala berilgan va noma’lum sonlarni o’z ichiga oladi. 

Masaladagi son to’plamlar sonini yoki miqdorlarning qiymatini  harakterlaydi, 

munosasbatlarini ifodalaydi yoki berilgan mavhum sonlar bo’ladi. Masalan 1-

masalada 15 soni olma ko’chatlari to’plamini sonini haraterlaydi. 2-masalada  56 

soni miqdor uzunlikning qiymatidir. 3-masalada 2soni ikki sonning munosabatini 

2 va 1-bo’lakdagi chitning bahosini ifodalaydi. 4-masalada 12, 8 mavhum sonlar 

berilgan bo’lib , bular mos ravishda kamayuvchi va ayirmadir. Har bir masalada 

shart va savol bo’ladi. Masala shartida berilgan sonlar orasidagi va berilgan sonlar 

bilan izlanayotgan sonlar orasidagi bog’lanish ko’rsatiladi, bu bog’lanishlar 

tegishli arifmetik amallarni tanlashni belgilab beradi. Savol esa qaysi son 

izlanayotgan son ekanligini bildiradi. 



 

9

Masalan, 2-masalaning  sharti: yengil mashina yo’lda 4 soat bo’ldi va soatiga 



56 km tezlik bilan bosib o’tdi? Masalani yechish bu masala shartida berilgan 

sonlar va izlanayotgan son orasidagi bog’lanishni ochib berish va bu asosda 

arifmetik amallarni tanlash, keyin esa ularni bajarish hamda masala savoliga javob 

berish demakdir. 

  Yuqorida keltirilgan masalaning yechilishini ko’ramiz. 1-masala sharli olma 

va olxo’ri ko’chatlari  to’plamlar birlashmasi amalini aniqlaydi. Masala savoli 

mazkur to’plamlar birlashmasi amali masala yechilishi uchun zarur bo’lgan 

berilgan sonlarni qo’shish amaliga mos keladi. 15+10=25 masala savoliga javob: 

yosh tabiatshunoslarga 25 tup ko’chat ajratilgan. 

2-masala shartidan mashinaning tezligi va uning harakaty vaqti ma’lum. 

Mashina bosib o’tgan yo’lni topish talab etiladi. Bu kattaliklar orasidagi mavjud 

bog’lanishdan foydalanib masalani yechamiz: 56*4=224 masala savoliga javob: 

mashina 224 km yo’l bosgan. 

3-masalani yechamiz uchun 2 marta ko’p ifodani ma’nosini bilishdan 

foydalaniladi. 18*2=36 masala savoliga javob: 2-bo’lak 36 so’m turadi. 

Ko’rib turibmizki, hayotiy vaziyatdan arifmetik amallarga o’tish turli 

masalalarda berilgan sonlar va izlanayotgan son orasidagi turli bog’lanishlar bilan 

belgilanar ekan. 

Masalalarning turlari haqidagi masalaga to’xtalamiz: hamma arifmetik 

masalalar ularni yechish uchun bajariladigan amallar soniga qarab soda va 

nurakkab masalalarga bo’linadi. Yechilishi uchun bitta arifmetik amal bajarilishi 

zarur bo’lgan masala sodda masala deyiladi. Yechilishi uchun bir-biri bilan bog’liq 

bo’gan bir nechta ular bir xil amal bo’lishidan qat’iy nazar amaliy bajarish zarur 

bo’lgan masala murakkab masaladir. 

Sodda masalalarni qanday amal yordamida yechilishiga qarab (qo’shish, 

ayirish, ko’paytirish, bo’lish bilan yechiladigan sodda masalalar) yoki ularning 

yechilashi davomida shakillantiriladigan tushunchalarga bog’liq ravishda turlarga 

ajratish mumkin.  



 10

Murakkab masalalar uchun ularni ishga foydasi tegadigan qilib bunday 

ma’lum gruppalarga klassifikatsiyalashning yagona asosi yo’q. Matematika 

boshlang’ich kursida sodda masalalar va asosan 2-4 amalli murakkab masalalar 

qaraladi. Masala bilan savollar deb ataluvchi mashqlar arifmetik masala bilan 

yaqin bog’lanishda bo’ladi. Masala savollarda har masalalardek masala sharti  

(unda sonlar ham bo’lishi mumkin, bo’lmasligi ham mumkin) va savol bo’ladi. 

Masalan: ikki posyolkadan bir vaqtning o’zida, bir-biriga qarab velosipedchi va 

motosiklchi yo’lga chiqib, ular 36 minutdan so’ng uchrashdilar. Ularning har biri 

uchrashguncha yo’lda qancha vaqt bo’lgan?    

Masalalar yechish jarayonining o’zi ma’lum metodika o’quvchilarning aqliy 

rivojlanishiga ancha ijobiy ta’sir ko’rsatadi, chunki u aqliy operatsiyalarni analiz 

va sintez, konkretlashtirish va abstraklashtirish, taqqoslashi, umumlashtirilishi 

talab etiladi. Masalan, o’quvchi istalgan masalani yechayotganida analiz qiladi, 

savolni masala shartida ajratadi, yechish planini tuzayotganida sintez qiladi, bunda 

konkretlashtirishdan (masala shartini hayolan chizadi) so’ngra abstraklashdan 

foydalanadi (konkret situatsiyadan kelib chiqib arifmetik amalni tanlaydi) biror bir 

turdagi masalalarni ko’p marta yechish natijasida o’quvchi bu turdagi masalalarda 

berilgan va izlanayotgan sonlar orasidagi bog’lanishlar haqidagi bilimni 

umumlashtiradi, buning natijasida bu turdagi masalalarni yechish usuli 

umumlashtiriladi. 

Bolalarni masala yechishga o’rgatish – bu berilgan va izlanayotgan sonlar 

orasidagi bog’lanishni aniqlashni va buning asosida arifmetik amallarni bajarishni 

o’rganish demakdir. 

Masalalarni yechish uquvida o’quvchilar egallashi lozim bo’lgan markaziy 

zveno berilgan sonlar va izlanayotgan son orasidagi bog’lanishni o’zlashtirishdir. 

Bolalarning masalalr yecha olish uquvlari va bu bog’lanishlarni qanchalik yaxshi 

o’zlashtirganliklariga bog’liqdir. Shuni hisobga olgan holda boshlang’ich sinflarda 

yechilishi berilgan sonlari va noma’lumlar orasidagi bir xil bog’lanishlarga 

asoslangan konkret va mazmuni va soni berilganlari bilan esa farq qiluvchi 



 11

masalalar gruppasi bilan ish ko’riladi. Bunday masalalar  gruppasini bir turdagi  

masalalar deb ataymiz. 

Masalar ustida ishlash o’quvchilarni avval bir turdagi masalalarni yechishga, 

so’ngra boshqa turdagi masalalarni uechishga, so’ngra boshqa turdagi masalalarni 

yechishga majburlashga olib kelinishi kerak emas. Uning asosiy maqsadi 

o’quvchilarni turli hayotiy vaziyatlardagi berilgan sonlar va izlanayotgan son 

orasidagi ma’lum bog’lanishlarni ularni murakkablashib borishini ko’zda titgan 

holda aniqlay olishga o’rgatishdir. Bunga erishish uchun o’qituvchi bu turdagi 

masalalarni yechishni o’rgatish  metodikasida  ma’lum maqsadlarni ko’zlaydigan 

bosqichlarni ko’zda tutish lozim. 

Birinchi bosqichda o’qituvchi ko’rilayotgan turdagi masalalarni yechishga 

tayyorgarlik ishini olib boradi. Bu bosqichda o’quvchilar mazkur masalalarni  

yechishda tegishli amallarni tanlash uchun asos bo’ladigan bog’lanishlarni 

o’zlashtirishlari lozim. 

Ikkinchi bosqichda o’qituvchi ko’rilayotgan turdagi masalalarni yechilishi 

bilan o’quvchilarni tanishtiradi. Bunda o’quvchilar berilgan sonlar va noma’lum 

son orasidagi bog’lanishni aniqlash, buning asosida arifmetik amallarni tanlashni 

o’rganadilar, ya’ni masalada ifodalangan konkret, vaziyatdan tegishli arifmetik 

amalni tanlashga o’tishni o’rganadilar. Bunday ishlarni olib boorish natijasida 

o’quvchilar ko’rilayotgan turdagi masalalarni yechish usuli bilan tanishadilar. 

Uchinchi bosqichda o’qituvchi ko’rilayotgan turdagi masalalarni yechish 

uquvini shakllantiradi. O’quvchilar bu bosqichda ko’rilayotgan turdagi istalgan 

masalani uning konkret mazmunidan qat’iy nazar yechishni o’rganishlari kerak, 

ya’ni bu turdagi masalalarni yechish usullarini umumlashtirishlari lozim. 

Yuqorida qayd qilingan bosqichlar ustida ishlash metodikasini mufassalroq 

qarab chiqamiz. 

U yoki bu turdagi masalalarni yechishga tayyorgarlik ko’rishi arifmetik 

amallarni tanlashda berilgan sonlar va izlanayotgan son orasidagi qanday 


 12

bog’lanishning tayanishga bog’liq. Shunga muvofiq ravishda maxsus mashqlar 

o’tkaziladi. 

1. Ko’p hollarda – masalalar yechishga qadar to’plamlari ustida amallar 

bajaradi. Masalan, ko’p sodda masalalarni yechilishi bilan tanishtirish oldidan 

to’plamlar ustida amallarga doir mashqlar berish lozim.   Bunda to’plamlarning 

elementlari konkret predmetlar bo’lishi kerak (cho’plar, qog’ozlar, qiyilgan 

geometrik figuralar, rasmlar va hokazolar). Masalan, yig’indini topishga doir 

mashqlar taklif qilinadi. 

Quyonchalar solingan savatlarni oling. (bolalar buni bajaradilar). O’tloqda 4 

ta quyon sakrab yurardi. Ularning yoniga yana 3 ta quyoncha kelib qo’shildi. (yana 

3 ta suratni olib qo’yadilar). Hammsi bo’lib  nechta quyoncha bo’ldi? (bolalar 

suratlarni sanaydilar). Biz 4 ga 3 ni qo’shdik: (suratlarni korsatadilar ) va 7 ni hosil 

qildik. 


Ayirishga doir masalalarni yechishda to’plamning bir qismini ajratish 

ko’paytirishda teng sonlar to’plarini birlashtirish, bo’lishda to’plamni teng sonli 

to’plamlarga ajratish tayyorgarlik ishi bo’ladi. 

To’plamlar ustida amallar yordamida ,, … ta katta, ortiq’’ , ,, … ta kichik’’ , 

,, … marta katta’’ , ,,… marta kichik’’ ifodalarning ma’nosi ochib beriladi, bu 

ayirma va karrali munosabat bilan  bog’langan masalalarni kiritishga tayyorgarlik 

bo’ladi. 

2. arifmetik masalalar kattalikdan (uzunlik, massa), hajm, vaqt va boshqalar 

bilan bog’langan, shuning yoki bu masalaga yangi kattalik bilan tanishtirish kerak. 

Bundan keyingi ishlarda foydalanish uchun ba’zi kattaliklarni bolalar ayrim 

daftarga yozib borishlari foydali bo’ladi. 

3. Ko’p masalalarni yechishda amallar bu kattalikdan orasidagi mavjud 

bog’lanishlarga asoslanib tanlanadi. Amallarni tanlashda o’quvchilar bu 

bog’lanishlarni idrok qila olishlari va foydalana bilishlari uchun kattaliklar 

orasidagi bog’lanishlarni masalalarni bu kattaliklarning konkret ma’nosi asosda 

yechish yo;li  bilan ochib berishi kerak. Masalan, quyidagi masalani yechish  



 13

kerak: ,,Har donasi 4 so’mdan 3 ta otkritka sotib olindi. Qancha pul to’langan?’’  

Bu masalani yechish uchun ushbu bog’lanishdan foydalaniladi: agar  tovar  bahosi 

va soni ma’lum bo’lsa, uning (hajmi) jamini ko’paytirish amali yordamida topish 

mumkin. 

O’quvchilar u yoki bu bog’lanishni o’zlashtirishlari uchun maqsadga 

qaratilgan, kuzatishlarni tashkil qilish lozim. Masalan, baho, miqdor va jami puli 

biln tanishtirish maqsadida do’konga sayohat tashkil qilish mukin, bunda 

o’quvchilar baho bilan tanishadilar, ba’zi tovarlarning bahosini o’z daftariga yozib 

qo’yadilar, oldi-sotdi jarayonini kuzatadilar. Keyinchalik darsda bolalar ma’lum 

bah ova miqdori bo’yichicha jamini topishga doir sodda masalalar tuzadilar, 

so’ngra ko’paytirish amalining konkret ma’nosi haqidagi bilmga asoslanib, bu 

masalani yechadilar. Masalani yechilishini ko’rganlaridan so’ng agar baho va 

miqdori ma’lum  bo’lsa, jami pulni ko’pytirish yordamida topish mumkinligiga 

e’tibor beradilar. O’quvchilar bu bilimdan keyinchalik sodda masalalarni ham 

murakkab masalalarni ham yechishda foydalanadilar. 

4. Murakkab masalalarni yechish qator sodda masalalarni yechishga 

keltiriladi, shuning uchun murakkab masalalarni yechishga tayyorgarlik tegishli 

sodda masalalarni yechishga o’rgatish bo’ladi. 

Masalaning har bir, ayrim turi ustida ishlash o’ziga xos maxsus tayyorgarlik 

ishini talab qiladi, bu haqda har bir turdagi masalalarni yechish metodikasini 

qaralayotganda aytiladi.  

Tayyorgarlik ishlarini ko’zda tutgan holda bolalarni ko’rilayotgan turdagi 

masalalarning yechilishi bilan tanishtirishga o’tish mumkin. 

 

 

 



 

 


 14


Yüklə 224,91 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin