O’zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi abdulla qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika instituti pedagogika psixologiya fakul’teti



Yüklə 483,24 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/5
tarix24.05.2020
ölçüsü483,24 Kb.
#31530
  1   2   3   4   5
abu iso at-termiziyning yoshlar tarbiyasiga doir qarashlari


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI 

 

ABDULLA QODIRIY NOMIDAGI  

JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI 

 

PEDAGOGIKA - PSIXOLOGIYA  FAKUL’TETI 

 

PEDAGOGIKA - PSIXOLOGIYA KAFEDRASI  

 

 



“Himoya qilishga ruxsat beraman”  

Pedagogika - psixologiya fakul’teti dekani 

_______________ prof.X.A.Meliyev 

“____”  __________________ 2012 y.



 

 

 

5140800 – Pedagogika – psixologiya yo’nalishi bo’yicha bakalavr  

darajasini olish uchun    

 

“ABU ISO AT-TERMIZIYNING YOSHLAR TARBIYASIGA 

DOIR QARASHLARI” 

 MAVZUSIDA BAJARILGAN 

 

 

 

Bajaruvchi: 

Hasanova Nasiba Kuchkarovna  



 

 

 

404 gurux talabasi  



Ilmiy rahbar:  

p.f.n. M.M.Aliqulova



 

 

                                 

Ishni himoyaga tavsiya etaman  

p.f.n. M.M.Aliqulova    

  

 



 ____________ 

            (imzo) 



 

BMI Pedagogika - 

psixologiya 

kafedrasi 

yig`ilishining qarori bilan (Qaror №10, 29.05.2012y) 

himoyaga tavsiya etilgan. 



 

 

Kafedra mudiri: p.f.n. M.M.Aliqulova _______________

   

  (imzo) 



 

JIZZAX - 2012 

 



MUNDARIJA 



 

 

KIRISh

 ַ◌________________________________________________  3 



 

 

 

I BOB.  BARKAMOL AVLOD TARBIYASINING JAMIYATNI 

MODERNIZASIYALASHDAGI O’RNI_____________________ 



 

 

 

1.1. 


Barkamol avlodni tarbiyalashning nazariy asoslari_______________ 

1.2. 



Pedagogika fanining yoshlar  tarbiyasidagi  roli_________________ 

17 


1.3. 

Dars - yoshlar tarbiyasidagi asosiy omillardan biri_______________ 

25 

 

Birinchi bobga doir xulosa__________________________________ 



36 

 

 

 

II  BOB.  ABU ISO AT TERMIZIY IJODI VA ILMIY TA’LIMOTINING 

YOSHLAR TARBIYASIDAGI AHAMIYATI________________ 

 

38 

 

 

 

2.1. 


Abu Iso at Termiziy ta’limotida pedagogik qarashlar_____________ 

38 


2.2. 

Abu Iso at Termiziy ijodidan yoshlar ekologik tarbiyasi  jarayoniida  

foydalanish______________________________________________ 

 

43 



2.3. 

Abu Iso at Termiziy ilmiy qarashlarining yoshlar tarbiyasi bilan 

uyg’unligi_______________________________________________ 

 

49 



 

Ikkinchi bobga doir xulosa__________________________________ 

55 

 

 

 

 

UMUMIY XULOSA VA TAKLIFLAR______________________ 

64 

 

 

 

 

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI___________ 

60 

 

 

 

 

ILOVALAR_____________________________________________ 

64 

  

 



 

 

 



 

 


 



KIRISH 



Muammoning dolzarbligi. Fuqoralik jamiyatini rivojlantirish, demokratik 

islohatlarni 

chuqurlashtirish 

sohalarida 

ro’y 

bergan 


tub 

o’zgarishlar 

o’quvchilarning  ma`naviy  madaniyatini  shakllantirishni  va  islohatlarda  faol 

ishtirok  etishini  talab  qiladi.  Jamiyatining  ijtimoiy,  iqtisodiy  hamda  madaniy 

jihatdan  tezkor  sur’atdagi  rivoji  tabiat  va  jamiyat  munosabatlarining  uyg’unligini 

ta’minlashni taqoza qilmoqda.  Ilmiy tadqiqotlar natijalari ko’rsatmoqdaki,  hozirgi 

davrning  o’ziga  xos  xususiyatlaridan  biri,  yoshlar  tarbiyasi  muammolarning 

dolzarb 


masalaga 

aylanganligidir. 

Globollashuv 

davrning 

o’ziga 

xos 


xususiyatlaridan  yana  biri  axloqiy  va  ma’naviy  tarbiya  muammolarning 

keskinlashuvi,  yoshlarni  tarbiyalash  masalalarning  ijtimoiy  iqtisodiy  hayotning 

barcha  jabhalarini  qamrab  olganligidadir.  Shuning  uchun  ham  o’quvchilar  ongida 

umiminsoniy va milliy madaniyatning yangicha mazmuni, uning ma’naviy-axloqiy 

tamoyillari,  ijtimoiy  hayotga  mas’uliyatli  yondashuv,  jamiyatimizni  ma’naviy 

boyitishga oid tushunchalarni shakllantirish muammosining ijobiy echimini topish 

ruhidagi tarbiyasi muhim ijtimoiy-pedagogik kafolatdan biri sanaladi. 

O’zbek  xalqining  boy  ma’naviy-madaniy  merosi,  milliy  qadriyatlari  o’sib 

kelayotgan avlodda eng oliy insoniy sifatlarni tarbiyalashda katta ahamiyatga ega. 

Abu Iso at Termiziy jahon  ilm-fani  rivojini  ta’minlagan  ilmiy  qarashlari  o’zining 

pedagogik (ta’limiy-tarbiyaviy) mohiyatiga ko’ra milliy qadriyatlar orasida alohida 

o’rin tutadi. Ular tomonidan ilgari surilgan hamda asrlar davomida yoshlarda atrof-

muhitga  to’g’ri  munosabatni  tarbiyalash,  tabiat  muhofazasi  uchun  mas’uliyat 

hissini  shakllantirishga  yordam  beruvchi  ekologiyaga  oid  qarashlaridan 

foydalanish  bugungi  kunda  ham  ekologik  ta’lim-tarbiyaning  samarali  bo’lishi 

uchun muhim g’oyaviy asos sanaladi.   

Abu Iso at Termiziy  va  ular  tomonidan  qoldirilgan  boy  ma’naviy-ma’rifiy 

meros turli fan sohalari bo’yicha quyidagi asosiy yo’nalishlarda o’rganilgan: 

1)  Abu Iso at Termiziyning  falsafiy  qarashlari  –  moddiy  borliq,  obekt  va 

subekt  munosabatlari,  ijtimoiy  jamiyatning  bazasi  va  ustqurmasi,  ijtimoiy 

qonuniyatlar va ularning kishilik taraqqiyotiga ta’sirini yorituvchi g’oyalar; 


 

2)  Abu Iso at Termiziyning  huquqiy  g’oyalari  –  davlat,  uning  turlari  va 



shakllanish  tarixi,  davlat  va  fuqaro  o’rtasidagi  ijtimoiy-huquqiy  munosabatlar 

mazmuni,  Fiqh  qonunlari,  ular  asosida  tashkil  etiluvchi  surishtiruv  va  sudlov 

ishlari, shaxs haq-huquqi masalalari bo’yicha ilgari surilgan g’oyalari;       

3)  Alloma Abu Iso at Termiziyning ma’rifiy-ilmiy qarashlari – ilmiy bilimlar 

tizimining  shakllanishi,  fanlar  tasnifining  asoslanishi,  bilimning  shaxs  kamolotini 

ta’minlashdagi  o’rni,  shaxsda  ijobiy  sifatlarni  tarbiyalashdagi  roli,  madaniy-

ma’naviy taraqqiyotning asosi ekanligini isbotlovchi nazariyalar;  

4)   Abu Iso at Termiziyning ma’naviy-axloqiy qarashlari – ma’naviy-axloqiy 

sifatlar,  ularga  ega  bo’lishning  o’ziga  xos  jihatlari,  shaxsning  ma’naviy-axloqiy 

qiyofasining  shakllanishiga  ijtimoiy  muhitning  hal  qiluvchi  ta’siri,  ma’naviy-

axloqiy  sifatlarga  egalikning  inson  kamolotini  belgilovchi  mezon  ekanligini 

tasdiqlovchi fikrlari; 

5)  allomalarning 

psixologik 

nazariyalari 

– 

shaxs, 



uning 

ijtimoiy 

munosabatlarni  yo’lga  qo’yish  sababchisi,  asosiy  subekti  va  obekti  ekanligi,  unga 

xos  bo’lgan  etno-psixologik  xususiyatlar,  ularning  o’ziga  xos  psixologik 

qonuniyatlar  negizida  kechishi,  shaxslararo  munosabatlar  mazmuni  va  boshqalar 

borasidagi ilmiy farazlari;    

6)  Abu Iso at Termiziyning  pedagogik  qarashlari  –  shaxs,  uning  fiziologik, 

jismoniy  va  ruhiy  kamoloti  birligi,  individning  shaxs  sifatida  shakllanishini 

ta’minlovchi omillar, shaxs kamolotida ta’lim va tarbiyaning o’rni, ta’limiy hamda 

tarbiyaviy  jarayon  mohiyati,  ijtimoiy-pedagogik  qonuniyatlar,  o’quvchi  va 

o’qituvchi  munosabatlari  mazmuni,  pedagogik  ta’sir  natijasi  to’g’risidagi  ilmiy 

asoslari. 

Hozirgi  zamondagi  pedagogik  yo’nalishdagi  ilmiy  tadqiqotlar  shundan 

dalolat  beradiki,  tabiat  insoniyat  uchun  nafaqat  iste’mol  manbai,  balki  uning 

ma’naviyatini  o’stirish,  estetik  dunyoqarashini  tarbiyalash,  yoshlar  madaniyatini 

shakillanishining  muhim  omili  hamdir.  Mamlakatimiz  ijtimoiy,  iqtisodiy 

istiqbolini  kafolatlabgina  qolmay,  shu  bilan  birga  kelgusi  avlodning  ma’naviy 


 

kamolotini,  shu  jumladan  ta’lim  vositalari  orqali  o’quvchilar  umiminsoniy 



madaniyatini ta’minlashga o’z hissasini qo’shadi.  

Ushbu  metodologik,  nazariy  va  amaliy  ahamiyatga  ega  bo’lgan  xulosa 

fikrlar  ham  bitiruv  malakaviy  ishning  va  tanlangan  mavzuning  dolzarbligidan 

dalolat beradi.  

          Bitiruv  malakaviy  ishning  maqsadi:  ta’limni  taraqqiy  ettirish  sharoitida 

O’rta Osiyo allomalasi Abu Iso at Termiziyning yoshlar tarbiyasiga oid qarashlari 

tizimini mustaqil tahlil qilishdan iborat. 

Bitiruv malakaviy ishning obekti: xozirgi davrda uzliksiz ta’lim jarayoni 

orqali    Abu Iso at Termiziyning  yoshlar  tarbiyasiga  oid  qarashlarini  yoshlar 

tarbiyaiyasidagi nazariy va amaliy muammolarini tadqiq kilish.  

Bitiruv  malakaviy  ishning  predmeti:  Abu Iso at Termiziyning  yoshlar 

tarbiyasiga oid ilmiy, nazariy qarashlardan samarali foydalanishga imkon beruvchi 

pedagogik faoliyat mazmuni, shakl, metod va vositalari. 

Tadqiqotning vazifalari

-  Bitiruv  malakaviy  ishda  barkomol  avlod  tarbiyasida  ta’limning  samarali 

usullaridan  foydalanish  orqali  yoshlar  tarbiyasining  shart-sharoitlarini  o’rganish 

dolzarb pedagogik muammo ekanligini ilmiy-nazariy jihatdan asoslash; 

- yoshlarni tarbiyasida pedagogika fanining samarali tarbiyaviy usullaridan  

foydalanishning mavjud holatini ilmiy o’rganish; 

-yoshlar  tarbiyasi  jarayonida  ta’limdagi  islohatlarga  oid  ilmiy  ta’limotlar, 

xulosalardan foydalanish imkoniyatlarini aniqlash  ;  

-  Tadqiqot  natijalari  asosida  ta’lim  tizimida  yoshlar  tarbiyasining  yangi 

zamonaviy shakl, metod va vositalarini aniqlash; 

-  Abu Iso at Termiziy ta’limotidagi  pedagogik  qarashlardan  yoshlar 

tarbiyasi  jarayonida  foydalanishning  samarali  usul  va  yo’nalishlarini 

aniqlash; 

-  Abu Iso at Termiziy ijodidan  yoshlar  ekologik  tarbiyasi  jarayoniida  

foydalanish  va  yoshlarga  ekologik  bilim,    tarbiya  berish  usullarini  ilmiy 

tadqiq qilish. 



 

-  Abu  Iso  at  Termiziy  ilmiy  qarashlarining  yoshlar  tarbiyasi  bilan 



uyg’unligini tahlil qilish.   

-Abu Iso at Termiziy  ijodi  namunalaridan  foydalangan  holda  ta’lim 

muassasalaridagi  tarbiya ishining  samaradorligini  oshirish bo’yicha ilmiy-

metodik tavsiyalarni ishlab chiqish. 



Tadqiqotning  metodologik  asoslari:  O’zbekiston  Respublikasining 

Konstitusiyasi, 

O’zbekiston 

Respublikasining 

qonunlari, 

O’zbekiston 

Respublikasining  “Ta’lim  to’g’risida”gi  qonuni, “Kadrlar  tayyorlash  milliy 

dasturi”,  Vazirliklar  va  mas’ul  tashkilotlarning  me’yoriy  yo’riqnomalari,  

O’zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  I.A.Karimovning  asarlari,  nutlari,  farmon  va 

qarorlarida pedagog kadrlar tayyorlash va oliy ta’lim mazmunini yorituvchi o’quv 

manbalari  (o’quv  dasturlari,  darsliklar  va  qo’llanmalar),  xorij  va  respublikada 

pedagogik  va  ekologik  yo’nalishlarda  amalga  oshirilgan  ilmiy  tadqiqotlarda  ilgari 

surilgan g’oyalar. 

Himoyaga olib chiqilayotgan holatlar: 

1.  Yoshlarning  tarbiyasida  samarali  sanalgan,  uzliksiz  ta’lim  jarayoniga  

oid pedagogik ta’limotlar majmui. 

2.Ta’lim tizimi tizimi orqali yoshlarda tarbiyasini yuksaltirish mazmuni.  

3.Ta’limda  tizimida  yoshlar  tarbiyasiga  oid  ilmiy  qarashlardan 

foydalanishning  samarali  usul  va  yo’llari  tajribasining  mavjudligini  belgilovchi 

mezonlar. 

4.  Abu Iso at Termiziy ijodining  ta’lim  tizimida  o’rganilishi  samarali 

shakl, metod va vositalari.  

5.  Mutafakkirlar  ijodi  va  qarashlaridan  yoshlar  tarbiyasi  bo’yicha 

foydalanish borasida ilmiy-metodik tavsiyalar kiritish. 

Tadqiqotning ilmiy yangiligi:  

1) 


Yoshlar    tarbiyasi  nazariyasi  va  amaliyotining  dolzarb  masalalari 

tanlandi; 

2)  Yoshlar  tarbiyasi  jarayonida  Abu Iso at Termiziy ta’limotlaridan 

samarali foydalanish mazmuni asoslandi;  



 

3) Yoshlarni tarbiyalash jarayonida  ta’lim tizimiga oid ilmiy qarashlardan 



foydalanishning samarali usul va yo’llari, shakl, metod va vositalari aniqlandi;  

4)  Yoshlar  tarbiyasiga  oid  manbalar,  Abu Iso at Termiziyning  ijodlari, 

ilmiy  asarlaridan  foydalanishning  samarali  shakllari,  imkoniyatlaridan  unumli 

foydalanish ilmiy asoslandi. 



Tadqiqot  natijalarining  amaliyotga  joriy  qilinishi:  tajriba-sinov  ishlari 

umumta’lim  maktablarida  olib  borildi,  bitiruv  malakaviy  ish  muallifi  tomonidan 

amaliyot davomida o’quvchilar orasida olib borilgan suhbatlarda foydalanildi, 

Ishning  birinchi  bobi  yoshlar  tarbiyasi  masalasining  nazariy  metodologik 

asoslariga  bag’ishlangan.  Tadqiqotning  ushbu  qismida  barkomol  avlod 

tarbiyasining  yoshlar  tarbiyasi  bilan  uzviy  bog’liqlik  jihatlari,  O’rta  Osiyolik 

allomalar  qarashlarining  tarbiya  tizimidagi  roli,  shuningdek  dars  jarayonining 

tarbiyadagi o’rni o’rganilgan.              

         Ishning  ikkinchi  bobi  Abu Iso At Termiziy ijodi va ilmiy ta’limotining 

yoshlar tarbiyasidagi ahamiyati masalasining yoritilganligi va Abu Iso at Termiziy 

ta’limotida pedagogik qarashlar  masalalarini  o’rganishga  bag’ishlangan.  Bitiruv 

malakaviy  ishning  ushbu  bobida  Abu Iso at Termiziy ijodidan yoshlar ekologik 

tarbiyasi  jarayoniida  foydalanish hamda Abu Iso at Termiziy ilmiy qarashlarining 

yoshlar tarbiyasi bilan uyg’unligi tahlil qilingan.        

          Bitiruv  malakaviy  ish  kirish,  ikki  bob,  olti  paragraf,  xulosa  va  takliflar 

hamda foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati va ilovalardan tashkil topgan. 

 

 

 



 

 

 



 

 


 



I – BOB. BARKAMOL AVLOD TARBIYASINING JAMIYATNI 



MODERNIZASIYALASHDAGI O’RNI 

1.1. Barkamol avlodni tarbiyalashning nazariy asoslari 

Barkomol  avlod  tarbiyasining  nazariy  metodologik  asoslari  O’zbekiston 

Respublikachi  Prezidenti  asarlari  va  mamlakatimiz  qonunlarida,  Vazirlar 

Mahkamasi qarorlarida  o’z aksini topgan. 

1997  –  yil  29  avgustda  O’zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisining  IX 

sessiyasida  yangi  tahrirdagi  O’zbekiston  Respublikasining  “Ta’lim  to’g’risida”gi 

Qonuni va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” qabul qilindi. 

Qonunlarga  muvofiq,  milliy  tajribaning  tahlili  va  ta’lim  tizimidagi,  jahon 

miqyosidagi  yutuqlar  asosida  tayyorlangan  hamda  umumiy  va  kasb-hunar 

madaniyatiga,  ijodiy  va  ijtimoiy  faollikka,  ijtimoiy-siyosiy  hayotda  mustaqil 

ravishda  mo’ljalni  to’g’ri  ola  bilish  mahoratiga  ega  bo’lgan,  istiqbol  vazifalarini 

ilgari  surish  va  hal  etishga  qodir  kadrlarning  yangi  avlodini  shakllantirishga 

yo’naltirilgandir.

1

  



Mutaxassislar  tayrlash  hamda  ta’lim-tarbiya  tizimi  jamiyatda  olib 

borilayotgan isloh, yangilanish jarayoni talablari bilan bog’lanadi. 

Majburiy  to’qqiz  illik  ta’limga  asolangan  o’n  bir  yillik  o’rta  ta’lim  mazmuni 

ilmiy  jihatdan  to’laqonli  asoslanmadi,  uo’quvchilarni  kasbga  yo’naltirish  hamda 

mustaqil  fikr  yuritish,  mehnat  faoliyatini  tashkil  etish  ko’nikmalarini 

shakillantirishni ta’minlay olmadi. 

Har  yili  tayanch  maktablarini  100  ming  nafarga  yaqin  bitiruvchisi  ishlab 

chiqarish  sohasi  yoki  kasb-hunar  ta’limini  davom  ettirish  jarayoniga  jalb  etilmay 

qolaverdi. 

Hunar-texnika  bilim  yurtlaridan  yangi  tipdagita’lim  muassasalariga  o’tish 

ko’proq og’izda bo’lib, amalda esa ijobiy o’zgarishlar ko’zga tashlanmadi. Ularda 

ta’lim eskirib qolgan moddiy-texnika va o’quv-uslubiy baza negizida tashkil etildi. 

                                                 

1

 



Кадрлар  тайёрлаш  миллий  дастури  //  Олий  таълим:  меъёрий  ҳужжатлар  тўплами.  –  Тошкент:  Шарқ 

нашриёт – манбаа акциядорлик компанияси Бош таҳририяти. 2001. – Б. 20. 



 

Mazkur  o’quv  yurtarida  pedagog  kadrlar  safi  tegishli  qayta  tayyorgarlikdan 



o’tmagan o’qituvchilar bilan to’ldirilib borildi. Ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarning 

o’rtacha  yoshi  ulg’ayib  bordi.  Respublika  oliy  o’quv  yurtlarida  40  ga  to’lmagan 

fan  doktorlari  bu  boradagi  umumiy  ko’rsatkichning  0.9%  i, 50 va  undan  katta 

yoshdagilar esa 79% ni tashkil etishi aniqlandi.  

Fan  doktori  ilmiy  darajasida  tasdiqlanganlarning  o’rtacha  yoshi  50  da  bolsa, 

fan nomzodlarining o’rtacha yoshi 36 yoshda ekanligi ma’lum bo’ldi. 

Yuqoridagi  kamchiliklarni  bartaraf  etish  “Kadrlar  tayyorlash  milliy 

dasturi”ning  maqsadi  qilib  belgilanadi.  Ya’ni  ta’lim  sohasini  tubdan  isloh  qilish, 

uni  o’tmishdan  qolgan  mafkuraviy  qarash  va  sarqitlardan  to’la  xalos  etish, 

rivojlangan demokratik davlatlar darajasida, yuksak ma’naviy va axloqiy talablarga 

javob  beruvchi  yuqori  malakali  kadrlar  tayyorlash  Milliy  tizimini  yaratishdan 

iboratdir.

1



Kadrlar  tayyorlash  milliy  modelining  asosiy  tarkibiy  qismlari  quyidagilardan 



iboratdir: 

1.Shaxs  kadrlar  tayyorlash  tizimining  bosh  subekti  va  obekti,  ta’lim 

sohasidagi xizmatlarining istemolchisi va ularni amalga oshiruvchidir. 

Shaxs uzluksiz ta’lim jarayonida dunyoviy, ilmiy bilimlarni o’zlashtiradi, fan 

asoslarini  puxta  egallaydi,  ishlab  chiqarish  sohalari  bilan  tanishadi,  shuningdek, 

o’zida ijtimoiy ta’sirlar yordamida ma’naviy – axloqiy sifatlarni tarbiyalab boradi. 

Shaxsda  o’zlashtirilgan  bilim,  faoliyat  ko’nikmalari  va  hayotiy  tajriba  asosida 

kasbiy  mahorat  ham  shakllanib  boradi.  Yuksak  ma’naviy  –  axloqiy  va  yuqori 

darajadagi kasbiy malakaga ega bo’lish uchun shaxs o’z oldiga muayyan maqsadni 

qo’ya  olishi  hamda  unga  erishish  yo’lida  tinimsiz  izlanishi,  o’qib  –  o’rganishi 

lozim. Shundagina u ijtimoiy raqobatga chidamli, malakali kadr bo’lib shakllanadi. 

O’z–o’zini  anglash  tuyg’usiga  ega  bo’lish,  ta’lim  sohasidagi  xizmatlardan 

to’laqonli,  samarali  foydalana  olish,  ilmiy  va  kasbiy  bilimlarni  puxta 

o’zlashtirishga  erishish  shaxsga  etuk  mutaxassis  bo’la  olish  uchun  poydevor 

                                                 

1

 



Кадрлар тайёрлаш миллий дастури // Олий таълим: меъёрий ҳужжатлар тўплами. – Тошкент: Шарқ 

нашриёт – манбаа акциядорлик компанияси Бош таҳририяти. 2001. – Б. 25. 



 

10 


yaratadi.  Inson  kamoloti,  eng  avvalo  uning  o’ziga  bog’liqdir.  Shu  bois  milliy 

dasturda shaxs va uning kamolotini shakllantirishga alohida e’tibor qaratilgan. 

“Ta’lim  xizmatlarining  iste’molchisi  sifatida  shaxsga  davlat  ta’lim  olish  va 

kasb-hunar  tayyorgarligidan  o’tish  kafolotlanadi.  Ta’lim  olish  jarayonida  shaxs 

davlat ta’lim standartlarida ifoda etilgan talablarni bajarishi shart. 

Shaxs  ta’lim  xizmatlarining  yaratuvchisi  sifatida  tegishli  malaka  darajasini 

olgach,  ta’lim,  moddiy  ishlab  chiqarish,  fan,  madaniyat  va  xizmat  ko’rsatish 

sohasida  faoliyat  ko’rsatadi  va  o’z  bilimi  hamda  tajribasini  o’rgatishda  ishtirok 

etadi”.

1

  



2. Davlat va jamiyat ta’lim va kadrlar tayyorlash tizimining faoliyatini tartibga 

solish  va  nazorat  qilishni  amalga  oshiruvchi  kadrlarni  tayyorlash  va  ularni  qabul 

qilib olishning kafillaridir. 

Shaxs  kamoloti  nafaqat  o’zi  uchun,  balki  davlat  va  jamiyat  taraqqiyoti, 

ravnaqi  uchun  ham  muhim  ahamiyatga  egadir.  Binobarin,  fuqarolari  yuksak 

ma’naviyatga ega jamiyat har tomonlama taraqqiy eta oladi. 

Shaxs  va  davlat  (jamiyat)  o’rtasidagi  aloqa  ikki  tomonlama  xususiyatga  ega. 

Shu  bois  har  qanday  davlat  (jamiyat)  o’z  fuqarolarning  yashashi,  mehnat  qilishi, 

iqtidori  va  salohiyatini  ro’yobga  chiqarishi,  uni  namoyon  eta  olishi  uchun  etarli 

darajada  shart-sharoit  yaratib  bera  olishi  lozim.  Respublika  ta’lim  tizimida  davlat 

va  jamiyat  shaxsning  har  tomonlama  shakllanishi,  o’zligini  namoyon  eta  olishi 

uchun  etarli  darajada  shart-sharoit  yaratib  berish  mas’uliyatini  o’z  zimmasiga 

oluvchi subekt sifatida namoyon bo’ladi. 

Davlat  va  jamiyat  ta’lim  muassasalarining  yuqori  malakali  raqobatbardosh 

mutaxassislarni  tayyorlash  yo’lidagi  faoliyatini  ham  uyg’unlashtiradi  hamda 

quyidagilarga kafolot beradi: 

-fuqarolarning  bilim  olish,  kasb  tanlash  va  o’z  malakasini  oshirish 

huquqlarning ro’yobga chiqarilishiga; 

                                                 

1

 



Кадрлар  тайёрлаш  миллий  дастури  //  Олий  таълим:  меъёрий  ҳужжатлар  тўплами.  –  Тошкент:  Шарқ 

нашриёт – манбаа акциядорлик компанияси Бош таҳририяти. 2001. – Б. 30. 



 

11 


-majburiy  umumiy  o’rta  ta’lim  hamda  akademik  lisey  yoki  kasb-hunar 

kollejida  ta’lim  olish  yo’nalishini  tanlash  huquqi  asosida  majburiy  o’rta  maxsus, 

kasb-hunar ta’limini olishga; 

-davlat  grantlari  yoki  pulli  –  shartnomaviy  asosda  oliy  ta’lim  va  oliy  o’quv 

yurtidan keyingi ta’limni olish huquqiga; 

-davlat ta’lim muassasalarini mablag’ bilan ta’minlashga; 

-ta’lim oluvchilarning o’qishi, turmushi va dam olishi uchun shart – sharoitlar 

yaratish  borasidagi  vazifalarning  hal  etilishida  jamoatchilik  boshqaruvini 

rivojlantirishga; 

-ta’lim jarayoni qatnashchilarini ijtimoiy jihatdan qo’llab – quvvatlashga; 

-sog’liq va rivojlanishida nuqsoni bo’lgan shaxslarning ta’lim olishiga.

1

  



3.  Uzluksiz  ta’lim  malakali,  raqobatbardosh  kadrlar  tayyorlashning  asosi 

bo’lib,  ta’limning  barcha  turlari,  davlat  ta’lim  standartlarini,  kadrlar  tayyorlash 

tizimi tuzilmasi va uning faoliyat ko’rsatish muhitini o’z ichiga oladi. 

Uzluksiz 

ta’lim 

kadrlar 


tayyorlash 

tizimining 

asosi, 

O’zbekiston 



Respublikasining ijtimoiy – iqtisodiy taraqqiyotini ta’minlovchi, shaxs, jamiyat va 

davlatning  iqtisodiy,  ijtimoiy,  ilmiy  –  texnikaviy  va  madaniy  ehtiyojlarini 

qondiruvchi  ustuvor  soha  bo’lib,  ijodkor,  ijtimoiy  faol,  ma’naviy  bosh  shaxsning 

shakllanishi  va  yuqori  malakali  raqobatbardosh  kadrlarning  jadval  tayyorlashi 

uchun zarur shart – sharoitlarni yaratadi.

2

  



Uzluksiz ta’limni tashkil etish muayyan tamoyillarga asoslanadi. Jumladan:  

-ta’limning ustuvorligi; 

-ta’limning demokratlashuvi; 

-ta’limning insonparvarlashuvi; 

-ta’limning ijtimoiylashuvi; 

-ta’limning milliy yo’naltirilganligi; 

-ta’lim va tarbiyaning uzviy bog’liqligi, bu jarayonning har tomonlama kamol 

topgan insonni shakllantirishga yo’naltirilganligi; 

                                                 

1

 



Кадрлар  тайёрлаш  миллий  дастури  //  Олий  таълим:  меъёрий  ҳужжатлар  тўплами.  –  Тошкент:  Шарқ 

нашриёт – манбаа акциядорлик компанияси Бош таҳририяти. 2001. – Б. 30-31. 

2

 

Ўша манба. – Б. 31. 



 

12 


-iqtidorli  yoshlarni  aniqlash,  ularga  ta’limning  eng  yuqori  darajasida,  izchil 

ravishda fundamental va maxsus bilim olishlari uchun shart – sharoitlar yaratish.

1

 

Uzluksiz ta’lim quyidagi ta’lim turlarini o’z ichiga oladi: 



-maktabgacha ta’lim; 

-umumiy o’rta ta’lim; 

-o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi; 

-oliy ta’lim; 

- oliy o’quv yurtidan keyingi ta’lim; 

-kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash; 

-maktabdan tashqari ta’lim. 

Maktabgacha  ta’lim  bolaning  sog’lom,  har  tomonlama  kamol  topib 

shakllanishini ta’minlaydi, uni o’qishga intilish hissini uyg’otadi, muntazam ta’lim 

olishga  tayyorlaydi  hamda  bola  olti-etti  yoshga  etguncha  davlat  va  nodavlat 

maktabgacha  ta’lim  muassasalari  va  oilalarda  amalga  oshiriladi.  Bu  kabi  ta’lim 

muassasalarining  faoliyatini  tashkil  etishda  mahallalar,  jamoat  va  xayriya 

tashkilotlari, xalqaro fondlar faol ishtirok etadi. 

  Keyingi  yillarda  maktabgacha  ta’lim  muasssalarining  yangi  tarmog’i 

shakllanib bormoqda. Bu o’rinda “Xonadon bog’chasi” hamda “Bolalar bog’chasi-

boshlang’ich  maktab”  majmualarini  misol  qilib  keltirish  mumkin.  Maktabgacha 

ta’lim  muassasalarida  bolalarga  tasviriy  san’at,  musiqa,  til  va  kompyuter 

savodxonligini  o’rgatuvchi  guruhlar  tashkil  etilmoqda.  Bu  kabi  harkatlar 

maktabgacha  ta’lim  yoshidagi  bolalarning  “Kadrlar  tayyorlash  milliy  dasturi” 

talablari asosida ma’naviy-axloqiy tarbiyasiga xizmat qiladi. 

Umumiy o’rta ta’lim to’qqiz yillik majburiy xarakterdagi umumiy hamda uch 

yillik  o’rta  maxsus,  kasb-hunar  ta’limidan  iborat.  Umumiy  o’rta  ta’lim 

boshlang’ich ta’limni ham qamrab oladi. Mazkur bosqichda o’quvchilarning fanlar 

asoslari bo’yicha muntazam bilim olishlari, ularda bilim olish ehtiyojining yuzaga 

kelishi,  asosiy  o’quv-ilmiy  va  umummadaniy  bilimlarning  o’zlashtirishlari,  milliy 

                                                 

1

 

Кадрлар  тайёрлаш  миллий  дастури  //  Олий  таълим:  меъёрий  ҳужжатлар  тўплами.  –  Тошкент:  Шарқ 



нашриёт – манбаа акциядорлик компанияси Бош таҳририяти. 2001. – Б. 31-32. 

 

13 


va  umumbashariy  qadriyatlarga  asoslangan  ma’naviy-axloqiy  fazilatlar,  mehnat, 

ijodiy fikrlash, atrof-muhitga ongli munosabatda bo’lish, shuningdek, kasb tanlash 

ko’nikmalarining  shakllanishi  uchun  pedagogik  shart-sharoit  yaratiladi.  Davlat 

tomonidan  tasdiqlangan  namunadagi  attestat  o’quvchilarning  umumiy  o’rta  va 

o’rta maxsus, kasb-hunar ma’lumotiga egaliklarini belgilaydi. 

O’quvchilarni  kasb-hunarga  yo’naltirish  vazifasi  maktab  jamoasi  va  ota-

onalar  hamkorligida  o’quvchilarni  kasb-hunarga  yo’naltirish  va  psixologik-

pedagogik tashxis markazlari rahbarligida amalga oshiriladi. 

O’qish  muddati  uch  yil  bo’lgan  majburiy  o’rta  maxsus,  kasb-hunar  ta’limi 

uzluksiz  ta’lim  tizimining  mustaqil  turi  sanalib,  umumiy  o’rta  ta’lim  negizida 

tashkil  etiladi.  O’rta  maxsus,  kasb-hunar  ta’limining  ikki  muhim  yo’nalishi 

bo’lgan-akademik  lisey  yoki  kasb-hunar  kollejida  ta’lim  olish  o’quvchilar 

tomonidan ixtiyoriy ravishda tanlanadi. 

Akademik lisey o’quvchilarining imkoniyatlari va qiziqishlarini hisobga olgan 

holda 

ularning 



jadal 

intellektual 

rivojlanishi 

chuqur 


sohalashtirilgan, 

tabaqalashtirilgan,  kasbga  yo’naltirilgan  ta’lim  olishlarini  ta’minlash  maqsadida 

davlat  ta’lim  standartlariga  muvofiq  o’rta  maxsus  ta’lim  beruvchi,  yuridik 

maqomga ega ta’lim muassasasidir. 

  Akademik  liseylarda  o’quvchilar  o’zlari  tanlab  olgan  ta’lim  yo’nalishi 

(gumanitar,  texnika,  agrar  va  boshqa  sohalar) bo’yicha  bilim  saviyalarini  oshirish 

hamda  o’zlarida  fanni  chuqur  o’rganishga  qaratilgan  maxsus  kasb-hunar 

ko’nikmalarini shakllantirish imkoniyatiga ega bo’ladilar. 

  Akademik  liseylar  asosan  oliy  o’quv  yurtlari  qoshida  tashkil  etiladi.  Kasb-

hunar  kollejlari  esa  o’quvchilarning  muayyan  kasb-hunarga moyilligi,  layoqatlari, 

bilim  va  ko’nikmalarini  chuqur  rivojlantirish,  ularning  tanlangan  yo’nalishlar 

bo’yicha bir yoki bir necha zamonaviy kasb sirlarini egallash imkonini beradi. 

  Kasb-hunar  kolleji  o’quvchilarning  kasb-hunarga  moyilligi,  bilim  va 

ko’nikmalarini  chuqur  rivojlantiruvchi,  tanlab  olingan  kasb-hunar  bo’yicha  bir 

yoki  bir  necha  ixtisosni  egallash  imkonini  yaratish  maqsadida  tegishli  davlat 


 

14 


ta’lim  standartlari  doirasida  o’rta  maxsus,  kasb-hunar  ta’limini  beruvchi,  yuridik 

maqomga ega ta’lim muassasasidir. 

  Kasb-hunar  kollejlari  yangi  tipdagi  ta’lim  muassasalari  bo’lib,  ularning 

jihozlanganlik  darajasi,  pedagogik  tarkibning  puxta  tanlanganligi,  shuningdek, 

o’quv jarayonining zamonaviy texnika va texnologiyalar yordamida tashkil etilishi 

alohida e’tiborga loyiq. 

  Akademik  lisey  va  kasb-hunar  kollejlarining  bitiruvchilariga  davlat 

tomonidan  tasdiqlangan  namunadagi  diplomlar  beriladi.  Ushbu  diplomlar  asosida 

bitiruvchilar  ta’limning  keyingi  bosqichlarida  o’qishni  davom  ettirish  yoki 

egallangan  ixtisos  va  kasb-hunar  bo’yicha  mehnat  faoliyati  bilan  shug’ullanish 

huquqini qo’lga kiritadilar. 

Oliy ta’lim o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi negiziga asolanib, ikki bosqichda 

(bakalavriyat  hamda  magistratura)  tashkil  etilib,  mutaxassislar  yo’nalishlari 

bo’yicha  xalq  xo’jaligining  turli  sohalariga  oliy  ma’lumotli  mutaxassislarni 

tayyorlaydi.  Oliy  ta’lim  muassasalariga  talabalar  qabul  qilish  davlat  grantlari 

negizida va pullik-shartnoma asosida amalga oshiriladi. 

  Bakalavriyat  –  mutaxassisliklar  yo’nalishi  bo’yicha  fundamental  va  amaliy 

bilim beradigan, ta’lim olish muddati kamida to’rt yil davom etadigan tayanch oliy 

ta’lim. 

Bakalavr  darajasiga  ega  bo’lgan  shaxs  oliy  ta’lim  tizimi  yo’nalishidagi  o’zi 

tanlagan  soha  bo’yicha  oliy  ma’lumotli  mutaxassis  hisoblanadi  va  davlat 

klassifikatorida belgilangan lavozimda ishlash huquqiga ega bo’ladi. 

Magistratura  aniq  mutaxassislik  bo’yicha  fundamental  va  amaliy  bilim 

beradigan,  bakalavriyat  negizidagi  ta’lim  bo’lib,  magistarturadagi  tahsil  yakuniy 

klassifikasion davlat attestasiyasiga muvofiq olib boriladi. 

Magistr bakalavr darajasidagi mutaxassisdan farqli ma’lum ixtisoslik bo’yicha 

ta’lim  olgan  yuqori  malakali  mutaxassis  hisoblanib,  ilm-fan  sohasida,  ishlab 

chiqarishning mas’uliyatli lavozimlarida faoliyat ko’rsatadi. U aspiranturaga kirish 

huquqiga ega. 


 

15 


O’zbekiston  Respublikasida  quyidagi  oliy  ta’lim  muassasalari  faoliyat 

ko’rsatadi: 

Oliy  o’quv  yurtidan  keyingi  ta’lim  jamiyatning  oliy  malakali  ilmiy  va  ilmiy-

pedagog  kadrlarga  bo’lgan  extiyojlarini  qondirish,  shaxsning  ijodiy  ta’lim-kasb-

hunar  manfaatlarini  qanoatlantirishga  qaratilib,  oliy  o’quv  yurtlari  va  ilmiy-

tadqiqot  muassasalarida  aspirantura,  ad’yunktura  va  doktoranturada  ta’lim  olish, 

shuningdek,  mustaqil  tadqiqotchilik  faoliyatini  tashkil  etish  asosida  amalga 

oshiriladi.  Oliy  o’quv  yurtidan  keyingi  ta’lim  nomzodlik  yoki  doktorlik 

dissertasiyalarining  himoyasi  bilan  yakunlanadi.  O’zbekiston  Respublikasi  Oliy 

Attestasiya  Komissiyasi  tomonidan  olib  borilgan  yakuniy  davlat  attestasiyasi 

natijalari tegishli ravishda fan nomzodi va fan doktori ilmiy darajasi hamda davlat 

tomonidan tasdiqlangan namunadagi diplomga ega bo’lish huquqini beradi. 

Har  ikki  (aspirantura,  doktorantura)  darajada  ham  maqsad  muayyan 

mutaxassisliklar bo’yicha oliy toifali ilmiy – pedagogik kadrlarni shakllantirishdan 

iborat. 

Kadrlar  malakasini  oshirish  va  ularni  qayta  tayyorlash  jarayonida  asosiy 

e’tibor  mutaxassislarning  kasb  bilimlari  va  ko’nikmalarini  yangilash  hamda 

chuqurlashtirishga  qaratiladi.  Kadrlar  malakasini  oshirish  va  ularni  qayta 

tayyorlash  ana  shu  yo’nalishda  faoliyat  yurituvchi  ta’lim  muassasalarida  amalga 

oshiriladi.  Bu  muassasa  tinglovchilari  o’qish  natijalariga  ko’ra  davlat  tomonidan 

tasdiqlangan namunadagi guvohnoma yoki sertifikatga ega bo’ladilar. 

Maktabdan  tashqari  ta’lim  –  maktabdan  tashqari  davlat  va  nodavlat  ta’lim 

muassasalarida  davlat  organlari,  jamoat  tashkilotlari,  yuridik  va  jismoniy  shaxslar 

tomonidan  madaniy–estetik,  ilmiy,  texnikaviy,  sport  va  boshqa  yo’nalishlarda 

yo’lga  qo’yilib,  bolalar  xamda  o’smirlarning  ta’limga  bo’lgan,  yakka  tartibdagi, 

ortib  boruvchi  talab-ehtiyojlarni  qondirish,  ularning  bo’sh  vaqti  va  dam  olishini 

tashkil etish maqsadida olib boriladi. 

4.  Fan  yuqori  malakali  mutaxassisni  tayyorlovchi  va  ulardan  foydalanuvchi, 

ilg’or  pedagogik  va  axborot  texnologiyalarini  ishlab  chiqaruvchi  bo’lib,  kadrlar 

tayyorlash  milliy  tizimida  tabiat  va  jamiyat  taraqqiyoti  qoquniyatlari  to’g’risidagi 



 

16 


yangi  fundamental  va  amaliy  bilimlardan  foydalanishni,  yuqori  malakali  ilmiy  va 

ilmiy-pedagog  kadrlar  tarkibini  shakllantirishni,  ulardan  ta’lim  tizimida  unumli 

foydalanishni,  shuningdek,  kadrlar  tayyorlash  jarayoninig  ilmiy  tadqiqotlar 

infrastrukturasini  yaratish,  ta’limning  axborot  tarmoqlarida  foydalanish  uchun 

bilimning  turli  sohalari  bo’yicha  axborot  bazasini  shakllantirishni  hamda  ilmiy 

tadqiqotlar  darajasiga  yangicha  qarashlar  zamirida  yosh  olimlarning,  ilmiy-

pedagogik  xodimlarning  ijtimoiy  mavqei  va  obro’sini  oshirishni  va  shu  kabilarni 

qamrab oladi”.

1

  

Kadrlar  tayyorlash  milliy  modelining  tarkibiy  qismlaridan  biri  sifatida  fan: 



“ta’lim mazmunini tubdan yangilashda: ta’lim standartlari, ta’lim dasturlari, o’quv 

darsliklari  va  qo’llanmalar  tayyorlashda,  ilmiy-metodik  ta’minotni  amalga 

oshirishda bevosita va bilvosita ishtirok etadi”.

2

  



Yüklə 483,24 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin