O`zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi



Yüklə 1,23 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/9
tarix13.02.2022
ölçüsü1,23 Mb.
#52523
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
5 6197236086951904553



 

Murojat uchun: @mmibdo56_admin yoki +998942420652 

 

O`ZBEKISTON  RESPUBLIKASI   XALQ  TA’LIMI  VAZIRLIGI

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

Xalq ta’limi tizimida kadrlarga oid ish 



yuritish bo‘yicha namunaviy 

YO‘RIQNOMA 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 


 

Murojat uchun: @mmibdo56_admin yoki +998942420652 

 

O‘zbekiston Respublikasi 

 

Xalq ta’limi vazirining 



 

2020-yil “28” maydagi 

 

136 -son buyrug‘iga 



 

1-ILOVA 


 

Xalq ta’limi tizimida kadrlarga oid ish yuritish bo‘yicha namunaviy 

YO‘RIQNOMA 

 

1-bob. Umumiy qoidalar 

 

1. Ushbu yo‘riqnoma O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi, Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 



11-martdagi  133-son  qarori  bilan  tasdiqlangan  “Yozma  holdagi  mehnat  shartnomasi  (kontrakt)  tuzish 

yuzasidan  tavsiyalar”,  Mehnat  daftarchalarini  yuritish  tartibi  to‘g‘risida  yo‘riqnoma  (ro‘yxat  raqami  402, 

1998-yil 29-yanvar), Idoraviy mansubligi, mulkchilik va xo‘jalik yuritish shakllaridan qat’iy nazar korxona, 

muassasa, tashkilot  ichki mehnat tartibining  namunaviy qoidalari (ro‘yxat raqami 746, 1999-yil 14-iyun), 

O‘zbekiston Respublikasi hududidagi xizmat safarlari to‘g‘risida yo‘riqnoma (ro‘yxat raqami 1268, 2003-

yil  29-avgust)  talablariga  muvofiq  ishlab  chiqilgan  bo‘lib,  Xalq  ta’limi  vazirligi  (bundan  buyon  matnda 

vazirlik  deb  yuritiladi)  tizimidagi  tashkilot  va  muassasalarda  kadrlarga  oid  hujjatlarni  yuritish  tartibini 

belgilaydi. 

 

2. Qoraqalpog‘iston  Respublikasi  Xalq  ta’limi  vazirligi,  Toshkent  shahar  xalq  ta’limi  bosh 



boshqarmasi  va  viloyatlar  xalq  ta’limi  boshqarmalari,  vazirlik  tizimidagi  tashkilot  va  ta’lim 

muassasalarida  (bundan  buyon  matnda  tashkilotlar  deb  yuritiladi)  kadrlarga  oid  hujjatlarni  yuritish 

tashkilot  rahbarlari  tomonidan  mazkur  yo‘riqnomaga  muvofiq  ishlab  chiqilgan  yo‘riqnoma  asosida 

amalga oshiriladi. 

3. Yo‘riqnoma kadrlar xizmati  mas’ul  xodimlarining (boshqarma, bo‘lim, sho‘ba xodimlari  va 

ta’lim  muassasalari  kadrlar  bo‘yicha  menejer  (inspektor)lari)  ish  yuritish  faoliyatini  tashkil  etishga 

yo‘naltirilgan bo‘lib, kadrlar tarkibining harakatini o‘z vaqtida hisobga olish uchun tashkilotda to‘g‘ri 

va yagona kadrlarga oid ish yuritishni olib borish bo‘yicha vazifalarni hal etish uchun mo‘ljallangan. 

 

4. Yo‘riqnoma  bilan  shaxsiy  tarkibga  oid  hujjatlar  bilan  ishlash  texnologiyasi  (tartibi) 



o‘rnatiladi  hamda  kadrlarga  oid  hujjatlarni  tuzish,  rasmiylashtirish,  tasdiqlash,  yuritish  va  saqlash 

qoidalari belgilanadi. 

5. Kadrlar xizmatida mehnat qonunchiligi talablari asosida quyidagi harakatlarni amalga 

oshirish rasmiylashtiriladi: 

ishga qabul qilish; boshqa 

ishga o‘tkazish; 

mehnat shartnomasini bekor qilish; 

ta’tillar berish; 

moddiy va ma’naviy rag‘batlantirish; 

intizomiy jazo choralarini qo‘llash; mehnat 

daftarchalarini yuritish; 

 

ish vaqtini hisobga olish tabelini yuritish; 



xizmat safarlariga yuborish; 

xizmat guvohnomalarini berish. 

Kadrlar xizmati qonun hujjatlariga muvofiq boshqa harakatlarni ham amalga oshiradi. 

6. Kadrlarga  oid  ish  yuritish,  o‘rnatilgan  ishlash  tartibi  qoidalariga,  kadrlarga  oid  hujjatlarni 

rasmiylashtirish va saqlash muddatlariga rioya qilinishi uchun javobgarlik tashkilotning kadrlar xizmati 

bo‘yicha  tarkibiy  bo‘linma  (boshqarma,  bo‘lim,  sho‘ba)  rahbariga,  alohida  tarkibiy  bo‘linma 

bo‘lmaganda  esa,  ushbu  vazifani  amalga  oshiruvchi  mas’ul  xodimga  (mutaxassis,  kadrlar  bo‘yicha 

menejer) yuklatiladi. 





Yüklə 1,23 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin