O`zbеkiston rеspublikasi xalq ta’limi vazirligi



Yüklə 330,03 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/5
tarix22.11.2019
ölçüsü330,03 Kb.
#29660
  1   2   3   4   5
inklyuziv talim


 

O`ZBЕKISTON RЕSPUBLIKASI XALQ TA’LIMI 

VAZIRLIGI 

 

 

 

 

 

X.N.Muzaffarova, D.Tangirova   

 

                                               

                                  

  

 

 

 

 

 

 

 

 

 

(O`quv-metodik qo`llanma) 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

                                                    Jizzax -2011 

 

 

 

 

- 2 - 


 

X.N.Muzaffarova,  D.Tangirova “Inklyuzv  ta’lim” fani bo`yicha o`quv 

metodik qo`llanma / Jizzax davlat pedagogika institute/. 2011 y. 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

- 3 - 


KIRISH 

 

Respublikamizda  olib  borilayotgan  barcha   islohotlarning   maqsadi 



davlatimz  kelajagiga  mustahkam  poydevar  qurishdan  iborat. Bu  poydevor  

sog’lom,  yetuk   va  barkamol   shaxslarni  tarbiyalab  voyaga  yetkazish  

natijasida  yaratiladi.  Shuning  uchun  ham  «Kadrlar  tayyorlash  milliy  dasturi» 

va  «Ta’lim  to’g’risida»gi  Qonun   qabul  qilindi.  Ta’lim  sohasidagi  bu  

islohotlar  bugungi  kunda  o’z  samarasini  bermoqda. Mazkur  huquqiy   me’yoriy  

hujjatlar   doirasi  maxsus  ehtiyojli  bolar  ta’lim-tarbiyasini  ham  qamrab  olgan.       

Maxsus  ehtiyojli  bolalar  ta’lim  tarbiyasi  masalasi  bugungi  kunda  eng  

dolzarb masalalar  sirasiga  aylanib  bormokda.  

Maxsus  ta’lim  imkoniyati  cheklangan  bolalar  uchun  ta’lim  tizimi  sifatida  

rivojlangan.  Ushbu  ta’lim  imkoniyati  cheklangan  bolalarning  ehtiyojlarini  

umumta’lim  muasasalarida  qondirib  bo’lmaydi  degan  taxminlar  asosida  

qurilgan.  Maxsus  ta’lim  butun  dunyoda  maktab  yoki  internat  shaklida,  

shuningdek  umumta’lim  maktablarining  katta  bo’lmagan   qismlari    sifatida  

faoliyat  yuritadi.  

Maxsus  ehtiyojli  bolalarning  maxsus  ta’lim  tizimda  o’qitilishi  ularning  

maktabni  tugatgach  ijtimoiy jamiyatga moslashib ketishlarini  qiyinlashtiradi.  

Shuningdek  ularning  o’z  oilasidan  uzokda  bo’lishlariga  majbur   qiladi. Bu  

toifa  bolalar  boqimandalikka  o’rganib  qoladilar, o’z-o’ziga  xizmat qilishlarida 

qiyinchiliklarga duch  keladilar. Bundan  tashqari  juda  ko’plab  maxsus  ehtiyojli  

bolalar  ta’limdan  chetda  qolib  ketmokdalar. Hozirgi  kunda  Respublikamizda  

alohida  yordamga  muhtoj  bolalarni  rivojlanish  darajasi,  imkoniyati  nuqson  

xususiyatlari  va  qobiliyatlariga ko’ra  maxsus  yoki  umumta’lim  tizimida ta’lim 

olishini  amalga  oshirish  maqsadida  inklyuziv  ta’lim  siyosati  amalga  

oshirilmokda. 

         Biroq  inklyuziv  ta’limning  mazmun mohiyati   to’g’risidagi  bilim  va  

ma’lumotlar  hali  jamiyatda  yetarli  emas. «Inklyuziv»  va  «integrasiyalashgan»  

atamalari ko’pincha bir xil ma’noda  ishlatiladi. Shunga  qaramasdan  falsafada  

ushbu  tushunchalar  orasida  juda  katta  farq  bor.   



 

- 4 - 


        Nogiron  bolani  oddiy  sharoitga  joylashtirish   integrasiyaga  qarab  

qo’yilgan  birinchi  qadamdir. 

       Integrasiyalashgan ta’lim bu-diqqat  markazida  bolaning  aynan 

 

maktabga  kelib  ketish  muammosi  turgan,  maxsus  ehtiyojli  bolaning  maktabga  



qatnash  jarayonidir.   

          Integrasiyalashgan  ta’limda  bolaga  muammo  sifatida  qaraladi. Bu  

ta’lim  tizimining  quyidagicha  shakllari  mavjud: 

         A)  Jismoniy  integrasiya.  Integrasiyaning  bu  shakli  nogiron  va  

nogiron  bo’lmagan  bolalar  o’rtasidagi  jismoniy  farqni  kamaytirishga  

qaratilgan. Oddiy  maktab  bilan   yonma-yon  joyda  nogiron  bolalar  uchun  

maxsus  bo’lim  yoki  sinf  tashkil  qilish  mumkin. 

          B)  Funksional   integrasiya.  Bu  shakl  nogiron  va  nogiron  

bo’lmagan  bolalar o’rtasidagi  funksional  muammolarni  kamaytirishga 

 

qaratilgan. 



          V)  Ijtimoiy  integrasiya.  Itegrasiyaning  bu  shakli  ijtimoiy  

muammolarni  kamaytirishga  qaratilgan  va  u  nogiron  hamda  nogiron  

bo’lmagan  bolalar  o’rtasidagi  o’zaro  aloqani  qo’llab – quvvatlaydi.   

          G)  Jamiyatga  integrasiya  qilish   kabilar. 

    Integrasilashgan   talim  tizimining  bir qator  quyidagicha chegaralangan  

tomonlari  mavjud: 

Umumta’lim muassasalarda kompleks tibbiy-pedagogik    yordam  olish   

imkoniyati bo’lmaydi. 

Umumta’lim maktab pedagogi  maxsus mayetodikani bilmaganligi sababli  

imkoniyati cheklangan  bolalarning maxsus ehtiyojlarini qondirmaydi. 

Umumta’lim maktablarida  tiflo, surdotexnik vositalar,  maxsus tibbiyot 

uskunalar bo’lmaydi. 

Sinfda o’quvchilar soni 25 tadan-35 gacha yetadi va oqibatda ularning 

barchasiga  ko’p vaqt ajrata olmaydi. 

Umumta’lim maktablarda o’quvchilarda maxsus malaka va ko’nikmalarni 

shakllantirish uchun mutaxassislar bo’lmaganligi sababli, imkoniyat  topish qiyin. 



 

- 5 - 


Umumta’lim maktablarda alohida dastur va darsliklardan foydalanish 

imkoniyati bo’lmaydi. Inklyuziv  ta’lim  tizimi    integrasilashgan  ta’lim  

tizimidan  uzinig  mazmun –  moxiyati,  maqsadi,  vazifalari  va  harakat  dasturi  

bilan  farqlanadi.  

          Inklyuziv  ta’lim bu -davlat   siyosati  bo’lib,  nogiron  va  sog’lom  

bolalar  o’rtasidagi  to’siqlarni  bartaraf  etish,  maxsus  ta’limga  muhtoj  bolalar,  

(ayrim  sabablarga  ko’ra  nogiron   bo’lgan)  o’smirlar  rivojlanishda  uchraydigan  

nuqsonlar  yoki  iqtisodiy  qiyinchiliklardan  qat’iy  nazar  ijtimoiy  hayotga  

moslashtirishga  yo’naltirilgan  umumta’lim  jarayoniga  qo’shishni  ifodalovchi  

ta’lim  tizimidir. 

          Inklyuziv  ta’lim  alohida  yordamga  muhtoj  bolalarni  normal  

rivojlanishdagi  bolalar  bilan  teng  xuquqlilik  asosida  ta’lim  tarbiya  olishlarini  

taminlaydi.  Shuning  uchun  ham  ahamiyatlidir.     

  

Tavsiyalarda  barcha  bolalarning  ta’lim  olish  muhitini  o’rganib  maxsus  



ehtiyojli  bolalarning    ta’limiy  ehtiyojlariga  umumiy  baho  beriladi. Asosiy  

ma’no  shundaki,  sog’ligining  yomonlashuvi  yoki  rivojlanishining orqada  

qolishi  sababli  alohida  ehtiyojga  ega  bo’lgan  bolalarni  ham  mumiy  ta’lim  

jarayoniga  kushish  mumkin. Inklyuziv  ta’limda,  ta’lim  berishning  diqqat  

markazida    bola  turadi  (o’quv  rejasi  emas)  deb  bu  jarayonga  yondashadi.  

Ushbu  yondashuvlar    bolalar  xar  xil  sharoitda  o’qiydi ,  rivojlanadi,  

ma’lumotni  xar  xil  tezlikda  qabul  qiladi  degan  e’tirofga  asoslanadi.   Ular  xar  

bir  bolaning  shu  qatorda  maxsus  ehtiyojli  bolalarning  ham  ehtiyojlarini  

qondiradigan  ta’lim  muxitini  yaratib  berishga  qaratilgan.   

           Mazkur  tavsiyalarning  maqsadi  -  maktablarni  maxsus  ehtiyojli  

bolalarnig  ehtiyojlariga javob beradigan qilib  moslashtiradigan jarayonni qo’llab–

quvvatlash.  «Moslashtirish»  deganda  nafaqat  maxsus  ehtiyojli  bolalarni   

maktabga  bemalol  borib   kelishi,  balki  shu  qatnashdan   kandaydir  foyda  

olishi  va  optimal  o’quv  rejasining  mavjudligidir.  Maktab  muxiti  

moslashuvchan  bo’lib,  bola  ta’limdagi  tartibga  moslashishi  kerak  deb  taxmin  

qilinmasdan,  alohida  xar  bir  bolaning  ehtiyojlarini  qondirishi  kerak.   



 

- 6 - 


«Inklyuziv  ta’lim”    o’z  maqsadidan  kelib  chiqqan  holda  bir  qator   

quyidagi   vazifalarni  hal  etadi: 

-  inklyuziv va integrasiyalashgan ta’lim  tizimi  haqida  ma’lumot  berish;   

-inklyuziv  ta’limning  huquqiy  asoslarini  ochib  berish; 

-inklyuziv  ta’limni  joriy  etish  oldida  turgan  muammolarni   o’rganish  va  

bu  muammolarni  xal  etish  yo’llarini  izlab  topish; 

-inklyuziv  ta’limni  qo’llab-quvvatlashnig  asoslarini  o’rganish; 

-inklyuziv  ta’lim  tizimini  joriy  qilish  tamoyillarini  taxlil  qilish; 

ish  tajribalarini  taxlil  qilish   kabilardan  iborat.    

Shu maqsadni amalga oshirish uchun biz tadqiqotimizning maqsadini va 

ustivor vazifalarini belgilab oldik. 

-  jamiyatda nogiron  va  sog’lom  bolalar  o’rtasidagi  to’siqlarni  bartaraf  

etish,  maxsus  ta’limga  muhtoj  bolalar,  (ayrim  sabablarga  ko’ra  nogiron   

bo’lgan)  o’smirlar  rivojlanishda  uchraydigan  nuqsonlar  yoki  iqtisodiy  

qiyinchiliklardan  qat’iy  nazar  ijtimoiy  hayotga  moslashtirishga  yo’naltirilgan  

umumta’lim  jarayoniga  qo’shishni  ifodalovchi  ta’lim  tizimini yo’lga qo’yish va 

ularga  yordam berishdan iborat. 

 

 



 

- 7 - 


I-BOB. INKLYUZV  TA’LIM VA UNING O’ZIGA  XOS 

XUSUSIYATLARI 

1.1. Inklyuziv  ta’lim va uning mohiyati 

      


Har qanday jamiyatda kelajak vorislari bo’lmish farzandlarni mas’ulayatni 

his etadigan, ularni davlat taraqqiyoti va gullab-yashnashiga salmoqli ulush 

qo’shadigan munosib fuqarolar bo’lib etishishlariga katta umid bilan qaraladi. 

Dunyoga “O’zbek modeli” deb nom olgan rivojlanish yo’li bilan tobora ko’proq 

tanilayotgan O’zbekistonda ham bolalar huquqlarini himoya qilishga juda katta 

e’tibor berilmoqda. Mamlakatimizda maktab, litsey, gimnaziya, kollej kabi bilim 

dargohlari bilan birgalikda turli maxsus maktab internatlar, mehribonlik uylari 

faoliyat ko’rsatayotganligi ham fikrimizning isbotidir. Ko’plab davlatlarda bo’lgani 

kabi O’zbekistonda ham imkoniyati cheklangan bolalar uchun maxsus tashkillangan 

maktablar bor. Ularning vazifasi bolalarni maxsus o’quv yurtlariga tayyorlashdir. 

         Bolalarni himoya qilish xalqaro tashkiloti Konvensiya tizimiga o’zining 

asosiy maqsadi etib bola huquqlarini asos etib oladi. Bola huquqlari xalqaro 

Konvensiya hamma bolalarning ehtiyojini hisobga olgan, huquq va qobiliyatlarini 

hurmat qiladigan ta’lim tizimini yaratish g’oyasini ilgari surdi. Chunki har bir bolada 

– u sog’lommi yoki nogironmi – takrorlanmaydigan xarakter, qiziqish, imkoniyat va 

bilimga ehtiyoj bor.  



Hamma bolalarning ehtiyojlarini hisobga olgan, huquq va qobiliyatlarini 

hurmat qiladigan, ijtimoiy adolat hamda tenglikka erishishni maqsad qilib olgan 

ta’limtizimi inklyuziv ta’lim deyiladi.  

         Inklyuziv ta’lim nogiron bolalarni ta’lim jarayoniga integratsiya qilish 

hamda umumta’lim maktablarini nogiron bolalarga moslashtirishni ko’zda tutadigan, 

ijtimoiy adolat va tenglikni bosh maqsad qilib olgan jarayondir. 

         Inklyuziv ta’lim ijtimoiy modelga asoslanadi va u muammoni bolada 

emas, balki dastur va metodologiyada deb hisoblaydi. Bunday ta’lim tizimiga ba’zi 

bir o’zgartirishlar kiritishni taqazo etadi. Bunda har bir bolaning ehtiyojini hisobga 

olgan holda o’quv rejalari tayyorlanadi, uslubiyotning psixologik muammolari bilan 

bog’liq tomonlari to’g’ri yo’lga qo’yiladi. Inklyuziv ta’lim hamma bolalarni, shu 


 

- 8 - 


jumladan, nogiron bolalarni ham o’zlari xohlagan maktabda o’qishi mumkin, deb 

xulosa chiqaradi. 

         Bolaning nogiron bo’lib qolishiga jamiyat, undagi muhit, 

tushunmovchiliklar, yo’l qo’yilgan xatolar sababchi bo’lgan.  Demak, uning o’qishi 

uchun ham shu jamiyatning o’zi jon kuydirishi shart. 

         Bola huquqlari xalqaro Konvensiyadan kelib chiqib, yaxshi maktab 

ta’limini uch xil ibora bilan ta’riflash mumkin, ya’ni: 

-  mos keluvchi;  

-  rivojlantiruvchi; 

-  inklyuziv; 

Konvensiyaning 6-moddasida shunday satrlar bor: “Tirik qolish va rivojlanish”. 

Bu modda mos keluvchi ta’limga taalluqli. Rivojlantiruvchi ta’lim 29-moddada 

ko’rsatilgan: “Ta’lim shaxsning yuqori darajada rivojlanishiga, iqtidorli, aqliy va 

jismoniy qobiliyatlarini o’stirishga yo’naltirlgan bo’lishi, bolani erkin jamiyatda faol 

yashashga tayyorlash kerak”.  

2-va 28-moddalar inklyuziv ta’limga tegishli bo’lib, ularda kamsitishning olsini 

olish, ta’lim hamma uchun qobiliyatiga yarasha ekanligi belgilab qo’yilgan. 

Maxsus ehtiyojli bolalar, boshqa bolalar, o’qituvchi va tarbiyachilar faoliyati 

inklyuziv ta’limda o’ziga xos o’rin tutadi. Bunday ta’lim tufayli maxsus ehtiyojli 

bolalar: 

-  jismoniy va ruhiy ehtiyojlarini qondiradilar; 

-  ijtimoiy xulq va o’ziga-o’zi xizmat ko’rsatish malakalarini yaratadilar; 

-  ularning imkoniyatlarini hisobga olgan o’quv materiallarini o’zlashtiradilar; 

-  tengqurlari bilan turli o’yinlarda ishtirok etib rivojlanadilar; 

-  jismoniy tarbiya darslarida shaxmat-shashka o’yinlari, turli sport 

musobaqalarida vaqtni kuzatuvchi hakam yoki darvozabon bo’lishlari mumkin; 

-  do’stona muhitda do’st orttiradilar; 

-  turli ko’ngilochar va bayramona dasturlarda ishtirok etadilar. Boshqa bolalar 

esa; 

-  do’stona muhitni yaratadilar; 



 

- 9 - 


-  maxsus ehtiyojli bolalarga g’amho’rlik qiladilar,ularni turli o’yinlarga jalb 

qiladilar; 

-  sinf tadbirlarida ishtirok etadilar; 

-  tozalik va ozodalikni ta’minlaydilar; 

-  jamoa oldida ma’suliyat hissini rivojlantiradilar; 

-  didaktik va o’yin vositalarini tayyorlashda birgalikda ishtirok etadilar; 

-  o’qituvchi va tarbiyachilar bolalarni bir-birlarining ichki dunyolarini 

tushunishga o’rgatadilar; 

-  har bir bolaning qobiliyati va imkoniyatini hisobga oladilar; 

-  har bir bolada hayotiy malaka va mustaqillikni shakllantiradilar; 

-  ishlarni tahlil qiladilar va baholaydilar; 

-  ota-onalarga amaliy yordam ko’rsatadilar; 

-  barcha bolalarga birdek bilim berib, tarbiyalaydilar; 

Demak; inklyuziv ta’lim maxsus ehtiyojli, nogiron bolalar ham faqat maxsus 



maktablarda emas, balki sog’lom bolalar o’qiydigan umumta’lim maktablarida 

ham ta’lim-tarbiya olishlari mumkin ekanligini e’tirof etadi.  Buning uchun esa 

maktab ham, o’qituvchi-tarbiyachilar ham inklyuziv ta’lim tizimiga tayyor bo’lishi, 

maktab darajasi, jismoniy sharoit va o’qishga imkon  omillari shu ta’lim talablariga 

to’la javob berishi kerak. 

Maktab darajasida integratsiyani muvaffaqiyatli kiritishga bir necha o’zaro 

bog’liq omillar ta’sir ko’rsatadi. Markaziy omil o’quv dasturiga kiritish 

imkoniyatidir. Shuningdek, binolarning jismoniy joylashuvi, o’qish uchun imkoniyat 

va moliyalashgan imkon ham asosiy omilllardandir. 

Inklyuziv ta’limda maktabdagi jismoniy sharoit ham katta o’rin tutadi. Oddiy 

qilib aytadigan bo’lsak, barcha maktablar eshigiga o’quvchilar zinapoyalar orqali 

kirib boradilar. Lekin bu zinapoyalardan maxsus aravachalarda yuradigan nogiron 

bolalar ko’tarila olmaydilar, hatto qo’ltiqtayoqda yuradigan bolalar ham, 

qiynalishlari mumkin. Demak, zinapoyalardan ham , eshiklardan ham sog’lom 

bolalar bilan birga nogiron bolalar ham bemalol o’tishlari uchun qulay sharoit 



 

- 10 - 


yaratilishi shart. Bundan tashqari, sinf xonalari va laboratoriyalardagi maxsus 

o’rindiq hamda moslamalar ham nogiron bolalarga mos bo’lishi kerak. 

O’qishga imkon yaratish ham juda muhimdir. Yozish qobiliyatlarida buzilish 

mavjud bo’lgan bolalarga tovush va tasvirni kattalashtirish etarli bo’lmaydi. Bunda 

o’quvchilar imo-ishora yoki Brayl xatini puxta o’rganishlari kerak. 

Aqliy nuqsoni bor bolalar soddalashtirilgan yozma yoki og’zaki informatsiyani 

olishlari kerak. O’quv rejasini bunday differensiyalash o’qituvchilarda o’z ishlariga 

ijodiy yondashishni taqozo etadi. Maktab ma’muriyati buning uchun o’qituvchilarga 

imkon yaratib berishi kerak. Bunday ijodiy yondashuv o’quv rejasiga qattiq talab 

qo’yilgan joylarda birmuncha qiyinchilik tug’dirishi mumkin. 

“Bolalarni qutqaring” (Buyuk Britaniya) tashkiloti, uning boshqa 

mamlakatlardagi tashkilotlari inklyuziv ta’limdagi asosiy to’siqlarni xalq ta’limi 

tizimi va maktablarga qo’yadi. Bizning fuqarolik jamiyatiga qadam qo’yayotgan 

davlatimizda bunday to’siqlarni o’z-o’zini boshqarishning milliy modeli bo’lgan 

mahallalarda hal etish mumkin. E’tiborsizlik (1), yashirish (2), mablag’ masalasi (3), 

sharoitga moslashmaslik (4), kambag’allik (5), sinfda o’quvchilar sonining ko’pligi 

(6), kamsitish (7), qaramlilik (8), kutilmagan holatlar (9) kabi to’siqlarni 

mahallalarda bemalol bartaraf etsa bo’ladi, yoki bu muammolarni hal etishni 

quyidagi jadval asosida shunday taqsimlash mumkin (sxemaga qarang). 

Bir qancha davlatlar tajribasi, jumladan, Norin (Qirg’iziston) va Qo’qon 

shaxarlaridagi inklyuziv ta’lim loyihasining tajribasi maxsus ehtiyojli bolalarni 

sog’lom tengqurlari bilan birgalikda o’quv-tarbiya ishlarida har tomonlama faol 

ishtirok etishlari mumkinligini tasdiqladi. 

 

  



 

                   

   

 

 



 

 

Oila – 2, 3, 5

 

Maktab – 1, 2, 4, 5,6

 

   Mahalla – 1, 3, 4, 5, 7, 

 

Xalq ta’limi tizimi – 2, 3, 4, 6

 

Bola – 4, 8

 


 

- 11 - 


1.2. Inklyuziv  ta’limni  joriy  qilish    davr  talabi  sifatida. 

  Maxsus  yordamga  muhtoj  bo’lgan  bolalar  ta’lim-tarbiyasi  ularni  o’qish  

va  yozishga  o’rgatish  muammolarini  ijtimoiy  hayotga  moslashtirishga  ko’mak  

berish,  bu  ishlarni  samarali  amalga  oshirish,  maxsus  soxa  xodimlari  hamda  

nogron  bolalar  ota-onalariga  amaliy  yordam  berish  kabi  masuliyatli  ishlar   

jumlasiga  kiradi.     

        Maxsus  yordamga  muhtoj   bolalar    asosiy  muamolarini  ular  o’zlari  

yashab  turgan  muxitdan, oiladan   uzoqda ta’lim tarbiya berish bilan hal qilib 

bo’lmaydi.   Jamiyat  o’z  a’zolariga  javobgarlikni  o’z  bo’yniga  olmas  ekan,   

cheklab  qo’yilgan  huquq  va  imkoniyatlar  qaytarib  berilmas  ekan   ijtimoiy  

integrasiyaga  erishish  qiyin.  

Maxsus ehtiyojli bolalarni  ta’lim tarbiyasida tenghuquqlilik muammosini hal 

etish bugungi kunning dolzarb muammolaridan biridir. Ammo bugungi kunda ham 

juda ko’plab bolalar turli xildagi sabablarga ko’ra ta’limdan chetda qolib 

ketmoqdalar. Inklyuziv  ta’limga  jalb  qilishning tashkiliy, ilmiy-uslubiy  

choralarini  ko’rib  chiqish  ya’ni  mutaxassislarini tayyorlash,  malakasini  

oshirishga  oid   tadbirlarni  ishlab  chiqish  lozim. Alohida  yordamga  muhtoj  

bolalarni  umumta’lim  muassasalariga  jalb  qilishning  ikki  asosiy  omili  bor: 



Birinchidan,  alohida  ehtiyojga  ega  bo’lgan  bolalar  ham  sog’lom  bolalar  

bilan  birgalikda  o’zaro  faoliyat  ko’rsatishlari mumkin. Inklyuziv  ta’lim  

maqsadga  muvofiq  tarzda  tashkil  etilsa,  maxsus  ehtiyojli  bolalar    ijtimoiy  

tomondan  himoyalanadilar,  sog’lom  bolalar  esa  ijtimoiy  adolat  va  tenglikning  

tan  olinishi  buyukligini  nogiron  bolalarga  nisbatan  yanada  mehribon  va  

e’tibor  bilan  munosabatda  bo’lishni  his  etadilar. 



Ikkinchidan,  nogiron  bolalar  ham   sog’lom  tengdoshlari  bilan  yonma-

yon  o’qish,  tarbiyalanish  huquqiga  ega  ekanligi.           

Bu   ishlarni muvaffaqiyati xar bir davlatning qonunlarida aks etilishi zarur. 

Chunki, qonunlar, ularni kerakli moddiy va ma’naviy resurslar bilan 

ta’minlanishini amalga oshirishni kafolatlaydi. Imkoniyati cheklangan bolalar-

o’quvchilarga ta’lim berishda, ota-onalar, mahallalar   pedagoglar, mutaxassislar 



 

- 12 - 


hamkorligida   faoliyat ko’rsatishlarini  talab  qilinadi  va  majburiy  shart  

hisoblanadi. 

Alohida ehtiyojli bolalar ham sog’lom  tengdoshlari  bilan birgalikda o’z 

qobiliyat darajasida  faoliyat ko’rsatish, ta’lim olishi, kasb-xunar o’rganishi va 

rivojlanishi mumkin. Inklyuziv  ta’lim  maqsadga  muvofiq  tarzda  tashkil  etilsa  

maxsus  yordamga  muhtoj  bolalar  ijtimoiy  tomondan  himoyalandilar, ijtimoiy 

hayotda teng xuquqliligini, o’z  tengdoshlari  bilan  birga  bilim  olishlari  

mumkinligini  his  etadilar.   

Alohida ehtiyojli bolalar uchun tashkil etilgan  segregasion-maxsus, yopiq 

turdagi muasasalarda bolalardagi mavjud nuqsonlar ancha-muncha yuqori darajada 

korreksiyalansada, ammo bolalarning maktab jamoasidagi tor doiraga tushib 

qolishlari natijasida ijtimoiy jamiyatga moslashishi, kelajakda normal 

rivojlanishdagi boalalar qatori  faoliyat yuritishlarida juda katta qiyinchiliklarga 

duch keladilar. Maxsus maktablar mana shu jihatlari bilan juda katta 

kamchiliklarga ega. Bundan tashqari maxsus ehtiyojli bolalarni barcha qatori keng 

jamoatchilik davrasidan ajratgan holda yashashlari ham demokratiya nuqtai 

nazariga to’g’ri kelmaydi. Chunki maxsus ehtiyojli bolalar ham barcha qatori haq-

huquqlarga ega. Shuning uchun ham 1990  yilda  Djonpiyeyen (Tailand)da  juda  

muhim  koferensiya  o’tkazildi. Bu  konferensiya  “Ta’lim  hamma  uchun”  

maqsadini   shakllantirishga  qaratilgan  bo’lib,  unga  155  ta  davlat  vakillari  va  

150dan  ortiq  nodavlvt  tashkilotlari  qo’shildilar.  Tahlil  shuni  ko’rsatadiki,  

taxminan  10-15%  bolalar  maxsus  ta’limga  muhtoj ekanligi  aniqlandi. 

Djomtiyen  (Tailan)da o’tkazilgan  konferensiya    asosida  “Ta’lim  hamma  

uchun”  shiorini  qo’llab-quvvatlash  va  amaliyotga  tadbiq  qilishni  tahlil  etish  

maqsadida  1994  yilda  YuNESKO  tashkiloti  va  Ispaniya  davlati  bilan  

hamkorlikda  Salamanka -  Ispaniya umumjahon konferensiyasi  o’tkazildi. Ushbu  

konferensiya  ishtirokchilarining  maqsadi   va  vazifasi  butun  dunyodagi  

imkoniyati  cheklangan  bolalarning umumta’lim muassasalarida  ta’lim  olishlari  

uchun  qulayliklar  yaratish,  maktabda  o’qitish  vazifasini  amalga  oshirish  


 

- 13 - 


uchun  maktab  isloxotlarini  o’tkazish  zarurligi  to’g’risida  fikr-muloxazalar  

yuritishga  qaratilgan edi. 

 Maxsus ehtiyojli bolalarni umumta’lim muassasalariga jalb etishga bo’lgan 

ehtiyoj bu shunda namoyon bo’ladiki, ta’lim tizimidan butunlay chetda qolib 

ketayotgan maxsus ehtiyojli bolalarni ta’limga jalb etish, maxsus muasasalarga 

borishga yashash joyi juda uzoqda bo’lganligi yoki moddiy mablag’ning 

yetishmasligi yoki ota-onalarning o’z farzandini maxsus muassasaga  borishini 

hohlamasligi oqibatida qiynlalayotgan ota-onlalargan ko’mak berish, maxsus 

ehtiyojli bolalarni ijtimoiy jamiyatga erta va to’laqonli moslashtirish, teng 

huquqlilik masalasini hal etish, kamsitishlarni oldini olishdadir.   

Inklyuziv ta’lim masalasi 90-yillarning diqqat markazija bo’lib qoldi. Janubiy 

Afrika va Janubiy Sharqiy Osiyodagi integrasiyalashgan  ta’lim dasturlari asosida 

yakuniy ish hujjatlari o’rganilib chiqildi. Natijada barcha davlatlarning Ta’lim 

Vazirliklarida maxsus maktablar qoshidagi maxsus bo’limlarga  muqobil sifatida 

inklyuziv ishlash uslublari qabul qilindi.  

Inklyuziv ta’limga bo’lgan ehtiyoj uning jamiyatga va maxsus ehtiyojli 

bolalar uchun quyidagi  nafli jihatlari mavjudligidan kelib chiqadi:  

Inklyuziv ta’lim maxsus ehtiyojli bolalarga doimo o’z oilasi mahallasi  va 

qarindosh-urug’lari davrasida bo’lishga imkon beradi.  

Bolalarni oilasidan, uyidan  uzoqda bo’lgan iternatlarga joylashtirish ularning 

uyi, oilasi hamjamiyat hayotiga ishtirok etish huquqiga to’sqinlik qiladi. Uyidan, 

oilasidan, ota-ona mehridan  uzoqda bo’lgan bola diydasi qattiq bo’lib o’sadi. 

Chunki oila tarbiyaning bosh markazidir.  

Inklyuziv ta’lim barcha uchun ta’lim sifatini yaxshilaydi.  

Inklyuziv ta’lim ta’lim sifatini yaxshilashga olib keladigan katalizator bo’lib 

xizmat qilishi mumkin. Maxsus ehtiyojli bolalrni umumta’lim muassasalariga 

qabul qilinishi o’quvchilarni yanada bolaga qaratilgan faolroq va ko’proq 

o’quvchilarni qamraydigan yangi o’qitish uslublarini ishlab chiqishga undaydi. 

Buning nafi esa hamma bolaga tegadi.  

Inklyuziv ta’lim kamsitishlarni oldini olishga yordam beradi. 



 

- 14 - 


Jamiyatda nogironlargan nisbatan yanglish fikr va munosabat juda 

yuqoridadir. Ular haqida ma’lumotlarning kamligi va ularni yoshligidan maxsus 

muassasalarda yopiq tarzda ta’lim tarbiya berilishi bunga sababa bo’lishi mumkin. 

Bunday munosabatni yo’qotish yoki kamaytirish ancha mushkul ishdir. Lekin 

tajribadan shu narsa ma’lumki, kattalarga nisbatan bolalar farqli va o’xshashlik 

jihatlarni tezroq anglar ekanlar. Agarda maxsus  ehtiyojli bolalar normal 

rivojlanishdagi bolalar bilan birgalikda ta’lim tarbiya olsalar, bu barcha bolalarni 

nogironlarga nisbatan o’zlari singari bola ekanliklarni anglab, kasitmasliklarini 

ta’minlagan bo’lar edi.  

 


Yüklə 330,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin