Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi markaziy apparatining tarkibiy tuzilmalari va hududiy boʻlinmalaridagi vakant lavozimlarga nomzodlarni ishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom



Yüklə 69,72 Kb.
səhifə1/7
tarix24.12.2023
ölçüsü69,72 Kb.
#191705
  1   2   3   4   5   6   7
Танлов тартиби


Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi markaziy apparatining tarkibiy tuzilmalari va hududiy boʻlinmalaridagi vakant lavozimlarga nomzodlarni ishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi
NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil
3-oktabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasida kadrlar siyosati va davlat fuqarolik xizmati tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi
PF–5843-son Farmoni, Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi talablari asosida Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi markaziy apparatining tarkibiy tuzilmalari va hududiy boʻlinmalaridagi vakant lavozimlarga nomzodlarni ishga qabul qilish, jarayonida shaffoflikni taʼminlash, ilgʻor xalqaro standartlarga muvofiq maxsus elektron dastur asosida talabgor fuqarolar va tizimda faoliyat yuritayotgan xodimlarining barchasiga teng imkoniyatlardan foydalangan holda ularni saralab olish tartibini belgilaydi.
2. Mazkur Nizom talablari quyidagi lavozimlarga nisbatan tatbiq etilmaydi:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi nomenklaturasiga kiritilgan lavozimlar;
texnik va xizmat koʻrsatuvchi xodimlarni tanlab olishga;
Yoshlar ishlari agentligi direktori tomonidan oʻz tashabbusi bilan nomzodlarni lavozimga tayinlagan holatlarga.
3. Tanlov Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi (keyingi oʻrinlarda – Agentlik) markaziy apparatining tarkibiy tuzilmalari va hududiy boʻlinmalaridagi vakant lavozimlarga nomzodlarni ishga qabul qilish uchun tanlov asosida saralab olish malaka talablariga muvofiq, eng munosib nomzodni tanlash maqsadida oʻtkaziladi.
4. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
vakant lavozim – Agentlik tuzilmasida belgilangan, tegishli malakaga ega xodim qabul qilinishi mumkin boʻlgan maʼmuriy boshqaruv xodimlari toifasidagi boʻsh lavozim;

Yüklə 69,72 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin