O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha taraqqiyot strategiyasi va uning ahamiyati



Yüklə 0,93 Mb.
tarix16.12.2022
ölçüsü0,93 Mb.
#75562
O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo\'yicha taraqqiyot strategiyasi va uning ahamiyati


O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha taraqqiyot strategiyasi va uning ahamiyati
2021-yil 2016-yilga nisbatan Iqtisodiy ko‘rsatkichlar: YAIM 1,3 baravarga, sanoat 1,3 baravarga, qishloq xo‘jaligi 1,1 baravarga, xizmatlar 1,7 baravarga, eksport 1,4 baravarga va investitsiyalar 2,2 baravarga oshgan.
Ijtimoiy ko‘rsatkichlarga nazar tashlansa: o‘rtacha ish haqi 2,2 baravar oshdi, markazlashgan ichimlik suvi ta’minoti 61 % dan 70 %ga, MTM bilan qamrov 27 % dan 60 %gа hamda OTM bilan qamrov 9 % dan 28 %gа yetdi.
Infratuzilma ko‘rsatkichlari esa: yangidan qurilgan, rekonstruksiya qilingan va ta’mirlangan yo‘llar 51,2 min km, yangidan tortilgan va rekonstruksiya qilingan ichimlik suv tarmoqlari 18,8 min km, elektrlashtirilgan temir yo‘llari 658 km, dasturlar doirasida foydalanishga topshirilgan uy-joylar maydoni 11,2 mln kv m., yangidan ishga tushirilgan elektr quvvatlari 4,4 GVt va yangi qurilgan va ta’mirlangan ko‘priklar soni 849tani tashkil etmoqda.
2022–2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasining 33-maqsadi Hududlarni mutanosib rivojlantirish orqali hududiy iqtisodiyotni 1,4-1,6 baravarga oshirish bo‘lib, unga ko‘ra 8 ta yo‘nalishdagi ishlarni amalga oshirish ko‘zda tutilgan:
1) 14 ta hudud bo‘yicha tuman va shaharlar kesimida ishlab chiqilgan besh yillik hududiy dasturlarni amalga oshirish. Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish reyting ko‘rsatkichlari “qoniqarsiz” bo‘lgan shahar va tumanlar bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish va amalga oshirish.
2) Hududlarda aholining yashash sharoitini yaxshilash uchun urbanizasiya siyosatini yanada takomillashtirish. Samarqand va Namangan shaharlarini istiqbolda “millionlik shaharlar”ga aylantirish bo‘yicha choralar ko‘rish. 450 ming aholiga mo‘ljallangan Yangi Andijon shahrining dastlabki bir nechta mavzelarini qurib, foydalanishga topshirish. Qashqadaryo viloyatining urbanizasiya darajasini 50 foizga yetkazish.
3) Shaharlardagi aholining turmush tarzi qulayligini baholovchi “Shaharlar qulayligi” indeksini joriy etish.
4) Shaharlarni raqamlashtirish, qurilish va loyihalashtirish ishlari sifatini oshirish va “Aqlli shahar” konsepsiyasiga muvofiq rivojlantirish.
5) Toshkent shahrida barpo etilgan “INNO” innovasion o‘quv-ishlab chiqarish texnoparkini 4 ta xududda tashkil etish. Innovasion hududga aylantirilayotgan tumanlarda yuqori qo‘shilgan qiymat yaratadigan innovasion mahsulotlar ishlab chiqarish texnologiyalarini o‘zlashtirish.
6) Oliy ta'lim muassasalarida arxitektura-qurilish sohasida olib borilayotgan ilmiy izlanishlarni amaliyot bilan uyg‘unlashtirish.
7) Qurilish sohasini texnik tartibga solish. Aholi punktlarining shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish tizimini tubdan takomillashtirish va shaharsozlik hujjatlari bilan ta'minlash dasturini ishlab chiqib, amalga oshirish.
8) Aholini joylashtirishning bosh sxemasini ishlab chiqish. Renovasiya va uy-joylar dasturlari asosida shaharlarda eskirgan uylar o‘rniga 19 million kvadrat metrdan ortiq zamonaviy uy-joylarni barpo etish, 275 mingdan ziyod oilaning yangi massivlarga ko‘chib o‘tishi uchun sharoit yaratish.
Shuningdek, 2022–2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili”da amalga oshirishga oid “Davlat dasturi” doirasida amalga oshirilishi rejalashtirilgan vazifalar 13 ta. Bular:
1. 14 tа hudud bo‘yicha tuman va shaharlar kesimida ishlab chiqilgan besh yillik hududiy dasturlarni amalga oshirish.
2. Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish reyting ko‘rsatkichlari “qoniqarsiz” bo‘lgan shahar va tumanlar bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish va amalga oshirish.
3. Hududlarda aholining yashash sharoitini yaxshilash uchun urbanizatsiya siyosatini yanada takomillashtirish.
4. Samarqand va Namangan shaharlarini istiqbolda “millionlik shaharlari” ni shakllantirish bo‘yicha choralar ko‘rish
5. Qashqadaryo viloyati ning urbanizatsiya darajasini 50 foiz ga yetkazish.
6. Shaharlardagi aholining turmush tarzi qulayligini baholovchi “Shaharlar qulayligi” indeksini joriy etish.
7. Shaharlarni raqamlashtirish, qurilish va loyihalashtirish ishlari sifatini oshirish, shaharlarning “Aqlli shahar” konsepsiyasiga muvofiq rivojlantirish.
8. Toshkent shahrida barpo etilgan“INNO” ” innovatsion o‘quv-ishlab chiqarish texnoparkini 4 tа xududda tashkil etish.
9. Qurilishda texnik me’yorlash va standartlashtirish ilmiy-amaliy markazi ni tashkil etish.
10. Aholi punktlarining shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish tizimini tubdan takomillashtirish.
11. Shaharlar va qishloq aholi punktlarining shaharsozlik hujjatlari bilan ta’minlash dasturini ishlab chiqish.
12. Qurilish sohasini texnik tartibga solish.
13. Renovatsiya va uy-joylar dasturlari asosida shaharlarda eskirgan uylar o‘rniga 19 mln kvadrat metrdan ortiq zamonaviy uy-joylar ni barpo etish, 275 ming dan ziyod oilani yangi massivlarga ko‘chib o‘tishi uchun sharoit yaratish.
E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT
Yüklə 0,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin