O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tomonidan oliy ta’lim muassasalarida to‘lov- kontrakt asosida tahsil olayotgan, O‘zbekiston yoshlar ittifoqining faol


-bob. Moddiy qo‘llab-quvvatlanadigan da’vogar talabalarni saralash



Yüklə 129,53 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/7
tarix02.01.2022
ölçüsü129,53 Kb.
#40660
1   2   3   4   5   6   7
2961-1~1

3-bob. Moddiy qo‘llab-quvvatlanadigan da’vogar talabalarni saralash

7.  Har  yili  1-fevral  kunidan  kechikmagan  holda  Yoshlar  Kengashi  oliy  ta’lim  muassasasida  to‘lov-

kontrakt asosida tahsil olayotgan, O‘zbekiston yoshlar ittifoqining faol a’zosi bo‘lgan talabalarni moddiy qo‘llab-

quvvatlash bo‘yicha o‘z faoliyatini boshlashi lozim.

8.  Har  yili  10-fevral  kuniga  qadar  mazkur  Nizomning  2-bandida  ko‘zda  tutilgan  talabalar  Yoshlar

Kengashiga  Ittifoq  tomonidan  moddiy  qo‘llab-quvvatlash  ko‘rsatilishini  so‘rab  ariza  bilan  murojaat  qilish

huquqiga ega.

9.  Har  yili  10-fevraldan  15-fevralga  qadar  Yoshlar  Kengashi  da’vogar  talabalarning  arizalarini  ko‘rib

chiqadi hamda moddiy qo‘llab-quvvatlash uchun tavsiya etish bo‘yicha qaror qabul qiladi.

10.  Ittifoqning  Yoshlar  Kengashi  talabani  moddiy  qo‘llab-quvvatlashga  tavsiya  etish  yoki  rad  etish

huquqiga ega.

Da’vogar talabani moddiy qo‘llab-quvvatlash rad etilgan hollarda, Yoshlar Kengashining tegishli majlisi

bayonida uning sabablari ko‘rsatiladi.

11. Yoshlar Kengashining moddiy qo‘llab-quvvatlashga talabalarni tavsiya etish to‘g‘risidagi qarori joriy

o‘quv yili mobaynida haqiqiy hisoblanadi.

12.  Yoshlar  Kengashining  tegishli  majlisi  bayoni  nusxalari  uch  ish  kuni  mobaynida  oliy  ta’lim

muassasasiga va Ittifoqning Markaziy Kengashiga taqdim etiladi.

Ittifoqning  Markaziy  Kengashiga  yuboriladigan  majlis  bayonnomasining  nusxasiga  moddiy  yordam

ko‘rsatishga tavsiya etilgan talabalarning ro‘yxati ilova qilinadi.



01.02.2021

 2961-сон 10.01.2018. O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tomonidan oliy ta’lim muassasalarida to‘lov-kontrakt asosida tahsil olayotgan, O‘…

https://lex.uz/ru/docs/-3497684

3/3


Mazkur  Nizom  asosida  taqdim  etilgan  barcha  hujjatlarning  to‘g‘riligi  va  haqiqiyligi  uchun  oliy  ta’lim

muassasasi rektori (filial direktori) hamda Yoshlar Kengashi javobgar hisoblanadi.

13.  Ittifoqning  Markaziy  Kengashi  Yoshlar  Kengashlari  qarorlarini  tasdiqlash  to‘g‘risidagi  masalani

Yoshlar  Kengashining  tegishli  hujjatlar  taqdim  qilingandan  so‘ng,  o‘n  ish  kunidan  kechiktirmasdan  ko‘rib

chiqadi.

14.  Moddiy  qo‘llab-quvvatlash  jarayoni  Ittifoq  Markaziy  Kengashi  Ijroiya  qo‘mitasi  qarori  asosida

amalga oshiriladi.

15. Ittifoq Markaziy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi qarorining bir nusxasi uch ish kuni ichida tegishli oliy

ta’lim muassasasiga, yana bir nusxasi Yoshlar Kengashiga yuboriladi.

16.  Ittifoq  Markaziy  Kengashi  Ijroiya  qo‘mitasi  tomonidan  talabalarni  moddiy  qo‘llab-quvvatlash

to‘g‘risidagi qarori qabul qilingandan keyin besh bank kuni mobaynida, lekin yilning 1-martidan kechiktirilmay

oliy  ta’lim  muassasasining  budjetdan  tashqari  mablag‘lar  bo‘yicha  shaxsiy  g‘azna  hisobvaraqlariga  moddiy

yordam ko‘rsatish puli o‘tkaziladi.

17.  Ittifoqning  Markaziy  Kengashi  tomonidan  O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  va  o‘rta  maxsus  ta’lim

vazirligi  bilan  kelishilgan  holda  da’vogar  talabalarni  moddiy  qo‘llab-quvvatlashga  tavsiya  etish  bilan  bog‘liq

masalani ko‘rib chiqish muddatlariga o‘zgartirish kiritilishi mumkin.




Yüklə 129,53 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2022
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə