Oʻzbekistonda ham bir necha Mobil telefon kompaniyalari faoliyat koʻrsatmoqda. Ular eng keng tarqalgan zamonaviy Mobil telefon aloqa standartlari amps/ damps, gsm, cdma dan foydalanadi
Oʻzbekistonda ham bir necha Mobil telefon kompaniyalari faoliyat koʻrsatmoqda. Ular eng keng tarqalgan zamonaviy Mobil telefon aloqa standartlari — AMPS/ DAMPS, GSM, CDMA dan foydalanadi. Respublikada quyidagi bir necha Uyali telefon kompaniyalari faoliyat yuritadi: "Oʻzdunrobita" Oʻzbekiston — Amerika QK (1992-yilda ishga tushgan; Oʻzbekistondagi 1000 dan ortiq shahar va aholi yashash punktlarini ishonchli Uyali telefon aloqasi bilan taʼminlagan); BUZTEL GSM (Bakri Oʻzbekiston telekom) kompaniyasini Indoneziyaning "Bakri kommyunikeyshn" kompaniyasi 1996-yilda taʼsis qilgan (eng arzon tarifli kompaniya); COSCOM kompaniyasi Oʻzbekiston — Amerika QK (1997-yilda ishga tushgan; Oʻzbekistonda GSM tarmoqlari eng keng tarqalgan); "Oʻzmakom" kompaniyasi (Malayziyaning "Superior Kommyunikeyshne" kompaniyasi va Oʻzbekiston Respublikasi ishtirokida 1996-yilda tashkil qilingan; asosan, Toshkent shahri va unga yaqin hududlarga xizmat koʻrsatadi); Koreyaning "Daewoo Unitel" kompaniyasi (1997-yilda ishga tushgan, Oʻzbekistonning barcha hududlariga xizmat koʻrsatadi), RWC (Rubicon Wireless Communications) Oʻzbekiston — Amerika qoʻshma korxonasi (1997-yilda ishga tushgan, Toshkent shahri va Toshkent viloyati hududida xizmat koʻrsatish doiralarini borgan sari kengaytirib boriladi). Oʻzbekistonda Mobil telefon xizmatiga ehtiyoj koʻpayayotganligi uchun yana boshqa yangi kompaniyalar tuziladi.