Международный научный журнал № 4 (100), часть 2
«Научный импульс» Ноябрь, 202
1842
O’ZBEKISTONDA INFLATSIYA DARAJASI VA UNGA QARSHI CHORALAR
Xolmatov Ortiqjon Jo’rabek o’g’li
Shukurov Alisher Abdusamat o’g’li
Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti
Talabalari
Annotatsiya:
O’zbekistonda inflatsiya darajasi. Ushbu jarayonga qarshi choralar.
Kalit so’zlar:
Milliy valyuta va jahon valyutasi,foiz,inflatsiya darajasi
Hozirgi kunda Respublikamizda inflatsiya darajasi yuz beratoyganligi sababli Markaziy
bank asosiy stavkani yillik 15% darajasida saqlab qolish bo’yicha qaror qabul qildi.
2023-yil inflyatsiya darajasi 8,5−9,5 foizgacha pasayishi prognoz qilinmoqda —
Markaziy bank
Yil yakuni bo‘yicha esa 12−12,5% atrofida shakllanadi. Bu esa, iste’molda import
ulushi yuqori bo‘lgan va inflyatsion kutilmalari valyuta kursiga ta’sirchan davlatlarda
inflyatsion jarayonlarning yanada tezlashishiga olib kelmoqda.
Tashqi
vaziyat
va
savdo
hamkorlardagi
o‘zgarishlarga
tashqi
iqtisodiy
munosabatlarning moslashib borishi hisobiga mamlakatga valyuta oqimlari hajmida ijobiy
tendentsiyalar kuzatilmoqda.
Jumladan, 9 oyda oltinsiz eksport hajmi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 23,6%ga
ortib — $11,1 mlrd.ni tashkil etdi.
Pul-kredit sharoitlari
Joriy yilning o‘tgan davrida aholining milliy valyutadagi muddatli depozitlari 1,5
barobarga oshdi.
Inflyatsiya va inflyatsion kutilmalar darajasida ijobiy o‘zgarishlar
sezila boshlagan
bo‘lsa ham, tashqi xatarlar va noaniqliklar yuqoriligicha saqlanib qolayotganligi, pul-kredit
sharoitlarini o‘zgartirishda ehtiyotkorona yondashuvni kelgusida ham saqlab qolishni talab
etadi.
Regulyatorda qayd etilishicha, tashqi va ichki iqtisodiy sharoitlar ta’sirida yuzaga
keladigan inflyatsion omillar va xatarlar sinchkovlik bilan o‘rganilib,
ularni bartaraf etish
bo‘yicha tegishli choralar ko‘rib boriladi.
Asosiy stavkani ko‘rib chiqish bo‘yicha Markaziy bank boshqaruvining navbatdagi
yig‘ilishi 15 dekabrga belgilangan.
Markaziy bank asosiy stavkani yillik 15% darajasida saqlab qolish bo‘yicha qaror qabul
qilindi.
Bu yil oxirigacha quyidagilar ta’siri bilan bog‘liq inflyatsion xatarlar saqlanib
qolayotgani sababli o‘zgarishsiz qoldirildi:
• tashqi iqtisodiy muhitdagi
noaniqliklar;
• global inflyatsion jarayonlar;
Международный научный журнал № 4 (100), часть 2
«Научный импульс» Ноябрь, 202
1843
• yuqori ichki iqtisodiy faollik;
• mavsumiylikning iste’mol narxlariga oshiruvchi ta’siri.
Inflyatsiya va inflyatsion kutilmalar
Tashqi va ichki omillarlarning turli xil ko‘lamdagi ta’sirlari
sentabr oyida yillik
inflyatsiyani 12,2%ga teng bo‘lishiga sabab bo‘ldi.
Aprel-sentabr oylarida iste’mol savatidagi aksariyat tovar va xizmatlarning
narxlarida sezilarli o‘sish kuzatilgan.
Avgust oyidan boshlab bazaviy inflyatsiya ko‘rsatkichi umumiy inflyatsiyadan
yuqoriroq shakllana boshladi va sentabr oyida yillik 12,7%gacha tezlashdi.
Bazaviy inflyatsiyaning oshishiga bir tomondan import inflyatsiyasi ta’sir
ko‘rsatayotgan bo‘lsa,
ikkinchi tomondan, o‘tgan davrda shakllangan yuqori yalpi ichki
talab sezilarli bosim yaratmoqda.
O‘tgan oyda aholining inflyatsion kutilmalari 15,2% va tadbirkorlar kutilmalari 13,8%
doirasida shakllandi.
Mavjud inflyatsion jarayonlar,
pul-kredit sharoitlari, import inflyatsiyasi ta’sirining
saqlanib qolayotganligi va yuqori noaniqliklar sharoitida yil yakuni bo‘yicha inflyatsiya
darajasi 12−12,5% atrofida shakllanishi hamda 2023-yil uchun esa bazaviy ssenariy
doirasida 8,5−9,5%gacha pasayishi prognoz qilinmoqda.