O`zbekistonda shaxs erkinligi, inson huquqlarining muhofazasi va kafolatlanishi.
O`zbekistonda yangi davr demokratiyasi – demokratik jarayonlarning chuqurlashtirishning asosiy sharti
Mustaqil davlatda inson shaxsiy huquq va erkinliklari tizimida tub islohotlar.
O`zbekiston tarixining mustaqillik yillari avvalgi davrdan farkli o`laroq aynan istiqlol tufayli yurtimizda inson xuquqlari va erkinliklari kafolati uchun zarur shartsharoitlar yaratilgani bilan alohida ajralib turadi.
Avvalo shuni aytish kerakki, bu O`zbekiston Konstitutsiyasida o`z ifodasini topdi. Unda eng oliy qadriyat sifatida davlat va ijtimoiy tizim emas, balki inson huquqi kafolatlab qo`yildi. Konstitutsiyaning 13 moddasida «Uzbekiston Respublikasida demokratiya umuminsoniy prinsiplarga asoslanadi, ularga ko`ra inson, uning hayoti, erkinligi, sha`ni, qadrqimmati va boshqa daxlsiz huquqlari oliy qadriyat hisoblanadi», deb belgilab quyildi.
Shuningdek, Konstitutsiyaning ikkinchi bo`limi «Inson va fuqarolarning asosiy huquqlari, erkinliklari va burchlari» deb atalishining o`zi Asosiy qonunning insonparvarligini ko`rsatadi. Uning har bir moddasida fuqarolikka ega bo`lish va uni yo`qotish asoslari, shaxsiy huquq va erkinliklar fuqarolarning siyesiy huquqyaari, ularning kafolatlanishi o`z ifodasini topgan.
O`zbekiston Respublikasi hududida istiqomat qiluvchi fuqarolar hayotning barcha sohalarida iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy, madaniy, huquqiy va boshqa munosabatlarda birbirlari bilan teng huquqqa ega bo`ldilar.
Ayrim shaxslarning foydalanishi lozim bo`lgan imkoniyatlar qonunda belgilanib, ular faqat ijtimoiy adolat prinsiplari asosida bo`lishi ko`rsatib quyildi.
Ayniqsa fuqarolarning istagan dinga e`tiqod qilishi yeki qilmasligi qonun bilan kafolatlanib, o`zlarining ixtiyoriga berilgan bo`lib, bu xuquqparning amalta oshirilishi meyoriy qonunlar bilan mustahkamlandi. Jumladan, fuqarolarning dinga munosabati O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to`g`risida»gi (1998 y.) qonun bilan tartibga solindi, hamda ularning daxlsizligi ta`minlanmokda.
Istiklol yillaridagi katta yutuqlardan biri shundaki, O`zbekistonda shaxs erkinligi, inson xukuqlarining muxofazasi va kafolati, e`tiqod, meqnat va kasbni erkin tanlash huquqi, ta`lim olish, ijtimoiy muhofaza va boshqa imkoniyatlar qonun bilan himoya qilinadigan bo`ldi. Bu borada shuni ta`kidlash joizki, hozirgi qiyin va ziddiyatli bir paytda mamlakatimizning turdi sarhadlariga yaqin joylarda urushlar ro`y berib, qon to`kilib, begunoh odamlar qurbon bo`lib,isarsonsargardon kishilar ko`payib borayotgan bir sharoitda O`zbekistonda inson uchun eng oliy ne`mat yashash huquqi va osoyishta hayot kechirish huquqi tula ta`min etildi. Bir so`z bilan aytganda xuddi ana shu murakkab yillarda O`zbekistonda umuminsoniy qadriyatlarning ustivorligi yanada mustahkamlanib, yangi demokratik jarayonlar odamlar ongi va qalbi orqali o`tkazilib, hayotga tobora chuqurroq kirib bora boshladi.
O`zbekistonda mustaqil davlatchilikning jahon andozalariga mos keladigan, eng ilg`or tajribalar asosida vujudga kelgan zamonaviy usullar joriy qilina boshlandi. Inson xuquklari va erkinliklari ustivorligini ta`minlashning huquqiy asoslari yaratilishiga kirishildi. Xalqaro miqyosda qabul qilingan tamoyillarga asoslanib faoliyat ko`rsatadigan yangidan yangi huquqiy muassasalar tashkil etildi.
Istiqlol yillarida fuqarolarning huquklarini aks ettiruvchi, himoya qiluvchi, ularning turli sohalardagi faoliyatini tartibga soluvchi 300 dan ortiq qonun va Parlamentning Qonunga tenglashtirilgan qarorlari tizimi vujudga keldi. Bir yarim mingdan ortiq Prezident farmoni va Vazirlar Mahkamasining qarori qabul qilinganligi ayni ana shu tarixan juda qisqa davrda amalga oshirilgan ishlar ko`lamini ko`rsatadi. Ularning aksariyati fuqarolar haqhuquqini muxofaza qilish, bozor munosabatlarini chuqurlashtirish va to`la qaror toptirish asosida fuqarolarning ijtimoiy, iqtisodiy, huquqiy va siyosiy himoyalashni ta`minlashga qaratilgandir. Endi qamma gap ana shu qonunlar, qarorlar, farmon va farmoyishlarning hayotga to`la tadbiq etilishiga, ularning og`ishmay amalga oshirishga qolgan. Bu fuqarolar turli tabaqasi ma`naviyaxloqiy yetuklik darajasidan tortib, ularning tub islohotlar moxiyatini chuqur anglashi, yangilanayotgan jamiyat tamoyillarini o`zlashtirish va keng miqyosli siyosiy tayyorgarligiga bog`liq bo`lgan uzoq muddatli jarayondir.
O`zbekiston mustaqillikka erishgandan so`ng inson huqukdari bo`yicha rivojlangan demokratik mamlakatlar qo`llayotgan tamoyillarga sodiqligini namoyish etib kelmoqda.
Respublikada mustaqillik yillarida inson xuquqi va erkinliklariga doir bir qator xalqaro hujjatlar tan olindi va ular xalq orasida targib qilina boshlandi. «Inson huquqlari umumjahon Deklaratsiyasi», «Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar to`rrisida Xalqaro Pakt», «Fuqarolik va siyosiy huquklar to`g`risida Xalqaro Pakt va fakultativ Bayonnoma» shular jumlasidandir. Ular hozirgi zamon jahon davlatchiligini va jamiyatni demokratlashtirish jarayonida inson huquqlarini mustahkamlashning asosi bo`lib xizmat qilmoqda.
Ayni choqda O`zbekiston inson huquqlariga oid 30 dan ortiq asosiy pakt va Konversiyasiga qo`shilgan. Bu borada shuni aytish kerakki, O`zbekiston 1996 yilning aprel oyida BMT komissiyasiga siyosiy va inson huquklari bo`yicha Xalqaro Pakt normalarini bajarish borasida milliy ma`ruza matnini taqdim etdi.
O`zbekistonda yashayotgan har bir fuqaro jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda bevosita yoki o`z vakillarini saylash, o`zinio`zi boshqarish asosida, referendumlar o`tkazish kabi demokratik xuquqiy institutlar orqali qatnashadi. U o`z siyosiy huquklarini kasaba uyushmalariga, siyosiy partiyalarga, boshqa jamoat va ommaviy tashkilotlarda real ishtirok etish yo`li bilan amalga oshirishi mumkin. Shuning uchun ham «Inson huquq.lari umumjahon Deklaratsiyasi» va boshqa jahon miqyosida tan olingan xalqaro huquqiy hujjatlardan kelib chiqib, ton Respublikasi Milliy Markazini tuzish to`grisida» qabul qilingan Farmon ana shu yo`lda qo`yilgan yana bir muhim qadamdir. Ushbu Farmon inson huqulari va erkinliklarini muhofaza etishning ta`sirchan vositasini barpo etishga, respublika fuqarolarida huquqiy madaniyatni shakllantirishga xizmat qiladi. Xuquqiy madaniyatning yuqori darajada bo`lishi esa huquqiy demokratik davlatning noyob xususiyatidir.
Inson huquqlari bo`yicha O`zbekiston Respublikasi Milliy Markazining maqsadi va vazifalari ushbu farmonda aniq belgilangan. Jumladan,
milliy harakat rejasini. shuningdek, Konstitutsiya, Qonunlar va inson huquqlari sohasidagi umume`tirof etilgan xalqaro huquq meyorlari qoidalarini amalga oshirish strategiyasini ishlab chiqish;
inson huquqlari sohasida O`zbekiston Respublikasining xalqaro va milliy tashkilotlar bilan hamkorligini rivojlantirish ana shunday vazifalarning muhimidir.
O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996 yil, 13 noyabrdagi qarori bilan tasdiqlangan Nizomga ko`ra Milliy markaz tahliliy, tavsiyalar beruvchi, muassasalararo muvofiqlashtiruvchi davlat organi bo`lib, inson huquklari sohasidagi halqaro huquqning umum e`tirof etilgan tamoyillari va meyorlari, Uzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, Prezident farmonlari qoidalariga amal qilinishi yuzasidan davlat siyosatini amalga oshirmoqda. Shu bilan birga Markaz o`quvma`rifiy va targibot, taxliliy, fuqarolar murojaatlarini ko`rib chiqish yo`nalishlari bo`yicha ish olib bormoqda.
Masalan, o`quv ma`rifiy yo`nalish bo`yicha 19971998 yillar mobaynida 20 dan ortiq risola nashr etildi. Ommaviy axborot vositalarida maqolalar chop etildi. Televideniyeda kursatuvlar tayyorlandi. Inson huquqlarini himoyalashning turli yo`nalishlari bo`yicha xalqaro va milliy miqyosda o`quv dasturlari, seminarlar, anjumanlar, ma`ruza kurslari va o`quv safarlari tashkillashtiriladi. Konrad Adenauer jamg`armasi va BMT Taraqqiyot Dasturi bilan xamkorlikda huquqni muhofaza etish idoralari xodimlari uchun Andijon, Fargona, Buxoro, Samarqand, Navoiy, Jizzax, Namangan shaxarlarida ixtisoslashgan o`quv seminarlari o`tkazildi.
Tahliliy yo`nalish bo`yicha milliy markaz Oliy Majlis muhokamasiga qo`yib kelinayotgan inson huquklari himoyasiga aloqador barcha qonun hujjatlarining muhokamasida faol qatnashmoqda, mazkur qonun loyihalarining ochiq muhokamasini tashkillashtirmoqsa. Jumladan, «Oliy Majlisning Inson xuquqlari bo`yicha Vakili (ombudsman) to`g`risidagi», «Ommaviy axborot vositalari to`g`risidagi», «Jurnalistning kasbiy faoliyatiga doir faoliyatini himoya qilish to`rrisida», «Axborot olish erkinligi kafolatlari to`g`risida», «Ta`lim to`g`risida» va boshqa bir qator qonunlarni muhokama qilish bo`yicha ilmiyamaliy anjumanlar o`tkazildi. Bundan tashqari Milliy markaz Oliy Majlis muhokamasiga kiritilayotgan turli qonunlar bo`yicha, O`zbekiston Respublikasi qo`shilishi lozim bo`lgan xalqaro shartnomalar bo`yicha muntazam o`zining xulosalarini berib bormokda.
Fuqarolarni qabul qilish masalasida ham izchil ish olib bormokda.
Shu bilan birga, inson huquqlari bo`yicha O`zbekiston Respublikasi Milliy Markazining tashkil topishi O`zbekistonda inson, uning hayoti, erkinligi, sha`ni, qadrqimmati va boshqa daxlsiz huquqlari oliy qadriyat hisoblanishining yana bir bor yorqin dalilidir. Bularning barchasi masalaning oliy davlat ahamiyatiga ega ekanligini, mazkur sohaga shaxsan Prezidentning o`zi e`tibor bilan qarayotganini ko`rsatadi. Inson huquqlarini himoya qilish hali tajribamizda bo`lmagan hodisa, biz uchun bu yangilik sifatida endigina turmush tarzimizga kirib kelayotgani tufayli unga davlatning o`zi tashabbuskor va rahnamo bo`layotir. Bu mamlakatimizda goyat insonparvar siyosat mavjudligining natijasidir. Bu esa, O`zbekistonda insonning tabiat gultoji, olam sarvari sifatida e`zozlanadigan jamiyat shakllanayotganidan dalolatdir.
Inson huquqlari va erkinliklarini ta`minlashga qaratilgan choratadbirlar orasida 1997 yil aprelda «Oliy Majlisning inson huquqlari bo`yicha vakili (ombudsman) to`grisida»gi O`zbekiston Respublikasi qonunining qabul qilinishi alohida aqamiyatga ega.
Shuni aloqida ta`kidlash kerakki, mazkur institut sobiq ittifoq tarkibidan ajralib chiqqan mamlakatlarning ko`pchiligida, xususan, Markaziy Osiyo davlatlarida inson huquqlarini himoya qilishning bunday dunyoviy shakli mavjud emas. Mazkur sohada O`zbekiston o`z «ittifokdosh»laridan ancha ilgarilab ketdi, desak xato bo`lmaydi. Ushbu qonunda shunday satrlar bor: «Oliy Majlisning inson huquqlari bo`yicha vakili (ombudsman) mansabdor shaxslar, tashkilotlar va davlat organlarining inson huquqi, erki va qonuniy manfaatlarini davlat tomonidan qimoya qilinishini ta`minlashga ko`maklashish maqsadida faoliyat ko`rsatadi».
Ayni choqda istiqlolga erishilgandan so`ng mamlakatda inson huquqlari va erkinliklariny kafolatlashga qaratilgan qator amaliy tadbirlar ham o`tkazildi. Jumladan, 1996 yil may oyida «Fuqarolarni huquqiy himoya qilish va aholining huquqiy madaniyatini kjsaltirish» mavzusiga bagishlangan respublika huquqshunoslari konferensiyasi bo`ldi. Unda qator dolzarb masalalar muhokama qilindi, tajribalar umumlashtirildi, 19961997 yillarga mo`ljallangan Dastur va tadbirlar rejasi, 1997 yil avgustida esa «Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish milliy Dasturi» qabul qilindi.
O`zbekiston tarixining mustaqillik yillari avvalgi davrdan farkli o`laroq aynan istiqlol tufayli yurtimizda inson xuquqlari va erkinliklari kafolati uchun zarur shartsharoitlar yaratilgani bilan alohida ajralib turadi.
Avvalo shuni aytish kerakki, bu O`zbekiston Konstitutsiyasida o`z ifodasini topdi. Unda eng oliy qadriyat sifatida davlat va ijtimoiy tizim emas, balki inson huquqi kafolatlab qo`yildi. Konstitutsiyaning 13 moddasida «Uzbekiston Respublikasida demokratiya umuminsoniy prinsiplarga asoslanadi, ularga ko`ra inson, uning hayoti, erkinligi, sha`ni, qadrqimmati va boshqa daxlsiz huquqlari oliy qadriyat hisoblanadi», deb belgilab quyildi.
Shuningdek, Konstitutsiyaning ikkinchi bo`limi «Inson va fuqarolarning asosiy huquqlari, erkinliklari va burchlari» deb atalishining o`zi Asosiy qonunning insonparvarligini ko`rsatadi. Uning har bir moddasida fuqarolikka ega bo`lish va uni yo`qotish asoslari, shaxsiy huquq va erkinliklar fuqarolarning siyesiy huquqyaari, ularning kafolatlanishi o`z ifodasini topgan.
O`zbekiston Respublikasi hududida istiqomat qiluvchi fuqarolar hayotning barcha sohalarida iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy, madaniy, huquqiy va boshqa munosabatlarda birbirlari bilan teng huquqqa ega bo`ldilar.
Ayrim shaxslarning foydalanishi lozim bo`lgan imkoniyatlar qonunda belgilanib, ular faqat ijtimoiy adolat prinsiplari asosida bo`lishi ko`rsatib quyildi.
Ayniqsa fuqarolarning istagan dinga e`tiqod qilishi yeki qilmasligi qonun bilan kafolatlanib, o`zlarining ixtiyoriga berilgan bo`lib, bu xuquqparning amalta oshirilishi meyoriy qonunlar bilan mustahkamlandi. Jumladan, fuqarolarning dinga munosabati O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to`g`risida»gi (1998 y.) qonun bilan tartibga solindi, hamda ularning daxlsizligi ta`minlanmokda.
Istiklol yillaridagi katta yutuqlardan biri shundaki, O`zbekistonda shaxs erkinligi, inson xukuqlarining muxofazasi va kafolati, e`tiqod, meqnat va kasbni erkin tanlash huquqi, ta`lim olish, ijtimoiy muhofaza va boshqa imkoniyatlar qonun bilan himoya qilinadigan bo`ldi. Bu borada shuni ta`kidlash joizki, hozirgi qiyin va ziddiyatli bir paytda mamlakatimizning turdi sarhadlariga yaqin joylarda urushlar ro`y berib, qon to`kilib, begunoh odamlar qurbon bo`lib,isarsonsargardon kishilar ko`payib borayotgan bir sharoitda O`zbekistonda inson uchun eng oliy ne`mat yashash huquqi va osoyishta hayot kechirish huquqi tula ta`min etildi. Bir so`z bilan aytganda xuddi ana shu murakkab yillarda O`zbekistonda umuminsoniy qadriyatlarning ustivorligi yanada mustahkamlanib, yangi demokratik jarayonlar odamlar ongi va qalbi orqali o`tkazilib, hayotga tobora chuqurroq kirib bora boshladi.
Yangi O‘zbekistonda erkin fuqarolik jamiyati barpo etish va insonparvar demokratik huquqiy davlat qurish yo‘lida keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Yangi O‘zbekistonni bunyod etish yo’lida amalga oshirilayotgan islohotlarning maqsadi - “Inson qadri uchun” hamda “Davlat-inson uchun” tamoyillarini real hayotimizga joriy etishdir. Bu masalada qonunchilikka kiritilayotgan yangiliklar, o’zgartirish va qo’shimchalar demokratik jarayonlarning mustahkam huquqiy asosini yaratmoqda. Ushbu islohotlardan ko‘zlangan asosiy maqsad inson, uning huquq va manfaatlarini ta’minlashdir. Konstitutsiyamiz va qonunlarimizda belgilangan inson huquqlariga oid demokratik qoida va normalar amalda ishlay boshladi. Insonni ulug‘lash, uning huquq va qonuniy manfaatlarini ifoda etish hamda har tomonlama kamol toptirish Konstitusiyaning asosiy g‘oyasiga
aylantirilgan.O`zbekiston tarixining mustaqillik yillari avvalgi davrdan farqli o`laroq aynan istiqlol tufayli yurtimizda inson huquqlari va erkinliklari kafolati uchun zarur shart sharoitlar yaratilgani bilan alohida ajralib turadi. Avvalo shuni aytish kerakki, bu O`zbekiston Konstitutsiyasida o`z ifodasini topdi. Unda eng oliy qadriyat sifatida davlat va ijtimoiy tizim emas, balki inson huquqi kafolatlab qo`yildi. Konstitutsiyaning 13-moddasida «O’zbekiston Respublikasida demokratiya umuminsoniy prinsiplarga asoslanadi, ularga ko`ra inson, uning hayoti, erkinligi, sha`ni, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari oliy qadriyat hisoblanadi», deb belgilab qo’yilgan. Shaxsning sha’ni va qadr-qimmati, uning hayoti va sog‘lig‘i yoki shaxsiy erkinligi takrorlanmaydigan boylikdir. Konstitusiyamizning 26-moddasida, hech kim qiynoqqa solinishi, zo‘ravonlikka, shafqatsiz yoki inson qadr-qimmatini kamsituvchi boshqa tarzdagi tazyiqqa duchor etilishi mumkin emasligi belgilab qo‘yilgan. Shuningdek, Konstitutsiyaning ikkinchi bo`limi «Inson va fuqarolarning asosiy huquqlari, erkinliklari va burchlari» deb atalishining o`zi asosiy qonunning insonparvarligini ko`rsatadi. Uning har bir moddasida fuqarolikka ega bo`lish va uni yo`qotish asoslari, shaxsiy huquq va erkinliklar fuqarolarning siyosiy huquqlari, ularning kafolatlanishi o`z ifodasini topgan. O`zbekiston Respublikasi hududida istiqomat qiluvchi fuqarolar hayotning barcha sohalarida iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy, madaniy, huquqiy va boshqa munosabatlarda bir birlari bilan teng huquqqa ega bo`ldilar. Istiqlol yillaridagi katta yutuqlardan biri shundaki, O`zbekistonda shaxs erkinligi, inson huquqlarining muhofazasi va kafolati, e`tiqod, meqnat va kasbni erkin tanlash huquqi, ta`lim olish, ijtimoiy muhofaza va boshqa imkoniyatlar qonun bilan himoya qilinadigan bo`ldi. Davlatimiz rahbarining Oliy Majlisga Murojaatnomasida qayd etilganidek, mamlakatimizdagi keng koʻlamli islohotlarning samarasini har bir inson oʻz hayotida his etishi uchun qabul qilinayotgan hujjatlar ijrosini oʻz vaqtida va samarali taʼminlash, jamiyatimizning boshqa sohalari kabi inson huquqlari muhofazasiga yoʻnaltirilgan chora-tadbirlarni ham zamon talabidan kelib chiqib tubdan takomillashtirish bugungi kunning muhim talabidir. Bu vazifa Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakili - ombudsman zimmasiga ham alohida masʼuliyat yuklaydi. Davlatimiz rahbarining 2020-yil 22-iyunda qabul qilingan “Inson huquqlari bo'yicha O'zbekiston Respublikasining Milliy strategiyasini tasdiqlash to'g'risida”gi farmoni bu sohadagi ishlarni yangi bosqichga ko'tarmoqda. Mazkur farmon asosida milliy strategiya va uni amalga oshirish bo'yicha “Yo'l xaritasi” tasdiqlandi. Mamlakatimizda inson huquqlarini himoya qilish, so'z erkinligini ta'minlash borasida muhim chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Masalan, jinoyat sodir etgan shaxslarni afv etish bo'yicha oxirgi yillarda 13 ta farmon qabul qilinib, 4 mingdan ziyod shaxs jazoni o'tash joyidan ozod qilindi. Ozodlikdan mahrum etilgan shaxslarga pensiya va ijtimoiy sug'urta to'lash tartibi birinchi marta amaliyotga kiritildi. 2019-yili Jasliq qo'rg'onidagi jazoni ijro etish koloniyasining yopilgani davlatimizda amalga oshirilayotgan insonparvarlik siyosatining yanada yorqin ifodasi bo'ldi.
O‘zbekiston inson huquqlari bo‘yicha 70 ta asosiy hujjatga qo‘shilgan, BMT tomonidan qabul qilingan 10 ta xalqaro shartnomaning bevosita ishtirokchisidir. Mamlakatimiz 2020-yilda BMTning Inson huquqlari bo’yicha kengashiga a’zo etib saylandi. O’zbekiston Prezidenti 2021-yil 5-iyul kuni yangi tahrirdagi “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to’g’risida”gi qonunni imzoladi. Inson huquqlari bo’yicha xalqaro standartlar bilan kafolatlangan, diniy sohada umume’tirof etilgan huquq va erkinliklar, urf-odat va an’analarni hurmat qilinishi hamda to’liq ta’minlanishini kafolatlanishi bilan muhim ahamiyatga ega. Xulosa. Inson huquqlari - bu butun insoniyatning intilishlari, orzu-umidlarini o‘ziga jamlagan keng qamrovli tushunchadir. Inson huquqlari - bu hozirgi taraqqiyotning asosi va davr talabidir. Inson huquqlari - bu demokratik huquqiy davlatning eng muhim belgisidir. Inson huquqlari har bir davlatning demokratik taraqqiyoti darajasini ko‘rsatuvchi muhim mezondir. Shuning uchun ham inson huquqlari xalqaro huquqda va milliy huquqiy tizimda muhim o‘rin tutadi.
Rivojlanishning yangi bosqichini va 2018 yilda O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotini belgilab bergan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga Murojaatnomasida davlat xizmatlarini bevosita quyi bo‘g‘inlarda ko‘rsatish, mahalliy hokimiyat idoralari uchun moliyaviy va boshqa imkoniyatlarni kengaytirish zarurati, mavjud tartib-taomillarni optimallashtirish va soddalashtirish, boshqaruvning innovatsion shakllarini joriy etish lozimligi alohida ta’kidlangan edi.
“Rekruting faoliyati to‘g‘risida”gi qonun loyihasi deputatlar tomonidan birinchi o‘qishda ko‘rib chiqildi.
Ushbu qonun loyihasi O‘zbekistonning qonunchilik amaliyotida birinchi marta, Xalqaro mehnat tashkilotining Xususiy bandlik agentliklari to‘g‘risidagi Konvensiyasi xalqaro standartlarini va rekruting faoliyatini tashkil etish hamda rivojlantirishning xorijiy tajribasini hisobga olgan holda, 2017 — 2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasiga muvofiq ishlab chiqilgan.
Qayd etib o‘tilganidek, qonun loyihasida rekruting agentliklari xizmatlarining asosiy turlari ifodalangan bo‘lib, ish qidirayotgan shaxslarga O‘zbekiston Respublikasi hududida maqbul ish tanlash, ish beruvchilar uchun kadrlar tanlash, chet elda ish qidirayotgan shaxslarni ishga joylashtirish, mehnat bozorida axborot va maslahat xizmatlari ko‘rsatish shular jumlasiga kiradi. Shuningdek, rekruting xizmatlari ko‘rsatish shartnomalariga doir majburiy talablarni belgilovchi normalar mavjud, rekruting faoliyati sohasida vakolatli davlat organi hisoblanadigan O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining maqomi hamda vazifalari belgilangan.
Qonunning qabul qilinishi O‘zbekiston aholisini ham mamlakat korxonalarida, ham chet elda ish bilan ta’minlash imkoniyatlarini jiddiy ravishda ko‘paytirish va kengaytirish, davlat xizmatlari va xususiy sektor tomonidan bandlikka ko‘maklashish mexanizmlarini aniq tartibga solish imkonini berishi deputatlar tomonidan qayd etildi. Shu bilan birga, deputatlar ta’kidlaganlaridek, ish bilan ta’minlashga doir xizmatlar ko‘rsatish tartibi va shart-sharoitlarini belgilash, shu jumladan, rekruting agentliklarining, korxonalar hamda ish qidirayotgan shaxslarning huquq va majburiyatlarini belgilash birinchi darajali ahamiyatga egadir.
So‘ngra O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholiga davlat xizmatlari ko‘rsatishning milliy tizimini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni hamda “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida ishlab chiqilgan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi muhokama qilindi.
Farmonning 4-bandiga asosan, 2018 yil 1 yanvardan Tadbirkorlik sub’ektlariga “yagona darcha” tamoyili bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatish yagona markazlari Davlat xizmatlari markazlariga aylantirilgan. Shundan kelib chiqqan holda, “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”gi hamda “Raqobat to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlarining bir qator moddalariga tegishli o‘zgartishlar kiritilmoqda.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilmoqda. Chunonchi, Kodeks davlat xizmatlari ko‘rsatish sohasidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi modda bilan to‘ldirilmoqda. Ushbu modda davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan davlat xizmatlari ko‘rsatishning qonun hujjatlarida belgilangan tartibi buzilgan, shu jumladan, elektron hujjatni, so‘rovni, arizachi nomidan murojaatni qabul qilish rad etilgan taqdirda, mansabdor shaxslar va xizmatchilarga eng kam ish haqining o‘n baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga asos bo‘ladi.
Shundan so‘ng O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 18 dekabrda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining rivojlanish davlat dasturlarini shakllantirish va moliyalashtirishning yangi tartibini joriy etish to‘g‘risida”gi qaroridan kelib chiqqan holda “Investitsiya faoliyati to‘g‘risida”gi Qonunga, O‘zbekiston Respublikasining Soliq, Byudjet, Bojxona kodekslariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritishni nazarda tutuvchi qonun loyihasi ko‘rib chiqildi.
Deputatlar mazkur qonun qabul qilinishi bilan amaldagi qonun hujjatlarining mamlakatning rivojlanish davlat dasturlarini shakllantirish va moliyalashtirishning yangi tartibiga muvofiqligi ta’minlanishini alohida ta’kidladilar.
Majlisda parlament Qonunchilik palatasining vakolatlariga taalluqli boshqa masalalar ham muhokama qilindi.
Inson huquqi — shaxsning hayotiy ehtiyoji, yashashi, komil topishi uning jamiyat, davlat va boshqa shaxslar bilan aloqasi uchun zarur boʻlgan xususiyatlari.
Inson huquqlari va erkinliklari tizimi oʻz yaralish ibtidosi va rivojlanish mantiqiga ega. Adabiyotlarda „inson huquqlarining uch avlod“ bosqichi haqida koʻrsatilgan.
Ular quyidagilardan iborat.
Inson huquqlarining „birinchi avlodi“ — fuqarolik va siyosiy huquqlar hisoblanadi.
Inson huquqlarining „ikkinchi avlodi“ — bir qator obʼektiv va subʼektiv omillar taʼsiri ostida shakllandi. XIX asr oxiri XX asr boshlarida sanoati rivojlangan koʻpgina mamlakatlarda iqtisodiyot sohasida sezilarli siljishlar roʻy berdi.
Nihoyat, inson huquqlarining „uchinchi avlodi“ — „hamjihatlik huquqlari“ deb atalib, ular davlatlardan ustun turuvchi va kollektiv xarakterga ega. Umumiy eʼtirof etilgan qoidaga koʻra bu huquqlar: tinchlikka boʻlgan huquq, bexavotir tabiiy atrof muhitga boʻlgan huquq, insonniyatning iqtisodiy va madaniy merosidan foydalanish huquqi va boshqalar.
Insonning oʻz erkinlaiklari, huquqlari va manfaatlari uchun davom etgan uzoq kurashi umuminsoniy ahamiyat darajasiga koʻtarilgan quyidagi meʼyoriy-huquqiy hujjatlarda oʻzining moddiy ifodasini topgan:
Inson Huquqlari barcha insonlarning umumbashariy va ajralmas huquqlari boʻlib, qaysidir davlatga, millatga, fuqarolikka yoki dinga tegishli boʻlmasin hamma uchun bir hildir. Bu huquqlar Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasiga asoslangan. Inson Huquqlari xalqaro koʻlamda amal qilinib, xalqaro qonunlar, dunyoviy va diniy muassasalar, hukumatlar siyosati va nodavlat tashkilotlari tomonidan dunyo siyosatiga juda ham katta taʼsir koʻrsatadigan doktrinadir. Inson Huquqlari bu insonlarga berilgan imtiyoz boʻlib u dunyoning koʻpchilik taraqqiy etgan mamlakatlarida qonunlar, konstitutsiyaviy qadriyatlar normalari yoki halqaro konventsiyalar orqali tan olingan.
Inson huquqlari - insonning davlat bilan munosabatidagi huquqiy maqomini, iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy va madaniy sohalardagi imkoni-yatlari hamda daʼvolarini tavsiflovchi tushuncha. Inson huquqlarini erkin va samarali tarzda amalga oshirish fuqarolik ja-miyati va huquqiy davlatning asosiy belgilaridan biridir. Inson huquqlarini mutlaq va nisbiy Inson huquqlariga boʻlish qabul qilingan. Yashash huquqi, qiynoklarga, zoʻravonlikka, inson shaʼnini yerga uradigan boshqa xil muomalaga yoki jazoga duchor etilmaslik huquqi, shaxsiy hayotning daxlsizligi huquqi, shaxsiy va oilaviy sir saklash huquqi, oʻz shaʼni hamda yaxshi nomini himoya etish huquqi, vijdon erkinligi va dinga eʼtiqod qilish huquqi, shuningdek, sud tomonidan himoya qilinish va odil sudlov huquqi hamda shular bilan bogʻliq eng muhim protsessual huquqlar mut-laq Inson huquqlari sirasiga kiradi. Qolgan hamma Inson huquqlari nisbiy boʻlib, favqulodda yoki harbiy holat tartibi joriy qilingan vaziyatda cheklab yoki toʻxtatib qoʻyilishi mumkin. Demokratik davlatda mutlaq Inson huquqlarini har qanday vaziyatda ham cheklashga yoki vaqtincha toʻxtatishga (bekor qilishga) yoʻl qoʻyilmaydi.
Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida inson va fuqarolarning asosiy huquqlari, erkinliklari va burchlari, jumladan, shaxsiy huquq va erkinliklari, siyosiy huquklari, iq-tisodiy va ijtimoiy huquklari, shuningdek, Inson huquqlari va erkinliklarining kafolatlari belgilab berilgan (18— 52-moddalar). Oʻzbekiston Respublikasida barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega boʻlib, jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, eʼtiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqeidan qatʼi nazar, qonun oldida tengdirlar (18-modda). Jumladan, yashash huquqi — har bir insonning uzviy huquqi. Inson hayotiga suiqasd qilish — eng ogʻir jinoyat hisoblanadi (24-modda). Har kim erkinlik va shaxsiy daxlsizlik huquqiga ega. Hech kim konunga asoslanmagan holda hibsga olinishi yoki qamoqda saqlanishi; qiynoqqa solinishi, zoʻravonlikka, shafqatsiz yoki inson qadr-qimmatini kamsituvchi boshqa tarzdagi tazyiqqa duchor etilishi mumkin emas (25—26-moddalar). Har kim oʻz shaʼni va obroʻsiga qilingan tajovuzlardan, shaxsiy hayotiga aralashishdan himoyalanish va turar joyi daxlsizligi huquqiga; fikrlash, soʻz va eʼtiqod erkinligi xuquqiga ega (27—29-moddalar). Hamma uchun vijdon erkinligi kafolatlanadi. Har bir inson xoh-lagan dinga eʼtiqod qilish yoki hech qaysi dinga eʼtiqod qilmaslik huquqiga ega. Diniy qarashlarni majburan singdirishga yoʻl qoʻyilmaydi (31-modda).
Mustaqillik yillarida Oʻzbekistonda Inson huquqlari va erkinliklarining ustunligidan kelib chiqadigan, xalqaro miq-yosda qabul qilingan yangi yuridik ta-moyil va talablarga asoslangan keng hukuqiy muhit vujudga keltirildi. Totalitar tuzumning tazyiq va zoʻravonligidan huquqiy meʼyorlar sari keskin burilish yasaldi. Respublika qonunlarini Inson huquqlari sohasidagi xalqaro meʼyorlar va andozalarga muvofiklashtirish, mazkur sohada Milliy harakat dasturini ishlab chiqish, Inson huquqlarini himoya qiladigan muassasalarning yaxlit tizimini barpo etish, Inson huquqlariga oid xalqaro shartnomalar va hujjatlarga qoʻshilishda davom etib, bu hujjatlar boʻyicha majburiyatlarni bajarishning, barcha davlat organlari, mansabdor shaxslar va fuqarolar shu hujjatlar talablariga soʻzsiz rioya qilishining mexanizmi yaratildi.Inson huquqlari va kafolatlari O'z. Res. Konst.ning 7,8,9,10 boblarida berilgan.
Xulosa.
Shuni aloqida ta`kidlash kerakki, mazkur institut sobiq ittifoq tarkibidan ajralib chiqqan mamlakatlarning ko`pchiligida, xususan, Markaziy Osiyo davlatlarida inson huquqlarini himoya qilishning bunday dunyoviy shakli mavjud emas. Mazkur sohada O`zbekiston o`z «ittifokdosh»laridan ancha ilgarilab ketdi, desak xato bo`lmaydi. Ushbu qonunda shunday satrlar bor: «Oliy Majlisning inson huquqlari bo`yicha vakili (ombudsman) mansabdor shaxslar, tashkilotlar va davlat organlarining inson huquqi, erki va qonuniy manfaatlarini davlat tomonidan qimoya qilinishini ta`minlashga ko`maklashish maqsadida faoliyat ko`rsatadi».
Ayni choqda istiqlolga erishilgandan so`ng mamlakatda inson huquqlari va erkinliklariny kafolatlashga qaratilgan qator amaliy tadbirlar ham o`tkazildi. Jumladan, 1996 yil may oyida «Fuqarolarni huquqiy himoya qilish va aholining huquqiy madaniyatini kjsaltirish» mavzusiga bagishlangan respublika huquqshunoslari konferensiyasi bo`ldi. Unda qator dolzarb masalalar muhokama qilindi, tajribalar umumlashtirildi, 19961997 yillarga mo`ljallangan Dastur va tadbirlar rejasi, 1997 yil avgustida esa «Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish milliy Dasturi» qabul qilindi.
Ushbu tadbir Inson huquqlari bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Milliy markazi, O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, O'zbekiston Respublikasi Sud`yalar oliy kengashi huzuridagi Odil sudlov muammolarini o'rganish tadqiqot markazi, BMTTD, YEXHT loyihalari koordinatori, AQSH Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID), F.Ebert nomidagi jamg'arma, “Mintaqaviy muloqot” xalqaro nodavlat tashkiloti tomonidan tashkillashtirildi.
Xalqaro anjuman ishida senatorlar, deputatlar, manfaatdor vazirliklar, idoralar, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, inson huquqlari bo'yicha milliy institutlar, ilmiy va ta'lim muassasalari, fuqarolik jamiyati institutlari vakillari, shuningdek xalqaro ekspertlar G.Klemenchich (Sloveniya), A.Xederix (Sloveniya), A.Guardino (AQSH) ishtirok etdi.
Anjuman xalqaro hamjamiyatni O'zbekistonda davlat organlari faoliyatida inson huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilishni, qonuniylikka erishish va qonun ustuvorligini ta'minlash sohasida amalga oshirilayotgan izchil ishlar bilan tanishtirish maqsadida o'tkazildi. U Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasining 70 yilligiga bag'ishlandi.
Anjumanda O'zbekiston Respublikasi Prezident SH.M.Mirziyoevning mamlakatimizdagi tub islohot va o'zgarishlarning barchasi Konstitutsiyamiz asosida amalga oshirilayotgani haqidagi fikrlariga e'tibor qaratildi. Haqiqatan ham, Bosh Qomusimiz xalqimiz manfaatlariga, davlatimizning strategik maqsadlariga to'la javob beradigan, har tomonlama puxta ishlangan muhim siyosiy hujjatdir. Ayni paytda biz Asosiy qonunimiz talablarini to'liq amalga oshirish borasida hali oldimizda ulkan vazifalar turganini yaxshi tushunamiz. Ya'ni, xalqimiz hayot darajasi va sifatini yanada yaxshilash, inson huquq va manfaatlarini amalda ta'minlash bo'yicha hali ko'p ish qilishimiz kerak.
Shu maqsadda o'tgan yili mamlakatimizda 2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasi qabul qilindi.
Mazkur hujjat mohiyatiga ko'ra jamiyat hayotining barcha sohalaridagi tizimli islohotlarning “yo'l xaritasi”ga aylandi”.
Anjuman davomida O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi inson huquq va erkinliklariga rioya qilishning ishonchli kafili ekanligi qayd etildi. Konstitutsiyada O'zbekistonning demokratiya va ijtimoiy adolatga sodiqligi, insonparvar demokratik huquqiy davlat barpo etish ustuvor vazifa sifatida belgilab olingani mustahkamlab qo'yilgan.
Xalqaro anjuman ishtirokchilari tomonidan inson huquq va erkinliklarini konstitutsiyalashtirishning asosiy tendentsiyalari, ushbu sohada davlat institutlari va jamoatchilik tuzilmalari faoliyatini tatibga solishning konstitutsiyaviy mexanizmlari;
konstitutsiyaviy rivojlanish nuqtai nazaridan inson huquqlari xalqaro va milliy standartlarining o'zaro aloqasi va ta'siri masalalarida zamonaviy yondashuvlar;
qonunchilikning Konstitutsiya qoidalariga muvofiqligi ustidan konstitutsiyaviy nazoratning ilg'or ko'rinishlari, fuqarolar huquqlarini himoya qilishni ta'minlashda konstitutsiyaviy adolatning roli muhokama qilindi. Davlat va jamiyat faoliyatida jamoatchilik boshqaruvining ko'rinishlari va yo'nalishlarini, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, shu bilan birga huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat tuzilmalari faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini takomillashtirishda Konstitutsiya qoidalarining ta'sirini kuchaytirish masalalari ko'rib chiqildi.
Xalqaro anjumanda O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi inson huquq va erkinliklari sohasida xalqaro huquqning umume'tirof etilgan tamoyillari va normalariga, birinchi navbatda Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi qoidalariga to'la muvofiqligi qayd etildi. Binobarin, O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasida mavjud inson huquq va erkinliklarining barchasi, ya'ni insonning shaxsiy, siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy huquqlar va asosiy erkinliklari mustahkamlangan.
O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasinig xalqaro ahamiyati unda demokratik jamiyatning oliy qadriyatlari – inson, uning hayoti, erkinligi, sha'ni, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari mustahkamlanganligida yaqqol namoyon bo'ladi. O'zbekiston Konstitutsiyasida bevosita va milliy qonunchilikka implementatsiya qilish yo'li bilan amalga oshiriladigan xalqaro huquqning umume'tirof etilgan tamoyillari ustuvorligi e'lon qilingan.
O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida istisno hollarda inson huquq va erkinliklarining cheklanishi mumkinligi bo'yicha xalqaro standart va asoslar mujassam. Bu Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasining inson huquq va erkinliklari cheklanishi jamoatchilik nazorati, jamoatchilik xulqini himoya qilish va boshqa shaxslar huquq hamda erkinliklarini himoya qilish zarur bo'lgan hollarda, shuningdek qonunda mustahkamlangan asoslar bo'yicha amalga oshirilishi mumkinligi to'g'risidagi 29-moddasini implementatsiya qilinganligi bilan asoslanadi.
Anjuman ishtirokchilari O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi shaxs, jamiyat va davlat o'rtasidagi o'zaro munosabatlarning demokratik tamoyillarini belgilab berganini ta'kidladilar. Bosh Qomusimizda fuqarolar hamda fuqarolik jamiyati institutlarining huquqlari va qonuniy manfaatlari to'liq kafolatlangandir.
Xalqaro anjumanda O'zbekiston Respublikasida inson huquq va erkinliklarining konstitutsiyaviy-huquqiy kafolatlarini yanada kuchaytirishga yo'naltirilgan xulosa va tavsiyalar ishlab chiqildi. Bugungi kunda amaliy shaklga ega bo'lgan holda, islohotlar jarayoni davom etmoqda. Mantiqiy savol tug'iladi: mavjud tizimni yangilash, uni modernizatsiya qilish uchun ehtiyoj bormi? Javobni uzoq vaqt izlashning hojati yo'q, biz buni yaqin o'tmishimizda topamiz. Ma'lumki, sobiq totalitar tuzum sharoitida sud hukmron partiyaning qo'mondoni sifatida xizmat qilgan. Ertakda bo'lgani kabi, unga ham «aybdor, aybsiz odam barchasini birma-bir urish uchun xo'jayinga aylanish» buyurilgan edi, shuning uchun o'z nutqida sud odamlarning ko'z o'ngida jazo, hukm qilish, qamoq jazosi sifatida ko'rilgan Fuqarolar sud adolatiga ishishonishmadi. U haqiqat yoki adolatni buzganligi, shuning uchun olib borilayotgan huquqiy islohotlarning asosiy maqsadi sudlarni xalqning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qiladigan to'laqonli tashkilotga aylantirish edi. Sud, tom ma'noda, xalqqa aylanishi kerak. Uning oldidagi vazifa, sud hokimiyati. Sud hokimiyati har qanday holatda ham qonun ustuvorligini ta'minlashi, oddiy fuqaro yoki mansabdor va mansabdor shaxs sifatida mustaqilligini mustahkamlashi kerak.Biz bir narsani tan olishimiz kerak: sudlarning mustaqilligi, fuqarolarning ularga bo'lgan ishonchi ortib borishi keng kuzatila boshlandi. Bizning jamiyatimiz.Sotsiologik tadqiqotlar, Arzamaliklar o'z muammolariga yechim topish uchun qog'ozni ikki kenglikga tushirib, sonini kamaytirganini tan olishdi. Turli xil yirik qabulxonalarning tashkil etilishi huquqiy ongni yanada kuchaytiradi, xususan, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Sud tizimida olib borilayotgan islohotlardagi o'zgarishlar nafaqat bir so'z bilan sud-tibbiy ekspertizasi asosiy òringa aylanib qolmay, balki boshqa sud huquq tizimini takomillashtirish muhimdir". Kichik tashkilotlar bo'ling va sudlarga murojaatlarni ko'paytiring. Bu hamyurtlarimizning huquqiy madaniyati, Huquqiy ongni oshirish tizimini umuman tubdan takomillashtirishda muhum òrin egallaydi. 2019 yil 9 yanvardagi Prezdentimiz Farmoniga muvofiq, jamiyatda huquqiy madaniyat va huquqiy ongni oshirishning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: Birinchidan, aholining mazmun-mohiyati to'g'risida doimiy ravishda hisobot berish tizimini shakllantirish. Mamlakatimizda ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, qabul qilingan qonunlar va davlat dasturlari, fuqarolar ongida "jamiyatda qonunlarga hurmat ruhida" qaror qabul qilish demokratik huquqiy davlat qurish,hayot g'oyasini kuchaytiradi; Ikkinchidan, huquqiy ongni oshiradi va jamiyatdagi huquqiy madaniyat, avvalambor, ta'limni rivojlantirishning maktabgacha ta’lim tarbiya ustuvorliklari tizimidan boshlab, ta'lim va tarbiya tizimli va yaxlit olib borilishiga e'tibor qaratiladi. 122 ta Maktab ta'limi fanini va ta'limini rivojlantirish, aholining barcha qatlamlarining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini chuqur o'zgartirish, shaxsiy manfaatlar va jamiyat manfaatlari o'rtasidagi muvozanatni saqlash uchun g'oyalarni keng targ'ib qilishning ustuvor yo'nalishlari; Uchinchidan, qonun va burch, halollik va poklik tushunchalarini, shuningdek, yosh avlodning axloqiy me'yorlarini chuqur anglash, ularga bolaligidanoq Konstitutsiyaning muhim jihatlarini o'rgatish; To'rtinchidan, tarix, din, milliy qadriyatlarni o'rgatish bilan huquqiy madaniyatni shakllantirish, shuningdek, har bir fuqaroda davlat ramzlari bilan g'ururlanish tuyg'usini uyg'otish orqali aholiga huquqiy va ma'rifiy ishlarni uyg'un tashkil etish orqali vatanga, vatanparvarlik tuyg'usini kuchaytirish. Ular yuristlar uchun katta vazifalar qo'yishni boshladi. Ulardan haqiqat va adolat, keyin esa bilim va tajriba talab qilinadi. Bunday talab har doim odamning taqdiri uchun javobgar bo'lgan kadrlardan yurist kasbining egalariga taqdim etilgandir.