О‘zbekistonda oliy ta’lim sohasida olib borilgan islohotlar va uning istiqbollari. Reja



Yüklə 39,16 Kb.
səhifə1/3
tarix05.12.2023
ölçüsü39,16 Kb.
#173432
  1   2   3
О‘zbekistonda oliy ta’lim sohasida olib borilgan islohotlar va u-fayllar.org


О‘zbekistonda oliy ta’lim sohasida olib borilgan islohotlar va uning istiqbollari. Reja

О‘zbekistonda oliy ta’lim sohasida olib borilgan islohotlar va uning istiqbollari.

Reja:
  1. Jamiyat taraqqiyoti amalga oshirilayotgan islohotlar


  2. Zamonaviy ilm-fan va ishlab chiqarish


  3. Oliy ta'limtizimi, islohotlar, yangiliklar, muammo, yechim, innovatsiya, ta'limda texnologiya, kredit modul tizimi.


Jamiyat taraqqiyoti amalga oshirilayotgan islohotlarning koʻlami va mantigʻiga bogʻliq. Qaysi soha eʼtiborga muhtojligini ilgʻab, chuqur va har tomonlama oʻylanib amalga oshirilgan islohotlargina xalqning mushkulini oson, ogʻirini yengil, turmushini farovon qiladi, muammolariga yechim topib beradi. Bajarilayotgan ishlar zamirida bugungi muammolarni yechish bilan birga uzoq kelajak ham koʻzlangan boʻlishi lozim.


Achchiq boʻlsa ham tan olish kerak, mamlakatimizda jamiyatning rivojlanish tendensiyalari, aholining demografik oʻsishi, salmoqli qatlam boʻlgan yoshlarning intilishi, global texnologik jarayonlarni hisobga olmagan holda taʼlim tizimida oʻtkazilgan islohotlar kutilgan samarani bermadi. Uning asnosida muammolar koʻpaysa koʻpaydiki, kamaymadi.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev rahnamoligida amalga oshirilayotgan islohotlar, birinchi navbatda, demografik jarayonlar va urbanizatsiyani, bashariyat tafakkuri hamda xalqimizning oʻsayotgan siyosiy dunyoqarashi, ongi va madaniyati, umumxalq manfaati chuqur oʻylangan holda amalga oshirilmoqda. Bu yil mamlakatimiz mustaqilligining 30 yillik sanasini nishonlaymiz. Tarix uchun oʻttiz yil arzimas, albatta, lekin bu jamiyat taraqqiyoti uchun ancha salmoqli muddat hisoblanadi. Shu yillar davomida nimalarga erishdik, qanday yutuqlarni qoʻlga kiritdik, degan savollar hammani qiziqtiradi.
Jamiyat taraqqiyoti hamma vaqt ham bir tekisda rivojlanmaydi, chunki u oʻz yoʻlida qarama-qarshiliklarga, ziddiyatlarga boy boʻladi, lekin ana shu ziddiyatlar va qarama-qarshiliklarni mustahkam iroda va matonat bilan yengib, oʻzining taraqqiyot yoʻlini toʻgʻri tanlab olishda mamlakat yetakchilarining roli va oʻrni katta boʻladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Yangi Oʻzbekiston” gazetasi bosh muharriri savollariga bergan javobida taʼkidlaganidek, “Mustaqil taraqqiyot borasida erishgan ulkan yutuqlar bilan birga, yoʻlimiz ayrim xato va kamchiliklardan ham xoli boʻlmaganini ochiq aytish lozim. Mustabid tuzumdan voz kechib, demokratik jamiyat barpo etishga qaratilgan jarayonlar, murakkab va tahlikali davrning oʻzi turli muammo va vazifalarni oldimizga koʻndalang qoʻydi. Ularni muvaffaqiyatli hal etish uchun bilim va tajribamiz, iroda va qatʼiyatimiz baʼzan yetsa, baʼzida yetmagan holatlar ham boʻldi”.
Agar yetakchi burilish pallasini his qila olmasa, jamiyat turgʻunlikda qolib ketadi. Shuning uchun ham tarixchilar shaxsning tarixdagi rolini alohida eʼtirof etib, uni alohida ilmiy mavzu sifatida oʻrganadi. Shu maʼnoda xalqimiz yetakchi masalasida shukrona aytib kelmoqda. Har qanday yutuqning garovi — bu tinchlikdir. Shunday ekan, jamiyatimizning barqaror rivojlanishida millat yetakchisining xizmatlari katta, buni xalqimiz qadrlaydi.
Shavkat Mirziyoyevning Prezidentlik lavozimiga kelishi bilan mamlakatda keng qamrovli islohotlarni amalga oshirishning natijalarini tahlil etar ekanmiz, Oʻzbekiston muhim tarixiy burilish pallasida turganini aniq koʻramiz.
Mamlakatimiz va xalqimiz hayotida keyingi besh yil hech oʻylab koʻrilmagan, xayolga keltirilmagan yangiliklarga boy boʻldi. Aynan shu davrda mamlakatimiz iqtisodiyotida, madaniyati va maʼnaviyatida, ijtimoiy-siyosiy hayotida, turmush tarzida, dunyoqarashiyu, tafakkurida demokratik oʻzgarishlar yuz berdi. Umuman hamma sohada katta yuksalish, rivojlanish va ijobiy oʻzgarishlar davri boʻldi. Bu besh yillikda demokratik qadriyatlar, fuqarolarning demokratik-huquqiy erkinliklari qaror topib, matbuot va soʻz erkinligiga yoʻl ochib berildi. Jamiyatga demokratik huquqiy va matbuot erkinligini berish har qanday davlat rahbaridan katta matonat va jasorat talab etadi. Shavkat Mirziyoyev oʻzida ana shu matonat va jasoratni topa oldi. Bu xizmatlari bilan Prezidentimiz xarizmatik shaxs ekanini isbotladi hamda Oʻzbekiston tarixida demokratik prezident sifatida alohida joy oldi. Bular hammasi xalqimiz uchun haqiqiy maʼnodagi tuhfa boʻldi. Buni aytishdan maqsadim — taʼlim erkinlikni sevadi.
Taʼlim tizimida, jumladan, oliy taʼlimda amalga oshirilgan islohotlar natijasida yuz bergan oʻzgarishlar ijtimoiy-siyosiy, huquqiy, iqtisodiy va maʼnaviy jihatdan katta tarixiy ahamiyatga ega. Amalga oshirilgan islohotlar nafaqat mamlakatimizda katta ijobiy oʻzgarishlarga olib keldi, hatto xalqaro maydonda ham mamlakatimiz obʼroʻ-eʼtiborini yangi bosqichga olib chiqdi. Bu borada qator meʼyoriy hujjatlar qabul qilindi.
Prezidentimiz taʼlimdagi kamchiliklarni tanqidiy tahlil qilib, uni bartaraf etish yoʻllarini koʻrsatib berdi. Taʼlim tizimini rivojlantirish, pedagoglarning malakasi va jamiyatdagi nufuzini oshirish, yosh avlod maʼnaviyatini yuksaltirish, maʼnaviy- maʼrifiy muhitni zamon talabiga moslash, oʻqituvchi kasbining, nufuzini oshirish, yangi davr pedagoglarini tarbiyalash, pedagogika fanini rivojlantirish, innovatsion taʼlim va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini taʼlimga joriy etishga katta eʼtibor qaratish masalalariga jiddiy yondashish va shu bilan birga, oʻqituvchilar oyligini oshirish va ragʻbatlantirib borish zarurligini koʻrsatdi, bu masalalarda katta ishlar amalga oshirildi.
Zamonaviy ilm-fan va ishlab chiqarish tomonidan ilgari surilgan barcha masalalarni ishonch bilan hal qilishga qaratilgan davlat siyosatini amalga oshirish uchun oliy oʻquv yurtlarida barcha shart-sharoitlar, imkoniyatlar yaratilmoqda.
Har qanday barqaror rivojlanayotgan jamiyat da xato-kamchilik boʻlgani kabi, bizda ham ular mavjud boʻlganini tan olish kerak. Yoshlarning oliy taʼlim olish va konstitutsion huquqlarini ruyobga chiqarish imkoniyati maʼlum darajada cheklangan edi. Keyingi besh yilda oʻtkazilgan Oliy taʼlim islohotlarida bunday holatlarga butunlay chek qoʻyildi va u oʻtmishga aylandi.
Oliy taʼlim islohotlarining mahsuli sifatida mamlakatimizda oliy maʼlumot olmoqchi boʻlgan har qanday fuqaro uchun imkoniyatlar eshigi ochildi. Aniqroq aytganda, yoshidan qatʼi nazar, oliy maʼlumotni kunduzgi, kechki va sitqi taʼlim shaklida olishga sharoit yaratildi. Yaʼni mamlakatimizning har bir fuqarosi yoshi, millati va elatidan qatʼi nazar, oʻzining Konstitutsion huquqlaridan toʻliq foydalanish imkoniyatiga ega boʻldi. Bundan tashqari, mehnat staji, ish tajribasiga ega boʻlgan fuqarolar oʻzlari ishlayotgan korxonaning yuqori tashkilotlari tavsiyasi bilan imtihonsiz, suhbat asosida oliy oʻquv yurtiga kirish imkoniyatini qoʻlga kiritdi. Jumladan, kamida 5 yil ish stajiga ega xodimlarini 2021/2022 oʻquv yilida davlat OTMlarining sirtqi va kechki taʼlim shakliga oʻqishga kirishi uchun Respublikamizdagi 71 ta tashkilotga tavsiya berish huquqi berildi. Ular tomonidan berilgan yoʻllanmaga koʻra, ishlovchi xodimlar imtihonsiz, suhbat natijalariga koʻra, tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt asosida oʻqishga tavsiya etilish qoidasining kiritilishi xalqimiz uchun kutilmagan yangilik boʻldi. Har bir tashkilot 100 tagacha xodimiga shunday yoʻllanma berishi mumkinligi ham qayd etildi. Oliy taʼlim islohotining bu qoidasi bozor munosabatlarining mohiyatiga ham moslandi.
Oliy taʼlim islohoti, fuqarolarning oliy taʼlim olish huquqi toʻgʻrisida gap borar ekan, oʻrta maktab va kollejlar bitiruvchilarini oliy taʼlim bilan qamrab olish masalasi ham yechimini kutayotgan oʻtkir muammolardan edi. Maktab va kollej bituruvchilari bilan oliy oʻquv yurtlarining nisbati keskin farq qilishi bilim olaman, degan ilmga chanqoq yoshlarning ehtiyojini qondira olmasligi oqibatida minglab yoshlarning yaqin va uzoq mamlakatlarga chiqib ketishiga olib keldi. Prezident tashabbusi bilan koʻrilgan chora-tadbirlar tufayli 2017-2021-yillarda bu raqam oldingi 9 foizdan 28 foizga yetdi.
Maktab bitiruvchilarini oliy taʼlim bilan qamrab olish darajasi 2030-yilda 50 foizga yetkaziladi. Shuni hisobga olib, oliy oʻquv yurtlariga talabalar qabul qilish davlat grantlari 2 barobar koʻpaytiriladi.
Oliy taʼlim muassasalari soni 141 taga yetdi, qabul oʻrinlari 66 mingtadan 182 mingtaga oshdi. Xorijiy mamlakatlar taʼlim muassasalarining 26 ta filialida mutaxassislar tayyorlash yoʻlga qoʻyildi. Oliy taʼlimning qamrov darajasini bosqichma-bosqich oshirish, tizimda sogʻlom raqobat muhitini shakllantirish, oʻquv yuklamalarini maqbullashtirish, taʼlim jarayoniga raqamli texnologiyalarni joriy etish, oliy taʼlim muassasalarining moliyaviy mustaqilligini taʼminlash, professor-oʻqituvchilarning maoshi oʻrtacha 3,5 barobarga oshirilishi — oliy taʼlim islohotlarining dastlabki natijalaridir.
Oliy taʼlim islohotlarining muhim qirralaridan yana biri yoshlarimizning bir vaqtda bir nechta oliy oʻquv yurtiga hujjat topshirish masalasi edi. Mamlakatimizda ancha yillardan buyon faoliyat yuritayotgan xorijiy oliy taʼlim maskanlarining qabul jarayoniga havas bilan qarab kelar edik. Zero, bir vaqtning oʻzida mamlakatimizdagi hamma xorijiy oliy oʻquv yurtlariga hujjat topshirish mumkin edi. Bu holat bizni ham hayratga solar, ham havasimizni keltirgan. Prezidentimiz aynan ana shu masalada “Yoshlarimizga bir vaqtning oʻzida bir nechta oliy oʻquv yurtiga hujjat topshirish imkoniyatini berishimiz, oʻylaymanki, ularning taʼlim olish huquqlarini kengaytirishga xizmat qiladi”, — deb taʼkidlagan edi. Hech qancha vaqt oʻtmay yoshlarimiz shunday imkoniyatga ega boʻldi.
Keyingi yillarda oliy taʼlim tizimiga nodavlat va xususiy sektorning, shuningdek, koʻplab xorijiy oliy oʻquv yurtlari va filiallarining kirib kelishi ijobiy holat boʻldi. Bir jihatdan oliy taʼlimning qamrovi kengaysa, ikkinchidan, davlat va nodavlat taʼlim muassasalari oʻrtasida ijobiy maʼnodagi oʻzaro raqobatni taʼminlaydi, tizimda bozor qonunlari ishlay boshlaydi. Zero uning natijasi muhim hisoblanadi, chunki har bir oliy oʻquv muassasasi sifatli kadr lar tayyorlash uchun kurashadi. Raqobat va bozor sifatsiz mahsulotlarni yoqtirmaydi. Natijada raqobatbardosh mahsulot yaratish har bir oliy taʼlim muassasasining asosiy maqsadiga aylanadi, natija kutilganidek yuqori boʻladi. Shularning oʻziyoq taʼlimdagi islohotlar chuqur oʻylangan holda olib borilayotganini anglatadi.
Tizimdagi islohotlarning eng muhim jihatlaridan biri, oliy taʼlim bilan ishlab chiqarish oʻrtasidagi aloqadorlik integratsiyasini vujudga keltirish boʻldi. Zero, hamkorliksiz yuqori malakali, zamon talabidagi kadrlar tayyorlash mumkin emas. Mamlakatimizdagi yirik sanoat korxonalarining buzilib ketishi natijasida hamkorlik aloqalari uzilib, taʼlim oʻz yoʻlida, ishlab chiqarish oʻz yoʻlida faoliyat yuritar edi. Bugungi kunda mamlakatimizda yirik va oʻrta ishlab chiqarish korxonalari qad koʻtardi, oliy taʼlim bilan ishlab chiqarish oʻrtasidagi hamkorlik integratsiyasi yoʻlga qoʻyildi. Texnika oliy oʻquv muassasalari talabalari nafaqat yangi texnologiyalar bilan tanishish, balki ularni boshqarish amaliyotiga ega boʻlmoqda.
Hozirgi kun talablariga javob beruvchi zamonaviy ta'lim talablarini belgilaydigan eng muhim omillar nimalardan iborat degan savol tug'ilishi tabiiydir. Bunday omillarning asosiysi ta'lim tizimida yangi oltinchi texnologik yo'nalishga o'tish. Shu kungacha dunyoda beshinchi texnologik yo'nalishlar, ya'ni telekommunikatsiya, internet va elektronika hukmronlik qilgan. Yangi texnologik yo'nalishlar esa biotexnologiya, nanotexnologiya, sun'iy intellektga o'tishni, shuningdek, insonlarning bilim olishiga investisiya kiritishning alohida rolini o'z ichiga qamrab oladi. Bu sivilizatsiya rivojlanishining yangi bosqichi - axborot sivilizatsiyasi bosqichidir.
Yurtboshimiz Sh.M.Mirziyoyev ham mamlakatimizda oliy ta'lim muassasalariga qabul kvotalarini belgilashda yo'l qo'yilayotgan kamchiliklar to'g'risida to'xtalib o'tar ekan, quyidagilarni ta'kidlab o'tganlar: "Tarmoqlar rahbarlari kadrlarga ehtiyoj to'g'risidagi ma'lumotni Oliy ta'lim vazirligi va Iqtisodiyot vazirligiga taqdim etishadi. Keyin mutaxassislarni tayyorlash kvotalari bo'yicha chuqur o'ylanmagan takliflar ishlab chiqiladi. Buning natijasida kadrlar sifati va ularni ishga joylashtirish muammosi yildan-yilga kuchayib bormokda".
Mamlakatimizda oliy ta'limni tizimli isloh qilishning ustuvor yo'nalishlarini belgilash, oliy ta'limni modernizatsiya qilish, ilg'or ta'lim texnologiyalariga asoslangan holda ijtimoiy soha va iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish maqsadida ishlab chiqilgan "O'zbekiston Respublikasi oliy ta'lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish" konsepsiyasida bu ko'rsatkichni 2030 yilga kelib 50 foizga yetkazish belgilandi.
Ushbu rasm ma'lumotlaridan shuni guvohi bo'lishimiz mumkinki, mamlakatimizda bitiruvchilarni oliy ta'lim bilan qamrab olish darajasini 10 yil ichida 2,5 barobarga oshirish rejalashtirilgan. 2021 yilda bu ko'rsatkich 28 foizni tashkil etdi. Bunday ko'rsatkichga nafaqat mavjud oliy ta'lim muassasalarining qabul kvotalarini oshirish orqali, balki yangi oliy ta'lim muassasalarini ochish orqali ham erishish rejalashtirilgan. Hozirgi kunda mamlakatimizda oliy ta'lim muassasalari jami 159 ta, ulardan universitetlar 30 ta, institutlar 45 ta, akademiyalar 3 ta, filiallar 28 ta, Konservatoriya 1 ta, chet el OTM filiallari 28 ta, nodavlat oliy ta'lim muassasalari 24 tani tashkil etadi. Shunga munosib ravishda oliy ta'lim muassasalariga talabalarning qabul kvotasi ham mutanosib ravishda oshirildi. Jumladan, 2014 yilga nisbatan 2020 yilda OTMlari soni 1,9 barobarga oshgan, OTMlarga hujjat topshirgan abiturientlar soni hamda qabul kvotasi natijalari esa mos ravishda 3,2 va 2,6 barobarga oshgan.
Shuningdek, 2014-2016 yillarda oliy ta'lim muassasalari va ularda o'qish niyatini bildirgan abiturientlar sonining oshishiga qaramay, qabul kvotasi natijalarida kamayish tendensiyasi kuzatilmoqda, ya'ni abiturientlari soni 2016 yilda 2 014 yilga nisbatan 21,7 foizga oshishiga qaramay, qabul kvotasi natijalari 4,5 foizga kamaygan. 2017 yilga kelib esa, barcha tarmoq va sohalarda sodir bo'lgan o'zgarishlar kabi oliy ta'lim tizimida ham tub islohotlar amalga oshirildi. Jumladan. oliy ta'lim muassasalariga qabul kvotasi 2016 yilgan qaraganda 35 foizga oshdi. Ushbu islohotlarni keyingi yillarda ham davom ettirish natijasida 2020 yilga kelib qabul kvotasi 2016 yilga qaraganda 2,7 barobarga oshishiga erishildi.
Respublikaning 16 ta oliy ta'lim muassasasida 2018/2019 o'quv yilidan boshlab xorijiy oliy ta'lim muassasalari bilan hamkorlikda qo'shma ta'lim dasturlari asosida kadrlar tayyorlash faoliyati yo'lga qo'yildi. Birgina 2019-2020 o'quv yilining o'zida AQSh, Germaniya, Fransiya Italiya, Finlyandiya, Niderlandiya, Turkiya, Indoneziya, Isroil va boshqa 22 ta davlatning 104 ta yetakchi universitetlari bilan hamkorlikda qo'shma ta'lim dasturlarida kadrlar tayyorlash yo'lga qo'yildi.
So'nggi yillarda mamlakatimizda oliy ta'lim tizimini isloh qilish borasida amalga oshirilgan chora-tadbirlarga qaramay, yuqori malakali kadrlar tayyorlash borasida oliy ta'lim tizimi oldida bugungi kunda o'z yechimini kutayotgan bir qator dolzarb muammo va kamchiliklar saqlanib qolmoqda, jumladan:
- bitiruvchilarning oliy ta'lim bilan qamrab olish darajasi pastligicha qolmoqda. Bu ko'rsatkich 2016 yilda 9 foizni tashkil etgan bo'lsa, 2018 yilga kelib 15 foizni va 2021 yilda esa 28 foizni tashkil etdi. Biroq bu ko'rsatkich rivojlangan mamlakatlarda 60-70 foizni tashkil etadi;
- oliy o'quv yurtlari bilan kadrlar buyurtmachilarining o'zaro hamkorlikda kadrlar tayyorlash bo'yicha ishlar samarali tashkil etilmagan. Buning natijasida, birinchidan nazariya va amaliyotning uyg'unligi ta'minlanmaydi, ikkinchidan bitiruvchilarning ish bilan bandligini ta'minlanishida qiyinchiliklarni yuzaga keltiradi, uchinchidan ish beruvchilarning oliy ta'lim muassasalariga investisiyalar kiritishi, homiylik yordamlarini ko'rsatishi, amaliyot jarayonida mavjud muammolarni olimlar bilan hamkorlikda bartaraf etishda faolliklari pastligicha qoladi;
- oliy o'quv yurtlarining innovasion faoliyati hamda tadqiqot natijalarini amaliyotga keng joriy etish va ilmiy ishlanmalarni tijoratlashtirish, ilmiy-tadqiqot faoliyatiga iqtidorli yosh olimlar va talabalarni jalb etish natijadorligi yetarli darajada emasligi, shuningdek ta'lim, fan va ishlab chiqarishning samarali integratsiyasi ta'minlanmagan;
- talabalar turar joylari, kutubxonalar, sport sog'lomlashtirish va ijtimoiy infratuzilma ob'ektlari quvvatlari mavjud ehtiyojni qanoatlantirmaydi, shuningdek ularning aksariyat qismida bugungi kun talablariga javob beradigan moddiy-texnik baza shakllantirilmagan.
- oliy o'quv yurtlarining zamonaviy o'quv va ilmiy laboratoriyalar bilan jihozlanish darajasi yetarli darajada emas, xalqaro standartlarga javob beruvchi o'quv laboratoriya uskunalarining ulushi atigi 10 foizni tashkil etadi, shuningdek o'quv jarayoni laboratoriya materiallari bilan yetarli darajada ta'minlanmagan;
- oliy o'quv yurtlari mablag'larining asosiy qismi ish haqiga sarflanib, o'quv va ilmiy laboratoriyalarni modernizatsiyalashga, bino va inshootlarni kapital hamda joriy ta'mirlashga yetarlicha mablag' yo'naltirilmagan. Buning asosiy sabablaridan biri oliy ta'lim muassasalari moliyaviy mablag'larining yetishmasligi hisoblanib, uni bartaraf etish maqsadida moliyalashtirish manbalarini kengaytirish, uni diversifikatsiya qilish lozim;
- oliy ta'lim muassasalarini moliyalashtirish manbalarining diversifikatsiya qilinmaganligi, uning asosiy manbasini to'lov-kontrakt summalari tashkil etishi;
- oliy ta'lim muassasalarini moliyalashtirishda hududiy omillarni hisobga olmaslik va mahalliy byudjet mablag'laridan foydalanmaslik;
- oliy ta'lim muassasalari professor-o'qiutvchilari hamda ishchi xodimlarining ish haqi va unga ustamalar hisoblashning samarali tizimi ishlab chiqilmagan va boshqalar.
Mazkur muammolarning bartaraf etilishi nafaqat oliy ta'lim muassasalarining reytingini va ta'lim sifatini oshishiga olib keladi, balki ularning moliyalashtirish mexanizmiga ham ta'sir ko'rsatadi. Bu borada ilg'or xorijiy tajribalarni tahlil qilish natijasida ularning ayrimlaridan mamlakatimiz oliy ta'lim muassasalarini moliyalashtirish tizimida ham foydalanish maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz.
Annotatsiya : Mamlakatimizda istiqlolning dastlabki yillaridan boshlab ta’lim-tarbiya tizimini rivojlantirish davlat siyosati darajasiga ko‘tarilib, farzandlarimizning jahon andozalariga mos sharoitlarda zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni egallashlari, jismoniy va ma’naviy jihatdan yetuk insonlar bo‘lib voyaga yetishlarini ta’minlash, ularning qobiliyat va iste’dodi, intellectual salohiyatini ro‘yobga chiqarish, yoshlarimiz qalbida ona yurtga sadoqat va fidoyilik tuyg‘ularini kamol toptirish borasida ulkan ishlar amalga oshirilmoqda. So‘nggi 5 yil ichida oily ta’lim tizimida ham ko‘plab yangiliklar va islohotlar natijasida tizimda ijobiy o‘zgarishlar bo‘lyapti. Ushbu maqolada, oliy ta ‘lim tizimidagi islohotlar va yangiliklar tahlil qilinib, fikr yuritiladi.

Prezidentimizning 2017-yil 7-fevraldagi “O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha Harakatlar strategiyasi to'g'risida"gi farmonida ijtimoiy soha, xususan, ta'lim va ilm-fan sohalarini rivojlantirish borasida bir qator vazifalar belgilangan. Hujjatda ta'lim muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, yangi ta'lim muassasalarini qurish, ta'mirlash va kapital ta'mirlash barobarida ularni zamonaviy o'quv va laboratoriya jihozlari, kompyuter texnikasi va o'quv-metodik qo'llanmalar bilan ta'minlash nazarda tutilgan.

"Yangi O'zbekiston strategiyasida oliy ta'lim tizimlaridagi vazifalar:

· Oliy ta'limga qamrov darajasini 50 foizga yetkazish bilan birga asosiy e'tibor ta'lim sifatini oshirishga qaratiladi. 2026-yilga qadar kamida10 ta oily goh nufuzli xalqaro reytinglarga kiritiladi;

· Talabalarning yashash sharoitini yaxshilash uchun kelgusi besh yilda qariyb 100 ming o'rinli talabalar yotoqxonalari barpo etiladi;

· Oliy ta'limda raqobat muhitini kuchaytirish maqsadida 2026-yilgacha xususiy oilygohlar soni kamida 50 taga yetkaziladi.

· Doktoranturaga qabul davlat buyurtmasi hamda manfaatdor tashkilotlar mablag'lari hisobidan to'lov-grant asosida joriy etiladi," - deb ta'kidladi Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev o'zining saylovoldi dasturida.

So'nggi yillarda qabul kvotalari qariyib bir necha barobarga ortdi. Bundan tashqari, kelgusi yillar davomida bu ko'rsatkichni 50 foizga yetkazish, oily ta'lim muassasalarining nufuzini yanada ortirish, shuningdek, ta'lim sifatini oshirishga qaratilgan maqsadli chora tadbirlar dasturiga asosan aytaolamanki, bu tizimni islohotlar kutmoqda. Bu jarayonda, o'qituvchilarning ilmiy darajasini orttirish, professor o'qituvchilarningoylikmaoshlariniko'paytirishbo'yicha ham chora tadbirlar ko'rilmoqda. Oliy ta'lim tizimida, umuman olganda, ta'limning barcha bosqichlarida dars berayotgan ingiliz tili o'qituvchilarining atigi 4 foizi xalqaro sertifikatga egaigi bu borada qilinishi zarur bo'lgan ishlar salmoqli ekanligini ko'rsatmoqda.

Shuningdek, 2030-yilga qadar respublikadagi barcha oily ta'lim muassasasi (OTM)ning 85 foizi, jumladan, 2020/2021-oʻquv yilining oʻzida 33 ta oily ta'lim dargohini kredit-modul tizimiga oʻtkazish koʻrsatib oʻtildi. Kredit-modul tizimi, bu — ta'limni tashkil etish jarayoni boʻlib, oʻqitishning modul texnologiyalari jamlamasi va kredit oʻlchovi asosida baholash modelihisoblanadi. Uni bir butunlikda olib boorish serqirra hamda murakkab tizimli jarayondir. Kredit-modul tamoyilida ikkita asosiy masalaga ahamiyat beriladi: talabalarning mustaqil ishlashini ta'minlash hamda talabalar biliminireytingasosidabaholashgaasoslanadi. Kredit-modul tizimining asosiy vazifalari sifatida quyidagilar e'tirof etiladi:

— oʻquv jarayonlarini modul asosida tashkil qilish;

— bitta fan, kurs (kredit)ning­qiymatini aniqlash;

— talabalar bilimini reyting bali asosida baholash;

— talabalarga oʻzlarining oʻquv rejalarini individual tarzda tuzishlariga imkonyaratish;

— ta'lim jarayonida mustaqil ta'lim olishning ulushini oshirishga xizmat qiladi. Bunda dars mashgʻulotlarini nafaqat oʻqitishni innovatsion ta'lim texnologiyalari asosida olib borish, balkitalabadanmustaqiloʻqib-oʻrganish, ta'limga yangicha munosabatda boʻlish, mehnat bozori talabidan kelib chiqib, zaruriy va chuqur nazariy bilimlarni egallash, amaliy koʻnikmalarini shakllantirishga oʻrgatishdan iboratdir.



Xulosa qilib aytganda, so'nggi yillarda ta'lim tizimida turli xildagi yangiliklar va islohotlar bu oily ta'lim tizimida ta'lim sifatining ortishiga yordam beradi. Jumladan, modul kredit tizimi orqali talabaning kasbiy rivojlanish va kamol otiga ijobiy ta'sir qilish mumkin. Ya'ni ularning mehnat bozorida o'z o'rinlarini topishlarida zamonaviy talablarga javob beraoladigan inson capitalini o'zlarida shakllantirishga qaratilgandir. Ta'limda sifatning ortishi salohiyatli kadrlar yetishtirib chiqarishga ham yordam beradi. Shuboisdan ham, biz oily ta'limdagi barcha islohotlar va yangiliklarni qo'llab-quvvatlaymiz, shuningdek, kelgusida tashabbuskorlik bilan biz ham oilygohimizda ko'plab yangiliklar qilishni hamda xorijiy universitetlarda o'qituvchilarimizni tajribasini orttirishni maqsad qilganmiz.
Ta’kidlash joizki, 2011 — 2016-yillarda Oliy ta’lim muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash chora-tadbirlari dasturini amalga oshirish doirasida 25 ta oliy ta’lim muassasasining 202 ta obyektida yangi qurilish, kapital ta’mirlash va rekonstruksiya ishlari bajarildi.
Iqtisodiyotning real sektori talablaridan kelib chiqib, muhandislik, ishlab chiqarish va qurilish yo‘nalishlari va ixtisosliklari bo‘yicha o‘qishga qabul qilish, uning umumiy soniga nisbatan 23 foizdan 33,2 foizga oshdi. Oliy ta’lim sohasida mutaxassislar tayyorlash, shuningdek, pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish bo‘yicha yangilangan davlat oliy ta’lim standartlari va o‘quv dasturlari joriy qilindi.
Shu bilan birga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 8-oktabrdagi F-4724-son farmoyishi bilan tashkil qilingan Ishchi guruh tomonidan oliy ta’lim tizimidagi holatni o‘rganish natijalariga ko‘ra, bir qator oliy ta’lim muassasalarida hali ham ilmiy-pedagogik salohiyatning pastligi, ta’lim jarayonlarini axborot-uslubiy va o‘quv adabiyotlari bilan ta’minlash zamonaviy talablarga javob bermasligi, ularning moddiy-texnika bazasini tizimli yangilashga ehtiyoj mavjudligi aniqlandi.
Oliy ta’lim tizimida o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha dunyoning yetakchi ilmiy-ta’lim muassasalari bilan yaqin hamkorlik aloqalari o‘rnatish, o‘quv jarayoniga ilg‘or xorijiy tajribalarini joriy etish, ayniqsa, istiqbolli pedagog va ilmiy kadrlarni xorijning yetakchi ilmiy-ta’lim muassasalarida stajirovkadan o‘tkazish va malakasini oshirish borasidagi ishlar yetarli darajada olib borilmayapti.
Oliy ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish, mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor vazifalaridan kelib chiqqan holda, kadrlar tayyorlash mazmunini tubdan qayta ko‘rish, xalqaro standartlar darajasiga mos oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash uchun zarur sharoitlar yaratilishini ta’minlash maqsadida:
1. Oliy ta’lim tizimini kelgusida yanada takomillashtirish va kompleks rivojlantirish bo‘yicha eng muhim vazifalar etib quyidagilar belgilansin:
har bir oliy ta’lim muassasasi jahonning yetakchi ilmiy-ta’lim muassasalari bilan yaqin hamkorlik aloqalari o‘rnatish, o‘quv jarayoniga xalqaro ta’lim standartlariga asoslangan ilg‘or pedagogik texnologiyalar, o‘quv dasturlari va o‘quv-uslubiy materiallarini keng joriy qilish, o‘quv-pedagogik faoliyatga, master-klasslar o‘tkazishga, malaka oshirish kurslariga xorijiy hamkor ta’lim muassasalaridan yuqori malakali o‘qituvchilar va olimlarni faol jalb qilish, ularning bazasida tizimli asosda respublikamiz oliy ta’lim muassasalari magistrant, yosh o‘qituvchi va ilmiy xodimlarining stajirovka o‘tashlarini, professor-o‘qituvchilarni qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil qilish;
oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlashning maqsadli parametrlarini shakllantirish, oliy ta’lim muassasalarida o‘qitish yo‘nalishlari va mutaxassisliklarini istiqbolda mintaqalar va iqtisodiyot tarmoqlarini kompleks rivojlantirish, amalga oshirilayotgan hududiy va tarmoq dasturlarining talablarini inobatga olgan holda optimallashtirish;
ta’lim jarayonini, oliy ta’limning o‘quv reja va dasturlarini yangi pedagogik texnologiyalar va o‘qitish usullarini keng joriy etish, magistratura ilmiy-ta’lim jarayonini sifat jihatidan yangilash va zamonaviy tashkiliy shakllarni joriy etish asosida yanada takomillashtirish;
yangi avlod o‘quv adabiyotlarini yaratish va ularni oliy ta’lim muassasalarining ta’lim jarayoniga keng tatbiq etish, oliy ta’lim muassasalarini zamonaviy o‘quv, o‘quv-metodik va ilmiy adabiyotlar bilan ta’minlash, shu jumladan, eng yangi xorijiy adabiyotlar sotib olish va tarjima qilish, axborot-resurs markazlari fondlarini muntazam yangilab borish;
pedagog kadrlarning kasb mahorati sifati va saviyasini uzluksiz yuksaltirish, xorijda pedagog va ilmiy xodimlarning malakasini oshirish va stajirovkasini o‘tkazish, oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarini PhD va magistratura dasturlari bo‘yicha o‘qitish, oliy ta’lim muassasalari va qayta tayyorlash va malaka oshirish markazlari o‘quv jarayonlariga yuqori malakali xorijiy olimlar, o‘qituvchi va mutaxassislarni keng jalb qilish;
oliy ta’lim muassasalari ilmiy salohiyatini mustahkamlash, oliy ta’limda ilm-fanni yanada rivojlantirish, uning akademik ilm-fan bilan integratsiyalashuvini kuchaytirish, oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilarining ilmiy tadqiqot faoliyati samaradorligi va natijadorligini oshirish, iqtidorli talaba-yoshlarni ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanishga keng jalb etish;
oliy ta’limning ma’naviy-axloqiy mazmunini oshirish, talaba-yoshlarga mustaqillik g‘oyalariga, yuksak ma’naviyat va insoniylikning milliy an’analariga sodiqlik ruhini chuqur singdirish, ularda yot g‘oya va mafkuralarga nisbatan immunitet va tanqidiy tafakkurni mustahkamlash bo‘yicha keng ko‘lamli ma’rifiy va tarbiyaviy ishlarni olib borish;
oliy ta’lim muassasalari moddiy-texnika bazasini o‘quv va ilmiy-laboratoriya bino va korpuslari, sport inshootlari, ijtimoiy-muhandislik infratuzilmasi obyektlarini qurish, rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlash, oliy ta’lim ilm-fanining ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha o‘quv-ilmiy laboratoriyalarini zamonaviy asbob va uskunalar bilan jihozlash orqali yanada mustahkamlash;
oliy ta’lim muassasalarini zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositalari bilan jihozlash, oliy ta’lim muassasalari talabalari, o‘qituvchilari va yosh tadqiqotchilarining jahon ta’lim resurslari, zamonaviy ilmiy adabiyotlarning elektron kataloglari va ma’lumotlar bazalariga kirish imkoniyatlarini kengaytirish.
2. 2017 — 2021-yillarda Oliy ta’lim tizimini kompleks rivojlantirish dasturi (keyingi o‘rinlarda — Dastur), uning tarkibida quyidagilar:
2017 — 2021-yillarda oliy ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlari 1-ilovagamuvofiq;
2017 — 2021-yillarda oliy ta’lim muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va modernizatsiyalash, ularni zamonaviy o‘quv-ilmiy laboratoriyalar, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositalari bilan jihozlash kompleks chora-tadbirlari 2-ilovaga muvofiq;
2017 — 2021-yillarda Oliy ta’lim tizimini kompleks rivojlantirish dasturini amalga oshirish moliyaviy xarajatlar hajmining hisoblangan parametrlari 3-ilovaga* muvofiq;
2017 — 2021-yillarda qurilish, rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlashning har yili tasdiqlanadigan manzilli dasturlariga kiritiladigan oliy ta’lim muassasalari ro‘yxati 4-ilovaga* muvofiq;
2017 — 2021-yillarda o‘quv va ilmiy laboratoriya uskunalari bilan jihozlashning har yili tasdiqlanadigan manzilli dasturlariga kiritiladigan oliy ta’lim muassasalari ro‘yxati 5-ilovaga* muvofiq;
2017 — 2021-yillarda oliy ta’lim muassasalarini rivojlantirishning manzilli dasturlari 6 — 74-ilovalarga* muvofiq tasdiqlansin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ikki oy muddat ichida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yosh pedagog va ilmiy xodimlar malakasini oshirish bo‘yicha “Iste’dod” fondining faoliyatini tubdan qayta ko‘rib chiqish bo‘yicha takliflarni, quyidagilarni inobatga olgan holda, tayyorlasin:
xorijiy ta’lim va ilmiy muassasalarida oliy ta’lim muassasalarining pedagog va ilmiy xodimlar malakasini oshirish, stajirovkasini o‘tkazish, bitiruvchilarning PhD va magistratura dasturlarida o‘qitishni tashkillashtirish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlarni;
yuqori malakali xorijiy olim, o‘qituvchi va mutaxassislarni xorijiy oliy ta’lim va ilmiy muassasalar bilan hamkorlik mexanizm va shakllarini joriy etishning ustuvor yo‘nalishlarini inobatga olgan holda, Oliy ta’lim muassasalari va pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tarmoq markazlari o‘quv jarayoniga keng jalb etish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturini;
“Iste’dod” fondining moliyaviy resurslarini shakllantirish manbasi sifatida O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Ta’lim va tibbiyot muassasalari moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘larini jalb etishni.
4. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq xorijiy olim, o‘qituvchi va mutaxassislarni respublika oliy ta’lim muassasalari, Oliy ta’lim muassasalari va pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tarmoq markazlari (keyingi o‘rinlarda — Tarmoq markazlari) o‘quv jarayonlariga jalb etishda:

Yüklə 39,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin