O'ZBEKISTONDA OZ KOMPLEKTLI MAKTABLARNING MAVJUDLIK HOLATI
Reja:
1.O`zbekistonda oz komplеktli maktablarda matеmatika o‘qitish xususiyatlari.
2. O’z komplеktli maktablarda matеmatika o‘qitishni tashkil qilishning o‘ziga xos xususiyatlari.
Tayanch tushunchalar: o’z komplеktli ,ta’lim, fakultativ mashg’ulotlar, uzviylik, vatanparvarlik, insoniylik, ma’naviy fazilatlar, bilim, malaka, ko`nikma
O’z komplektli maktablar haqida
Mamlakatimizda, xususan bizning Respublikamizda qishloq joy- larda kichik va aholi yashaydigan uzoq punktlar mavjud bo'lib, bu joylarga bir sinfga belgilangan me’yordan anchagina kam bo'lgan 7 yoshli bolalar bo'Iganda oz komplektli maktablar ochiladi.Bu shunday maktabki, unda bir o'qituvchi bir vaqtda bir necha sinfda ish- laydi. Bu sinflarda soni 3 tadan 30 tagacha o'quvchi bo'lishi mumkin. Bir o'qituvchi hamma (I-IV) sinflar bilan bir vaqtda ishlaydigan maktab bir komplektli maktab deyiladi.
Ikkita o'qituvchi, uchta (ba’zan to'rtta) sinf bilan ishlaydigan maktab ikki komplektli maktab deyiladi. Ikki komplektli maktab- larda uch sinfni ikki komplektga birlashtirishning ushbu variantlarini amalga oshirish mumkin: 1- va 2-sinflami bir komplektli qilib birlashtirish (bu holda birinchi sinf bilan uchinchi sinf o‘qituvchisi ish- laydi), 1- va 3-sinflami, 2- va 4-sinflami bir komplektga birlashti- rishning mos variantlari tanlanadi.
Oz komplektli maktablarda ishlash 0‘qituvchi va o'quvchilar uchun bir qator qiyinchiliklar va to'siqlar bilan bog'liq:
1. O'qituvchi har kuni darsga tayyorlanishi va turli fanlardan eng kamida 8 soat dars o'tishi kerak. Oz komplektli maktablarda darslar bo'yicha reja tuzish oddiy maktabda bir sinf bilan ishlashga qaraganda ko'p vaqt talab qilishi bilan ishlash darajasi qiyin. Har kuni 8 yoki 12 ta reja ustida ishlash qiyingina bo'lmay, balki bularni o'zaro koordinatsiyalash anchagina vaqt talab qilishi bilan, ularga optimal pedagogik samara beradigan ulami bir butun birlashtirish za- rurligi bilan ham qiyindir. Bulaming hammasi o'qituvchidan tegishli bilimlami bilishdan tashqari, maksimal darajada kuch, sabot, uyushqoqlik, matonat, qat’iyatlikni talab qiladi.
2. O'quvchilaming bir necha sinfga diqqat e’tiborini taqsimlashi juda qiyin.
3. O'qituvchi bir sinf bilan darsning yarmi yoki 1/3 qismi davomida shug'ullanishga, darsning qolgan vaqtida o'quvchilar mustaqil ishlashiga to'g'ri keladi.
4. O'quvchilar mustaqil ish bajarayotgan vaqtda o'qituvchi boshqa sinf bilan band bo'ladi.
5. Bir sinf o'quvchilari, ayni vaqtda o'qituvchi rahbarligida ish- layotgan boshqa sinf o'quvchilarining xalaqit berishiga qaramay, mustaqil ishlayverishlari kerak.
Shunga qaramay oz komplektli maktab o'quvchilari uchun bir qator afzalliklari ham mavjud:
1. Sinf o'quvchilari sonining kamligi (ba’zan 2-3 ta o'quvchi). Bu o'qituvchiga tez-tez so'rab turish, o'quvchilar bilimlaridagi kam- chilliklarni topish va ulami tuzatish imkoniyatlarini beradi.
2. Oz komplektli maktablarda o'quvchi daftarlarini tekshirishga oz vaqt sarflaydi, u bu daftarlar orqali o'quvchi qanday va nimadan qiynalayotganini oson aniqlaydi.
3. Oz komplektli maktablar maktab xususiyatiga ko'ra o'quvchi darsning taxminan 1/3 qismida mustaqil ishlashga to'g'ri keladi. Buning o'quv maqsadlaridan tashqari, katta tarbiyaviy ahamiyati ham bor: iroda mustahkamlanadi, qiyinchiliklami bartaraf qilish malakasi tarbiyalanadi.
4. Yuqori sinf o‘quvchilari quyi sinf o‘quvchilariga yordam ber- ishlari mumkin, chunki ular har kuni bir sinf xonasida birga boMishadi.
Darslami rejalashtirish ham oz komplektli maktablarda ish tashkil qilishni aniqlab beruvchi omillardan biridir. Bu rejalashtirish esa har xil ishlarni bir necha sinf bir vaqtda bajarishni ta’minlashdan iborat.
Masalan, bir komplektli maktablarda dushanba kuni uchun dars jadvali quyidagicha:
Dars
bos-
qichlari
|
Vaqti
|
Ishni sinflar bo'yicha tashkil qilish
|
I sinf
|
11 sinf
|
III sinf
|
1.
|
10 min
|
Mustaqil. Son- dan yig'indini ayirishga doir misollar
|
Mustaqil. 20 gacha bo'lgan sonlami yozib, ular ustida qo‘- shish misollari
|
O'qituvchi boshchiligida yangi mavzu bilan tanishtirish, mustahkamlash. Mustaqil beriladigan top- shiriqni tushuntirish
|
2.
|
15 min
|
Mustaqil. Darslikdan misol- masalalar bcrish
|
0‘qituvchi boshchiligida mustaqil ishni tekshirish.
Yangi mavzuni tushuntirish. Mustaqil ishga ko'rsatma. Uyga vazifa
|
Mustaqil. Darslikdan misol-masala- lar yechish
|
3.
|
15 min
|
O'qituvchi bosh- chiligida. Mustaqil ishni tekshirish va og'zaki mashq bajarish. «Jim» o'yini, uy- ga vazifa berish
|
Mustaqil. Darslikdan misol- masalalar ko'r- satiladi
|
Mustaqil. Oldingi topshiriqlar davom yetkaziladi
|
4.
|
5 min
|
Mustaqil. Darslikdan misol- masalalar ko‘r- satiladi
|
Mustaqil. Oldin- gi topshiriqlar davom yetkazi- ladi
|
0‘qituvchi boshchiligida mustaqil ishlar tekshiriladi. Uyga vazifa beri- ladi
|
Demak, 1-sinflar ikki darsni oldin o‘qiydi va ikki dars oldin tu- gatadi.
O'qituvchi uchun eng og'ir soatlar 3 chi va 4 chi soatlardir.
O'z komplektli maktablarda o'quv ishini rejalashtirish tegishli metodik qo'llanmalar orqali o'qituvchilarga yetkazilmoqda.
Uch sinfda bir vaqtda o'tkaziladigan bir predmetli (matematika) darsining taxminiy rejasini keltiramiz: 1-sinfda «sondan yig'indini ayirish» (mustahkamlash); 2-sinfda «21 dan 100 gacha bo'lgan sonlami og'zaki raqamlash» (ya’ni tushuncha berish), 3-sinfda «1000 ichida og'zaki raqamlash» (ya’ni tushuncha berish). (L.Sh. Leven- berg va boshqalar. «Boshlang'ich sinflarda matematika o'qitish metodikasi»).
Hamma narsadan oldin oz komplektli maktablarda sinf doskasi o'lchamini kattalashtirish kerak. Buning sababi bir necha sinf bilan ishlash sharoitida doskaga, birinchidan, bir necha topshiriq materiallari yoziladi va ikkinchidan, bir necha sinf uchun yoziladi. Shu bilan birga topshiriqlar umumiy maktabdagiga qaraganda to'laroq bayon qilinadi. Chunki, o'quvchilar ulardan o'qituvchining tushuntirishlar- isiz foydalanishlari kerak. Oz komplektli maktablar ish tajribasida bu maqsadlarda qo'shimcha yengil ko'chma, osma (yoki tagliklarga o'matilgan) doskalar, uzaytirilgan sinf doskalaridan (tortib turiladigan pardalar bilan taminlangan), olib qo'yiladigan (ochiladigan qopqoqli) maxsus doskalardan foydalaniladi.
Oz komplektli maktabda o'quvchilami o'qitishda har xil jadval- lar ham muhim rol o'ynaydi. Bunda, asosan, umumiy ta’lim maktab- lari uchun mo'ljallangan jadvallaming o'zidan foydalanish mumkin.
Oz komplektli maktablar uchun ma’lumotlari o'zgartiriladigan jadvallaming ahamiyati, ayniqsa, katta. Masalan, sodda masalalam- ing (murakkab masalalaming) qisqa yozuvlari namunalarini o'z ichiga oladigan jadvallami cho'ntakli qilib tayyorlash maqsadga mu- vofiq, bu cho'ntaklar son ma’lumotlami unga teskari masala bilan almashtirish natijasida maqsadni amalga oshirish imkonini beradi.
Oz komplektli maktabda algoritmik jadvallarga, ya’ni algoritmik qoidalami o'z ichiga olgan jadvallarga katta o'rin berish kerak.
Tarqatma-didaktik materiallardan foydalanish ham mustaqil ishlami muvaffaqiyatli bajarishga imkon beradi. Ko'pchilik hollarda bu- lar topshiriqli kartochkalardan iborat bo'ladi.
Oz komplektli maktablar barcha maktablar uchun belgilangan dasturlar bo'yicha ishlaydigan va asosan boshqa maktablarga o‘xshash usullardan foydalanadilar, lekin bu yerda darsning tashkil etilishida muhim farqlar bor. Oz komplektli maktabda bolalami o'qitish va tarbiyalash o'qituvchidan katta mahorat talab qiladi.
Ikkita sinf bilan o'tkaziladigan mashg'ulotlami rejalashtirishda o'qituvchi quyidagi masalalami hal etishi kerak:
1) o'qituvchi rahbarligida o'tkaziladigan mashg'ulot vaqtini rat- sional taqsimlash;
2) o'quvchilaming mustaqil shug'ullanishlarini to'g'ri tashkil etish;
3) mustaqil ishlami qachon va qanday tekshirishni oldindan to'g'ri rejalashtirish;
4) bir sinfdan ikkinchisiga o'tishni qanday amalga oshirishni hal etish.
Bu masalalami hal etish uchun o'qituvchi dars jadvalida matematika darsining o'mini, darsning turini belgilab olishi, darsning minutlar bo'yicha taqsimlangan puxta va aniq rejasini tuzib olishi lozim.
Dars jadvalida matematika, odatda, birinchi yoki ikkinchi soatga qo'yiladi. Matematika darsini boshqa sinfdagi xuddi shu dars bilan birgalikda bo'lishi eng maqbuldir.
Oz komplektli maktablarda darsning mazmuni va turiga qarab mashg'ulotlami birgalikda olib borishning ushbu to'rt turi farq qili- nadi:
a) barcha sinflarda yangi material o'rganiladi;
b) bir sinfda yangi material o'rganiladi, ikkinchi sinfda esa mashqlar bajariladi;
c) ikkala sinfda malakalami mustahkamlash va rivojlantirish darsi o'tkaziladi;
d) ikkala sinfda amaliy ishlar yoki ekskursiya o'tkaziladi.
Masalan:
Quyi sinf
|
Yuqori sinf
|
Dars mavzusi
|
Dars mavzusi
|
Dars maqsadi
|
Dars maqsadi
|
Darsning borishi
117
1. O'qituvchining o'quvchilar bilan ishlashi
|
1. O'quvchilaming mustaqil ishlashi
|
2. O'quvchilaming mustaqil ishlari
|
2. O'qituvchilaming o'quvchilar bilan ishlashi
|
3. O'qituvchilaming o'quvchilar bilan ishlashi
|
3. O'quvchilaming mustaqil ishlashi
|
4. O'quvchilaming mustaqil ishlash lari
|
4. O'qituvchilaming o'quvchilar bilan ishlashlari
|
1-IV sinflarda darsni tashkil qilish turlaridan birini ko‘rib chiqamiz, u ikkinchi yarim yillik uchun, birinchi sinf bolalari mustaqil ishlash malakasiga ega bo'lganlaridan so'ng tavsiya qilinadi.
Darsning bunday tuzilishi ushbu turga mos keladi:
Bir sinfda yangi materialni tushuntirib, qolgan ikki sinfda o'rganilgan materialni mustahkamlash.
Bir necha sinflar bir vaqtda shug'ullanganida o‘quvchilar-ning mustaqil ishlari alohida o‘rin tutadi.
Darsda mustaqil ishlashning mazmuni quyidagicha:
- darsda yangi bilimlami o‘zlashtirish uchun zarur bo'lgan, oldin o'tilgan materialni darslik yoki boshqa manba bo'yicha mustaqil takrorlash;
- darsda o'rganilgan materialni mustahkamlash uchun mashqlar;
- olingan bilimlami amaliy qo'llaniladigan turli xildagi mashqlar.
Mustaqil ishni to'g'ri tashkil etishda o'quv topshiriqlarining mu-
fassal ishlanmalarini eslatmalar yordamida beradi.
Mustaqil ishlash usullari bilan bolalami o'qituvchi maktabdagi birinchi darslaridan boshlab tanishtira boshlaydi.
Bu fikrlash uquvini shakllantiradi, matematik nutqni rivojlantiradi, kuchsiz o'quvchilaming materialni yaxshiroq tushunib olish va hamma qatori o'z muvaffaqiyatlaridan quvonishlariga imkon yara-tadi.
Nazorat uchun savollar
1. Oz komplektli qishloq maktabida o'quv ishini tashkil etish- ning xususiyatlari nimalardan iborat?
2. Oz komplektli maktabda dars o'tishning taxminiy sxemasini tuzing.
3. Mustaqil ishni yo'lga qo'yish xususiyatlari nimalardan iborat?
Dostları ilə paylaş: |