O‘zbekistonning xalqaro reytinglarda tutgan o‘rni



Yüklə 187,28 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/2
tarix06.11.2022
ölçüsü187,28 Kb.
#67611
  1   2
o-zbekistonning-xalqaro-reytinglarda-tutgan-o-rni



O‘zbekistonning xalqaro reytinglarda tutgan o‘rni 
 
Asrorbek Xusniddin o‘g‘li Parpiyev 
asrorbekparpiyev03@gmail.com
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti
 
Annotatsiya: Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasining xalqaro 
reytinglarda tutgan o‘rni batafsil yoritilgan bo‘lib, hozirgi kunda ushbu reytinglardagi 
ko‘rsatkichlarni yanada yaxshilash uchun mamlakatimizda olib borilayotgan ishlar 
atroflicha tahlil qilingan. 
Kalit so‘zlar: BMT, elchi, Tashqi ishlar vazirligi, xalqaro reyting va indekslar, 
MDH, so‘z erkinligi, YUNIDO, AQSh Davlat departamenti 
Uzbekistan's place in international rankings 
Asrorbek Husniddin oglu Parpiyev 
asrorbekparpiyev03@gmail.com 
University of World Economy and Diplomacy 
Abstract: This article describes in detail the role of the Republic of Uzbekistan 
in international rankings, and provides a detailed analysis of the work currently being 
done in our country to further improve the performance of these rankings. 
Keywords: UN, Ambassador, Ministry of Foreign Affairs, International Ratings 
and Indexes, CIS, Freedom of Speech, UNIDO, US State Department 
 
Bugungi kunda insoniyat taraqqiyoti va barcha sohalarda kechayotgan 
globallashuv, sifat va tarkibiy o‘zgarishlar xalqaro hamkorlik va xalq diplomatiyasini 
yangi bosqichga ko‘tarishga, har bir suveren mamlakatni ushbu holatlarga yangi nigoh 
bilan qarashga, ular bilan birga olg‘a qadam tashlashga undamoqda. 
Ma’lumki, har bir davlatning jahon miqyosida tutgan mavqei xalqaro reyting va 
ko‘rsatkichlardagi o‘rni bilan belgilanadi. Chunki, xalqaro reyting va indekslar har bir 
davlatning ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli va rivojlanish jarayoni, aholining turmush darajasi, 
inson huquqlari muhofazasi, tadbirkorlar va xorijiy investorlar uchun qulay shart-
sharoitning mavjudligi, raqobatbardoshlik va barqaror iqtisodiy o‘sish kabi muhim 
jihatlarni o‘zida yaqqol namoyon qila oladigan “ko‘zgu”dir. Shuning uchun ham 
O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan so‘ng xalqaro reyting va 
ko‘rsatkichlarda o‘ziga munosib o‘ringa ega bo‘lish va mavqeini yanada rivojlantirish 
maqsadida faol tashqi siyosat olib borishni boshlagan. Xalqaro tashkilotlar va xorijiy 
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
February 2022 / Volume 3 Issue 2
www.openscience.uz
1502


mamlakatlar bilan hamkorlik qilish orqali jahonda yuqori reytinglarga ega bo‘lish 
davomida tizimda uchragan ba’zi kamchiliklar tufayli mamlakatimizda bir muddat 
tashqi aloqalar sezilarli darajada sustlashib qoldi. Bu esa, albatta, xalqaro indekslardagi 
o‘rnimizga ta’sir o‘tkazmay qolmadi. 
Biroq, 2016-yilning so‘nggi choragida prezident etib saylangan Shavkat 
Mirziyoyev bu holatni chuqur anglagan xolda turli sohalar qatori tashqi siyosat tizimini 
ham tanqidiy qayta ko‘rib chiqish va uning faoliyatini kuchaytirish, mamlakatning 
xalqaro maydondagi imidji va investitsiyaviy jozibadorligini yanada mustahkamlash, 
davlat tashkilotlarida xalqaro reyting va indekslar bilan ishlashning yangi 
mexanizmlarini joriy qilish ustuvor vazifa ekanligiga alohida e’tibor qaratdi. Jumladan, 
siyosiy-huquqiy va iqtisodiy xalqaro reytinglarda O‘zbekiston Respublikasining 
o‘rnini yaxshilash va bu borada mas’ul davlat organlariga yuklatilgan ustuvor 
vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirilishini kuchaytirish maqsadida 
davlatimiz rahbarining 2019-yil 7-martdagi PF-5687-sonli “Xalqaro reyting va 
indekslarda O‘zbekiston Respublikasining o‘rnini yaxshilashga oid chora-tadbirlarni 
tizimlashtirish’’ to‘g’risidagi farmoni imzolandi. Bu qaror asosida Ustuvor xalqaro 
reyting va indekslar bilan ishlashni muvofiqlashtirish bo‘yicha maxsus komissiya 
tuzildi. Bundan tashqari 2020-yil 2-iyunda qabul qilingan “O‘zbekiston 
Respublikasining xalqaro reyting va indekslardagi o‘rnini yaxshilash hamda davlat 
organlari va tashkilotlarida ular bilan tizimli ishlashning yangi mexanizmini joriy 
qilish to‘g‘risida” gi farmoni mamlakatimizda bu yo‘nalishda amalga oshirilayotgan 
islohotlarni yangi bosqichga ko‘tarishda muhim dasturilamal bo‘lib hizmat qildi. 
Mazkur farmonga muvofiq, xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash bo‘yicha 
respublika kengashi tuzilib, sohada parlament nazorati o‘rnatildi. 
Bugungi kunda hayotning har bir jabhasida yangilik va bunyodkorlik ishlari jadal 
sur’atlarda davom etmoqda. Tabiiyki, bunday o‘zgarishlar natijasi nafaqat xalqimiz 
hayotida, balki nufuzli xalqaro reyting va indekslarda ham o‘z ifodasini topayapti. 
Hamda xalqaro maydondagi qat’iy sa’y-harakatlarimiz natijasida yurtimizning nufuzi 
va obro‘-e’tibori tobora yuksalib, dunyo mamlakatlari orasida o‘z o‘rniga ega 
bo‘lmoqda. Jumladan,
mamlakatimiz o‘z tarixida birinchi marta BMTning Inson 
huquqlari bo‘yicha kengashiga a’zo etib saylandi. Yaqinda AQSh Davlat departamenti 
tomonidan O‘zbekiston diniy erkinlik sohasidagi “maxsus kuzatuvdagi davlatlar” 
ro‘yxatidan chiqarilgani keng ko‘lamli demokratik islohotlarimizning e’tirofi bo‘lgan 
bo‘lsa, faol iqtisodiy islohotlarimiz natijasida yaqinda BMT ning Sanoatni 
rivojlantirish tashkiloti (YUNIDO) ning “Raqobatbardosh sanoat unumdorligi indeksi” 
bo‘yicha hisobotida mamlakatimiz ilk marotaba aks etti va 152 ta davlat orasida 92-
o‘rinni, MDH ga a’zo davlatlar orasida 5-o‘rinni, Markaziy Osiyo mamlakatlari orasida 
esa 2-o‘rinni egalladi. Xususan, iqtisodiyotda davlatning rolini kamaytirish, 
makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlashga qaratilgan bosqichma-bosqich islohotlar 
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
February 2022 / Volume 3 Issue 2
www.openscience.uz
1503


2020-yilda Jahon bankining “Biznes yuritish” indeksida 76-o‘rindan 69-o‘ringa 
ko‘tarilishimizga, “Transparency International”ning korrupsiyani qabul qilish hamda 
“World Justice Project”ning Qonun ustuvorligi indekslarida yurtimizning o‘rni 
yaxshilanishiga olib keldi. So‘nggi to‘rt yil mobaynida mamlakatimiz Meros 
jamg‘armasining “Iqtisodiy erkinlik” indeksida 52 pog‘onaga, Jahon bankining 
“Logistika samaradorligi” indeksida 19 pog‘onaga, “Biznes yuritish” indeksida 18 
pog‘onaga ko‘tarildi.
Shu bilan birga, bu yo‘nalishda hali qilinishi kerak bo‘lgan muammo va vazifalar 
talaygina. Chunki, Xalqaro reyting va indekslardagi mamlakatimiz o‘rnining 
yaxshilanishi ko‘p jihatdan qabul qilayotgan qonunlarimizning joylardagi ijrosiga 
bog‘liq. Shu bilan birga, ayrim rahbarlar reytinglar bilan ishlashga yetarlicha e’tibor 
qaratmayotganligi va xalqaro tashkilotlar tomonidan o‘tkazilayotgan so‘rovlarda 
aksariyat islohotlar o‘z aksini topmayotganligi oqibatida ustuvor xalqaro reyting va 
indekslarda O‘zbekiston Respublikasi quyi pog‘onalarda qolmoqda. Asosan, siyosiy-
huquqiy reyting va indekslarda mamlakatimiz o‘rinlari nisbatan quyi pog‘onalarda. 
Masalan, So‘z erkinligi va hisobdorlik indeksida 191-o‘rinda, Normativ sifat indeksida 
184-o‘rinda, Korrupsiyani nazorat qilish indeksida 183-o‘rinda, Qonun ustuvorligi 
indeksida 182-o‘rinda, Jahon matbuot erkinligi indeksida 156-o‘rinda turibmiz. Biroq 
shuncha 
ishlarga 
qaramay, 
indekslardagi 
ko‘rsatkichlar 
bu 
borada 
hali 
kamchiliklarimiz borligini ko‘rsatib turibdi. 
Alohida ta’kidlash lozimki, biron-bir davlatning xalqaro reyting va indekslarda 
tutgan o‘rni ko‘p jihatdan o‘sha mamlakatning olib boradigan tashqi siyosatiga ham 
bog‘liq. Chunki, mustaqillikni mustahkamlash, mamlakatning xavfsizligi, barqarorligi 
va taraqqiyoti ko‘p jihatdan xorijiy davlatlar bilan olib boriladigan faol tashqi siyosatga 
bog‘liq. Shuning uchun elchilarimiz bu holatga alohida e’tibor qaratib, xalqaro reyting 
va indekslardagi o‘rnimizni yaxshilash uchun amaliy ishlar qilishi zarur. Xususan, 
Prezident Shavkat Mirziyoyev 2018-yilning 11-yanvar kuni bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston 
Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi va mamlakatimizning xorijdagi elchixonalari 
faoliyatiga bag‘ishlagan nutqida: “Sizlar (Elchilar) O‘zbekiston ochiq, amaliy va 
o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirishga tayyor ekanini xorijiy mamlakatlarning 
keng jamoatchiligiga yetkazish bo‘yicha muntazam ish olib borishingiz zarur” deb 
ta’kidlab o‘tgan. Chunki diplomatlarimiz davlatimizning tashqi siyosatini samarali 
amalga oshirish uchun to‘liq mas’ul va javobgardir. 
Lekin, yuqorida sanab o‘tilgan muammo va kamchiliklar, albatta, e’tiborsiz 
qoldirilgani yo‘q. Joylardagi qarorlar ijrosini ta’minlash va nazorat qilish maqsadida 
davlatimiz rahbarining farmoni asosida tashkil etilgan kengash tarkibiga mahalliy 
hokimlarning kiritilgani fikrimizning yaqqol isbotidir. Bundan tashqari, yurtimizda 
so‘z erkinligi hamda ommaviy axborot vositalarining cheklov va to‘siqlarsiz faoliyat 
yuritishi, media bozorida teng sharoit yaratish va ularning faoliyatini yanada 
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
February 2022 / Volume 3 Issue 2
www.openscience.uz
1504


rivojlantirish maqsadida Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish 
jamoat fondi tashkil etildi. Bularning barchasi inson qadrini ulug‘lashga, odamlarning 
hayotdan rozi va mamnun bo‘lib yashashini ta’minlashga xizmat qilishi bilan yanada 
muhim mazmun kasb etadi. 
Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, hozirgi kunda jamiyatimizda amalga 
oshirilayotgan islohotlarning bosh vazifasi xalqimizni rozi qilishdek ezgu maqsadga 
yo‘naltirilmoqda. Barcha islohotlar, sa’y-harakatlar, qabul qilinayotgan qonun hamda 
qarorlar zamirida ham ushbu ezgu maqsad yotibdi desak mubolag‘a bo‘lmaydi. 
Ma’lumki, aholi yuritilayotgan siyosatdan qanchalik rozi bo‘lsa, turli reyting va 
indekslardagi o‘rnimiz o‘z-o‘zidan oshib boraveradi. 

Yüklə 187,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin