O’zbeksiton xalqaro islom akademiyasi Mumtоz shаrq filоlоgiyаsi fаkulteti



Yüklə 49,27 Kb.
səhifə1/9
tarix25.03.2022
ölçüsü49,27 Kb.
#54178
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
2398OGAHIY


O’zbeksiton xalqaro islom akademiyasi

Mumtоz shаrq filоlоgiyаsi fаkulteti

О‘zbek tili vа mumtоz shаrq аdаbiyоti kаfedrаsi

5120100-Filоlоgiyа vа tillаrni о‘qitish (mumtоz tillаr bо‘yichа) tа’lim yо‘nаlishi
O’zbek mumtoz adabiyoti” fаnidаn

KURS ISHI


MАVZU: Ogahiy ijodida an’anaviy obrazlar

Bаjаrdi: 4-kurs tаlаbаsi Yо’ldоshаliyev Iqbоljоn

TOSHKENT 2021
M U N D A R I J A

KIRISH………………………………………………………............3

I BOB.

Badiiy estetik tafakkur va obraz takomili …………………………5

II BOB. Ogahiy ijodida diniy-tarixiy obrazlar ……………………13

XULOSA…………………………………………………………………24

FOYDALANILGAN MANBA VA ADABIYOTLAR ROʻYXATI.……......... ..............................................................................27

K I R I SH

Yozma adabiyotning o`ziga xos an`analari mavjud bo`lib, bu an`analar bevosita adabiyotshunoslikning ko`p sohalari bilan bog`liq. Mumtoz adabiyotning asrlar osha davom etib kelayotgan ana shunday an`analaridan biri ijodkorning xalq ma`naviy boyligini, diniy va axloqiy qarashlarini puxta egallab, undan ijodiy foydalanishida ko`rinadi. Bu holat o`tmish shoirlarimizning xalq og`zaki ijodi va yozma adabiyotda keng tarqalgan obrazlarga ma`lum bir g`oyaviy-estetik maqsad bilan murojaat etishlarida yanada yaqqol namoyon bo`ladi.

Ogahiy she`riyatida mifologik va diniy-tarixiy obrazlar g`oyatda rangbarang bo`lib, ularning ayrim belgi va xususiyatlari she`riyatda ramzga aylanib ketgan.

Mumtoz she`riyatdagi an`anaviy obrazlarni alohida shoir asarlari, xususan, lirikasi asosida tahlil qilish o`sha ijodkor dunyoqarashi, badiiy mahorati, iste`dodi qirralarini teranroq idrok qilish va kashf etishda qo`l keladi.

Shubhasiz, o`zbek adabiyoti tarixining har bir davriga oid shoirlar ijodiy merosini an`anaviylik va o`zaro mushtaraklik, shuningdek, individuallik nuqtai nazaridan tadqiq qilish lozim. Hozirgi davrda milliy va tarixiy – ma`naviy merosimizga e`tiborning ortganligi, o`zlikni anglash davlat siyosati darajasiga ko`tarilganligi bois, fol`klor va yozma adabiyotni o`zaro hamkorlik va aloqadorlikda ko`rsatadigan tadqiqotlarga kuchli ehtiyoj seziladi. Zero, o`zlikni anglash tarixni bilishdan boshlanadi.

XIX asr o`zbek adabiyoti, Xorazm adabiy muhitining yirik vakili Muhammad Rizo Ogahiy adabiyotimiz tarixida o`zbek mumtoz adabiyotini Yangi taraqqiyot pog`onasiga ko`targan zabardast adib, bilimdon muharrir, zakiy ta`b mutarjimdir. Prezidentimiz I.Karimov haqli ravishda ta`kidlaganidek«Xorazm va Xiva zaminida yashagan Pahlavon Mahmud, Sulton Vays, Nosiriddin Rabg`uziy, Sulaymon Baqirg`oniy, Baqovaddin

Vala uning buyuk farzandi Jaloliddin Rumiy, Abul-Qosim al-Xorazmiy, Ismoil Jurjoniy, Sirojiddin Sakkokiy, Munis, Ogahiy, Bayoniy, Safo Mug`aniy, Chokar, Sheroziy, Hojixon, Bola baxshi kabi o`nlab va yuzlab allomalar, shoir va san`atkorlar nomini biz bugungi avlod vakillari cheksiz extirom bilan tilga olamiz va boshimizga ko`taramiz»1.

Ogahiy she`riyatida mifologik va diniy-tarixiy obrazlar munosabatini o`rganish XIX asr o`zbek adabiyoti rivojiga xos jihatlarini aniqlash, adabiy jarayonning takomillashishi, milliy-hududiy o`ziga xoslikning namoyon bo`lishi, shoirning individual uslubi va tili, badiiy – estetik mahoratini belgilashda muhim ahamiyatga ega.

XIX asr o`zbek adabiyotining g`oyaviy-estetik taraqqiyoti va takomilida muhim o`rin tutgan mifologik va diniy-tarixiy obrazlarning yozma adabiyot bilan o`zaro ta`siri va boyishi masalasini diqqat markazida tutib, quyidagi vazifalarni bajarishga o`rindik: poetik an`ana va o`ziga xoslik masalalarni Ogahiy lirikasidagi an`anaviy obrazlar bilan bog`liqlikda tadqiq etish, o`zbek fol`kloridagi mifologik va demonologik obrazlarning shoir talqinida muayyan semantik o`zgarishlarga uchraganligini yoritish, Ogahiyning mifologik, diniy-tarixiy obrazlardan ijodiy foydalanish va o`ziga xos kashf etishdagi poetik mahoratini ilmiy asoslash, yozma adabiyotga va fol`klorga xos an`anaviy obrazlar hamda badiiy tasvir vositalarining mumtoz adabiyotdagi ko`rinishlarini qiyosiy tahlil etish, diniy –tarixiy obrazlarning o`zbek she`riyati, xususan, Ogahiy lirikasidagi majoziy mohiyatini ko`rsatish, xalq dunyoqarashi, moddiy va ma`naviy madaniyati urf-odatlari va turmush tarzi bilan bog`liq bo`lgan mifologik obrazlarning yozma adabiyotga kuchganini Ogahiy ijodi misolida ko`rsatish, shuningdek, Ogahiyning san`atkorligini ochib berish.
BADIIY–ESTETIK TAFAKKUR VA OBRAZ TAKOMILI

So`z san`atining dastlabki namunalari qadim zamonlarda dunyoga kelib, unda insoniyatning porloq kelajak haqidagi orzu niyatlari turli mifologik obrazlar orqali aks ettirilgan. Ibtidoiy odamning o`ziga sirli ko`ringan tabiatni bilishga intilishi natijasida dastlabki mif va afsonalar yaratilgan bo`lib, ularda mifologik obrazlarning ilk namunalari o`z aksini topgan. Miflarda yaxshilik va yomonlik haqidagi tasavvurlar mujassamlashgan. shuning uchun ko`pgina mifologik obrazlar ezgulik va yovuzlik o`rtasidagi kurash fonida gavdalanadi.

Mifologik obrazlarning taraqqiyotida qadimgi odamning dunyoqarashi, turmush tarzi, urf-odat va marosimlari ham muhim rol o`ynagan.

Xalq hayoti va ijodidan olingan ilhomgina badiiy mahoratning yanada jozibaliroq bo`lishini ta`minlay oladi. A.N.Veselovskiy tarixiy poetika haqida gapirib, adabiyotga miflarning ta`siri katta ekanini, ko`pgina syujetlar o`z ildizlari bilan mifologiyaga borib taqalishini qayd qilib o`tadi. Azalazaldan mumtoz adiblarimiz asosiy g`oyani oydinlashtirish, yanada chuqurlashtirish maqsadida mifologiyadan, an`anaviy qadriyatlardan keng foydalanishgan. Shoirlarimiz lirik qahramon ruhiy olamini kashf etishda fol`klor va yozma adabiyotda faol qo`llaniladigan mifologik obrazlarga murojaat qilishgan.

Mumtoz san`atkorlar asarlarida mifologik obrazlar oshiq va ma`shuq xarakteri, sifatlari, kechinmalarini yoritishda vosita, asos bo`lishdan tashqari she`riyatning xalqchil ruhi va xalq qalbiga hamohang bo`lishini, hayot bilan uzviy bog`lanishini ta`minlashga xizmat qilgan.

Ogahiy lirikasi ham an`anaviylikka hamohang bo`lgani holda, unda shoirning poetik mahorati, falsafiy-estetik qarashlari ifodalangan. Shu bois, Ogahiy g`azallarida o`zi yashagan davr hayoti haqidagi realistik tushunchalar, o`ziga xos (o`xshatish, ramz, istiora va ifatdoshlar) tasvir vositalari qatnashadi.

Ogahiy o`z ijodida faol qo`llagan mifik obrazlardan biri Xizrdir. adabiyotshunoslikda bu obrazning kelib chiqishi xususida turli hil fikrlar mavjud. e.E.Bertel`s uni qadimgi o`simliklar olami bilan aloqador xudolarga

Xizr o`zining rang-barang xislatlariga ega bo`lib, uning uchun ilk nibat doimiy barhayotligi, donoligi va tiriklik suvining egasi ekanligidir. Xizrning tiriklik suvi jonsizga jon ato qilishga qodir. U kecha-yu kunduz olam kezib yuradi. O`rta Osiyo xalqlari orasida keng tarqalgan tasavvurlariga ko`ra, u nuroniy chol sifatida gavdalanadi. Xizrga yo`liqqan kishi go`yo bir umr baxtli bo`ladi. Xalq uni Xo`jai Xizr, Xizr bobo, Xazrati Xizr deb ham ataydi.

Lirik qahramon ko`nglining toza va tiniqligi holati Alisher Navoiyning “Layli va Majnun” dostonida hayratlanarli tarzda ifodalangan. Majnunning firoq g`amida “tandir ichidagi o`tdek o`rtanishi”, “ko`ngil o`tidan temir bandi suv bo`lgani” haqida so`z yurituvchi ushbu doston Ogahiy ijodiga ham ta`sir etganligini ilg`ash mumkin.

Shoir yozadi:



Ul pari hajrida o`rtandi fig`onimdan falak,

Ohidin tushsa tong ermas kulbai Majnunga o`t.
Ogahiy lirik qahramon ham hijron azoblarida qiynalayotgan oshiq. uning ishq o`ti g`ussasi ko`nglinigina emas, falakni ham o`rtaydi. Qayg`udan azob chekayotgan ko`ngilning o`rtanib “oh chekishi”, falakka fig`on solishi muqarrar. Ana o`shanda ko`ngilni o`rtayotgan ayriliq o`tining yolqinlari Majnun kulbasiga ham o`t solsa ne ajab. Baytda navoiyning qahramoni Majnun qismatiga ishora qilinib, oshiqning ham ilohiy yor – “ul pari” hajrida qiynalayotgani aytiladi. Ayni choqda u yuzlarcha hasta notavonlar ko`ngliga ham o`t solmoq ilinjidadir.

Yuqorida ta`kidlaganimizdek, Ogahiy ijodiga chuqur nazar tashlasangiz, Navoiy dostonlaridagi Layli va Majnun, Farxod va Shirin kabi oshiq va ma`shuqalarning ichki va tashqi holatlari, ruhiy iztiroblari bilan yaxshi tanish bo`lganligi hamda ta`sirlanganligi ayon bo`ladi.



Yüklə 49,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin