O’zgarmas tok elektr zanjirlari.
Reja:
1. O’zgarmas tok zanjirlariga oid umumiy tushunchalar.
2. OM qonuni. Elektr zanjir tuguni, shoxasi va konturi.
3. Murakkab elektr zanjirlarini hisoblash usullari. Kirxgof konunlari.
4. Xulos.
5. Foydalanilgan adabiyotlar.
O’zgarmas tok zanjirlariga oid umumiy tushunchalar
Elektr zanjiri — elektr energiyasi manbalari, qabul qilgichlari (isteʼmolchilari) va ularni bir-biriga tutashtiruvchi oʻtkazgichlar (simlar) majmui. Elektr zanjiri tarkibiga ulabuzgichlar, qayta ulagichlar saqlagichlar, himoyalash va kommutatsiya (uzibulash) apparatlari, oʻlchash va nazorat asboblari va boshqalar ham kiradi. Elektr zanjiri yordamida elektr energiyasi (elektromagnit energiya yoki zanjirida elektr toki, elektr yurituvchi kuch EYUK, potensiallar farqi mavjud boʻlgan boshqa tur energiya) uzatiladi, tarqatiladi hamda kuchlanishi pasaytiriladi yoki oshiriladi. Elekt energiyasi manbalarida biror turda gi energiya (suv, issiklik va boshqalar ener giyasi) elektr energiyasiga, qabul qil gichlar (isteʼmolchilar)da elektr ener giyasi issqlik, mexanik va boshqalar tu| energiyaga aylantiriladi. Elektr zanjiri rejim" (ish maromi) barcha qismalardagi tok va kuchlanish qiymatiga bogʻlq boʻladi. Elektro zanjirlarda 2 xil elektro quvvatdan foydalanadi (AC) o’zgaruvchan tok va o’zgarmas tok. (DC).O’zgaruvchan tok asosan katta apparatlar va motorlarniishga tushiradi va uzgaruvchan tok elektro stansiyalarda ishlab chqariladi.transpotr vositalari va boshqa mashinalar hamdaelektronikda o’zgarmas tok kuchidan foydalaniladi.
Bunday manba qismalaridagi kuchlanish u hosil qilgan tok qiymati I ga bog'lq bo'lmaydi. Ideal EYuK manbai uchun manbaning ichki qarshiligi .Shuning
uchunU = E = const bo'ladi. Ideal EYuK manbai VAX absissa
o'qiga parallel to'g'ri chizqdan iborat (1.10-rasm, a dagi 1-to'g'ri chizq). Elektr zanjir elektr tokni hosil qilish va uning o'tishini ta'minlaydigan qurilma va ob'ektlarning majmui bo'lib undagi elektromagnit jarayonlar elektr yurituvchi kuch (EYuK), tok va kuchlanish tushunchalari bilan ifodalanadi. Elektr zanjir tushunchasi elektrotexnika fanining tayanch tushunchasidir. Elektr energiya manbai, iste'molchi va ularni o'zaro birlashtiruvchi o'tkazgichlar elektr zanjirning asosiy elementlari, o'lchash asboblari, ulab-uzgichlar va himoyalash qurilmalari esa uning yordamchi elementlari hisoblanadi. Demak, elektr zanjir elementi bu elektr zanjir tarkibiga kiruvchi alohida qurilma bo'lib, u zanjirda anq funksiyani bajaradi.Elektr zanjirning elementlari shartli belgilar bilan tasvirlanadi.Elektr zanjirning elementlari va ularni o'zaro ulanishining grafik tasviri elektr zanjirining sxemasi deb ataladi. Elektr qarshilik — elektr zanjiri (yoki zanjir bir qismi)ning elektr tokka koʻrsatadigan aks taʼsirini ifodalaydigan fizik kattalik; omlarda oʻlchanadi. Elektr qarshilik elektr energiyasining boshqa tur energiyaga aylanishiga bogʻlq; elektr energiyasi oʻzgarmaydigan.Jarayondagi elektr qarshilikni aktiv qarshilik, tok manbai energiyasi elektr yoki magnit maydoniga uzatiladigan jarayonlardagi electr qarshilikni reaktiv qarshilik deyiladi.
Elektr qarshilik tok kuchi va kuchlanishdan farqi unda zaryadga bog'lq emas. Unga olimlar uning uzunligi ko'ndalang uzunligigan bog'lq zaryadga bog'lq emas deyishadi olimlar. Uning formulasi R=Lp/selektir kuchlanish va tok kuchi orasidagi munosabat R=U/I
EYuK manbai.Bunday EYuK manbaining ichki qarshiligi noldan farq qiladi. Shuning uchun manba qismlaridagi kuchlanish , ya'ni U tok qiymati I ga bog'lq bo'ladi. Real EYuK manbai VAX 1.10-rasm, a da keltirilgan.Real EYuK manbaiga misol tarqasida akkumulyator batareyasi, o'zgarmas tok generatorini keltirish mumkin.Real manbaning EYuKi mqdor jihatidan uning salt ish rejimida (tok nolga teng), qismalaridagi potensiallar ayirmasi – kuchlanishga teng (1.10-rasm, b)bo'ladi.Bu manbaga tashqi zanjir ulanganda uning EYuKi avvalgqiymatinisaqlabqolaolmaydi, chunki manba qisman ichki qarshilikka ega. Tok ortib borishi bilan ko'payadi, kuchlanish U = E-richI esa, kamayadi .
Dostları ilə paylaş: |