Ozuqalarni chorva mollari va parrandalar iste’moliga tayyorlash shartlari



Yüklə 193,94 Kb.
tarix01.02.2023
ölçüsü193,94 Kb.
#82092
Ozuqa tayorlash va saqlash qurilmalari fanidan yakuniy test savollari




  1. Ozuqalarni chorva mollari va parrandalar iste’moliga tayyorlash shartlari.

Qoramol uchun somon va pichanni 30-50 mm, otlarga 15–30 mm, qo‘ylarga 10–20 mm uzunlikda qirqib berish kerak. Agar dag‘al ozuqalar suvli-shirali ozuqalar bilan birgalikda, omixta holda tayyorlansa, uning maydalanish o‘lchami 6–10 mm qilib tayyorlanadi. Dag‘al poyali o‘simliklar (shuvoq va b.) qorako‘l zotli qo‘ylar uchun 3–9 mm o‘lchamgacha, parranda va cho‘chqalarga quritilgan o‘simliklar – o‘t uni 1 mm, boshqa hayvonlarga 2 mm gacha maydalanadi. Ildizmevani qoramolga berishda 10–15 mm, buzoqlarga 5–10 mm, cho‘chqalarga – 5–10 mm, parrandalarga – 3–4 mm qalinlikda qirqiladi. Kunjara sigirlarga 10–15 mm o‘lchamda maydalab beriladi. Ildizmevali ozuqalar maydalanganda, ularning sharbati oqib ketmasligi lozim. Bu ozuqalar hayvonlarga iste’molga berishdan 2 soat avval tayyorlanadi. Aks holda, ozuqa buzilib qolishi mumkin. Konsentrat ozuqalar sigirlar uchun 1,84–4 mm, cho‘chqa va parrandalar uchun 1–1,8 mmgacha maydalab beriladi

  1. Ozuqa muvozanati deb nimaga aytiladi?

Ozuqa muvozanati deb, ozuqaga bo‘lgan yillik ehtiyojni, xo‘jalikda yetishtiriladigan va olib kelinadigan ozuqa miqdoriga solishtirib ko‘rishga aytiladi.

  1. Ozuqaga bo‘lgan yillik ehtiyoj qanday hisoblanadi?

Sigirlarning ozuqaga bo‘lgan ehtiyojini, unga zarur bo‘lgan energiya hisobidan topish mumkin. Ozuqaga bo‘lgan yillik talabi – dag‘al, suvli-shirali, yashil va konsentrat ozuqalarni yozgi va qishki davrda, o‘rtacha kunlik beriladigan me’yoridan kelib chiqqan holda hisoblanadi. Bunda har bir hayvon turiga oylik o‘rtacha talab, hayvonlar bosh soni asosida ma’lum bir davrga, yilga bo‘lgan ozuqa miqdori topiladi.

  1. 4000 l sut beruvchi sigirning ozuqa ratsioni tarkibida silos necha foizni tashkil etishi lozim?

Silos-12 senaj-10

  1. 2500 l sut (yog‘liligi 3,8-4,0 foiz) beruvchi sigir uchun bir yilda qancha ozuqa birligi talab etiladi?



  1. Talab etilgan ozuqani saqlash xandaqlari, g‘aramlari qanday hisoblanadi?




  1. Saqlash xandaqlari uzunligi qanday aniqlanadi?

Yer usti silos xandaqlarining qurilish konstruksiyalari statsionar va ayrim hollarda tashib yurish uchun qulay bo‘lakli bo‘ladi (1-rasm). Xandaq devorlari tashqariga 1:10 qiyalikda o‘rnatiladi. Devorlarni tayyorlashda temirbeton, beton, tosh va g‘isht materiallardan foydalanish mumkin. Devorlar mustahkamligini ta’minlash maqsadida har 3-4 m oraliqda tayanch qurilmalari o‘rnatiladi. Ildizmevali ozuqa saqlash inshootlari ham silos xandaqlari kabi yerga chuqurlatib, yarim chuqurlangan va yer usti hola- 11 tida quriladi.

  1. Xandaqlar qurilishiga qanday talablar qo‘yiladi?

Silos va senaj xandaqlarini qurishda quyidagilarga e’tibor berish lozim: – konservatsiyalangan mahsulotlarda mikroblar rivojlanishi mumkin bo‘lgan havo kirishidan saqlash; – siloslash jarayonida, silos sharbatini xandaqdan tashqariga chiqmasligini, xandaq ichiga suv tushmasligini ta’minlash; – xandaq devori va tubining materiallari 2–3 foiz konsentratsiyali sut va uksus ishqoriga chidamli bo‘lishlari hamda silos sifatiga ta’sir ko‘rsatmasligiga; – devorlari tekis bo‘lib, uni dezinfeksiya qilish va siloslash hamda silosni kavlab olish jarayonlarini mexanizatsiyalashga 10 e’tibor berish. Silos xandaqlari yerga to‘la chuqurlatib, yarim chuqurlangan holda, yer ustiga quriladi. Xandaq turi yerosti suvlarining yaqin-uzoqligiga qarab tanlanadi. Chuqur xandaqlarning ikki tomoni mashinalarning kirib chiqishi uchun 1:5 qiyalikda tayyorlanadi. Xandaqlarning yon devorlari yer sathidan 0,15- 0,20 m balandlikka ko‘tariladi. Xandaqning ikki yonidan yog‘ingarchilik suvlarini chetlatish uchun ariqchalar qoldiriladi. Bunday xandaq uchun yerosti sizot suvlari chuqurligi kamida 4,2 m bo‘lishi lozim

  1. Tashqi ishqalanish koeffitsiyenti deganda nimani tushunasiz?

Tashqi ishqalanish koeffitsiyentlarini aniqlash uchun asbob yo‘naltiruvchisiga material (metall, yog‘och, plastmassa va boshq.) plastinasi yotqiziladi. Materialga tagsiz qutini qo‘yadi va dinamometr yordamida bo‘sh qutini harakatlantirish uchun kerak bo‘ladigan kuchni aniqlaydi. Shundan so‘ng qutiga sinalayotgan materialdan 0,4-0,54 kg solinadi. Materialga plastina qo‘yilib, uning ustiga yuk qo‘yiladi. Dinamometr yordamida material va yuk bilan qutini harakatlantirish uchun kerak bo‘ladigan kuch aniqlaniladi. Bir xil massadagi har bir material uchun sinashlar uch marta takrorlanib bajariladi.

  1. Ichki ishqalanish koeffitsiyenti deganda nimani tushunasiz?

Ichki ishqalanish koeffitsiyentlarini aniqlash uchun yo‘naltiruvchidan plastina olinadi va qutiga sinalayotgan materialdan qo‘shiladi

  1. Qiyalik burchagi nima?

Har xil nisbiy namlikdagi va granulametrik tarkibidagi don va yormalarning qiyalik va yemirilish burchaklarini aniqlash. Material bo‘lakchalarining bir-biri bilan yopishqoqlik xusu-siyatining yemirilish burchagi, tabiiy qiyalik burchagi esa ularning bir-biriga nisbatan harakatlanuvchanligini tavsiflaydi. Ideal, ya’ni absalyut bir xil sharsimon bo‘lakchalardan tuzilgan materiallar uchun bu burchaklar teng. Sochiluvchan ozuqalar qiyalik va yemirilish burchaklarini aniqlash asbobining chizmasi 2.1-rasmda ko‘rsatilgan

  1. Yemirilish burchagi nima?

11 da

  1. Material namligi ishqalanish koeffitsiyenti kattaligiga qanday ta’sir ko‘rsatadi?

  2. Qiyalik burchagining sonli qiymati material nisbiy namligiga qanday bog‘liq bo‘ladi?

  3. Ozuqa tayyorlashning qanday usullari mavjud?

Asosiy ozuqalar tayyorlash, avvalo o‘simliklarga bog‘liq. Ozuqalarning quyidagi turlari mavjud: dag‘al ozuqalar (pichan, somon, poxol); shirali ozuqalar (silos, senaj, poliz ekinlari, tuganak ildiz – mevalar); ko‘k ozuqalar (o‘tlar, poyalar); konsentratsiyalangan ozuqalar (har xil donlar, kunjara, quruq kunjara). Sutchilik, go‘sht va baliqchilik sanoati chiqindilari: qaymog‘i olingan sut, suyak, go‘sht uni va boshqalar kelib chiqishi jihatidan hayvonot olamiga mansub ozuqalar guruhini tashkil etadi. Mineral ozuqalar (bo‘r, tuz, chig‘anoq va boshqalar), sintetik ozuqalar (karbamid, ammiak suvi); mikroelementli (tarkibida mis, kobalt, temir va boshqalar bo‘lgan) ozuqalar, vitaminli ozuqalar va antibiotiklar chorvachilikning qo‘shimcha ozuqa bazasini tashkil qiladi. Ozuqalarni tayyorlashning mexanik, kimyoviy, biologik va issiqlik usullari bor. Ulardan alohida yoki maxsus texnologiyaga muvofiq birgalikda foydalaniladi

  1. Ozuqalarni mexanik usulda tayyorlashda qanday operatsi-yalar bajariladi?

Ozuqa tayyorlashning mexanik usuliga maydalash, oqlash, aralashtirish, me’yorlash va shu kabi ishlar kiradi. Kimyoviy usul ba’zi turdagi ozuqalarga kimyoviy moddalar (xlorid kislota, ohak suvi, ishqorlar) bilan ta’sir ko‘rsatishdan iborat. Issiqlik usullari ishlov, beriladigan ozuqaga maxsus ishlov texnologiyasiga muvofiq holda issiqlik bilan ta’sir ko‘rsatishdan iborat. Biologik usullar ozuqaga turli mikroorganizmlar va fermentlar ta’siriga asoslangan. Bu usullarning hammasi ham bir maqsadga: ozuqalarni to‘yimli, foydali va mazali qilish, shu bilan no‘shxurdni kamaytirishga qaratilgan.

  1. Maydalashning qanday turlarini bilasiz?

Maydalash (kesish, yanchish, tortish va boshqalar) 21 texnologik jarayonning boshqa operatsiyalarini bajarish uchun, masalan: ozuqani me’yorlash va aralashtirish uchun yaxshi sharoit tug‘diradi. Kunjara, chig‘anoq kabi ozuqalarni mollarga maydalab berish mumkin. Maydalash natijasida hosil bo‘lgan mahsulotning umumiy sirti dastlabki ko‘rinishdagi ozuqanikidan ancha katta bo‘ladi, bu esa uning yaxshi hazm bo‘lishini ta’minlaydi.

  1. Ozuqalarni maydalashda mollar turlariga qarab ozuqalarning katta-kichikligi qanday bo‘lishi kerak? Zootexnik talablarga muvofiq foydalaniladigan ozuqalarning katta-kichikligi quyidagicha belgilangan. Qirqilgan poxol va pichan bo‘laklarining uzunligi sigirlar uchun 3-4 sm, otlar uchun 1,5-2,5 sm, qo‘ylar uchun 1-1,5 sm. To‘g‘ralgan tuganak ildizmevalarning qalinligi: sigirlar uchun 1,5 sm, parrandalar uchun 0,3-0,4 sm. Kunjara sigirlarga 10-15 mm maydalab beriladi. Konsentratsiyalangan ozuqalarni sigirlarga berish uchun esa 1,8-4 mm kattalikda maydalanadi, cho‘chqa va parrandalarga berish uchun esa 1 mm gacha (kichik maydalash) yoki 1,8 mm gacha (o‘rtacha maydalash) maydalangan bo‘lishi kerak. Pichan (o‘t) uni zarralarining o‘lchamlari parrandalar uchun 1 mm dan va boshqa hayvonlar uchun 2 mmdan oshmasligi kerak

  2. Ozuqalarni maydalashda sifat ko‘rsatkichlariga nimalar kiradi?

Tuganak ildizmevalar bilan birga bosilgan silosda ildizmevalar ortig‘i bilan 5-7 mm kattalikda qirqilishi lozim. Makkajo‘xorining siloslanadigan poyalari 1,5-8 sm kattalikda qirqiladi. Ozuqaga ishlatiladigan tuganak ildizmevalarning iflosligi 0,3 %dan oshmasligi kerak, donli ozuqalarning iflosliklari: tuproq 1 %dan, qoramug‘, qorakuya, mastak 0,25 %dan ortiq bo‘lmasligi lozim. Zootexnik talablarga muvofiq har qanday ozuqa qishloq xo‘jalik hayvonlariga eng ko‘p foyda beradigan holda yedirilishi lozim. Ozuqa tayyorlash va ularni tarqatish uchun xizmat qiladigan texnik vositalarni takomillashtirishda zootexnikaning ana shu talablari asos qilib olinadi

  1. Ozuqalarni siloslash, deb qanday jarayonga aytiladi?

Ozuqalarni siloslash jarayoni, mohiyati va siloslash texnologiyasi. Yangi o‘rilgan yoki so‘litilgan ko‘k massani biologik usulda konservalash orqali olinadi. Siloslashning mohiyati quyidagicha: ozuqa havodan ajratib qo‘yiladi. Natijada aerob bakteriya, mog‘or zamburug‘lari rivojlanishi to‘xtaydi. Nordonsut bakteriyalari hayot faoliyati natijasida sut kislotasi paydo bo‘ladi. U ozuqani nordonlashtirish bilan birgalikda anaerob ko‘karish (mog‘or) va boshqa jarayonlarni to‘xtatadi. Siloslash asosida nordonsut achishi yotadi, ya’ni o‘simlik qandi nordonsut bakteriyalari bilan organik kislotaga aylanadi. Uning to‘planishi siloslanayotgan massaning kislotaliligini oshiradi va boshqa mikroorganizmlarni qiradi. Yaxshi silosda sut kislotasi miqdori uksus konsentratsiyasidan 2-3 marta ko‘p bo‘ladi

  1. Senaj bostirish, deb qanday jarayonga aytiladi?

Senaj – erta o‘sish fazasi davrida o‘rilib konservalangan ko‘k massadir. Namligi 45-55 % maydalanganligi 30 mm gacha bo‘lib yedirimligi jihatidan ko‘k massaga yaqin hisoblanadi. Sifatli senajni germetik senaj saqlagichlarda e’tibor bilan zichlanganda olish mumkin. Ozuqaning saqlanishi substratning fiziologik quruqligidan erishiladiki, bunda bakterial jarayonning rivojlanishiga yo‘l qo‘yilmaydi. O‘simlikda namlik 45-55 % to‘qima ichi suvlari to‘qimalarda 5,5-6 MPa kuch bilan ushlab turiladi. Ko‘pchilik bakteriyalarning so‘rish kuchi esa 5-5,5 MPa. Demak, o‘simlik namligi 45-55 % bo‘lganda to‘qima ichi suvlari bakteriyalar hayot faolligi uchun juda qiyin ta’minot hisoblanadi. Lekin har xil zamburug‘lar uchun oson so‘riladi, chunki ularni so‘rish kuchi 22-29,5 MPa. Mog‘orlar aerob (havo bor) muhitda rivojlanadi. Massa germetik berkitilganda ular rivojlanmaydi.

  1. Silos va senajning farqi nimada?




  1. Silos o‘ralari qanday bo‘lishi mumkin?

Silos saqlagichlar tuzilishiga qarab ikki guruhga bo‘linadi: gorizontal (o‘ra) va vertikal (minora). O‘ra tipidagi saqlagichlarning tuzilishi va ishlatilishi jihatidan nisbatan oddiy. O‘ralarning yutuqli tomonlari: – ularni qurishda mahalliy materiallar – temir-beton, beton va oddiy ko‘tarish-tashish vositalari yetarli; – konstruksiyasi nisbatan sodda; – massani yuklash va olish oson; – qurilish va ishlatish bahosi yuqori emas. Kamchiliklari: – ozuqa zonasi yer maydoni oshib ketadi (4-5 marta); – ozuqa nisbiy ochiq yuzasining oshib ketishi (3-6 marta). O‘ralar polning rejalangan belgiga nisbatan joylashishiga qarab ko‘milgan, yarim ko‘milgan va yuzakilarga bo‘linadi (4.1-rasm)

  1. Silos va senaj bostirishda qanday texnikalardan foydalaniladi?

PSK-5 silos va dag‘al ozuqalarni maydalab – yuklagich chizmasi:
PSS – 5,5 silos va senaj yuklagichi:

  1. Dag‘al ozuqalarni maydalash va saqlashda qanday texnologiyalar qo‘llaniladi?




  1. Ozuqalarni presslab saqlash qanday qulayliklarni beradi?

  2. Dag‘al ozuqalarni quritib saqlashda qanday mashinalar qo‘llaniladi?

  3. Ildizmevalarni saqlashda nimalarga e’tibor beriladi?

Tuganak ildizmevalarni yuvgichlar. Ishchi qismlarning turiga qarab barabanli, mushtumli, shnekli va markazdan qochma turlarga bo‘linadi. Iflosliklarni ajratish jarayoni hamma turdagi yuvgichlarda bir-biriga yaqin. Tuganak ildizmevalar o‘zaro va mashina ishchi qismlariga ishqalanganda iflosliklar ajraladi va suv oqimi bilan olib ketiladi yoki rezervuar tagiga o‘tiradi. Daladan olib kelingan xashaki lavlagi yoki kartoshka donalarining iflosligi 20 %gacha yetadi. Lekin, zootexnik talablariga 27 ko‘ra tugunak ildizmevalar bilan ozuqlantirishda ularning iflosligi 2-3 %dan oshmasligi zarur, shuning uchun tugunak ildizmevalarni yuvish kerak.

  1. Ildizmevalarni tayyorlashda qanday mashinalar ishlatiladi?

  2. Pichan qancha foiz namlikgacha quritilib saqlanadi?

Ob-havo sharoitiga, o‘tloqlar va yaylovlardagi o‘tlarni xilmaxilligiga qarab, ularning suv miqdori 55-85 % oralig‘ida bo‘ladi. Pichan tayyorlashda eng qiyin, ko‘p mehnat talab qiladigan muhim ish uni quritishdir. Quritish ishlari Davlat standarti (4808-75) (17%) talablariga binoan o‘tkazilganda pichan sifatli bo‘ladi.

  1. Quritilgan pichanlarda to‘yimli moddalar necha foiz saq lanib qoladi?

Pichan uchun o‘tlarni quritishda to‘yimli moddalarning umumiy isrof bo‘lishi 20-50 %, protein (oqsil) 40-45 %, karotin 85-90 %, ichlari suvalmagan xandaqlardagi silos va senajda 30-40 va sement yotqizilgan xandaqlarda 15-18 % bo‘lishi aniq-langan. Pichanlar ochiq g‘aramlarda saqlanganda 30-35 % quruq modda, 40-45 % protein yo‘qotiladi, inshootlar ichida saqlangani esa, isrofgarchilik 5-10 % ga kamayadi. Makkajo‘xori doni uchun o‘rilganda poyasi, bargi bilan birga 36 % ozuqa birligi, 54 % hazm bo‘ladigan protein va 95 % karotin yo‘qoladi.

  1. Quritilgan pichanning tabiiy chiqitga chiqish miqdori qancha foizni tashkil qiladi?

O‘tlarni o‘rishda 4 sm o‘rniga 6-7 sm balandlikda o‘rilganda hosil 17 % ga, 8-10 sm balandlikda o‘rilganda esa 40% yo‘qotiladi. Umuman, baland joyidan o‘rish pichan sifatining pasayishiga va hosilning 15-30 %ining nobud bo‘lishiga olib keladi. O‘tlar 1 sm oshirib o‘rilganda, 5-7 % pichan olish aniqlangan. Shuning uchun o‘tlarni o‘rishdagi eng maqbul balandlik 4-5 sm, notekis yaylovlarda esa 6-7 sm. Ekilgandan keyin bir yil o‘tgach va urug‘ olish uchun mo‘ljallangan joylarda 7-9 sm, ikkinchi o‘rimda esa yerdan 6-7 sm balandlikda o‘rish kerak. Har qanday pichanni tabiiy chiqitga chiqish normasi 3-6 oy saqlanganda 1,1 va 6 oydan keyin 1,6 %ni tashkil etadi.

  1. Ozuqalarni maydalashning qanday usullari bor?

Maydalash usullari: a) ezish; b) yorish; d) sindirish; e) qirqish; f) ishqalash; j) ezib ishqalash; h) zarba bilan maydalash; i) zarba bilan maydalash

  1. Ozuqalarni maydalovchi ishchi organlarining texnologik jarayoni.




  1. Maydalangan ozuqaning o‘rtacha zarrachasi o‘lchami (moduli)

Ozuqa maydalanishining uch darajasi quyidagicha belgilangan: M=0,2-1,0 mm - nozik maydalash; M=1,0-1,8 mm - o‘rta maydalash; M=1,8-2,6 mm - dag‘al maydalash. Amaliyotda nozik maydalash cho‘chqalarga, o‘rta maydalash qoramollarga va dag‘al maydalash parrandalarga ishlatiladi.

  1. Bolg‘ali maydalagichning tuzilishi, ish jarayoni va har xil ozuqalarni maydalashga sozlash to‘g‘risida gapirib bering.

Bolg‘ali maydalagich rama (16), pichoqli baraban (12), maydalash kamerasi (1), shlyuz tambali siklon (6), yuklash bunkeri (3) va quvurlar (7) (8) dan iborat (48-chizma). Uzatish transportyori (14) va zichlash transportyori (17) dan iborat ta’ minlovchi qurilma hamda pichoqli baraban sochilmas ozuqalarni yetkazib beradi va dastlabki maydalashni amalga oshiradi. Ish jarayoni. Donli sochiluv-chi ozuqalar bunker (3) dan tirqishli darcha va magnitli separator orqali metall zarrachalardan tozalanib maydalash kamerasiga kelib tushadi. Maydalash kamerasida ozuqa katta tezlikda aylanayotgan rotorga osilgan bolg‘achalarga duch keladi va erkin zarba ta’sirida maydalanadi. Ozuqaning maydalanish davrida bolg‘acha va maydalash 56 kamerasi sirti bo‘ylab joylashgan kobirkali deka orasida o‘tishi yanada maydalanishiga samarali ta’sir ko‘rsatadi. Ventilyator mayda-langan ozuqani teshikli panjaralar orasidan patrubok orqali so‘rib oladi. Ventilyatordan ozuqa zo‘riqtirish quvurida havo bilan birga siklonga kelib tushadi va ozuqa havodan ajraladi. Siklondan ozuqa shlyuzli tamba orqali keyingi ishlov uchun yo‘naltiriladi. Havo esa quvur orqali yana maydalash kamerasiga qaytib kiradi. Bir qism havo siklonning qo‘l-filtri yordamida tozalanib tashqi atmosferaga chiqadi. Pichan, makkajo‘xori so‘talari va boshqa sochilmas ozuqalar dastlab pichoqli barabanda maydalab olinadi. Bunda donli ozuqa bunkeri to‘sig‘i yopiq holda bo‘lishi lozim. Maydalangan ozuqa bolg‘ali barabanga tushib ikkinchi bor maydalanadi. Kamera ostida joylashgan teshikli panjara diametrlarini 4, 6, 8, 10 mm ga o‘zgartirilib zarur bo‘lgan maydalanish darajasiga erishiladi
Bolg‘achali maydalagich: 1-maydalash kamerasi; 2-ventilyator; Z-yuklash bunkeri; 4-bo‘shatish qo‘li; 5-shlyuzli tamba; 6-siklon; 7-ozuqa quvuri; 8-havo quvuri; 9-qo‘l filtr; 10-ampermetr-indikator; 11-chervyakli reduktor; 12-pichoqli baraban; 1Z-ozuqani uzatish va to‘xtatish dastagi; 14- uzatish transportyori; 15-elektryuritgich; 16-rama; 17-zichlagich transportyor; 18-reduktor

  1. Panjarasiz maydalagichning vazifasi, tuzilishi, sozlanishi va texnologik ish jarayoni haqida nimalarni bilasiz?

Panjarasiz maydalagich 17 foizgacha namlikka ega bo‘lgan donlarni maydalaydi. Ikki xil modifikatsiyada chiqarilgan: omixta yem tayyorlash agregatlari bilan va mustaqil ishlashga mo‘ljallangan.

  1. Panjarasiz universal maydalagichning vazifasi, tuzilishi, texnologik ish jarayoni va texnik tasnifini tushuntiring.

Maydalagich rama (1), maydalash kamerasi (3), bolg‘ali 59 baraban (17), deka (19), don bunkeri (12), ajratish kamerasi (11), separator (9), yuklash (13) va chiqarish (6) shneklaridan hamda elektryuritgich uzatmalari va boshqarish qurilmasidan tashkil topgan (8.2-chizma). Maydalash texnologik jarayoni quyidagicha ishlaydi: yuklash shnegi (13), yuklashga yordam beruvchi shnek (20) yordamida donni don bunkeriga uzatadi. Bunkerda yuklash shnegi ishini nazorat qilib boshqaruvchi sath ko‘rsatkichi (14) joylashgan. Sath ko‘rsatkichi bunkerdagi donning sathiga qarab yuklash shnegining elektryuritgichi (5) ni ishga soladi yoki to‘xtatadi. Don bunkerdan magnit (16) orqali maydalash kamerasiga tushadi. Maydalash kamerasida bolg‘ali baraban (17) va deka (19) ta’sirida maydalanadi. Maydalangan don havo oqimida ozuqa quvuri (7) orqali separator (9) ga uzatiladi. Undan elanib o‘tgan don zarrachalari ajratish kamerasiga kelib tushadi va ajratish kamerasi shnegi (10) va chiqarish shnegi (4) yordamida tashqariga keyingi ishlov uchun uzatiladi. Ajratish kamerasining to‘sig‘i (8) don zarralarini yirik va mayda fraksiyalarga ajratadi. Yirik fraksiyalar yana qayta maydalash uchun maydalash kamerasiga, mayda fraksiyalar esa mashinadan tashqariga chiqariladi. Donni maydalash darajasi, separatorni almashtirish va to‘siq holatini o‘zgartirish bilan sozlanadi.Donni maydalash kamerasi va kirish oqimi avtomatik sozlagich yordamida amalga oshiriladi. Maydalash elektryuritgichiga tushayotgan kuchlanish ortgan taqdirda bunker to‘sig‘i (15) bunkerdan maydalash kamerasiga don tushishini kamaytiradi.

  1. Ozuqalarni yuvish mashinalariga qo‘yilgan zootexnik talablar.

Yuvish mashinasiga qo‘yiladigan talablar: - har turdagi ozuqalarni yuvish imkoniyati; - ozuqani 0,4 l/kg suv sarflagan holda, yuqori sifatda yuvilishi; - ozuqaning suvda qisqa muddat bo‘lishi; - ozuqaga mashina qismlarining jarohat yetkazmasligi; - tosh va boshqa aralashmalarni ajrata olishi; - yuklash va chiqarib olishning mexanik holda bajarilishi; - loyqani tozalab olish imkoniyati; - yuvish sifatining sozlanishi.

  1. Yuvish mashinalarining qanday konstruktiv turlari bor?

Hozirgi paytda chorvachilik ferma va komplekslarida IKS-5M, IKS-10M yuvish-maydalash, IKM-5, IKM-10 yuvish-tosh-tutgich-maydalash, APK-10M kombisilos tayyorlash mashinalari keng qo‘llanilmoqda. Bu mashinalarda ildiztuganak mevalarning bargini ajratmasdan ham yuvish va maydalash mumki

  1. Kulachokli ozuqa yuvish mashinasi tuzilishi va ishlashini tushuntirib bering.

Kulachokli ozuqa - yuvgich, panjarali vanna (8) va vint shaklida joylashgan kurakli val (10)dan iboratdir (10.5-rasm). Vanna tarnov shaklida metall, beton yoki taxtadan uzunligi 74 3260 mm va kengligi 1400 mm qilib yasaladi. Vanna uzunligi bo‘ylab tosh ushlash, loydan tozalash va tayyor mahsulotni saqlash seksiyalariga bo‘lingan.


  1. Barabanli, diskli va shnekli ozuqa yuvish mashinalarining ishlash jarayonlari.




  1. Noozuqa aralashmalarni tozalash mashinalari tuzilishi va ish jarayoni.

  2. Somonsilosqirg‘ich RSS-BB vazifasi, tuzilishi, texnologik ish jarayoni va sozlanishi.

  3. Ozuqalarni zichlash qanday maqsadda bajariladi?

  4. Ozuqalarni zichlashda qanday mashinalardan foydalaniladi?

  5. Ozuqalarni granulalash qanday amalga oshiriladi? 4. Ozuqalarni briketlash qanday amalga oshiriladi?

  6. Ozuqalarga nomexanik ishlov berish usullariga nimalar kiradi?

  7. Ozuqalarga kimyoviy ishlov berish usuli ko‘proq qaysi ozuqalarga qo‘llaniladi?

  8. Senaj va silos bostirish ozuqa tayyorlashning qaysi usuliga kiradi?

  9. Ozuqalarga termik ishlov berish nima maqsadda qo‘llaniladi?

  10. Ozuqalarga issiqlik bilan ishlov berishning maqsadi, texnologiyasi va usullari.

  11. S-2 bug‘lagich-aralashtirgichning vazifasi, tuzilishi va texnologik ish jarayoni.

  12. S-12 bug‘lagich-aralashtirgichning tuzilishi, texnologik ish jarayoni va texnik tavsifi.

  13. PKK-20 ozuqa yuklagichining vazifasi, tuzilishi, texnologik ish jarayoni va texnik tavsifi.

  14. ZSH-40 shnegining vazifasi, tuzilishi, texnik tavsifi. 36 MTs- 10-20 (36- ITs, 2,8-20) nasoslari vazifasi, tuzilishi, texnik tavsifi.

  15. PO-40 separatorlarining vazifasi, tuzilishi va texnologik jarayoni to‘g‘risida nimalarni bilasiz?

  16. Paxtachilik ozuqalari, to‘yimliligi va foydalanish usullari.

  17. Makkajo‘xori so‘tasi: to‘yimliligi, foydalanish usuli va ratsion tarkibi.

  18. Kungaboqarning kimyoviy tarkibi va foydalanish usullari.

  19. Ozuqa qoldiqlari tarkibi, to‘yimliligi, yig‘ish tartibi va ozuqa ratsionidagi miqdori.

  20. Ozuqa qoldiqlariga ishlov berish texnologiyasini aytib bering.

  21. Ozuqa qoldiqlariga ishlov berish texnologik shakli va qo‘llanilgan mashina-jihozlarini ta’riflab bering.

  22. Ozuqa aralashmalari qanday maqsadda tayyorlanadi?

  23. Nima uchun konsentrat ozuqalardan aralashma tayyorlashda me’yordan chetga chiqish miqdori kam bo‘ladi?

  24. Ozuqa aralashmalarini tayyorlashda qanday aralashtirgichlar ishlatiladi?

  25. Aralashmaning sifatiga qanday baho beriladi?

  26. Me’yorlash deb qanday jarayonga aytiladi?

  27. Me’yorlagichlar qanday turlarga bo‘linadi?

  28. Konsentrat ozuqalarga qanday me’yorlagichlar qo‘llaniladi?

  29. Pichoqli ozuqalarga qanday me’yorlagichlar qo‘llaniladi?

  30. Suyuq ozuqalarga qanday me’yorlagichlar qo‘llaniladi?

  31. Ozuqa sexlarining qanday tiplarini bilasiz?

  32. Ozuqa sexlarida qanday oqimli texnologik tizimlar bo‘lishi mumkin?

  33. Ozuqa sexlarida qo‘shimcha xonalarga nimalar kiradi?

  34. Ozuqa sexlarida qanday mashina va jihozlar ishlatiladi?

  35. Mo‘yna hayvonlari uchun ko‘proq qanday ozuqalar beriladi?

  36. Quyonlar uchun qanday ozuqalar beriladi?

  37. Nutriyalar uchun qanday ozuqalar beriladi?

  38. Quyon va nutriyalar uchun beriladigan ozuqalar qanday saqlanadi?

81.Chorvachilikda barcha turdagi ozuqalar necha guruhga bo’linadi va ular qaysilar?
82.Silosga ta’rif bering.
83.Pichan nima?
84.Siloslashda ozuqani havodan ajratib qo’yishdan maqsad nima?
85.Maydalanish nazariyasi necha qismdan iborat?
86.O’simlik mahsulotlaridan tayyorlangan ozuqalar guruhlariga ta’rif bering.
87.Siloslash jarayonida o’simlik qandi va nordon sut bakteriyalari birgalikda nimani hosil qiladi?
88.Pichan qaysi o’simliklardan tayyorlanadi?
89.Granulometrik usulni tushuntirib bering.
90.Konsentrat ozuqalarga nimalar kiradi?
91.Texnikaviy ishlab chiqarish chiqindilariga nimalar kiradi?
92.Yaxshi silosda sut kislotasi miqdori uksus konsentratsiyasidan necha marta ko’p bo’ladi?
93.Ozuqa o’simliklarini o’rishda eng maqbul balandlik qancha?
94. Yangi maydalash mashinalarini yaratishda qanday omillarga e’tibor beriladi?
95.Konsentrat ozuqalarning ijobiy va salbiy tomonlarini ayting.
96.Hayvonot mahsulotlaridan tayyorlanadigan ozuqalarga nimalar kiradi?
97.Nordon yo’li mikroorganizmlarning silosda bo’lishi hayvonlarga qanday ta’sir qiladi?
100.Notekis yaylovlarda o’simliklarni o’rishda qancha balandlik eng maqbul hisoblanadi?
101.Ozuqa maydalash mashinalariga qanday talablar qo’yiladi?
102.Konsentrat ozuqalar nima uchun boshqa ozuqalar bilan aralashtirib beriladi?
103.Tarkibida fosfor yetishmaydigan ozuqalarga fosfatlar berib, chorva mollarga berilganda qancha miqdorda sut olish mumkin?
104.Nordon yog’li mikroblar uchun qulay sharoit qanday bo’ladi?
105.Sug’orilgan yerlarga ekilgandan keyin 1 yil o’tgach, urug’ olish uchun mo’ljallangan yerlar qancha bala1likda o’riladi?
106.Ozuqalarni maydalashda maydalash kamerasining funksiyasi haqida gapirib bering.
107.Ozuqalarga ishlov berish texnologik jarayoni deb nimaga aytiladi?
108.Ozuqalarning fizik-mexanik xususiyatlariga nimalar kiradi?
109.Mog’or mikroorganizmlari uglevodlar va oqsilli birikmalarni parchalab, organizmga qanday ta’sir qiladi?
110.Ozuqabop o’simliklardan pichan tayyorlash qanday bosqichlardan iborat?
111.Ozuqalarni qayta aylantirish bilan maydalash texnologik jarayonining strukturali sxemasini tushuntirib bering.
112.Konsentrat ozuqalarni maydalash va ularni oziqlantirish uchun tayyorlash texnologiyasiga qanday zootexnik talablar qo’yiladi?
113.Materiallarning nisbiy namliklari nima orqali aniqlanadi?
114.Aerob va anaerob muhitlarni tushuntirib bering.
115.Pichanlarni toy qilib taxtakachlash ozuqalarga qanday ta’sir qiladi?
116.Qayta aylantirish bilan maydalash va ochiq siklli maydalash usullaridan qay biri yaxshiroq?
117.Konsentrat ozuqalar nam holida qoramollar uchun qancha yiriklikda maydalab beriladi?
118.Sochiluvchan ozuqalar namligi qaysi asbob yordamida aniqlanadi?
119.O’simlik ozuqalari qandliligiga qarab necha guruhga bo’linadi?
120.Presslangan pichanni dalada yoki bostirmalar otida quritishda massa namligi qancha bo’lishi lozim?
121.Ochiq siklli maydalash kamerasi qayta aylantirish bilan maydalash qurilmasidan farqli o’laroq g’alvir o’rniga nima bilan jihozlangan?
122.Konsentrat ozuqalar quruq holida qoramollar uchun qancha yiriklikda maydalab beriladi?
123.IL-EMA asbobini ishga tushirish prinsipini tushuntirib bering.
124.Yengil siloslangan, tarkibida talab etiladigan qand miqdoridan 1,5 barobar ko’p bo’lgan o’simliklarni ayting.
125.Presslangan pichanni dalada yoki bostirmalar otida quritishda massaning zichligi qancha bo’lishi lozim?
126.Konsentrat ozuqalar uzoq vaqt saqlanganda ozuqa namligi qanchadan oshmasligi kerak?
127.Ozuqalarning qanday turlari mavjud?
128.Qiyin siloslanadigan, tarkibida talab etilgandan 10-15% kam qand miqdori bo’lgan o’simliklarni ayting.
129.Pichanlarni qanday sharoitda saqlagan ma’qul?
130.Separator maydalangan mahsulotni necha qismga bo’ladi va bular qaysilar?
131.Zootexnik talablarga binoan konsentrat ozuqalarni oziqlantirishga tayyorlashda qanday jarayonlar amalga oshiriladi?
132.Shirali ozuqalar qanday turlarga bo’linadi?
133.Siloslanmaydigan, tarkibida minimum talab etilgandan ancha kam qand miqdoriga ega o’simliklarni ayting.
134.Sifatsiz pichanlar chirib mog’orlay boshlaganda qanday holatga keladi?
135.Ozuqalarni saqlash sig’imini qo’llanilishi asosida qayta aylantirish bilan maydalash texnologik jarayoni sxemasini tushuntirib bering.
136.Mineral ozuqalarga nimalar kiradi?
137.Silos tayyorlash jarayonining ketma-ketligini aytib bering.
138.Pichan ishlab chiqarishning barcha jarayonlari to’g’ri bajarilganda boshoqlilar pichani qanday o’zgarishga uchraydi?
139.Ozuqalarni saqlash sig’imini qo’llanilishi asosida qayta aylantirish bilan maydalash texnologik jarayonining qanday kamchiliklari mavjud?
140.Drojlash jarayonini tushuntirib bering.
141.Mikroelementli ozuqalarga nimalar kiradi?
142.Silos tayyorlash texnologiyasi qanday operatsiyalardan iborat?
143.Sintetik ozuqalarga nimalar kiradi?
144.Ozuqalarni ko’p stadiyali qayta aylantirish usulida maydalanish texnologik jarayonlari sxemasini tushuntirib bering.
145.Granullash nima?
146.Dag’al ozuqalar deb nimaga aytiladi?
147.Silos uchun o’stiriladigan asosiy o’simliklarga nimalar kiradi?
148.Bolg’achali maydalagichlar nima?
149.Maydalash jarayoni amalga oshganda qanday deformatsiya turi yuzaga keladi?
150.Maydalash jarayoniga ta’rif bering.
151Konsentrlangan ozuqalar qanday sxemalardan foydalanib tayyorlanadi?
152,O’simlik mahsuloti sifatida siloslash uchun qanday o’simliklardan foydalansa bo’ladi?
153.Bolg’ali maydalagichlarning afzallik tomonlari nimada?
154.Qanday maydalash turlari mavjud?
155.Ozuqalar tayyorlashning mexanikaviy usuliga nimalar kiradi?
156.Ozuqalarni tayyorlashning kimyoviy usuliga nimalar kiradi?
157.Senaj nima?
158.Bolg’ali maydalagichlarning kamchiliklari - …?
159.Ozuqalarni tayyorlashdagi issiqlik usullari nimalardan iborat?
160.Silos tayyorlash texnologik jarayonida germetik yopqich nima vazifani bajaradi?
161.Senajning namligi odatda necha foiz bo’ladi?
162.Maydalagichlarning qanday turlari bor?
163.Valetsli maydalagichning ishlash prinsipini tushuntirib bering.
164.Ozuqalar tayyorlashning biologik usuli qanday jarayonga asoslangan?
165.Tabiiy va sun’iy quritishning farqini ayting.
166.Mog’orlar qanday muhitda rivojlanish xususiyatiga ega?
167.Kub holidagi parcha uchun keltirilgan yuza formulasini ayting.
168.Ozuqalar tayyorlashda turli usullardan foydalanishdan maqsad nima?
169.Ozuqalarga ishlov berish usullari necha xil bo’ladi?
170.Yuvish mashinasiga qo’yiladigan talablar nimalardan iborat?
171.Xo’jalik sharoitidan kelib chiqqan holda senajlar qanday usullar yordamida tayyorlanadi?
172.Sferik holidagi parcha uchun yuza formulasi?
173.DTK-20 M3 maydalagichining ishlash prinsipini tushuntirib bering.
174.Dag’al va ildizmevali ozuqalarni tayyorlash qanday bosqichlardan iborat?
175.Konstruksiyasi bo’yicha ozuqa yuvish mashinalarining qanday turlari mavjud?
176.Silos va senaj inshoatlarining vazifasi nimalardan iborat?
177.Somon deb nimaga aytiladi?
178.Ozuqalarga ishlov berish qanday texnologik tizimlardan foydalanib amalga oshiriladi?
179.Mushtumli ozuqa yuvgich mashinasi qanday qismlardan iborat?
180.Elakli separatorlarning vazifasi?
181.Silos saqlagichlar tuzilishiga qarab nech turga bo’linadi?
182.Go’sht-baliq ozuqalariga ishlov berish qanday operatsiyalarni o’z ichiga oladi?
183.Havoli elakli separatorlar nima?
184.Barabanli ildiz meva yuvgichalarlar deb nimaga aytiladi?
185,Somon ishlab chiqarishdagi muammolar nimalardan iborat?
186.Silos saqlagichlarning kamchiliklari nimalardan iborat?
187.Go’sht-baliq ozuqalarini maydalash konstruksiyasining asosiy elementi nimadan iborat?
188.Magnitli separatorlardan nima maqsadda qo’llaniladi?
189.Diskli ildiz meva yuvgichlarning funksiyasi qanday?
190.Somonning suvda ivish jarayonini tushuntirib bering.
191.PSK-5 silos va dag’al ozuqalarni maydalab-yuklagich qurilmasi qanday qismlardan iborat?
192.Go’sht-baliq ozuqalarini maydalash konstruksiyasi baraban ichki yuzasi nima bilan payvandlangan?
193.Magnitli separatorlarda magnit qiya sirg’alish taxtasiga necha gradus qiyalikda o’rnatiladi?
194.Shnekli ildiz meva yuvgichning funksiyasi?

  1. Somonni suvda ivitish jarayonida bug’ uzatish to’xtatilgandan so’ng somon qancha vaqtdan keyin ozuqa sifatida beriladi?

196.Somonning to;yimliligi necha ozuqa birligiga teng?
197.Mollarga yedirishdan oldin somon qanday usullar bilan to’yimliligi oshiriladi?
198.Respublikamizda don mustaqilligiga erishish maqsadida g’alla ekin maydonlari qanchaga yetqazildi?
199.Somonga ohak bilan ishlov berishning mohiyati nimadan iborat?
200.Ozuqalarni maydalash usullari nimalardan iborat?
Yüklə 193,94 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin