Page maker dasturi yangi versiyalarini kompyuterga o'rnatish



Yüklə 24,45 Kb.
tarix28.01.2023
ölçüsü24,45 Kb.
#81387
PAGE MAKER DASTURI YANGI VERSIYALARINI KOMPYUTERGA O\'RNATISH


PAGE MAKER DASTURI YANGI VERSIYALARINI KOMPYUTERGA O'RNATISH

Page Maker Aldus corporation firmasi tomonidan yaratilgan keng imkoniyatli qulay nashriyot tizimidir. 


Aldus firmasining Yevropa bo‗limi 1989- yil sentabrda Page Maker dasturining ruscha variantini e‘lon qildi. 
Page Maker dasturining ishlashi uchun Microsoft Windows dasturining to‗liq lahjasi bo‗lishi talab qilinadi. 
Shaxsiy kompyuterning amaliyot tizimi bilan tanish bo‗lgan foydalanuvchi diskni formatlash, fayl nusxasini 
hosil qilish, faylni o‗chirish, uni bosib chiqarish yoki dasturni ishga tushirish buyruqlarini albatta biladi.
Windows muhiti amaliyot tizimning qobig‗i hisoblanib, foydalanuvchi uchun amaliyot tizimning barcha 
imkoniyatlarini uning buyruqlarini yoddan bilmasdan turib ishga tushirishga imkon beradi. 
Windows muhitida ishlash uchun sichqonchadan foydalanish juda qulaydir. Shu sababdan foydalanuvchi 
sichqonchadan mohirona foydalana bilishi kerak. Sichqoncha yordamida quyidagi 6 ta asosiy harakatni bajarish 
mumkin: 
 (Point) Ko‗rsatkichni ekranning kerakli joyiga ko‗chirish; 
 (Click) Sichqoncha tugmasini bosib darhol qo‗yib yuborish; 
 (Double click) Sichqoncha klaviaturasini ikki marta tez bosish; 
 (Select) Biror obyektni tanlash; 
 tanlab olingan surat, matn qismi yoki dasturning grafik simvolini boshqa joyga ko‗chirish (Drag). 
Buning uchun tanlab olingan obyekt ustiga ko‗rsatkichni olib borib, sichqoncha tugmasi bosiladi va obyektni 
kerakli joyga ko‗chiriladi, so‗ngra sichqoncha tugmasi qo‗yib yuboriladi. 
 matnni sahifaga joylashtirish (Flow). 
Page Maker dasturida katalog va fayllar bilan ishlaydi. Fayl nomi. PUB kengaytmasi bilan yoziladi. Misol 
uchun: Sample1.PUB. Boshqa katalogga o‗tish uchun sichqoncha yordamida ko‗rsatkichni muloqot oynasidagi 
«|» belgisi ustiga keltirib va sichqoncha chap tugmasini ikki marta bosiladi. Chap oynada kataloglar ro‗yxati 
paydo bo‗ladi. Kerakli katalog nomini tanlab sichqoncha tugmasini ikki marta bosiladi. Nashriyot tizimlarining 
asosiy vazifasi nashrni tayyorlashda tez takrorlanuvchi operatsiyalarni iloji boricha ko‗proq 
avtomatlashtirishdir. Uning afzalligi esa, bu nashr sahifasi va uning umumiy ko‗rinishini tayyorlashdagi 
qulaylik va o‗zgartirishlar kiritishning osonligi, hamda vaqt tejalishidir. Nashr sahifasining umumiy ko‗rinishini 
tayyorlashda shaxsiy kompyuterdan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Asl nusxa maketini bosib chiqarish 
uchun esa lazerli printerdan foydalanish ma‘quldir. Matn va suratlar kompyuter xotirasiga iloji boricha oldinroq 
kiritilgan bo‗lishi kerak. Nashr elementlarini kompyuterda saqlashning asosiy afzalligi shundaki, matnni 
to‗g‗ridan-to‗g‗ri harf terish qurilmasiga berish mumkin, matn bilan suratlarni mos joyga qo‗lda joylashtirishga 
ehtiyoj qolmaydi. 
Page Maker dasturi yordamida nashr sahifasini ekranda ko‗rish va unga bosib chiqarilgunga qadar 
tuzatishlar kiritish mumkin. Barcha kerakli o‗zgartirishlar kiritilgandan so‗ng, asl nusxa maketi harf terish 
qurilmasiga uzatiladi yoki lazerli printerda bosib chiqariladi. 

Page Makerda qo‗lyozmani nashrga tayyorlash 


Har qanday hujjatni nashr qilishda quyidagi ishlami bajarishga to‗g‗ri keladi: 
 tahrirlangan qo‗lyozmani oxirigacha tayyorlash; 
 surat va illustratsiyalarni yaratish va joylashtirish; 
 sahifalarning umumiy ko‗rinishini ishlab chiqish; 
 original-maket (asl nusxa)ni tayyorlash. 
Ko‗rsatilgan rejani amalga oshirishda shaxsiy kompyuterlardan foydalanamiz. Page Maker nashriyot 
dasturidan har bir sahifaning umumiy ko‗rinishini tayyorlashda foydalaniladi. Sahifaning umumiy ko‗rinishini 
tayyorlash uchun bizda qo‗lyozmaning hajmi hamda surat va illustratsiyalar haqida ma‘lumot bo‗lishi kerak. 
Sahifani nashrga tayyorlash uchun qo‗lyozmaning matn va suratlarini qanday tartibda joylashtirish masalasini 
hal qilish kerak bo‗ladi. Ana shundan so‗ng Page Maker yordamida asl nusxa maketi tayyorlanadi. Qo‗lyozma 
hajmi ma‘lum bo‗lsa, sahifaning katta-kichikligini, suratlar egallaydigan qismni har bir sahifadagi ustunlar soni 
va bosib chiqarish ko‗rinishini aniqlashimiz vs sarlavhalarni turli ko‗rinishda yozishni mashq qilishimiz 
mumkin. Page Makei dasturida 17 xil ko‗rinishda to‗g‗ri chiziq, aylana va to‗g‗ri to‗rtburchaklarni chizishimiz 
mumkin. Shtrixlashning turli variantlari bor, hamda turli grafik muharrirlarda tayyorlangan chizmalardan 
foydalanishimiz mumkin. 
Page Maker dasturini ishga tushirish 
Buning uchun WINDOWS tizimida ish stolida sichqoncha yordamida Pusk bo‗limiga bosiladi, dasturlar 
ro‗yhatidan Adobe bo‗limiga tegishli Page Maker nomi tanlanib, sichqonchaning chap tugmasi bir marta 
bosiladi. 
114 
Page Maker (PM) dasturi ishga tushgach, yangi hujjat tayyorlashga kirishamiz. Buning uchun File (fayl) 
tavsiyanomasini ochib, undagi New (Новый - yangi) buyrug‗ini tanlaymiz. Ekranda Document Setup (hujjat 
parametrlari) muloqot oynasi paydo bo‗ladi. 
Bu oyna elementlari yordamida hujjat sahifalarining soni, o‗lchamining qiymatlari kiritiladi. Target 
Printer resolution (Разрещение – bosib chiqaruvchi qurilma klaviatura) parametri yordamida bosib 
chiqaruvchi qurilmaning turiga qarab, kerakli qiymat o‗rnatiladi: agar bu ish suratli terish avtomatida bajarilsa, 
qiymati 2450 bo‗lishi mumkin, agar lazerli printer bo‗lsa, qiymati 300 yoki 600 bo‗lishi mumkin. Bosib 
chiqaruvchi qurilma turini nashr qilinadigan sahifani tayyorlashdan oldin aniqlash maqsadga muvofiqdir. Bu 
ishni Dosument Setup (Параметры документа - hujjat parametrlari) muloqot oynasidagi Compose to printer 
(parametr uchun tayyorlash) ro‗yxati fordamida bajararniz. Ayrim hollarda bunday qurilma lazerli printer 
bo‗lishi mumkin. Lekin ko‗p hollarda yuqori sifatli surat teruvchi avtomatdan foydalaniladi. Bosib chiqaruvchi 
qurilmani oldindan aniqlash RM dasturi uchun kerakli shrift garnituralari va ranglar haqida ma‘lumot beradi. 
Agar qurilma turi davomida o‗zgartirilsa, nashr qilinayotgan sahifaning umumiy ko‗rinishi o‗zgarib ketishi 
mumkin. Muloqot oynasida hamma parametrlarni o‗rnatib bo‗lgach OK klaviaturasida sichqoncha tugmasini 
bir marta bosiladi. Ekranda toza sahifa ko‗rinishi paydo bo‗ladi. 
7.1- rasm. Yangi hujjatning toza sahifasi 
Sahifaga kerakli ma‘lumotlar yozilganidan so‗ng, uni xotirada saqlash kerak. Buning uchun File 
tavsiyanomasining Save (Сохранить-saqlash) yoki Save as (Сохранить как…- qaysi ko‗rinishda saqlash...) 
buyrug‗ini tanlanadi. yoki Ctrl+S klaviaturalarini bosiladi. Yangi hujjatni saqlanmoqchi bo‗linsa ekranda 
muloqot oynasi ochiladi. Hujjat saqlanadigan fayl nomini kiritib, muloqot oynasini yopish mumkin. Agar 
hujjatning muqobil (alternativ) variantini boshqa nom bilan saqlamoqchi bo‗lsa, Save as (Сохранить как...-
qaysi ko‗rinishda saqlash...) buyrug‗ini tanlash kerak. 
Xotiradagi hujjatni o‗qish 
Xotirada saqlangan hujjatni ekranga chiqarish uchun File tavsiyanomasining Open (Открыть-ochish) 
buyrug‗idan foydalanamiz. (файл-fayl) tavsiyanomasining Recent Publications (последные публикации - 
oxirgi nashrlar) buyrug‗i yordamida xotiradagi oxirgi va nashrdan birortasini ochishimiz mumkin. Hujjat bilan 
ishlashni tugatgandan so‗ng uni yopish uchun File tavsiyanomasining Close (закрыть-yopish) buyrug‗idan 
foydalanamiz.
Hujjat bo‗ylab surilish 
Page Maker dasturida hujjat sahifalari bo‗ylab surilishning uch xil usuli bor. Kerakli sahifa raqamini 
ko‗rsatib o‗tish uchun Goto Page (Sahifaga o‗tish) buyrug‗idan foydalanamiz. 
Ekranda paydo bo‗lgan muloqot 
oynasida kerakli sahifa raqami kiritiladi. Shablon-sahifaga o‗tish uchun esa Layout (Maket) tavsiyanomasining 
Goto Page (Sahifaga o‗tish) buyrug‗ini tanlash yoki Ctrl-klavishlarini bosish mumkin. Hujjat sahifalarini 
ketma-ket ko‗rish uchun Goto Page (Sahifaga o‗tish) buyrug‗ini tanlash vaqtida Shift klaviaturasini bosib
115 
turish kerak. Page Maker ketma-ket 1-sahifadan boshlab hujjat sahifalarini ko‗rsata boshlaydi. Ko‗rsatishni 
to‗xtatish uchun sichqoncha tugmasini bosish kifoya. 
7.2- rasm. Hujjat sahifalarini bildiruvchi piktogrammalar 
Keyingi sahifaga o‗tishning eng sodda usuli F12 klaviaturasini bosishdir. F12 bosilsa, bitta avvalgi 
sahifaga qaytamiz. Agar siz ko‗proq sichqonchani ishlatishni ma`qul ko‗rsangiz, hujjat sahifalari bo‗ylab 
surilishning yana bir usuli bor. Hujjat oynasining chap tomondagi quyi burchagida sahifa ko‗rinishidagi 
piktogrammalar joylashgan. Chap tomondagi piktogrammalar shablon-sahifalarga mos keladi. o‗ngroqdagi 
piktogrammalar esa hujjat sahifalariga mos keladi. 
Sahifani akslantirish ko‗rinishini o‗zgartirish 
Kompyuter ekranida sahifa ko‗rinishini kattalashtirish uchun tavsiyanoma buyruqlaridan, klaviaturadan 
va sichqonchadan foydalanish mumkin. 
Yo‗naltiruvchi chiziqlar va koordinata chizg‗ichlarini akslantirish 
Buning uchun Layout (Maket) tavsiyanomasining Guides and Rulers (Направляющие и Линейка - 
yo‗naltiruvchi chiziqlar va chizg‗ich) buyrug‗ini tanlash kerak. Chizg‗ichdagi birliklar tizimini File (Fayl) 
tavsiyanomasidagi Preferences (Установки) buyrug‗i yordamida o‗rnatish mumkin. 
Shablon-sahifalar 
Page Maker o‗z ichida bir nechta shablon-sahifalardan foydalanadi. Shablon-sahifalarda hujjatning 
hamma sahifalari uchun umumiy bo‗lgan elementlar oldindan o‗rnatilgan bo‗ladi. Shablon-sahifaga o‗tish 
uchun quyi chap burchakdagi shablon-sahifa piktogrammasida sichqoncha tugmasini bosish kerak. 
Tavsiyanomaning Layout (Maket) bo‗limidagi View (Ko‗rinish) punktining ost tavsiyanomasini ochamiz 
va kerakli o‗lchovni tanlanadi. Agar tanlash vaqtida Alt klaviaturasini bosib turiisa, tanlangan ko‗rinish o‗lchovi 
hujjatning hamma sahifalari uchun o‗rinli bo‗ladi. Ko‗rinishni o‗zgartirishning eng qulay usullaridan biri 
sichqoncha yordamida o‗zgartirishdir. Sichqoncha o‗ng tugmasi bir marta bosilsa, sahifa tabiiy ko‗rinishda 
(100%) akslanadi (в натуральную величину). Agar Shift bilan birga o‗ng klaviatura bosilsa, 200 %li 
akslantirish o‗rnatiladi. Agar ekranda kattalashtirilgan holat o‗rnatilgan bo‗lsa. o‗ng klaviaturani bosib Fil in 
Window (To‗liq sahifa) holatiga o‗tiladi. Agar Ctrl+bo‗sh joy klaviaturalari birgalikda bosilsa, sichqoncha 
ko‗rsatkichi o‗rtasida «+» belgili lupa ko‗rinishini oladi. Lupali ko‗rsatkich bilan sichqoncha tugmasi har gal 
bosilganda akslantirish ko‗rinishi kattalashaveradi. Kichiklashtirib ko‗rsatish uchun esa Alt+Ctrl+bo‗sh joy 
klavishlari birgalikda bosiladi. Bu holda sichqoncha ko‗rsatkichi «-» belgili lupa ko‗rinishiga o‗tadi. 
Uskunalar paneli (Toolbox) 
Uskunalar panelini ekranga chiqarish uchun Window tavsiyanomasinnig Toolbox buyrug‗ini ishga 
tushiramiz.
7.3- rasm. Uskunalar paneli
– «Strelka» (Pointer) asbobi biror-bir obyektni tanlash uchun ishlatladi. 
– «Matn» (Text) asbobi klaviaturadan matn kiritish uchun ishlatiladi. 
116 
– «Burilish» (Rotating) obyektlarni burish imkonini beradi. 
– «Ramka» (Cropping) asbobi tasvirlarni ramka ichiga joylashtirish imkonini beradi. 
– «To‗g‗ri chiziq» (Line) asbobi yordamida to‗g‗ri chiziq chizish mumkin. 
– «Perpendikular» (Constrained Line) asbobi yordamida gorizontal chiziqqa nisbatan 45 gradusga 
karrali bo‗lgan burchaklar ostida to‗g‗ri chiziq chizish mumkin. 
– «To‗g‗ri to‗rtburchak» (Rectangle) yordamida to‗g‗ri to‗rtburchak chizish mumkin. Agar Shift 
klaviaturasi bosib turilsa, kvadrat chiziladi. 
– «Ellips» (Oval) – aylana va ellips shakllarini chizish uchun ishlatiladi. Aylana chizish uchun Shift 
klaviaturasini bosib turish kerak. 
– «Ko‗pburchak» (Poligon) asbobi muntazam va yulduzsimon ko‗pburchaklar chizish imkonini 
beradi. 
– «Lupa» (Magnifying Glass) – tasvirni kattalashtirish yoki kichiklashtirish imkonini beradi. 
Ctrl+bo‗sh joy klaviaturalari bosilsa ham shu ishni bajarish mumkin. 
Uskunalar panelidagi biror asbobda sichqoncha tugmasini ikki marta bosilsa, avvalgi ishlatilayotgan 
asbob inkor qilinib, ekranda yangisiga tegishli muloqot oynasi ochiladi. 

Matn bilan ishlash 


«Matn» asbobi Uskunalar panelida joylashgan 
ko‗rinishidagi klaviaturachadir. Uskunalar paneli 
ekranda ko‗rinmasa, uni ochish uchun Window tavsiyanomasidagi Toolbox (Uskunalar paneli) buyrug‗ini 
ishga tushirish kerak. 
Matnni formatlash simvollarni va abzaslarni formatlashdir. Matnni formatlash uchun avval 
formatlanadigan matn qismini ajratish kerak. 
Matn qismini ajratish uchun, matn bo‗ylab I-kursorni siljitib bitta simvoldan tortib matnning 
hammasigacha ajratish mumkin. 
Matnni ajratishning yana bir usuli bor. Buning uchun «Matn» asbobini tanlaymiz va ajratiladigan matn 
qismining boshida Sichqoncha tugmasini bosamiz, Shift klavishini bosib turgan holda ajratilishi kerak bo‗lgan 
bo‗lakning oxirida ham sichqoncha tugmasini bosamiz. Kerakli matn qismi ajralib qoladi. Shift klavishini bosib 
turgan holda kursorni yo‗naltiruvchi klaviaturalardan birini bosib ham matn qismini ajratish mumkin. 
So‗zni ajratish uchun shu so‗z ustida «Matn» asbobi bilan sichqoncha tugmasi ikki marta bosiladi. 
Abzasni ajratish uchun abzas ustida «Matn» asbobi bilan sichqoncha tugmasi 3 marta bosiladi.
Simvollar ketma-ketligini ajratish uchun sichqoncha ko‗rsatkichini belgilangan nuqtadan kerakli joygacha 
Shift klavishini bosib turib suriladi. 
Katta hajmdagi matnni ajratish uchun Edit (Правка – tahrir qilish) tavsiyanomasining Select All 
(Выделить все – hammasini ajratish) buyrug‗idan foydalanish mumkin. Ctrl+A klavishlar kombinatsiyasi esa 
shu operatsiyani tezroq bajaradi. 
Simvollarni formatlash 
Matn muharrirlarida ishlatiladigan shriftlarning turlari ko‗p. Ular shrift garnituralari deb ataladi va har bir 
garnituraning nomi bor. 
Page maker dasturida simvollarni formatlash vaqtida shrift garniturasining nomini, shriftning kattaligi - 
kengligini, satrlar orasidagi masofa - interlinyajni va simvollarning yozilishi turlarini, simvollar kengligini 
o‗rnatish va simvollar orasidagi masofani kerning va treking yordamida o‗zgartirishimiz mumkin. 

Abzaslarni formatlash 


Abzasni formatlash atributlarini o‗rnatish uchun Paragraph Ipecification (Abzas parametrlari) muloqot 
oynasidan foydalanamiz. Muloqot oynasini ochish uchun Type (Matn) tavsiyanomasining Paragraph (Abzas) 
buyrug‗ini ishga tushiramiz yoki Ctrl+M klaviaturalar kombinatsiyasidan foydalanamiz. 
117 

7.4- rasm. Type tavsiyanomasining Alignment ost tavsiyanomasi 


Tavsiyanoma yordamida abzasni formatlash uchun Type (Matn) tavsiyanomasining Alignment 
(Выключка) ost tavsiyanomasidan foydalanamiz. 
Boshqaruvchi palitra yordamida abzasni formatlash eng tez usul hisoblanadi. Abzasni formatlash 
klaviaturalari abzas oxiri belgisi bor klaviaturadan o‗ngda joylashgandir. Abzasni formatlash vaqtida abzas 
chegaralarini o‗rnatishimiz va o‗zgartirishimiz, abzas stilini o‗zgartirishimiz, abzasning birinchi satr surilishi 
(otstup)ni belgilashimiz va sanab o‗tiluvchi ro‗yxatlarni fonmatlashimiz mumkin. 

7.3 Iqtisоdiy vа mоliya sоhаsidа qo‗llаnilаdigаn dаsturlаr hаqidа mа‘lumоt 


Reja: 
1. Iqtisоdiy sоhаsidа qo‗llаnilаdigаn dаsturlаr. 
2. Mоliya sоhаsidа qo‗llаnilаdigаn dаsturlаr. 
Mavzunnig maqsadi: Iqtisоdiy vа mоliya sоhаsidа qo‗llаnilаdigаn dаsturlаr hаqidа mа‘lumоtga 
ega bo‘lish 
Tayanch iboralar: UT, Provodka, Bank-mijoz, 1S:. 
Ko‘rgazmali qurollar: Proeksion apparat orqali mavzuga tegishli slaydlar namoyish qilish hamda 
devoriy stend orqali mavzuni tushuntirish 
Umumdavlat tasniflagichlari (UT) — butun O'zbekiston uchun yagonadir, buxgalteriya hisobida 
cheklangan miqdorda foydalaniladi.Ularga quyidagilar kiradi: korxona va tashkilotlarning umumdavlat 
tasniflagichi (KTUT), xalq xo'jaligi sohasining UT(XX-SUT), tashkiliy huquq shaklinhig kodi (THShK), davlat 
mulkini boshqarish idoralarining kodi, o'lchov birligi kodj (UBK), boshqaruv hujjatlarining UT qoidaga ko'ra 
bu kodlar yig'ma buxgalteriya hisobotla-rining sarlavha qismiga qo'yiladi va korxonadagi hisobning mahalliy 
uchastkalari buxgalteriya vazifalarini echishda foydalanilmaydi.Ularga zaruriyat faqat yig'ma buxgalteriya 
hujjatlarini kompyuterda ishlab chiqishda vujudga keladi. 
Sohaviy tasniflagichlardan ushbu soha uchun xos bo'lgan axborotlarni kodlashtirish uchun foydalaniladi. 
Buxgalteriya hisobi barcha sohalarda olib borilishini hisobga oigan holda, ushbu guruhga korxona va 
tashkilotlarning sohaviy qaramligidan qat'iy nazar, buxgalteriya hisobi uchun yagona bo'lgan tasniflagichlarni 
kiritamiz. 
Qoidaga ko'ra, bu tasniflagichlar barcha namunaviy loyihalarda bir turli bo'ladi, shuning uchun korxonalar 
va firmalarda buxgalteriya vazifalarni kompyuterlashtirishda ularni loyihalashtirish zaruriyati yo'q. Ularga 
buxgalteriya hisobi sintetik hisob raqamlarning kodi, ish haqi bo'yicha to'lovlar turlari va ushlab qolishlar 
turlari, moddiy mablag'lar hisob harakatlari operatsiyalari turlari, amortizatsiya chegirishi me'yorlari, soliq 
to'lovchilar kategoriyalari, kassa operatsiyalari kiradi.Mahalliy kodlar yakka tartibli, faqat aniq korxonalar 
uchun xosdir, shuning uchun ularni loyihalashtirish aniq korxonada hatto namunaviy loyihalarni xarid qilishda 
ham olib boriladi. 
Korxonada kodlarni loyihalashtirish tizimli yondoshishga rioya qilishni talab qiladi, ya'ni kodlar 
korxonalarning barcha bo'linmalaridagi turli vazifalarini echishda qo'llana olinishi kerak. 
Ayni vaqtda ba'zi bir kodlardan faqat buxgalteriya vazifalari uchun foydalaniladi.Aytilganlardan kelib 
chiqqan holda mahalliy kodlarni ikki guruhga bo'Iish mumkin. Birinchi guruh — bu, korxona uchun yagona 

118 
bo'lgan kodlar: tarkibiy bo'linmalar, materiallar, tayyor mah-sulotlar, detallar, qismlar va birlashmalar; 


uskunalar, tabel tartib sonlari, etkazib beruvchilar va iste'molchilar, ixtisosliklar kodlari. Kodlarning ikkinchi 
guruhidan faqat buxgalteriya vazifalarini echishda foydalaniladi, bular: subschyotlar, asosiy vositalar, moddiy 
javobgar shaxslarning kodlariBuxgalteriya vazifalarining axborotli ta'minlanishi shuningdek, mashina 
manbalaridajoylashgan ma'lumotlar majmuasini (o'zaro bog'langan fayllarni) ham o'z ichiga oladi. Bunda 
korxona va tashkilotlar uchun umumiy bo'lgan bazali massivlar (ishlovchilar, materiallar, ma'lumotnomaviy 
ma'lumotlar, bo linmalar, lavozimlar) hamda faqat buxgalteriya vazifalarini echishda foydalaniladigan mahalliy 
bazalar (buxgalteriya hisobi raqamlari, namunaviy provodkalar, xo'jalik operatsiyalari qayd daftari, shaxsiy 
hisob raqam, asosiy vositalarning yo'qpama varaqachalari, hisob raqamlar varaqachalari) yaratiladi. „. 
1С dasturi 
1С dasturini kompyuterga o'rnatish . 1С dasturi Rossiya Federativ Respublikasi tomonidan tuzilgan dastur 
hisoblanib, xozirgi kunda bu dasturdan MDH davlatlari foydalanib kelishmoqda.lC dasturi orqali kichik firma, 
firma, korxona va ishlab chiqarish korxonalarining buxgalteriya hisobini amalga oshirish mumkin.lC dasturida 
barcha buxgalteriyaga tegishli bo'lgan hisob varaqalari mavjud bo'lib, bu varaqalar dasturdan foydalanuvchilar 
uchun o'ziga hos qulayliklar yaratadi.lC dasturini hozirgi kunda turli hil versiyalari mavjud bo'lib, ular bir 
biridan imkoniyatlari bilan farq qiladi.Bu dasturni kompyuterga lokal hamda tarmoqli usulda o'rnatish 
mumkin.Agar korxinaning buxgalteriya hisobi uncha katta bo'lmasa dasturni lokal rejimga o'rnatgan maqsadga 
muvofiqdir.Korxonaning buxgalteriyasi katta bo'lsa (ishlab chiqarish korxonalari) u holda dasturni tarmoqli 
qilib o'rnatish kerak.Lokal rejimda dastur bilan ishlash foydalanuvchidan juda ko'p ishni talab etadi. Tarmoqli 
rejimning foydali tomoni qo'ydagilardan iborat: 
Klient-server arxetikturasi barpo qilinadi." 
Barcha ishchi kompyuter orqali ma'lumotlar, hisoblar server kompyuterga yuboriladi.Bu bosh buxgalter 
ishini osonlashtiradi. 

7.4 1C buxgаltеriya dаsturi vа uning imkоniyatlаri 


Reja: 
1. 1S: Buxgalteriya hisobining vazifalari. 
2. 1S: Buxgalteriya hisobining hujjatlari bilan ishlash. 
Mavzunnig maqsadi: 1S: Buxgalteriya hisobining hujjatlari bilan ishlash. 
Tayanch iboralar: UT, provodka, Bank-mijoz,1 C 
Ko‘rgazmali qurollar: Proeksion apparat orqali mavzuga tegishli slaydlar namoyish qilish hamda 
devoriy stend orqali mavzuni tushuntirish 
Iqtisodiy sohada qo‗llaniladigan dasturlar aynan shu sohaga tegishli bo‗lgan ma‘lumotlarni qayta 
ishlashda, statistik ma‘lumotlarni yig‗ishda balans, kredit, foiz, zarar va shu kabi amallarni bajarishda elektron 
jadvallardan foydalaniladi. 1C buxgalteriya dasturi ham jadvalli ma‘lumotlarni yaratish va qayta ishlash uchun 
mo‗ljallangan dasturdir. Dasturning oddiy elektron dasturdan farqi shundaki, unda ishchi varaq bir vaqtda 
ma‘lumotlarni chiqarish, kiritish va qayta ishlash vositasidir. 1S buxgalteriya axborotlarni jo‗natish, 
spravochnik ko‗rinishida saqlash, hujjatlarni qayd qilishni osonlashtirish uchun ishlatiladi.
Yüklə 24,45 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin