Pandemiya- atro-muhit manfaati uchunmi



Yüklə 40 Kb.
tarix22.06.2020
ölçüsü40 Kb.
#31993
yangi maqola
PANDEMIYA- ATRO-MUHIT MANFAATI UCHUNMI

Asrorova Zuhra Sarvar qizi

Jizzax Politexnika Insituti

Sanoat texnologiyalari fakulteti 3-bosqich 323-17KT guruh talabasi

Telefon: +99893 300-64-42

Asrorova96@list.ru

Anotatsiya: Butun dunyoni havotirga solgan, bugungi kunda sodir bo’layotgan, yaqin kelajakda esa tarixga muxrlanadigan koronavirus pandemiyasini insoniyat tarixidagi ayanchli voqealardan biri deb aytsak mubolag’a bo’lmaydi. COVID-19 virusi insonlar hayotini havf ostida qoldiribgina qolmay, ko’plab insonlarni hayotdan bevaqt olib ketmoqda. Butun dunyo mamlakatlari virusdan himoyalanish maqsadida o’z hududlarida karantin rejimini joriy etganlar va bu qoidalarning ko’pchiligi iqtisodiy sohalarga salbiy ta’sir ko’rsatdi. Pandemiyaning zarari, undan qoladigan salbiy oqibatlani qator sanab o’tishimiz mumkin. Biroq COVID-19 tufayli joriy etilgan karantinning atmosfera va ekologiyaga ijobiy ta’siri mavjuddir. Karantin sababli transport qatnovlarining keskin kamayishi, ko’plab sanoat korxonalarining ishlamayotgani, energiya sarfining kamayishi va boshqa omillar ta’sirida havo tarkibining keskin o’zgarishi kuzatildi. Havo tarkibidagi CO2 va zaharli gazlardan biri bo’lgan NO2 konsentratsiyalarining kamayishi pandemiyaning atrof-muhit uchun manfaatli ta’siridir.

Bugungi kunda dunyoning qaysi davlatiga nazar tashlamang koronavirusning alomatlari ko’zga tashlanadi. Uning qator salbiy oqibatlarini sanab o’tish mumkin. Ayniqsa iqtisodiyotga keltirayotgan zarari inqiroziy vaziyatlarni yuzaga keltirishi mumkin. Lekin shu bilan birga uning ijobiy tomonlari ham mavjud.

Ekspertlarning xulosalariga ko’ra odamlar salomatligiga ta’sir etuvchi omillar ichida atrof-muhitning ta’siri 20-25%ni tashkil etar ekan. Suv inshoatlarining ifloslanishi, havo tarkibining o’zgarishi, tuproq tarkibining zararlanishi oziq- ovqat mahsulotlarining sifatiga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Tabiiy resurslardan foydalanish darajasi doimiy ravishda ortib bormoqda, shuningdek atrof-muhitga salbiy ta'sir ko'rsatmoqda. Ammo koronavirus davrida iqtisodiy faollikning keskin pasayishi, energiya sarfining kamayishi, transport harakatlarining kamayishi kuzatildi. Majburiy izolyatsiya ayniqsa ifloslanish darajasi yuqori bo'lgan yirik sanoat shaharlarida havo sifatining yaxshilanishiga olib keldi. Jahon sog'liqni saqlash tashkiloti ma'lumotlariga ko'ra, 10 kishidan 9tasi havo tarkibida ifloslantiruvchi moddalarning ko'pligi sababli qiynaladi. Bu ko’plab odamlarning o'limiga olib keladi. Karantin barchani atrof-muhitga bo'lgan bosimni pasaytirishga majbur qildi va bu havo sifatining yaxshilanishiga olib keldi. Malumotlarga ko’ra Nyu-Yorkdagi transportdan foydalanish darajasi 2020 yil mart oyida 2019 yildagi ma'lumotlarga nisbatan 35%ga kamaygan. Shu davr ichida shaharda CO2 chiqindilarining 50%ga kamayishi qayd etildi. Shuningdek, so'nggi ikki hafta ichida Nyu-Yorkda velosipedni ijaraga berish tizimidan foydalanuvchilar soni ko'paydi. Bu omillar nafaqat havo sifatini yaxshilashga, balki CO2 chiqindilarining kamayishiga ham olib keladi.

Bundan tashqari Xitoyda birinchi bor havo tozalanishi kuzatildi. Yerning suniy yo’ldoshlari birinchi marotaba Xitoy osmonida Azot dioksidi (NO2) konsentratsiyasining 37%ga kamayishini qayd etishdi. Xitoyda ikki oy davomida atmosferada aniqlangan qattiq zarrachalar miqdori pasayishi 5 yoshgacha bo‘lgan qariyb 4 ming bolaning va 70 yoshdan oshgan 73 ming keksaning hayotini saqlab qoldi. Bu COVID-19 oqibatidagi o‘lim ko‘rsatkichlaridan ancha ko‘p.Bu yerda fevral oyida CO2 chiqindilario’tgan yilning shu davriga nisbatan 25% ga kamaydi. Bunga havo qatnovlarining 10%ga kamayishi va ishlab chiqarishning pasayishi sabab bo’lgan.


Yo‘ldosh orqali olingan ma’lumotlar Italiya shimoliy qismi uzra iflos havoning kamayganligini ko‘rsatmoqda. Avtomobil, yuk mashinalari va elektrostansiyalar ajratadigan azot dioksidi darajasi ham sezilarli darajada kamaygan. Shu kabi ko’rsatkichlarni ko’plab keltirish mumkin. Yer yuzidagi iqlimning bu darajada o’zgarishi asosiy sababi COVID-19 sababli joriy etilgan karantindir.

Atmosferaning bu darajada tozalanib borishi bu juda yaxshi o’zgarishdir. Bu insonlarning reproduktiv salomatligini mustaxkamlaydi, uzoq umir ko’rishga yordam beradi, oziq-ovqat mahsulotlarining sifatliligi yanada ortadi. Lekin keyinchalik havo tarkibida sodir bo’layotgan o’zgarishlar salbiy oqibatlarga olib kelmaydi deb aytish qiyin .

Koronavirus atrof-muhit uchun ijobiymi?

Biz atrof-muhitga ta'sir haqida gapirganda, ushbu masalaga har tomonlama yondashish va global qarash kerak. Xalqaro Energiya Agentligining prognoziga ko'ra, COVID-19 tufayli iqtisodiy inqiroz ko'plab yirik loyihalarni, shu jumladan toza energiyaga ko'p milliard dollarlik sarmoyalarni kechiktirishi mumkin. Insonlar ixtiyorida mavjud bo’lgan energiya zaxiralari xavfli darajaga qadar qizib ketishining oldini olish uchun bu o'n yillikda zarur bo'lgan loyihalar maromida davom etishi kerak .Albatta bu iqtisodiy tomonlama manfaat bo’lishi mumkin, ammo bu kelgusida ekologiyani himoyalash uchun hozirgi muhim vazifadir.

Ko'pchilik koronavirus atrof-muhit va iqlim o'zgarishiga ijobiy ta'sir ko'rsatmoqda degan fikrda. Ammo bu mutlaqo to'g'ri bo’lmasligi mumkin. Biz bu fikrga kengroq va chuqurroq qaraydigan bo’lsak: Odamlar kamroq harakat qilishadi, transportdan kamroq foydalanishadi - tabiiy ravishda ularning uglerod izlari kamayadi. Ammo pandemiya nihoyasiga yetadi, odamlar bir kun uydan chiqib ketishadi. Ertami-kechmi avvalgi turmush tarziga qaytishadi va hamma narsa yangi yo'l bilan boshlanadi. Shu sababli hozirgi kunda atrof- muhitdagi o’zgarishlar vaqtinchalikdir.



Barcha antropogen issiqxona gazlarining hajmi yiliga 54 milliard tonnani tashkil qiladi va yuz million CO2 ekvivalenti miqdoridagi o'zgarish bu qiymat qarshisida kichikdir. Bu yil biroz kamroq, keyin biroz ko'proq - bularning barchasi vaqt o'tishi bilan tekislanadi. Muhimi, ma'lum bir yilda chiqindilar miqdori emas, balki o'nlab yillar davomida oqimga bog'liq bo'lgan kontsentratsiya. Malum vaqtgina davom etadigan karantin yer yuzining global isishini tuxtatib qolishga yetmaydi. Shu sababli, ongli ravishda iste'mol qilish, qayta tiklanadigan energiya manbalari haqida unutmaslik kerak. Agar biz iqlim qanday o'zgarishini bilishni istasak, hozirgi paytda yildan-yilga o'sib boradigan CO2 konsentratsiyasiga qarashimiz kerak. Okean va o'rmonlarda inson har yili yaratadigan qo'shimcha karbonat angidridni yutishga ulgura olmaydilar.

Virus bilan hozirgi vaziyatda siz tushunishingiz kerak bo'lgan asosiy narsa atmosferadagi CO2 kontsentratsiyasining pandemiya sabab kamayishi quvonarli natija, biroq bunga ishonib ham qolish kerak emas. Balki oqilona iste'mol qilish orqali CO2ning kamayishiga erishish kerak. Koronavirusga qarshi hozirda ko'rilayotgan choralar pandemiya tufayli o'limni kamaytirish uchun zarur bo'lgan maxsus tashkil etilgan majburiy choradir. Zero pandemiya tugar ekan dunyoning barcha mamlakatlari asosiy e’tiborni o’zlarining iqtisodiy holatini qayta tiklashga intiladilar. Zavod va fabrikalar qayta ishga tushadi, transport va havo yo’llari qatnovlari qayta tiklanadi. Go’yo dunya yana eski libosini kiyadi. Pandemiya sababli tozalangan atmosfera yillar davomida shakillangan iqlim ichra singib ketadi. Shunday ekan pandemiya iqlim va ekologik muammolarni yechimi bo’la olmaydi va ko’pchilikning shunga umid bog’lab qolishlarini ham to’g’ri deb bo’lmaydi.
Yüklə 40 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2022
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə