Pankreatit me’da osti bezi to‘qima hujayralarining yallig‘lanishi bo‘lib, uning o‘tkir va surunkali turi farqlanadi. Surunkali pankreatit mustaqil kasallik bo‘lmay, balki o‘tkir pankreatitning davomi yoki natijasi sifatida qarash mumkin



Yüklə 20,1 Kb.
səhifə1/4
tarix02.01.2022
ölçüsü20,1 Kb.
#45315
  1   2   3   4
Pankreatit


Pankreatit

Pankreatit me’da osti bezi to‘qima hujayralarining yallig‘lanishi bo‘lib, uning o‘tkir va surunkali turi farqlanadi. Surunkali pankreatit mustaqil kasallik bo‘lmay, balki o‘tkir pankreatitning davomi yoki natijasi sifatida qarash mumkin. Ushbu maqolamiz orqali surunkali va o‘tkir pankreatit haqida ma’lumot olishingiz mumkin.



Pankreatit turlari

O‘tkir pankreatit

O‘tkir pankreatit sabablari:

O‘tkir pankreatit simptomlari

Kasallikni davolash

O‘tkir pankreatit asoratlari

O‘tkir pankreatit profilaktikasi

O‘tkir pankreatit — oshqozon osti bezi to‘qimalarining o‘z fermentlari tasiri ostida «o‘z-o‘zini yemirishi» oqibatida yuzaga keladigan o‘tkir yallig‘lanish jarayonidir.

Shifokor konsultatsiyasi

Jarroh konsultatsiyasi

Analizlar

Qonning biokimyoviy analizi

Umumiy siydik analizi

Surunkali pankreatit esa mustaqil kasallik bo‘lmay, balki o‘tkir pankreatitning davomi va natijasi bo‘lgan bosqichi hisoblanadi.

O‘tkir pankreatit bilan kasallanganlarning deyarli 70 % ini ayollar tashkil qiladi. Kasallik, ayniqsa, 50-70 yosh ayollarda ko‘proq kuzatiladi. So‘nggi o‘n yilliklarda surunkali pankreatit bilan og‘rigan bemorlar soni ham ortib bormoqda.

O‘tkir pankreatit

O‘tkir pankreatit rivojlanish sabablari turli-tuman bo‘lib, barcha etiologik omillar zamirida bezning normal faoliyatining buzilishi yotadi. Bunda oshqozon osti bezi ishlab chiqarayotgan, ovqat hazmlanishi uchun zarur bo‘lgan fermentlar o‘n ikki barmoqli ichakka tushmay qoladi va o‘z-o‘zini yemira boshlaydi. Shuningdek, ajralayotgan ferment va zaharli moddalar qonga tushib, boshqa a’zolarga ham zarar yetqazishi mumkin. Shuni ham unutmaslik kerakki, oshqozon osti bezi qondagi qand moddasi miqdori oshib ketmasligi uchun mas’ul bo‘lgan gormon — insulinni ishlab chiqaradi.

O‘tkir pankreatit sabablari:

O‘t pufagi va o‘t yo‘llari kasalliklari;

Surunkali alkogolizm va politoksikomaniya

Oshqozon osti bezining jarohatlari;

Infeksion kasalliklarning bir qancha turlari (gepatit, parotit)

Bez yo‘lining toshlar yoki o‘sma hujayralari bilan bekilib qolishi;

Me’da osti bezida qon aylanishining buzlishi (tromboz, emboliya, qon tomirlar bog‘lanishi);

Uzoq muddat gormonal preparatlarni qabul qilish;

Sistemali qizil yugurigi, revmatoid artrit kasalliklari oqibati;

Ovqatlanish tartibini buzish;

Kasallik xuruj qilishiga esa yog‘li, qovurma ovqatlar eyish, to‘yib ovqatlanish, gripp, ruhiy siqilish va asabiylashishlar ham sabab bo‘lishi mumkin.

Kuz va qish mavsumlarida inson tanasi harorat ko‘tarilib-tushishi oqibatida zaiflashadi. Shu sababli ko‘pchilik surunkali kasalliklar qatori pankreatit ham qayta xuruj qilishi mumkin.


Yüklə 20,1 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin