Parrandalar gigiyenasi



Yüklə 32,37 Kb.
səhifə1/2
tarix02.01.2022
ölçüsü32,37 Kb.
#40446
  1   2
Donyor Zoogigeniya


PARRANDALAR GIGIYENASI

Reja:


1.Parrandalarni saqlash usullari va parrandaxonalar qurish gigiyenasi.

2. Tovuqlarni oziqlantirish, boqish, go‘sht va tuxum etkazishda gigiyena talablari.

3.Inkubatsiya va jo‘jalarni o‘stirish gigiyenasi

XX asr oxirlarida O‘zbekistonda 29 mln bosh parranda bo‘lib, 770 mln dona tuxum etkazilgan. Vazirlar mahkamasining yig‘ilishlarida parrandachilikni rivojlantirish, bosh sonini ko‘paytirish, xalqimizni parhez go‘sht va tuxumga bo‘lgan talabini qondirish borasida qator qarorlar qabul qilindi.  Bir yilda jon boshiga Amerikada - 247, Fransiyada - 262, Vengriyada - 315 va Rossiyada - 240 dona tuxum ishlab chiqariladi. Bizda esa bu ko‘rsatkich 112 donani tashkil etadi. SHundan ko‘rinib turibdiki, parrandachilikni rivojlantirish va  mahsuldorligini ko‘paytirish asosiy vazifalardan biri hisoblanadi.

         Parrandalar uchun quriladigan parrandaxonalar saqlash usuliga qarab moslashtiriladi. Parrandalar asosan polda va katakli batareyalarda saqlanadi. Erkin holda almashtiriladigan yoki almashtirilmaydigan qalin to‘shamalarda saqlansa ichiga qo‘noqlar qilinadi yoki qo‘noqsiz bo‘ladi. Alohida yoki guruh holida kataklarda saqlansa boshqa parrandaxona, lager sharoitida saqlansa boshqa binolar quriladi.

Parrandalardan asosan tuxum, go‘sht va qo‘shimcha ravishda pat olinadi. SHuning uchun veterinariya-sanitariya va gigiyena talablarini hammasini inkubatsiyaga, jo‘jalarni o‘stirish, katta yoshdagi parrandalarni parvarish qilish, broyler jo‘ja go‘shtini etishtirishga qaratish lozim. Parrandalarni erkin holda va kataklarda saqlashni o‘ziga xos afzalliklari hamda kamchiliklari bor. Erkin holda saqlanganda bemalol harakat qiladi, toza havo va quyosh nuridan foydalanadi, modda almashish yaxshilanib, kasalliklarga chidamliligi ortadi, ammo hamma qilinadigan ishlar qo‘l kuchi bilan bajariladi. Kataklarda saqlansa hamma texnologik jarayonlar mexanizatsiyalashtirilib mehnat engillashadi,  mahsulot tannarxi arzonlashadi. Lekin bir bosh parranda uchun ajratilgan joy maydoni kengayadi, ya’ni 1 m joyga erkin holida boqilsa 5 - 6 bosh joylashtiriladi.

         Hozirgi vaqtda parrandaxonalar kurishda TLM 4 - 83 talabiga javob beradigan yangi loyihalardan foydalanilmokda. Parranda fermalari va fabrikalari qurishda joyni to‘g‘ri tanlash, binolarni joylashtirish, bosh sonini ko‘paytirish, mahsuldorligini oshirish,  sog‘lom parranda etkazish asosiy vazifadir. Parrandaxonalar o‘rtasida yo‘lak qo‘yilib ikkiga bo‘linadi. Har tomoni ham yana bir nechta seksiyalarga bo‘linib, alohida eshiklar qo‘yiladi. Ferma atrofi 2 metr balandlikda devor o‘ralib, yagona kirish chiqish yo‘li qilinadi. Tovuqxonaning janubiy tomonidan yayratish maydoni qilinib, qo‘noqlar o‘rnatiladi. Qo‘noqlar har 250-500 bosh tovuq, 100 o‘rdak, 60 g‘oz va 150 ko‘rkaga bitta o‘rnatiladi. Parrandaxonalarning poli er, sement, asfaltdan bo‘lishi mumkin. Tovuqxona ichida kataklar, oxur, sug‘orish idishi (avtosug‘orgich), kul solingan yashikchalar o‘rnatiladi, Kul solingan yashikchalar o‘lchami 1,2 x 1,2 m va balandligi 18 - 20 sm bo‘ladi. Parrandaxonalarda  1 m2  joyga 1 kunlik jo‘jalardan 25 bosh, 2 oyligida 16 bosh, 2-3 oyligida 12 bosh, 5 - 6 oyligida 9 bosh, katta tovuqlardan 4 - 5 bosh joylashtiriladi.

         Parranda fabrikalarini qurishda ayniqsa o‘sayotgan jo‘jalar uchun ajratilgan binolar shamol esish tomoniga qaratib quriladi. Veterinariya jihozlari, sanitariya so‘yish va o‘til qilish sexlari shamol yo‘nalishiga qarab quriladi. Parrandachilik fermalari har xil yuqumli kasalliklar tarqalmasligi uchun alohida sektorlarga bo‘linadi: Bunda tuxum tug‘adigan tovuqlar, inkubatsiya, so‘yish, patlash, xo‘jalik – boshqaruv bo‘limlariga  bo‘linadi. Bu binolar bir biridan alohida ajratilib, maxsus eshiklar orqali kiriladi. Har bir bo‘limga kirish joyida sanitariya ijozat xonasi, dezobarer, dezomat va boshqalar qurilishi kerak.

Tovuqlarni oziqlantirish, boqish, go‘sht va tuxum etkazishda gigiyena talablari - Parrandalarni oziqlantirishda ozuqa ratsionining tuyimliligi talab darajasida bo‘lishi va ratsiondagi hazmlanuvchi protein, aminakislotalar, mineral moddalar va vitaminlar organizmning talabini qondirishi kerak. Ozuqa ratsionining tuyimlilie darajasi, mikroiqlim ko‘rsatgichlarini  me’yor darajasida bo‘lishi turli yuqumsiz,  yuqumli va parazitar kasaalliklarni oldini olish hamda organizm chidamliligini oshirishning asosiy omillaridan hisoblanadi.

Jo‘jalarni 60 kunligigacha kuniga 4 - 5 marta  oziqlantirilib, oziqa  doimo oxurdan uzilmasligi kerak. Parrandachilik xo‘jaliklari uchun maxsus omuxta em tayyorlanib, uning tarkibida kalsiy, fosfor, natriy, aminokislotalar, vitaminlar va makro - mikroelementlar bo‘ladi.

Parrandalarga beriladigan ozuqalarni sifati past, sanitariya- gigiyena talablariga javob bermasa parrandalarning mahsuldorligi pasayadi va turli yuqumli kasalliklarga chalinadi. Jumladan aspergillyoz, kandidomikoz; avitaminoz, mineral va oqsil almashinishini buzilishi kasalliklarini keltirib chikaradi. Parrandalarda vitamin etishish - etishmasligini aniqlash  uchun ulardan namuna suyilib, jigarida vitamin A ni bor yo‘qligini qaraladi. Masalan, bir kunlik jo‘ja jigarida  15 - 20 mkg, 10 kunligida 25 - 30, 1 oyligida - 40; 2 - 4 oyligida 80 - 100 va kattalarida 300-350 mkg karotin bo‘ladi.

Yirik xo‘jaliklarda broyler jo‘jalarining bosh soni 3 mln. gacha etadi. Bunday xo‘jaliklarda yil davomida jo‘jalar 56 - 63 kun boqilib tirik vazni 1,5 kg ga etkazib suyiladi. Bunda jo‘jalarni bosh sonini saqlab qolish - 97% bo‘lib, 1 kg tirik vaznga 2,5 - 3 kg omuxta em sarf bo‘ladi. «Broyler-20» parrandaxonalarida asosiy ish mexanizatsiyalashgan. Bunda jo‘jalar to‘rt  xaftalik yoshigacha +18 - 200S da saqlanib, nisbiy namlik 60-70%, havo harakati 0,5 - 1m/sek, SO2 gazi 0,15 – 0,20%, ammiak 0,01-0,015 mg/l dan oshmasligi kerak. Ular uchun alohida yoritish tizimi bo‘lib, 20 kunligigacha 24 soat, 21 - 40 kunligida 24 - 17 soat va 41 - 70  kunligida 17 soat davomida yoritilib turiladi. 1 m2 joyga broyler jo‘jalari 14 - 15 bosh joylashtiriladi.

Jo‘jalar go‘sht uchun kataklarda ham o‘stiriladi. Umuman veternariya-sanitariya gigiyena qoidalariga qat’iy amal qilish kerak, Ozuqalarning sifati, to‘yimliligi, ratsion tarkibi, mikroiqlim ko‘rsatgichlari, sifatli suv bilan ta’minlash va boshqalar nazorat qilinishi zarur.

Yirik ferma va fabrikalarda tovuqlar kataklarda saqlangan jo‘jalar erkin yurganga qaraganda tez etiladi, hatto 15 kun oldin tulaydi. 1 - 60 kunlik jo‘jalar uchun KBE-1 katakli batareyalar ishlatilib, uning uzunligi 31 m, eni 9 m bo‘ladi. Unda  elektr isitish batareyasi, sug‘orish sistemasi, oziqlantirish, tozalash kabi ishlar mexanizatsiyalashgan bo‘ladi. Keyingi yoshdagilar KBM-2, KBM-2A, KBM-25 batareyalarida saqlanib ular uzunligi va ko‘p qavatligi bilan farq qiladi. Katta yoshdagi tovuqlar alohida yoki  guruh holida kataklarda saqlanadi.  Ko‘pincha kataklar yoni va poli panjarali yoki turdan qilinadi. Polni oldingi tomoni pastrok qiya qilinadi, ya’ni tuxumni namlab kelishi uchun eng ko‘p tarqalgan, tuxum tug‘adigan tovuqlar KBM-1 markali 4 qavatli katakli batareyalarda saqlanib, ozuqa tarqatish, tagini tozalash, tuxum terish kabi ishlar birdaniga bir harakat bilan bajariladi. Ixtisoslashgan fabrikalar 100-250 ming bosh tug‘adigan tovuqqa muljallanib quriladi. Jo‘jalar saqlanadigan binolarda nisbiy namlik 65-70 %, keyinchalik 55-60% bo‘lishi va yoritishni 17 soatgacha etkazish kerak. Uzoq yoritish jo‘jalarni tuxumga kirishini tezlashtiradi, ammo o‘sishni sekinlatib, tuxumni puchog‘i ham qattiq bo‘lmaydi. Tug‘adigan tovuqlar uchun havo harorati +160  - 180S, nisbiy namlik 60-70 % bo‘lishi kerak.

Inkubatsiya va jo‘jalarni o‘stirish gigiyenasi – Parrandachilik  xo‘jaliklarida bir kunlik jo‘ja olish uchun inkubatsiya keng qo‘llaniladi. Ayniqsa «Universal» inkubatori keng qullanilib, unda tuxumlarni joylashtirish, havo almashish, harorat, namlik me’yori avtomatik boshqariladi. «Universal»-45 va «Universal»-50 inkubatorlari 45 yoki 50 ming tuxumga muljallanib 3 ta inkubatsiya, 1 ta chiqish shkafi, eshigi va unda qarab turadigan oynasi bo‘ladi. Tuxum joylashtiriladigan lotoklarni bittasiga 120 ta tovuq tuxumi, 90 ta o‘rdak, 50 ta g‘oz yoki ko‘rka tuxumi sig‘adi. Tuxum solingan lotok maxsus baraban ustiga o‘rnatilgan bo‘lib har 2 soatda avtomatik ravishda 90 0 ga buriladi. Inkubatsiya yashigida birinchi jo‘jalar chiqishi boshlanishi bilan tuxumlar jo‘ja chiqadigan yashigiga o‘tkaziladi.

«Rekord – 39» va «Rekord – 42» inkubatorlari 39, 42 ming tuxumga muljallanib, shaxsiy  va fermer xo‘jaliklar sharoitiga moslashtiriladi. Texnologik loyihaga asosan qurilgan inkubatsiya binosining o‘lchami 54x18 m bo‘lib, vodaprovod, kanalizatsiya, isitish va ventilyasiya hisobga olingan. Inkubatsiya binosi tarkibiga  inkubatsiya, jo‘ja chiqish zali, tuxum qabul qilish, saqlash, saralash ombori, dezokamera, yuvish, bir kunlik jo‘jani saqlash va saralash xonasi hamda qo‘shimcha binolar bo‘ladi.

Inkubatsiyaga qo‘yiladigan tuxumlar saralanib, yuqori baholanishi kerak. Embrion o‘sa boshlagandan boshlab ovoskop yordamida doimo ko‘zatilib boriladi. Saralangan tuxum to‘g‘ri shaklda, silliq, toza, pustlog‘i mustahkam  bo‘lishi kerak. Inkubatsiyaga qo‘yiladigan tuxumning og‘irligi quyidagicha bo‘lishi shart: tovuq tuxumi 56-58 g, o‘rdak 70-90 g, g‘oz 120-180 g, ko‘rka 70-90 g, seskarkaniki 35-45 g bo‘lishi va yuqori tomondagi havo bushlig‘i 1,8-2 sm dan oshmasligi kerak.

Har xil parrandalar bir vaqtda tuxum tug‘maydi ya’ni tovuq, ko‘rka, sessarka ertalab va kunduzi, o‘rdak tong azonda tug‘adi. Tuxumlar tezda terib olinib vaqtinchalik harorati +80 - 120S, nisbiy namligi 70 %  bo‘lgan saqlash xonasida saqlanadi.

Tuxumdan jo‘ja chiqish muddati turlichadir ya’ni tovuq tuxumidan - 21, o‘rdak va ko‘rka 27, g‘oz tuxumidan - 30 kunda jo‘ja chiqadi. Jo‘ja tuxumdan chiqishidan 1-2 kun oldin tuxumlar chiqish latogiga o‘tkaziladi. Embrionni ko‘zatganda birinchi kundan boshlab qon tomirlarining o‘sishi, ovoskopda allantois, qon tomirlari va uchinchi ko‘zatishda esa embrionni o‘sishi yaqqol ko‘rinadi.  Agar ko‘zatishda qon tomirlarini o‘sishi kuzatilmasa yoki yo‘q bo‘lsa, bunday tuxumlar olib tashlanadi.

Inkubatsiyadagi tuxumlar 11-13 % gacha og‘irligini yo‘qotadi ya’ni namligi ketadi. SHuning uchun inkubatsiya shkafida harorat +37,4-37,50S, nisbiy namlikni 55%, nam termometrni ko‘rsatkichini 290S da saqlash mumkin. Jo‘ja chiqish zalida harorat +36,5-37,50S, nisbiy namlik 55% ammo jo‘ja chiqish vaqtida nisbiy namlik 80 % gacha ko‘tariladi. Inkubatsiya jarayonida harorat pasaysa embrionni o‘sishi sekinlashadi, havo almashishi yomon bo‘lsa kislorod 15% gacha kamayadi, karbonat angridrid gazi 1 % gacha ortadi. Natijada embrion nobud bo‘ladi. Havoning harakat tezligi 2 m/sek yoki soatiga 15 marta almashishi kerak.

Tuxumdan chiqqan jo‘jalar usti qurigancha inkubatoriyada saqlanadi. Keyin 3 guruhga - sog‘lom, nimjon va mayiblarga saralanadi. Naslchilik xo‘jaliklarida maxsus mashinalarda jo‘jalarni burun teshigining 1/3  qismi pastidan kesiladi va ho‘rozchalarni tirnoqlari qirqiladi.

Sog‘lom jo‘jalar 60 x 60 sm kenglikdagi va 18 sm balandlikdagi maxsus yashiklarga solinadi. YAshik 4 bo‘limga ajratilgan bo‘lib, har bo‘limga 25 bosh tovuq, 15 o‘rdak, 10 bosh g‘oz yoki ko‘rka jo‘jasi joylashtirilib kerakli joylarga junatiladi. Jo‘jalar 1 - 60 kunligigacha 10-20 ming boshdan polda yoki kataklarda saqlanadi. Yirik jo‘jaxonalar  texnologik loyiha asosida qurilib uzunligi 72-92 m, kengligi 12-18 m bo‘ladi. Jo‘jalarni hayotini birinchi 5 kunligida jo‘jaxonada harorat +340-350S, keyinchalik asta sekin pasaytirilib 40-60 kunligida +22-200S bo‘ladi. Jo‘jalar keltirilishidan oldin yaxshilab  ta’mirlanadi, tozalanadi va dezinfeksiya qilinadi. 2 oylikkacha bo‘lgan jo‘jalar qalin to‘shama va polda 20 ming boshdan saqlanadi. Bunda tovuqxona 2 bo‘limga bo‘linib, isitish qurilmalari qo‘yiladi va 1 m2joyga bir oylikdan 26 ta, 1-2 oyligidan               16 ta, 61-150 kunligidan 9 va 151-190 kunligidan 5-6 bosh joylashtiriladi.

Kurka, o‘rdak va g‘ozlarni saqlashda gigiyena talablari - Kurkalar asosan go‘sht uchun boqilib, to‘g‘ri tashkillashtirilsa 1 kg o‘sishga 3,5-4,5 oz. birligi sarflanadi va 120-150 kunligida 5-6 kg ga etishi mumkin. Ona ko‘rkalar keng hajmli alohida bo‘limlarga bo‘lingan binolarda va almashtirilmaydigan to‘shamada saqlanadi. Har bir bo‘limga 2 - 2,5 m2 hisobidan 500 boshgacha ko‘rka joylashtiriladi. Ular asosan  quruq ozuqa bilan boqilib, oziqlanish oxuri 8 sm va sug‘orish oxuri 4 sm qilinadi.

Inkubatsiyadan chiqqan ko‘rka jo‘jalari saralanadi va 8-10 ming boshdan batareya sexlaridagi kataklarga o‘tkazilib, 20 - 30 kunligigacha boqiladi. U erdan aklimatizatorga (moslashadigan sex) o‘tkazilib 60 kunligigacha saqlanadi. Keyin yo‘nalishiga qarab boshqa binolarga o‘tkaziladi.

Bir kunlik jo‘ja KBE-1 batareyali katakda boqiladi. Har bir katakga 12 boshdan joylashtiriladi. Polda saqlansa ularning 1 m2 pol yuzasiga 1 - 2 oyligida 8 bosh, 2-3 oyligida 5 bosh, 3-5 oyligida - 3 boshdan  joylashtiriladi. Bino ichida ularni o‘tirishi uchun qo‘noqlar qilinadi. Qo‘noqlarni uzunligi har bir ko‘rka hisobiga 35 - 40 sm bo‘lishi va qo‘noq yog‘ochlari oralig‘i 50 sm, poldan balandligi ham 50 sm bo‘lishi kerak. Ko‘rkalar uchun bino harorati +220 - 210S va nisbiy namlik 60-62% bo‘lishi lozim. Ularni doimo to‘yimli ozuqalar bilan ta’minlash zarur, ayniqsa yosh ko‘rkalarga doimo ko‘k ozuqalar, o‘stirilgan don, ko‘k piyoz va boshqa oziqaga muhtoj bo‘ladi.


Yüklə 32,37 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin