Madaniyatini takomillashtirish masalalari



Yüklə 204,45 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix27.04.2023
ölçüsü204,45 Kb.
#103672
7415-Текст статьи-17971-1-10-20221226



HOZIRGI KUNDA OʻQITUVCHI NUTQ TEXNIKASI VA NOTIQLIK 
MADANIYATINI TAKOMILLASHTIRISH MASALALARI 
Jizzax davlat pedagogika universiteti 
Boshlangʻich taʼlim metodikasi kafedrasi katta o`qituvchisi
Atabayev Shapulat 
shapulatatabaev@gmail.com
 
Jizzax davlat pedagogika universiteti 
Boshlangʻich taʼlim fakulteti 
403-guruh talabasi 
Umirova A'lo 
Annotatsiya 
Mazkur maqolada oqituvchilarda nutq madaniyatini ayrim jihatlarini 
rivojlantirish masalalari haqida fikr yuritilgan. 
Kalit so‘zlar: Nutq texnikasi, nutq elementlari, nutqning ta'sirchanligi, nutq 
samaradorligi, nutqining kommunikativ sifatlari, ovoz, tembr, intonatsiya. 
Аннотация 
В данной статье рассматриваются вопросы развития некоторых аспектов 
речевой культуры у педагогов. 
Ключевые слова: Техника речи, речевые элементы, речевая 
результативность, речевая результативность, коммуникативные качества 
речи, голос, тембр, интонация. 
Abstract 
This article discusses the development of some aspects of speech culture 
among teachers. 
Key words: Speech technique, speech elements, speech performance, speech 
performance, communicative qualities of speech, voice, timbre, intonation. 
Har bir insonning ma'naviy va madaniy kamolotga erishuvida tilning o‘rni 
alohidadir. Til insonlararo muloqot hamda fikr va axborot almashinuv vositasidir. Til 
millatning tamal toshidir. 
Birinchi Prezidentimiz I.Karimov «Jamiki ezgu fazilatlar inson qalbiga, 
avvalo, ona allasi, ona tilining betakror jozibasi bilan singadi. Ona tili – bu 


millatning ruhidir. O‘z tilini yo‘qotgan har qanday millat o‘zligidan judo bo‘lishi 
muqarrar» deb ta'kidlaganida haqli edi.[1.68] 
Shuningdek, ajdodlar merosini o‘rganish, tajriba orttirish, almashinish 
jarayonini ham tilsiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Zero, hazrati Navoiy ta'biri bilan 
aytganda: 
So‘zdurki, nishon berur o‘lukka jondin, 
So‘zdurki, berur jonga xabar jonondin. 
Insonni so‘z ayladi judo hayvondin, 
Bilki, guhari sharifroq yo‘q ondin.[2.38] 
Ma'lumki, til inson aqliy faoliyatining eng oliy va asosiy vositasidir. Chunki, 
insonni boshqa jonzotlardan ajratib turadigan ham tildir. Shunday ekan, inson 
aqliy faoliyatining eng oliy mahsullari - tafakkur mevalari til va nutq orqali 
ro‘yobga chiqadi. Til tafakkur mahsullarining hayotga tadbiq etilishiga vosita 
bo‘luvchi qudratli quroldir. O‘zbek tilining izohli lug‘atida “til – fikr ifodalash va 
o‘zaro aloqa quroli bo‘lib xizmat qiladigan tovushlar, so‘zlar grammatik vositalar 
sistemasi” deb ta’riflansa, nutqqa “fikrni til orqali ifodalash qobiliyati, mahorati” 
yoki “so’zlashuv jarayonidagi til” deb ta’rif beriladi.[3.66] 
Qadimgi Sharq pedagogikasining ajoyib asarlaridan biri «Qobusnoma»da 
ham til va nutqqa alohida e'tibor berilganki, ular hozir ham o‘z ahamiyatini 
yo‘qotmaganini ko‘ramiz. Kaykovus hamma hunarlar ichida so‘z hunari - 
notiqlikni a'lo deb biladi: «Bilginki, hamma hunardan so‘z hunari yaxshi».[4.49] 
Shuning uchun ham kishi suxandon va notiq bo‘lishini ta'kidlaydi. Muallif 
notiqlikni egallashning yo‘lini tinimsiz mehnat va o‘rganish deb uqtiradi. 
Tilning olijanob imkoniyatlari nutq orqali ochiladi. Nutq bo‘lmas ekan, 
tilning cheksiz imkoniyatlari yuzaga chiqmay qolaveradi. A. Navoiy til va nutq 
munosabatlarini shunday izohlaydi: «Til shuncha sharafi bilan nutqning qurolidir. 
Agar nutq nomaqbul bo‘lib chiqsa, tilning ofatidir».[ Demak, til har qancha 
qudratli zo‘r bo‘lmasin, u nutq uchun qurol sifatida xizmat qiladi. Uning kuch-
qudrati nutq jarayonida namoyon bo‘ladi. Agar til o‘q bo‘lsa, nutq kamondir. 
O‘qning qudrati kamonning qobiliyatiga ham bog‘liq.[2.39] 


Til millatning noyob xazinasi bo‘lib, doimo og‘zaki va yozma holda namoyon 
bo‘lgan. Boy, yorqin, maroqli nutq, u kim bo‘lishidan qat'iy nazar, inson nuri 
hisoblangan. 
Nutq madaniyati juda katta va keng soha bo‘lib, u bolaning kundalik oddiy 
salomaligidan tortib, kimga nimani, qachon, qaerda va qanday so‘zlashigacha 
bo‘lgan barcha nutqiy jarayonlarni o‘z ichiga oladi. Nutq madaniyati faqat nutqni 
egallash yo‘llarini emas, balki undan foydalanish madaniyatini ham tarbiyalaydi. 
Nutq madaniyati o‘qituvchilarda ijodiylik, mustaqil fikrlash, ijodiy fikr mahsulini 
nutq sharoitiga mos ravishda og‘zaki, yozma shakllarida to‘g‘ri, ravon ifodalash 
ko‘nikmalarini shakllantirish va rivojlantirish, til sezgilarini tarbiyalashga xizmat 
qilmog‘i lozim. Shundan kelib chiqqan holda nutq madaniyati: o‘z fikrini nutq 
sharoitiga mos ravishda turli sharoitlarda bayon eta olish vositalarini, ma'noni turli 
shakllarda bera olish yo‘llarini, badiiy, ilmiy, ijtimoiy asarlarni o‘rganib, ular 
haqidagi fikr-mulohazani, shaxsiy munosabatni og‘zaki va yozma shakllarda 
to‘g‘ri bayon eta olish madaniyatini ifodalaydi. 
Har qanday pedagogik vaziyat uchun mutlaqo to‘g‘ri bo‘lgan nutqni tuzish 
mumkin emas. Faqat ayni vaziyat talablaridan kelib chiqib tashkil etiladigan 
nutqgina to‘g‘ri hisoblanadi. 
Binobarin, kishi o‘zining har bir qadamini oldindin ko‘rishi, rejalashtirishi 
amalda mumkin bo'lmaydi. Pedagogning mehnati - bu behad izlanish va azob-
uqubatli kechinmalar, ilhom va betakror turlanish oni, ko‘pdan-ko‘p kundalik 
ishlar, hafsalasi pir bo‘lish va bolalar bilan birgayani, ya'ni inson organizmining 
hayotiy funksiyasini amalga oshiradi. Shuningdek, u nutq jarayonini energiya bilan 
ta'minlaydi. Demak, inson ikki turda nafas oladi: fiziologik va fonasion nafas. 
Fiziologik nafasda havo burun orqali olinib, nafas olish va nafas chiqarish 
teng hamda bir tekisda bo‘ladi. U quyidagi ketma-ketlikda sodir bo‘ladi: qisqa 
nafas olish, qisqa nafas chiqarish va pauza. 
Fonasion nafasda qisqa nafas olinadi, pauza va cho‘ziq nafas chiqariladi. 
Chunki tovush hosil qilish uchun havo oqimi zarur bo'ladi. 
Fonasion nafas shakllanmagan bo‘lsa nutq jarayonida hapqirib qolish, yurak 
urishi tezlashishi, yuz qizarib ketishi kabi holatlar kuzatiladi. 


Nafas olish jarayonida ishtirok etadigan muskullar ishtirokiga qarab nafasni 
to‘rt turga ajratiladi. 
Yuqori nafas - yelka, ko‘krak qafasi va o‘pkaning yuqori qismi ishtirokida 
amalga oshiriladigan engil nafas turidir. 
Ko‘krak nafas – qovurg‘a muskullari ishtirokida sodir bo‘lib, ko‘krak qafasini 
aylanasi o'zgaradi. Bunda diafragma deyarli o‘zgarmaydi. 
Diafragmal nafas – ko‘krak qafasi hajmining bo‘ylamasiga o‘zgarishi 
natijasida amalga oshadi. 
Diafragmal-qorin nafas ko‘krak qafasi muskullarining ko‘ndalangiga hamda 
bo‘ylamasiga o‘zgarishi, qorin muskullarining o‘zgarishi asosida hosil bo‘ladi. 
Shu nafas fonasion nafas uchun eng qulayi hisoblanadi. 
Nutqiy madaniyat tarbiyasi bilan maktabdagi hech bir istisnosiz barcha fanlar 
bilan bevosita va bilvosita bog‘liq. Nutq madaniyati o‘qituvchida yuksak darajada 
bo‟lishi shart. Bunda ovoz ham ahamiyatli. O‘qituvchi nutqi jarangdor, aniq, turli 
shevaga xos so‘zlardan holi bo‘lishi kommunikativ qobilyati yuqori bo‘lishi zarur. 
Dunyodagi har bir kasbni egallashda nutq madaniyati muhim quroldir. 
Ovoz. Yoqimli ovoz to‘g‘ri nutqning asosiy ko‘rsatkichlaridan biridir. Ovoz 
ham mashg‘ulotlarga mos keladi va uni etkazish mumkin. Har bir inson vaziyatga 
qarab ovozning kuchini qanday boshqarishni, uni ko‘tarish yoki tushirishni 
o‘rganishga qodir, his-tuyg‘ularni ushlab turish, xotirjam bo‘lish va o‘lchovli 
gapirish kifoya. Muhim omil - sog‘lom tomoq va chekishni tashlash kerak. 
Tembr.Keyingi ko‘rsatkich - ovozning tembri. Bunday holda, asosiy narsa uni 
haddan tashqari oshirmaslikdir, chunki haddan tashqari past yoki baland ovoz 
noto‘g‘ri qabul qilinadi. Ovoz tembrini ishlab chiqish uchun eng muhim daqiqa 
nafas olishdir va diafragma bilan ishlash kerak. 
Intonatsiya. Intonatsiya va to‘g‘ri talaffuzga e'tibor bering, so'zlarda stressni 
to‘g‘ri joylashtirish va mantiqiy pauzalar qilish muhimdir. Bu sizga nafas olish, 
keyingi nutqni to‘g‘ri qurish, shuningdek, tinglovchilarning e'tiborini jalb qilish 
imkoniyatini beradi. 
Umuman olganda, o‘qituvchinig o‘z nutq texnikasini takomillashtirishi 
uchun quyidagi yo‘nalishlarga amal qilishi lozim: 
- adabiy tili qonuniyatlarini mukammal bilish; 


- o‘zning nutqiy jarayonini doimiy nazorat qilish; 
- nutqiy madaniyatini rivojlantirib boyitib borish; 
- muloqotning turli faoliyatlarida nutq me`yorlarini egallash uchun zaruriy 
shart-sharoit yaratish. 
O‘qituvchi o‘z nutq texnikasining mukammalligi va ta’sirchanligi bilan 
o‘quvchilar e’tiborini jalb qila oladi hamda hech qanday qiyinchiliklarsiz kasbiy 
pedagogik faoliyatida duch keladigan barcha ziddiyatlarni bartaraf eta oladi.
Adabiyotlar: 
1. 
Каримов И.А. ЮКСАК МАЪНАВИЯТ-ЕНГИЛМАС КУЧ. -.. 
ТОШКЕНТ «МАЪНАВИЯТ» 2008. 
2. Eshchonov E. U. Madyarova S. A. Omonov H. T. Xo'jayev N. X. Pedagogik 
texnologiyalar va pedagogik mahorat–Darslik, Elektron resurs 2009. 
3. A.Navoiy “Mukammal asarlari to‘plamlari” - Istiqlol. 2020
4. Kaykovus “Qobusnoma” – Istiqlol. 2004 yil. 
5. 
S
Sh. Atabayev (2022). BOSHLANG’ICH TA’LIM ONA TILI VA O’QISH 
SAVODXONLIGI 
MASHG’ULOTLARIDA 
SAVOL-TOPSHIRIQLAR 
USTIDA ISHLASH-TADQIQOT OB’EKTI SIFATIDA. Science and 
innovation, 1 (B7), 1077-1080. doi: 10.5281/zenodo.7295409 
6. 
Ataboyev, 
S. 
(2021). 
Педагогические 
корни 
современного 
образования. Innovation in Primary Education1(1).
7. 
Ataboyev, 
S. 
(2022). 
НАРОДНАЯ 
ПЕДАГОГИКА 
В 
ВОСПИТАТЕЛЬНОМ 
ПРОЦЕССЕ 
ДОШКОЛЬНОЙ 
ОБРАЗОВАТЕЛЬНОЙ 
ОРГАНИЗАЦИИ. Boshlang’ich 
ta’limda 
Innovatsiyalar1(1). 
https://primedu.jdpu.uz/index.php/primedu/article/view/5843
 
8. 
Ataboyev, S. (2021). Социольно-психологический тренинг-развития 
коммуникативности 
будещего 
учителя. Innovation 
in 
Primary 
Education1(1).



Yüklə 204,45 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin