9- MAVZU: FUQARO, FUQAROVIYLIK VA FAOL FUQAROLIK
POZITSIYASI.
Reja:
1. Fuqaroviylik, mazmun-mohiyati va asosiy xususiyatlari
2. Fuqaroviy ong va uning namoyon bo‘lish omillari
3. Fuqaroviy faollik va uning fuqarolik jamiyatidagi o‘rni
Tayanch so‘zlar: Jamiyat, davlat, fuqarolik jamiyati, fuqarolik jamiyati institutlari,
fuqaroviylik, fuqaroviy ong, faollik, ijtimoiy faollik, huquqiy davlat, fuqaroviy faollik,
ijtimoiy munosabatlar, ijtimoiy makon, ijtimoiy jarayonlar, siyosiy jarayonlar, davlat va
fuqaro munosabatlari.
1. Fuqaroviylik, mazmun-mohiyati va asosiy xususiyatlari
Mazkur mavzuning asosiy maqsadi fuqarolik jamiyati barpo etishda fuqarolarning
faolligi qanday ahamiyatga ega ekanligini yoritishdan iborat. Zero fuqarolik jamiyati
fuqaroviy ongi va faolligi yuksak bo‘lgan fuqarolar yordamida barpo etilishi mumkin.
Fuqaroviylik mamlakatning rivojlanish bosqichlarida, boshqacha aytganda o‘tish davrida
yaqqol namoyon bo‘ladi. Bugungi kunda ham ijtimoiy-siyosiy o‘zgarishlarni boshidan
kechirayotgan, aniqrog‘i fuqarolik jamiyati barpo etayotgan turli mamlakatlarda
fuqaroviylik muhim ahamiyat kasb etmoqda. Fuqaroviy faollikning negizini anglash uchun
avvalo fuqaroviylikning nazariy mohiyatini tushunish talab etiladi.
Manbalarda qayd etilishicha o‘z vatani taraqqiyoti uchun har qanday yo‘l bilan,
jismoniy yoki ma’naviy mehnat bilan xizmat qilgan kishi haqiqiy fuqaroga aylanadi.
Bunday qarash biroz falsafiy ahamiyatga egadek tuyulsa-da, aslida fuqarolik jamiyati
barpo etishda aynan fuqaroning vatan taraqqiyoti yo‘lidagi amaliy faoliyati muhim
ahamiyat kasb etadi.
Fuqaroviylik dastlabki qarashda huquqshunoslikka oid atama singari tuyuladi. Aslini
olganda bu hodisani falsafiy, huquqiy, sotsiologik va siyosiy mohiyati mavjud.
Fuqaroviylik bir davlatga mansublikni anglash, davlatga sodiqlik hamda
vatanparvarlik hissi sifatida talqin etilishi mumkin. Bunda davlatni, konstitutsiyani, davlat
ramzlarini hurmat qilish, davlat tuzumini va qonun ustuvorligini himoya qilishga tayyorlik
nazarda tutiladi. Fuqaroviylikni insonga huquqiy, ijtimoiy, ma’naviy va siyosiy jihatdan
Dostları ilə paylaş: |