ONA TILI O`QITISH METODIKASI FANIDAN
R E F E R A T
2010-yil
Mavzu: Boshlang’ich sinflarda diktant
va uning turlari
Reja:
1.
O’quvchilarni tarbiyalashda diktantning roli va ahamiyati.
2.
Diktant yozishga tayyorlash.
3.
Diktant va uning turlari.
4.
Xatolarni hisobga olish va ular ustida ishlash.
Diktant- eshitib yozishdir. O’qituvchi butun matn, gap yoki so’zni diktovka
qiladi, o’quvchilar yozadilar.
Diktant ko’chirib yozishdan eshituv uquvi orqali qabo’l qilinishi bilan farq qiladi.
O’zbek tili orfografiyasi qoidalari faqat fonetik prinsip asosidagina emas, balki
juda ko’hp so’zlar morfologik prinsip asosida ham yozilishi sababli faqat diktant
orqali o’quvchilarni savodxon qilish mumkin emas. Uslubchilar o’zlarining dikkat
e'tiborlarini diktantni orfografik mashqlarning foydali turiga aylantirishga qaratib,
uning juda ko’p turlarini ishlab berdilar.
Yuqorida ta'kidlaganimizdek diktantning turi ko’p bo’lib, ayrimlari haqida
to’xtalib o’tamiz :
Ta'kidiy diktant - Bu diktant o’quvchilar yo’l qo’uyishi mumkin bo’lgan
xatolarni oldini olish maqsadida o’tkaziladi. Buning uchun tanlangan matn
grammatik - orfografik tomonidan tahlil qilinadi, o’rganilgan qoidalar eslatiladi,
ayrim so’zlarning yozilishi ta'kidlanadi, so’ngra matn aytib turib yoziladi. Ta'kidiy
diktantning samaraliligi o’quvchilarning aktivligiga bog’lik, o’quvchilarni
aktivlashtirish uchun matn tahlil qilinayotganda ularning ayrim so’zlarining
yozilishini o’qituvchidan so’rashga, o’rganilgan qoidaga mos so’zni o’zlari tanlab,
uni tahlil qilishga ayrim so’zlarni lug’atdan topib imlosini tekshirishga o’rgatish
zarur.
Dostları ilə paylaş: |