International Vritual Conference On
Innovative Thoughts,
Research Ideas and Inventions in Sciences
Hosted from Newyork, USA
http://euroasiaconference.com January 20
th
2021
________________________________________________________________________________________________________________________________
513
EKSTRAKSION FOSFAT KISLOTA OLISH VA
UNI KONSENTRATSIYASINI OSHIRISH
Sultonov Boxodir Elbekovich
Namangan davlat universiteti Noorganik kimyo kafedrasi
professor v.b., t.f.d
Nodirov Alisher Avazovich
Namangan davlat universiteti I-kurs tayanch doktoranti
Xolmatov Dilshod Sattorjonovich
Namangan davlat universiteti Noorganik kimyo kafedrasi
dotsenti, kimyo fanlari bo’yicha PhD
Abdullajanov Oybek Abdulaziz o’g’li
Namangan davlat universiteti Noorganik kimyo kafedrasi
o’qituvchisi
Fosforitlardan ekstraktsion fosfat kislota (EFK) olish uchun 93% li sulfat kislota
ishlatish afzaldir. Bunda texnologik jarayondagi suv balansi yaxshilanadi – gipsning
yuvilishini ko’p miqdordagi suv bilan amalga oshirish imkoniyati yaratiladi. Natijada
chiqindiga chiqariluvchi fosfogips bilan yo’qotiladigan fosfat kislota va zararsizlantirish lozim
bo’lgan oqava suvlar miqdori kamayadi.
Kislota konsentratsiyasining oshirilishi olinadigan fosfat kislotadagi P
2
O
5
miqdorini
o’zgartirmaydi, gips kristallanishining maqbul sharoiti orqali oldindan belgilanadi. Yanada
yuqoriroq konsentratsiyali sulfat kislota ishlatilganda issiqlik ajralishi (suyultirish issiqligini
ortishi hisobiga) keskin ortadi, uni esa sistemadan ajratib olish talab etiladi.
Digidratli usulda fosfat kislota olishda fosfat xom ashyosi tarkibidagi barcha ftorning
(asosan SiF
4
tarzida) 3-5% igina gazli faza bilan ajraladi, taxminan 80%i EFKga, 15-17%i esa
fosfogipsga o’tadi. Sovutish usuli va ventilyatorning uzatishga bog’liq holda ekstraktordan
ajratib olinadigan gaz tarkibidagi ftoridlar konsentratsiyasi, ftor hisobida 0,2-2,5 g/m
3
ni
tashkil etadi. Ekstraksiya sexida o’rnatilgan absorbtsiya sistemalari, asosan, chiqindi
gazlarini tozalash uchun mo’ljallangan, bunda hosil bo’ladigan H
2
SiF
6
ning kuchsiz eritmalari
neytrallash stansiyalariga yuboriladi yoki fosfogipsni yuvish uchun ishlatiladi.
Tabiiy fosfatlardan ekstraksion fosfat kislota ishlab chiqarish ko’rsatkichlari analitik
ma’lumotlar bo’yicha aniqlanadi: P
2
O
5
ning texnologik unumi (K
unum
,%), ya’ni P
2
O
5
ning xom
ashyodan fosfat kislotaga o’tish darajasi apatitni qayta ishlashda – 95-96% ni va turli
fosforitlar uchun – 71-94% ni tashkil qiladi. U P
2
O
5
ning eritmaga ajralish koeffitsenti (K
ajr.
,
%) dan 2-3% ga kichikdir. Buni fosfogipsni fosfat kislotadan yuvilishining to’la bo’lmasligi
bilan izohlanadi: yuvilish koeffitsienti (K
yuvish
, %) odatda 97-99% ni tashkil etadi. Vaholanki:
K
unum
= K
ajr.
۰K
yuvish
/100 ga teng. Ekstraktsiyalashning digidratli usulida kislotaga
P
2
O
5
ning mahsulotli (xo’jalik) unumi 93-95% ni tashkil etadi, shunga mos ravishda 1 t
P
2
O
5
li mahsulotga 2,73-2,65 t apatit (1075-1045 kg P
2
O
5
) va 2,48-2,45 t (CaO ni bog’lash
uchun stexiometrik me’yordagi, ya’ni 1 t apatitga 0,915 t) 100% li sulfat kislota sarflanadi.
Fosforitlarni qayta ishlashdagi sarf koeffitsentlari apatitlarni qayta ishlashdagiga nisbatan:
fosfat bo’yicha 1,5-2,3 marta; fosfat tarkibidagi P
2
O
5
bo’yicha 1,02-1,27 marta; sulfat kislota
bo’yicha 1,2-1,7 marta kattaroqdir. Xom ashyo harajatlari EFK ishlab chiqarish umumiy
harajatlarining 70-80% ni tashkil etadi.
Dostları ilə paylaş: |