Informatika va axborot texnologiyalari fanini o’qitishda noan’anaviy darslardan va o'yin texnologiyalaridan foydalanish raxmatova Saboxat Narzullayevna



Yüklə 139,15 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix12.07.2023
ölçüsü139,15 Kb.
#136403
56-59(1)



PEDAGOGIK ISLOHOTLAR VA ULARNING YECHIMLARI
https://wordlyknowledge.uz/
56
INFORMATIKA VA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI FANINI O’QITISHDA
NOAN’ANAVIY DARSLARDAN VA O'YIN TEXNOLOGIYALARIDAN
FOYDALANISH
Raxmatova Saboxat Narzullayevna
Sayxunobod tumani 2- sonli kasb- hunar maktabi informatika va axborot texnologiyalari
fani o’qituvchisi
Annotatsiya:
Ushbu maqolada kasb- hunar maktablarining informatika darslarida o’yin
texnologiyalaridan foydalanishning ahamiyati informatika fаnlаrini o’qitish zаruriyati kabi
fikrlar yoritilgan. Ushbu maqola vatanimizda informatika fanining rivojlanish istiqbollari kasb-
hunar maktablarining informatika darslarida o'yin texnologiyalaridan foydalanishning
ahamiyatiga bag'ishlangan. Maqolada yana informatika fanini o’qitishda noan’anaviy darslardan
foydalanish hususida ham ma’lumotlar yoritib berilgan va uning afzalliklari tahlil etib o’tilgan.
Kalit so'zlar:
Informatika, o'yinli texnologiya, axborotni uzatish, shaxsiy kompyuter,
innovatsion texnologiya, texnik vositalar, ma’ruza usuli, an’anaviy va noan’anaviy darslar.
Fan va texnika jadal suratda rivojlanib borayotgan davrda, texnologiyalardan foydalanib
dars o‘tish o’quvchilar tafakkurini rivojlantirishga yordam beradi. Kelajagimiz bo‘lgan yoshlarni
yuksak madaniyatli, o‘tkir bilimli qilib tarbiyalashda har bir pedagog xodim o‘zini mas’ul shaxs
ekanligini bilgan holda, dars samaradorligini oshirib borishi, yangi texnologiyalardan unumli
foydalanishi dolzarb masala hisoblanadi. Bugungi kunda kasb- hunar maktablarida informatika
fani asosiy fanlar sirasiga kiradi. Boisi, hozirgi axborotlashgan zamonda kompyuter
texnologiyasini biladigan, turli dasturlar bilan ishlay oladigan kadrlarga bo’lgan ehtiyoj katta.
Hozirgi kunda kasb- hunar maktablaridagi o‘quv jarayonini jadallashtirishning muhim
yo‘nalishlaridan biri bu o‘qitishni individuallashtirish va bo‘lajak mutaxassislarning ijodiy
qobiliyatlarini rivojlantirish hisoblanadi. Bunga erishish esa o‘qitishning faol shakllari va
usullarini joriy qilish, o‘quv- tarbiyaviy jarayonni ilmiy- ishlab chiqarish bilan uzviy
integratsiyasini tashkil etish hamda o’quvchilar mustaqil ta’limini tashkil etishning yangi va
samarali shakllarini yaratishni taqozo etadi. Ta’lim muassasalarining zamonaviy texnik vositalar,
axborotkommunikatsion texnologiyalar va o‘quv laboratoriya jihozlari bilan qaytadan
ta’minlanishi o’quvchilarning bilim samaradorligini oshirishga muhim vosita bo‘lib xizmat
qiladi. Bu esa o‘z navbatida pedagog–o‘qituvchilar zimmasiga yana bir qo‘shimcha ma’suliyat
yuklaydi. Bugungi kun o‘qituvchisi endi nafaqat o‘z fanini mukammal bilishi, balki zamonaviy
texnik vositalar bo‘yicha ham zaruriy bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishlari zarurdir.
Shuningdek bugungi kun o‘qituvchisi an’anaviy o‘qitish usullarini yanada takomillashtirib,
informatika fanini o‘rgatishda yangi pedagogik innovatsion texnologiyalarni o‘quv jarayoniga
izchil qo‘llashi va jadal rivojlanib, shakllanib borayotgan o‘qitish usullaridan muntazam
xabardor bo‘lib turishi muhimdir.
Hozirgi zamon ilmiy- texnika taraqqiyotining asosi bo’lmish hisoblash texnikasidan
ishlab- chiqarishning turli iqtisodiy vazifalarini hal etish va har xil hisobga olish, ulkan hajmdagi
axborotlar bilan ishlash zaruriyati elektron mashinalarsiz hal etishga imkon bermaydi. Hisoblash
texnikasi yordamida mashinasozlik, transport ishlab chiqarishini rejalashtirish, loyihalash,
hisoblash hamda tahlil ishlari keng hal qilinmoqda. Shuning uchun ham hisoblash texnikasi keng
joriy etilishi munosobati bilan bu texnikalardan mustaqil foydalana oladigan mutaxassislarga
talab oshib bormoqda.


PEDAGOGIK ISLOHOTLAR VA ULARNING YECHIMLARI
https://wordlyknowledge.uz/
57
Informatika fanning asosiy maqsadi ham talabalarga zamonaviy kompyuterlarda
ishlashni ichki va tashqi qurilmalari va ularning ishlash prinsplari bilan tanishtirish bilan birga
kompyuterda mustaqil ishlay oladigan o’quvchilarni yetishtirishdir. Bu har qanday korxona
faoliyati ravnaqi uchun hal qiluvchi omil bo’lib hisoblanadi, hamda mehnat unumdorligini
oshirishda katta yordam beradi.
«Infоrmаtikа» yo’nаlishidаgi fаnlаrni o’qitish zаruriyati, tuzilmаsi vа fаоliyat ko’rsаtish
sоhаlаridа yuqоri sur’аtlаr vа fundаmеntаl o’zgаrishlаr sоdir bo’lаyotgаn hоzirgi jаrаyonning
o’zigа хоs хususiyatlаridаn kеlib chiqаdi. Jаmiyatdаgi bundаy o’zgаrishlаrning ildizi ахbоrоtlаr
hоsil qilish, ulаrni sаqlаsh, uzаtish vа ulаrdаn fоydаlаnishning yangi usul vа vоsitаlаrigа bоrib
tаqаlаdi. Biz ахbоrоtlаshgаn dаvrdа turibmiz. Dоimо o’sib bоrаyotgаn ахbоrоt hаjmini qаytа
ishlаsh vа o’z fаоliyat dоirаsidа undаn unumli fоydаlаnish zаruriyatigа duch kеlаyotgаn jаmiyat
а’zоlаri, turli kаsb еgаlаri sоni tоbоrа оrtib bоrmоqdа.
Mamlakatimizda kаsb- hunаr tа’limi vа undаn kеyingi tа’lim bоsqichlаrini o’z ichigа
оlgаn vа infоrmаtikа vа dаsturiy tа’minоt bo’yichа mutахаssis bo’lmаgаnlаrgа mo’ljаllаngаn
«Infоrmаtikа» fаni pеdаgоgikаmiz uchun yangi bo’lgаn nizоm vа qаrаshlаr sistеmаsigа
аsоslаngаn:
- kаdrning butun «hаyotiy sikli» hisоbgа оlinishi kеrаk;
- infоrmаtikа yo’nаlishidаgi fаnlаrni o’qitish dunyoning hоzirgi hоlаti vа rivоjlаnish
istiqbоllаrini hisоbgа оlgаn hоldа tа’lim mаzmunidаgi o’zgаrishlаrni аks еttirishi kеrаk;
- infоrmаtikа vа dаsturiy tа’minоt bo’yichа mutахаssis bo’lmаgаnlаrgа dаsturlаshni
o’rgаtish zаruriyatidаn vоz kеchish lоzim;
- infоrmаtikа yo’nаlishidаgi fаnlаrni o’qitish didаktik spirаl tаmоyili аsоsidа qurilishi
kеrаk;
- ishlаb chiqilаyotgаn o’quv kurslаri mаzmunining yangiligi vа dоlzаrblik muddаtini
uzаytirishni ахbоrоtni qаytа ishlаsh tаmоyillаrigа urg’u bеrish аsоsidаginа аmаlgа оshirish
mumkin;
- shахsni o’qitish, tаrbiyalаsh vа rivоjlаntirish sifаtlаrini kаfоlаtlаshgа yo’nаltirilgаnlik;
- o’qish vаqti rеsurslаrini o’quvchilаrning tаfаkkurini rivоjlаntirish, o’quv ijоdiy
fаоliyatini tаshkil еtish fоydаsigа qаytа tаqsimlаsh.
Informatika darslarida o’yinli tеxnologiyalardan foydalanishning ahamiyati katta.
O’yinli texnologiyaning asosiy talablarini faollashtiruvchi va jadallashtiruvchi faoliyat tashkil
etadi. Informatika darslarida o’yin tеxnologiyalarini qo’llashning bir nеchta samarali tomonlarini
olimlar quyidagicha tahlil etishgan, ya’ni mеhnat va o’qish faoliyatning asosiy turlaridan biri
hisoblanadi. Psixologlarning ta’kidlashlaricha, o’yinli faoliyatning psixologik mеxanizmlari
shaxsning o’zini namoyon qilish, hayotda o’z o’rnini barqaror qilish, o’zini- o’zi boshqarish, o’z
imkoniyatlarini amalga oshirishning fundamеntal ehtiyojlariga yondashadi.
Informatika darslarida o’yin ijtimoiy tajribalarni o’zlashtirish va qayta yaratishga
yo’nalgan vaziyatlarda faoliyat turi sifatida bеlgilanadi va unda shaxsning o’z xulqini
boshqarishi shakllanadi va takomillashadi. O’yinli faoliyat muayyan funksiyalarni bajarishga
bag’ishlangan bo’ladi, ular o’z navbatida quyidagi paramеtrlarni qamrab oladi.
-Maftunkorlik


PEDAGOGIK ISLOHOTLAR VA ULARNING YECHIMLARI
https://wordlyknowledge.uz/
58
-Kommunikativlik
-O’z imkoniyatlarini amalga oshirish
-Davolovchilik
-Tashxis
-Millatlararo muloqat
-Ijtimoiylashuv
O’yin tеxnologiyalarini darslarda qo’llanilishining afzallik taraflari shuni ko’rsatadiki,
o’quvchi yoshlarda avvalombor, har bir qo’yilgan mavzuni chuqur tahlil etib kеyin davom
ettirishi shakllantiriladi. O’yin texnologiyalarini qo’llash orqali o’quvchilar bilim saviyasi
quyidagi uchta parametr bo’yicha tahlil etilgan holda ushbu jarayon yaxshi natijalar bergan.
Bular quyidagilardir:
1. Bajarilayotgan jarayonni ko’rish orqali
2. Bajarilayotgan jarayonni sеzish orqali
3. Bajarilayotgan jarayonni eshitish orqali
Bu uch ko’rsatkich orqali o’quvchilar bеrilayotgan mavzuning mazmun- mohiyatini
turlicha tahlil etishadi. Masalan: Ko’rish orqali bеrilgan axborotning 75%ini, sеzish orqali
bеrilgan axborotning 12% ini, eshitish orqali bеrilgan axborotning 13% ini o’zlashtirishi mumkin
bo’lar ekan. Shuni e’tiborga olib, har bir o’tilishi kerak bo’lgan mavzuni, turli o’yinli qismlarini
qidirib topish maqsadga muvofiq bo’ladi.
Aksariyat hollarda informatika fanini o‘qitishda ma’ruza usuli qo‘llaniladi. Bu usul
ayrim o’quvchilarning darsda faolligini susaytiradi va tinglovchining diqqatini shu mavzuga va u
bilan bog’lik bo‘lgan texnik jarayonlarni tushunishga jalb qilish qiyin kechadi. Endilikda bizning
nazarimizda mavzuni bayon qilishda va yoritib berishda ko‘proq axborot- kommunikatsion
texnologiyalardan foydalanish o‘qitish samaradorligini yanada yaxshilaydi va oshiradi. Shunday
ekan informatika va texnika fanlarini o‘qitishga e’tiborni jalb qiladigan ayrim xulosalar
to‘g‘risida fikr yuritamiz. O‘rganilayotgan mavzularga doir materiallarning elektron variantlarini
internetga joylashtirish ham o‘qitish sifat va samaradorligini oshirish omillaridan biridir.
O’quvchi mustaqil o‘rganish jarayonida internetdan foydalanib berilgan topshiriqlarni bajarish
uchun izlanish olib boradi, yoki ma’lum uzrli bir sabablarga ko‘ra, darsga qatnasha olmagan
o’quvchi elektron manbalardan kerakli ma’lumotlarni olish imkoniga ega bo‘ladi. Bu o’quvchiga
qulaylik yaratish bilan birga undagi bo‘shliqni to‘ldirish imkonini beradi.
An’anaviy darsda aksariyat hollarda o‘qituvchi gapiradi. Bu esa o’quvchilarning
faolligini ma’lum darajada susaytiradi. Noan’anaviy dars esa asosan o’quvchini darsda mustaqil
faol ishlashga, erkin fikrlashga va muloqotda bo‘lishga imkon beradi. Texnik vositalar
yordamida dars o‘tish berilgan qisqa vaqtdan unumli foydalanishga sharoit yaratib beradi.
An’anaviy o'qitishning usul va metodlari respublikamizda keng tarqalgan va ular oʻzining
ma'lum tarixiga ham egadirlar. Biroq ta'lim sohasidagi islohotlarni amalga oshirishda an’anaviy
ta’limning imkoniyatlari cheklanayotganligini, muhim ta'limiy muammolar oʻz yechimini
topmayotganligi, qator ilgʻor pedagogik tajribalar ommalashmayotganligini ko'rishimiz mumkin.


PEDAGOGIK ISLOHOTLAR VA ULARNING YECHIMLARI
https://wordlyknowledge.uz/
59
Pedagogik texnologiyaning an'anaviy oʻqitish metodikasidan farqlovchi belgilari ko'p.
Pedagogik texnologiya an'anaviy metodikadan, avvalo, maqsadlarning qo'yilishi va unga
erishishi bilan farqlanadi. Pedagogik texnologiyaning usul va metodlari ta'limning umumiy
maqsadlarini ishlab chiqish, ularni amalga oshirish va natijalarni nazorat qilish, kuzatish hamda
baholashga xizmat qiladi. An’anaviy darslarda ko‘rgazmali vosita sifatida plakatlardan
foydalanib kelingan bo‘lsa, hozirgi paytda kompyuter, slayd, multimedia vositalar kabi
zamonaviy axborot– kommunikatsion texnologiyalari keng tadbiq etilmoqda. Noan’anaviy
darslarda an’anaviy darsdan farqli ravishda tasvir va tovush uyg‘unligi o’quvchining faolligini va
ularning o‘tilayotgan mavzuga qiziqishini oshiradi hamda berilayotgan ma’lumotlarning uzoq
muddatga xotiralarida saqlanib qolishiga xizmat qiladi. Eng muhimi har bir o’quvchini mustaqil
ishlashga va fikrlashga undaydi.
Informatika fanini o‘qitishda axborot – kommunikatsion vositalardan unumli
foydalanish va uni dars jarayonida qo‘llash uchun eng birinchi o‘rinda pedogog–
o‘qituchilarning o‘zlari texnik vositalar bilan ishlash ko‘nikmalariga ega bo‘lishi zarur. Bir so‘z
bilan aytganda o‘qituvchi muntazam ilmiy, ilmiy – ijodiy izlanishda bo‘lishi kerak. Aks holda
o‘qituvchining mehnat samarasi talabga javob bermay qoladi.
Axborot – kommunikatsion vositalarning yana bir ahamiyatli jihati shundaki, bunda
faqatgina dars jarayonida emas, balki darsga tayyorgarlik jarayonida ham o‘qituvchining eng
yaqin va qulay ko‘makchisidir. Bu jihatlari bilan ushbu texnik vositalar o‘qituvchi faoliyati
samaradorligini oshirishga hissasi beqiyos kattadir.
Xulosa qilib shuni aytamanki, Vatanimizda hozirgi kunda informatika faniga oid
bilimlar keng qo‘llanilmoqda. Demak, zamonaviy texnalogiyalardan oqilona foydalanish ish
samaradorligini va sifatini oshiradi.
Ta’lim tizimini zamonaviy jahon andozalari darajasiga erishadigan va bugungi keskin
raqobatga bardosh bera oladigan kadrlarni tayorlashni tashkil etish va rivojlantirish asosida
O‘zbekistonni yangi taraqqiyot davrini yaratamiz. Ta’lim jarayonini axborotlashtirish masalasi
informatika va IT sohalarini rivojlantirish dolzarb masalalar sifatida tadqiq etib kelinmoqda.
Ta‘lim jarayonini kompyuterlashtirish va axborotlashtirish davrida farzandlarimiz o'z hayotlarini
yengillashtirish uchun har doim va hamma joyda kompyuterdan foydalanishlari kerak.
O‘quvchilar juda katta hajmdagi ma'lumotlarni idrok etishi va qayta ishlashi, har qanday faoliyat
sohasida ular bilan ishlashning zamonaviy vositalari va usullarini o'zlashtirishi kerak.
Darsda texnik vositalardan foydalanish o’quvchining o‘zlashtirish koeffitsentini bir
necha barobar oshiradi. Xususan, informatika va texnika fanlarini o‘rgatishda noa’nanaviy
usullarni va axborot – kommunikatsion vositalarni keng joriy etish har bir o‘qituvchining
kundalik uslubiga aylanishi zarur deb hisoblayman.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Boltayev B, Azamatov A, Pardayeva M va b. Sanoq sistemalari. Kompyuter
tuzilishining nazariy asoslari seriyasidan 1-kitob. T. 2016 y.
2.
Topildiyev V.R. Ta’lim va tarbiya jarayonlarini tashkil etishning meyoriy-
huquqiy asoslari. T.: 2015
3. https://uz.wikipedia.org/wiki/Informatika
4.
www.ziyonet.com
5. www.arxiv.uz

Yüklə 139,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin