Biologiya xonasida ishlash texnika
xavfsizligi qoidalar.
1. Laboratoriya ishini bajarish qoidalari bilan
tanishib chiqing.
2. Laboratoriya ishini bajarish tartibi va
xavfsizlik choralarini yaxshilab o‘rganing.
3. Ish stolini tartibga keltiring. Ortiqcha
narsalarni olib tashlang.
4. Laboratoriya
idishlarining butunligi,
jihozlarning ish holatida ekanligini tekshiring.
5. Ishni bajarish jarayonida o‘qituvchining
ko‘rsatmalariga qat’iy rioya qiling.
O‘zboshimchalik qilmang.
6. O‘tkir tig‘li asboblarni (skalpel, qaychi,
preporoval nina) ishlatganda tutqichidan
ushlang, uchli qismini o‘zingizga yoki
o‘rtoqlaringizga qaratmang. Ularni stolga
qo‘yganda o‘tkir uchini o‘zingizdan
qarama-
qarshi tomonga joylashtiring.
7. Spirtli lampadan foydalanganda
kiyimingiz va sochingizni olovdan ehtiyot
qiling. Bir-biridan
alanga oldirmang, o‘chirish
uchun puflamang, qopqoqchasini yopsangiz
olov o‘chadi.
8. Suyuqlikni
qizdirganda probirka yoki
kolbani maxsus tutqich yordamida ushlang.
Probirka yoki kolba og‘zini hech kim yo‘q
1-Laboratoriya ishi.
Mavzu: «Biologiya xonasida asboblar
bilan ishlash texnika xavfsizligi qoidalari
bilan tanishish»
tarafga qarating. Tajriba
vaqtida laboratoriya
idishlariga engashib qaramang, burningizga
olib kelib hidlamang.
9. Shisha idishlardan foydalanayotganda
ehtiyot bo‘ling, sindirish, darz
ketkazish yoki
tashlab yuborish mumkin emas.
10. Mikroskopda ko‘rish uchun vaqtinchalik
preparat tayyorlayotganda qoplag‘ich oynani
bosh va ko‘rsatgich
barmoq bilan ushlab
buyum oynasi ustiga burchak ostida qo‘ying.
11. Zaxarlanish va allergik reaksiyalar
sodir bo‘lmasligi uchun notanish o‘simlik va
zamburug‘larni tatib ko‘rmang, hidlamang.
Video va boshqa
materiallar
Ishning maqsadi:
Biologiya
xonasida ishlash
texnika xavfsizligi qoidalarini o’rganish.
Har safar amaliy ishni bajarishda o‘quvchi mazkur qoidalarni takror-
lashi, bilishi va ularga rioya qilishi lozim.
5-sinf 1-Laboratoriya ishi.
Ish yakunida xavfsizlik talablari.
1. Ish stolingizni tartibga keltiring.
Laboratoriya reaktivlari, idishlari
va jihozlarini
o‘qituvchiga topshiring.
2. Xonani shamollating va qo‘lingizni
sovunlab yuving.
5-sinf 1-Laboratoriya ishi.