6. Kompressorlar



Yüklə 362,59 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix16.08.2023
ölçüsü362,59 Kb.
#139607
Kompressorlar



6. Kompressorlar 
1.
Kompressorlarning ishlash uslubi va turlari 
2.
Haydash jarayoni tahlili 
3.
Porshenli kompressorning indikator diagrammasi. 
Kalitli so`zlar: hajmiy kompressor, parrakli kompressor, siqilgan gaz, kinetik energiya, 
haydash jarayoni, siqilish jarayoni, indikator diagramma. 
6.1. Kompressorlarning ishlash uslubi va turlari 
Kompressorlar turli gazlarni yoqish uchun ishlatiladi. Kompressorda siqilgan havo, 
texnikaning turli sohalarida keng qo`llaniladi. Masalan, siqilgan havoda ishlovchi, metallurgiya 
sanoatida o’choqlarga havo purkashda, metallarni katta bosim ostida kesishda, qurilish ishlarini olib 
borishda va h.k. 
Ko`proq tarqalgani mexanik kompressorlar hisoblanadi. Ishlash uslubiga qarab mexanik 
kompressorlar hajmiy va parraklikka bo`linadi. Hajmiy kompressorlarda bosim ortishi gazning 
hajmini chegaralangan devorlarni bir-biriga yaqinlashishi hisobiga bo`ladi. Ular porshenli, rototsion 
turlarga bo`linadi. Parrakli kompressorlarda siqilish ikki holatda yuzaga keladi: avval gazga tezlik 
rotorni aylanishi hisobiga beriladi, so`ngra harakatga kelmaydigan maxsus kanaldan (diffuzorda) 
oqimning kinetic energiyasi potensial energiyaga aylanadi, ya`ni tezlik kamayib, bosim ortadi. 
Parrakli kompressorlar markazdan qochma va o`qliga bo`linadi. 
6.1-rasm.Porshenli kompressorning chizma tasviri. 
Porshenli kompressor (6.1-rasm) Krivoship-shotun mexanizmi-6 yordamida harakatga 
keladigan porshen-2 ega bo`lgan silindr-1 dan tashkil topgan. Porshenli chapdan o`ngga harakatga 
kelishida klapan-3 ni ochiq holatida gazni silindrga so`rilishi yuzaga keladi.Porshenni qayta 
harakatida, ya`ni o`ngdan chapga harakatlanishida havo siqiladi va L
1
-klapanni silindrdan itarib 
ochadi. 
Rotatsion kompressorlar (6.2-rasm) porshinni o`rnini sirg`anuvchi plastina-2 o`rnatilgan rotor 
bajaradi.Markazdan qochma kuchta`sirida ushbu plastinalar qobiq-1 ga yaqinlashtirilgan bo`ladi. 
Rotor korpusda ekstsentrik joylashgan bo`ladi, shuning uchun plastinalar orasiga tushgan gaz sikli 
rotor aylanishi hisobiga hajmda kamayib boradi, shuni hisobiga bosim ortadi. Markazdan qochma 
kompressor chizmasi 6.3-rasmda ko`rsatilgan. Kanal-3 ko`rinishida ishchi parraklardan tuzilgan 
disk-2, korpusda aylanadi. Parraklar oralig`idagi kanalga kirgan gaz markazdan qochma kuch 
ta`sirida 
hartarafga 
otilib, 
parraklari 
qobiqqa 
mahkamlangan 
diffuzor-4 
ga 
kelib 
tushadi.Diffuzorlarda gazning kinetik energiyasi potensial energiyaga aylanadi. Shunday yo`l bilan 
olingan siqilgan gaz kerak joydaishlatiladi. 


6.2-rasm.Rototsion kompressorning chizmasi. 
6.3-rasm.Markazdan qochma kompressor chizmasi. 

Yüklə 362,59 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin