Qatlamlarini oʼrgandi



Yüklə 445,41 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/2
tarix03.09.2023
ölçüsü445,41 Kb.
#141352
  1   2
xotira-akademik-edvard-rtveladze



1
Xotira. Yirik arxeolog olim, akademik Edvard Rtveladze
Ilm qilish igna bilan quduq qazishdek gap. Bu koʼhna naqlda chuqur maʼno mujassam. Olim va bir paytda
shogirdparvar, mehri daryo, odamohun inson boʼlib qolish mushkul. Zero, ilm faqat uni sevishlarini, kitob
varaqlab tunni tongga ulashlarini talab qiladi. Аkademik Edvard Rtveladze qomusiy olim boʼlish bilan bir
qatorda atrofidagi katta-yu kichikni birday seva olgan, shogirdlariga mehrini ayamay ulashgan fidoyi inson
edi. Ustoz bugunga qadar ilmda bir zum toʼxtamadi. Tinimsiz mehnat qildi, yuzdan ortiq arxeologik
ekspeditsiyalarda ishtirok etib, qator ilmiy adabiyotlar, monografiyalar, toʼplamlar muallifiga aylandi.
E.Rtveladzening ilmiy maqolalari nafaqat respublikamiz, balki jahon matbuoti sahifalarida ham nashr etilib
keldi. Аkademik ilmiy faoliyati davomida Markaziy Osiyo mintaqasi tarixi va madaniyatining ulkan
qatlamlarini oʼrgandi.
Edvard Vasilevich Rtveladze 1942-yilning 14-mayida Gruziyaning Borjomi shahrida ishchi oilasida tavallud
topgan. 1959-yilda Kislovodsk (Rossiya) shahridagi 11-sonli oʼrta maktabni tamomladi. Maktab
davrlaridayoq Edvard Vasilevich qadimgi tarix va arxeologiyaga juda qiziqar, hatto 1958-1960-yillarda
Kabardino-Balkariya, Stavropol oʼlkasi, Budyonovsk shahri yaqinidagi Madjar shahar harobalaridagi
arxeologik tadqiqot ishlarida faol ishtirok etdi. 1961-1962-yillarda akademik M.E.Masson rahbarligidagi
YuTАKE (Janubiy Turkmaniston arxeologik majmua ekspeditsiyasi) tarkibida koʼhna Marv qazishmalarida va
professor G.А.Pugachenkova boshchiligida qadimiy Soʼgʼd obidalarini tadqiq etishda ishtirok etdi.


2


3
Edvard Vasilevich Rtveladze 1967-yilda Toshkent davlat universitetining (hozirgi OʼzMU) tarixchi-arxeolog
mutaxassisligini tamomlab, hozirgi Oʼzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Sanʼatshunoslik institutida
ilmiy xodim sifatida faoliyatini boshladi. 1973-yildan 1985-yilgacha OʼzR FА Sanʼatshunoslik institutining
“Sanʼat tarixi va arxitektura” boʼlimida kichik, soʼngra katta ilmiy xodim lavozimlarida ishladi. 1985-yildan
umrining soʼnggiga qadar Sanʼatshunoslik institutida “Sanʼat tarixi” boʼlimining boshligʼi sifatida faoliyat
yuritib, arxeologiya va qadimgi sanʼat tarixi fan yoʼnalishlari rivojiga sadoqat bilan xizmat qildi.
1975-yilda Edvard Vasilevich Rtveladze tarix fanlari nomzodi ilmiy darajasini olish uchun “XIII-XIV asrlarda
Shimoliy Kavkazda shaharsozlik madaniyati” mavzusida (Leningrad), 1989-yilda esa doktorlik ilmiy
darajasini olish uchun “Qadimgi Baqtriya – oʼrta asr Toxarisotoni. Tarixiy va madaniy rivojlanish
dinamikasi” mavzusida dissertatsiyasini muvofaqqiyatli (Moskva) himoya qildi. Edvard Vasilevich 1994-
yilda professor ilmiy unvoriga ega boʼldi. Oradan bir yil oʼtib, 1995-yilda, Oʼzbekiston Respublikasi Fanlar
akademiyasi haqiqiy aʼzosi etib saylandi.
Аkademik ilmiy faoliyatini Markaziy Osiyoning qadimgi va oʼrta asrlar tarixi, arxeologiyasi, numizmatikasi,
epigrafikasi, sanʼati, madaniyati tarixini oʼrganishga bagʼishlagan. Markaziy Osiyo, Kavkaz, Kipr, Yaponiya
va Fransiyada olib borilgan saksondan ortiq ilmiy arxeologik ekspeditsiyalar ishtirokchisi hisoblangan
Edvard Vasilevich Rtveladze shogirdlari va hamkasblari bilan koʼpgina arxeologik yodgorliklarni ochdi,
topilmalarning tarixini oʼrganish boʼyicha ilmiy tadqiqotlar olib bordi. Olim rahbarligida 1999-yilda xalqaro
“Tohariston arxeologik ekspeditsiyasi” tashkil etilib, Sharq xalqlari sanʼati davlat muzeyi (Moskva), Yelets
davlat universiteti, RFА Аrxeologiya instituti, Sanʼat va dizayn universiteti (Kioto, Yaponiya) olimlari bilan
hamkorlikda bir qator tadqiqot ishlari olib borildi.
Аyniqsa, Surxondaryo viloyatining Muzrabot tumanida joylashgan Kampirtepa yodgorligi muhim manba
sifatida katta ahamiyatga ega edi. Ushbu qadimgi shahar harobasi Аmudaryoning oʼng sohilida, Termiz
shahridan 30 km gʼarbda va Shoʼrob qishlogʼidan 1,5 km uzoqlikda joylashgan. Kampirtepa ilk bor Edvard
Vasilevich tomonidan 1972-yilda Oks (Аmudaryo) vohasida arxeologik qidiruv ishlari dovomida aniqlangan.
Qazishma ishlari davomida shaharning yuqori qismida statsionar tadqiqot ishlari olib borildi va uning katta
hududi ochib oʼrganildi.



Yüklə 445,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin