9-MA‘RUZA. IX bob. Sanoat korxonalarida shamollatish qurilmalariga
qo'yiladigan asosiy talablar
Sanoat korxonalari ishlab chiqarish xonalarida sanitar normalari (QMQ 3. 01.
02 — 00) bo'yich belgilangan havo tarkibidagi zararli moddalarnirig ruxsat etilgan
miqdorlari saqlanishi kerak. Har qanday normal sharoitda ishlayotgan sanoat
korxonalari ishlab chiqarish zonalarida, chang yoki zaharli moddalar ajralmagan
taqdirda ham, inson organizmi uchun yetarli darajada ta'sir ko'rsatuvchi birmuncha
omillar mavjudki, ularni hisobga olmay iloj yo'q. Bu omillar havo harorati, nisbiy
namligi va harakati, shuningdek, ishlab chiqarish jihozlaridan ajralib chiqayotgan
issiqlik, ma'lum bir hajmga ega bolgan ishlab chigarish zonasida doimiy
mikroiqlim tashkil qiladiki, bu muhitda doimiy mehnat qilish, inson organizmining
issiqlik balansi talablariga javob bermay qolishi mumkin. Issiqlik balansining
saqlanmasligi qanday kasalliklarga olib kelishi mumkin ekanligini aytib o’tgan
edik.
Inson organizmi har xil sharoitlarga ko'nikish va moslashish qobiliyatiga ega.
Lekin bu moslashish ma'lum chegaradagina amalga oshadi. Ana shu moslashish
chegaralari SN 245-71 bo'yicha belgilangan. Shuning uchun ham shamollatish
qurilmalarini loyihalash va o’rnatishda qurilish qoida va normalariga, tashkiliy
masalalarga, shamollatish sistemalarida yong'inga va portlashga qarshi qo’yilgan
shartlarni ta'minlashga alohida e’tibor berish zarur. Shuningdek; O'zbekiston
qurilish davlat qo'mitalari tomonidan chiqarilgan tarmoq normalari va normative
adabiyotlaridan keng foydalanish tavsiya etiladi.
Sanitar norma talablari bo'yicha ishlab chiqarish zonalaridagi havo muhitiga yil
fasllariga qarab har xil talab qo'yiladi. Shamollatishni uch xil rusum bilan
ishlaydigan qilib hisoblash kerak: yilning issiq, o’rtacha va sovuq davrlari. Bunda
har bir davr uchun sanoat muhitining va tashqi muhitning ma'lum harorati va
nisbiy namligi hisobga olinadi.
9.1. Shamollatish usullari
Dostları ilə paylaş: |