6-AMALIY MASHG’ULOT.
MAVZU: KICHIK YOSHDAGI O‘QUVCHILARGA
MO‘LJALLANGAN ASARLARGA OID XUSUSIYATLAR.
O‘SMIRLARGA OID BADIIY ASARLARGA QO‘YILGAN
TALABLAR.
Reja:
1.
O‘smirlarga oid badiiy asarlarga qo‘yilgan talablar.
2.
Kichik yoshdagi o‘quvchilarga mo‘ljallangan asarlarga oid xususiyatlar.
XX asr faqat o'zbek xalqi hayotida emas, balki butun dunyo
hayotida alg'ov- dalg'ovlarga boyligi bilan ajralib turadigan davr bo'ldi.
Bu asrga kelib, hayot jarayonlari tezligi haddan ziyod ortdi. Ijtimoiy
hodisalarning almashinish surati aqlga sig'mas darajada tezlashdi.
Turkiston xalqlarining necha asrlar mobaynida davom etib kelayotgan
bir maromdagi mudroq hayoti shu asr boshida ag'dar-to'ntar bo'lib ketdi.
Fikrdagi yangilanish, texnika yutuqlarining kirib kelishi, axborot
almashishning tezlashgani turkistonliklarning hayot tarzlarini
o'zgartirib yubordi. Shu vaqtga qadar milliy adabiyotimiz milliy
hayotimiz bilan yelkama-yelka bormas edi. Garchi, adabiyotimiz
hayotdan tamomila ajralib qolmagan bo'lsada, ijtimoiy turmushning
muammolari imi to'la chulg'ab olmasdi. XX asrga kelib, adabiyot
hayotga yaqinlashdi, Bu bilan kifoyalanib qolmay, hayotni
o'zgartirishga urina boshladi. Rossiya bosqini, Uning zo'ravonlikka
asoslangan mustamlakachilik siyosati Turkiston xalqlarining usiz ham
og'ir bo'lgan hayotini yanada qiyinlashtirdi. Ijtimoiy adolatsizlik,
huquqiy tengsizlik tufayli kechayu-kunduz tinim bilmay ishlagan yurt
egalari tobora qashshoqlashib, ularni talash va aldash bilan
shug'ullangan bosqinchilar boyib bormoqda edi. Qashshoqlik tufayli esa
turkistonliklarda g'urursizlik, johillik, tobelik, loqaydlik singari illatlar
shakllanmoqda ediki, bu hol o'z millatining o'tmishidan xabardor va
kelajagidan umidi bor ijodkor ziyolilarni bezovta qilmasligi mumkin
emasdi. XIX asrning adog'i XX asrning boshlarida birgina Turkistonda
emas, balki dunyodagi juda ko'p mustamlakalarda milliy uyg'onish
harakati boshlangan edi. Ijtimoiy adolatsizlikni yo'qotmoqchi, nohaq
tartiblarni o'zgartirmoqchi bo'lgan fikr kishilari millatning nochor holati
va og'ir turmush tarzini o'zgartirish uchun dastlab xalqqa bilim berish
kerak, deb hisobladilar. Millatni g'aflatdan uyg'otmay, xalqning ruhida
taraqqiyotga mayl paydo qilmay turib, hech narsaga erishib bo'lmasligi
tushunib yetildi. Millatga ma'rifat berish sifat jihatidan ham, sur'at
jihatidan ham tamomila boshqacha tashkil etilishi lozimligi ayon bo'ldi.
Faqat ruhga ta'sir etadigan, axloqni takomillashtiradigan bilimlar
bilan kifoyalanib bo'lmasligi, fan-texnika asoslarini puxta o'rganish
zarurligi anglab yetildi.
Guruhni ikkiga ajratib, har bir guruh nomlanadi.Va quyidagi
topshiriqlarni bajaradilar:
1-
topshiriq:
O‘smirlarga oid badiiy asarlarga qo‘yilgan talablar
mavzusi bo’yicha taqdimot tayyorlang.
2-
topshiriq:
Kitobxonlik va she’rxonlik musobaqasini tashkil qilish.
3-
topshiriq:
4-sinf o’qish darsligini tahlil qilish
Dostları ilə paylaş: |