ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
72
SQL TILI HAQIDA TUSHUNCHA
Yo’ldasheva Mohidil Ibrohimjon qizi
Qo‘qon DPI, “Matematika-informatika”
yo’nalishi 3- bosqich talabasi
https://doi.org/10.5281/zenodo.7923951
Annotatsiya.
Ushbu tezisda SQL tili haqida qisqacha ma’lumot berilgan.
Tayanch so‘zlar:
SQL, utilitlar, operator, DDL, DML, DCL, ANSI
SQL(Structured Query Language) – Bu so'rov tili ko'p operatorlardan tashkil topgan bo'lib, bu
operatorlar orqali foydalanuvchilar va dasturlar Oracle(MBBT) dagi ma'lumotlar bazasiga
murojaatni amalga oshirishi mumkin. Oracle utililari yoki har xil dasturlar SQL operatorlarisiz
bazaga murojaatni amalga oshirishi mumkin, lekin so'rovlarni amalga oshirishda bu so'rov
tilidan foydalanmaslikning iloji yo'q.
1970 yil iyun oyida E. F. KODD o'zining E.F. Codd, "A Relational Model of Data for Large
Shared Data Banks
"
maqolasini ommaga taqdim etdi. Bu maqola "Communications of the
ACM" jurnalida chop etildi. Hozirgi kunda Koddning bu modeli "relyastion ma'lumotlar
bazasini boshqarish tizimi(RMBBT)" ning yakuniy modeli deb qabul qilindi. Kodd ning
modelni yo'lga qo'yish maqsadida IBM firmasi SEQUEL(Structured English Query Language)
tilini ishlab chiqdi. Keyinchalik bu til SQL tiliga o'zgartirildi, lekin haligacha "sikvel" deb ham
yuritilmoqda. 1979 yil Relational Software(hozirgi vaqtdagi Oracle) korporatsiyasi SQL ning
birinchi tijoriy ishlanmasini ommaga taqdim etdi. Hozirgi kunda SQL tili RMBBTning standart
tili hisoblanadi.
SQL tili so'rov-natija ko'rinishida ishlaydi. So'rovlar har bir element uchun emas, butun bir
guruh uchun beriladi va natija olinadi. SQL uchun ma'lumotlar bazasidagi ma'lumotlar qay
shaklda, qay tartibda joylashganini umuman ahamiyati yo'q, foydalanuvchilar ham bu
ma'lumotlarni bilishi shart emas. Faqatgina operatorlarni to'g'ri yozish orqali istalgan
ma'lumotlarni chiqarish mumkin bo'ladi.
SQL tili barcha ma'lumotlar bazasini boshqarish tizimlari uchun umumiy standart til
hisoblanadi. Bundan kelib chiqadiki, agar siz bu tilni bir marotaba o'rganib olsangiz, istalgan
MBBT lari bilan ishlay olasiz. Bitta MBBT da yaratilgan biror sql operatorlar yig'indisi(kichik
so'rov dasturi)ni, istalgan MBBT ga ko'chirish mumkin bo'ladi.
SQL operatorlari orqali quyidagi vazifalarni bajarish mumkin:
Ma'lumotlarni so'rov orqali olish.
Jadvalning qatorlariga ma'lumot qo'shish, qatorlarini o'chirish va yangilash.
Ob'ektlarni yaratish, o'zgartirish va o'chirish.
Ma'lumotlar bazasi va ob'ektlarga ruxsatlarni o'rnatish.
Ma'lumotlar bazasi foydalanuvchilarini hosil qilish va baza xafsizligini ta'minlash.
2 hil turdagi SQL mavjud: interaktiv va o'rnatilgan
Dostları ilə paylaş: |