„uy", „turar joy" organizmdan har xil darajada yuqori turadigan sistemalar



Yüklə 95,59 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix20.11.2023
ölçüsü95,59 Kb.
#166002
Ekologiya - Vikipediya



Ekologiya
Ekologiya
(
qadimgi yunoncha

οἶκος

„uy“, „turar joy“) — organizmdan har xil
darajada yuqori turadigan sistemalar;
populyatsiyalar, biotsenozlar,
biogeotsenozlar (ekosistemalar) va
biosferaning tuzilishi, ularda kechadigan
jarayonlarni oʻrganadigan biologiya
fanlari majmui. Ekologiyani organizmlar
va ular bilan atrof muhit oʻrtasidagi oʻzaro
munosabatlarni oʻrganadigan fan sifatida
Bu maqolada ichki havolalar juda kam.
Ko‘proq o‘rganish


ham talqin qilinadi. Ekologiya
oʻrganadigan obʼyektlariga koʻra, umumiy
va xususiy ekologiyaga ajratiladi.
Umumiy ekologiya organizmdan yuqori
turadigan har xil sistemalarning tuzilishi
va funksiyasini oʻrganadi. U
populyatsiyalar ekologiyasi,
biotsenologiya, ekosistemalar
ekologiyasi kabi boʻlimlardan iborat.
Populyatsiyalar ekologiyasi
populyatsiyalarining strukturasi va
miqdoriy dinamikasining umumiy
qonuniyatlari hamda har xil turlar
populyatsiyalari oʻrtasidagi oʻzaro
munosabatlar (raqobat, yirtqichlik)ni
tadqiq qiladi. Biotsenologiya


(hamjamoalar ekologiyasi)
biotsenozlarning tuzilishi qonuniyatlari,
tarkibi va funksiyasini oʻrganadi.
Xususiy ekologiya muayyan taksonomik
guruhga mansub organizmlarning muhit
sharoitiga munosabatlari majmuini
oʻrganadi (masalan, hasharotlar
ekologiyasi). Baʼzan xususiy ekologiyaga
muayyan ekosistema va hamjamoani
oʻrganadigan fan sifatida ham qaraladi
(mas, qishloq xoʻjaligi ekosistemalari
ekologiyasi — agroekologiya; oʻsimliklar
hamjamoalari ekologiyasi —
fitotsenologiya). Suv ekosistemalari va
suv organizmlari ekologiyasini
oʻrganadigan gidrobiologiya ham


ekologiyaning bir qismi hisoblanadi.
Ekologiya autekologiya (har xil muhit
omillarining alohida turlarga taʼsirini
oʻrgayʼdigan fan) va sinekologiya
(organizmlar va ular majmualari
oʻrtasidagi munosabatlarni oʻrganadigan
fan)ga ham ajratiladi.
„Ekologiya“ terminini 1866-yil nemis olimi
ekologiya E. Gekkel organizmlarning atrof
muhit bilan munosabatlarini belgilash
uchun taklif etgan. Ekologiyaning fan
sifatida yuzaga chiqishi 18—19-asrlarda
yashagan naturalistlar va geograflarning
ishlari bilan bogʻliq. 19-asrning oxiri va
20-asr boshlarida tadqiqotchilar ayrim
omillar, ayniqsa, iqlimning


organizmlarning tarqalishi va
dinamikasiga taʼsir etishiga eʼtibor
berishdi. Ayni shu davrda organizmlarning
bir butun majmui boʻlgan tabiiy
biotsenozlar toʻgʻrisidagi tasavvurlar
shakllana boshlaydi. Ekologiya 20-
asrning 20—30-yillarida jadal rivojlana
boshladi. Bu davrda amerika zoologi
Ch.Elton 1930 yilda populyatsiyalar va
jamoalarni oʻrganishning asosiy
vazifalarini koʻrsatib berdi; italiyalik va
amerikalik matematiklar V. Volterra va A.
Lotka populyatsiyalarning oʻsishi, oʻzaro
taʼsirining matematik modellarini taklif
etishdi; rus mikrobiologi G.F. Gauze bu
modellarni tajribada sinab koʻradi. Xuddi
shu davrda gidrobiologlar tirik


organizmlar orqali moddalar va energiya
oʻzgarishini miqdoriy jihatdan oʻrganish
boshlanadi. Bir-biri va notirik atrof muhit
bilan oʻzaro bogʻlangan organizmlar
komplekslari toʻgʻrisidagi tasavvurlarning
shakllanishi ingliz botanigi A. Tenslining
„ekosistema“ (1935) va rus botanigi V.N.
Sukachevning „biogeotsenoz“ (1942)
tushunchalarining yaratilishi bilan bogʻliq.
20-asrning 50-yillarida umumiy ekologiya
shakllanadi. Tadqiqotchilarning asosiy
ishlari organizmlar va ular hosil qiladigan
sistemalarning oʻzaro taʼsirini oʻrganishga
qaratiladi. Ekologiya tadqiqotlarida
miqdoriy metodlar keng tarqala
boshlaydi; laboratoriya va tabiatda


oʻtkaziladigan tajribalar hamda
matematik modellashtirishlar keng
qoʻllanila boshlanadi.
20-asrning 2-yarmida odamning
biosferaga salbiy taʼsiri kuchayishi
natijasida ekologik krizisning yuzaga
chiqishi va tabiatni muhofaza qilish
ishlarini keng miqyosda amalga oshirish
zaruriyatining tugʻilishi bilan
ekologiyaning amaliy ahamiyati keskin
oshib ketdi; koʻpchilik tabiiy fanlarni
„ekologiyalashtirish“ boshlandi; ekologiya
bilan falsafa, sotsiologiya va boshqalar
bir qancha fanlar oʻrtasida uzviy
bogʻlanish paydo boʻldi. Hozirgi davrda
sanoat va qishloq xoʻjaligi ishlab


chiqarishi, transport, qurilish,
ilmiytexnikaviy, demografik muammolarni
hal etish hamda tabiiy resurslardan
ratsional foydalanish yoʻllarini ishlab
chiqishda ekologik yondashuv zarur boʻlib
qoldi.
Oʻzbekistonda ekologiyaning rivojlanishi
D.N.Kashkarov, A. L. Brodskiy, T. 3.
Zohidov va boshqalarning ishlari bilan
bogʻliq. D. N. Kashkarov umurtqali
hayvonlarni oʻrgangan va birinchi boʻlib,
hayvonlar ekologiyasi darsligini yaratgan.
A. L. Brodskiy tuproq umurtqasiz
hayvonlarini, T. 3. Zohidov Qizilqum
umurtqali hayvonlarini ekologik jihatdan
tadqiq qilgan. Oʻsimliklar ekologiyasiga


oid tadqiqotlar Q.Z.Zokirov, A. M.
Muzaffarov, I . I. Granitov va ularning
shogirdlari tomonidan keng miqyosda
olib borilmoqda.
Tabiatni muhofaza qilish
Odum Yu ., Osnovn ekologii, per. s ang .
Moskva, 1975.
Ergashev A., Umumiy ekologiya,
Toshkent, 2003.
Toʻxtayev A., Ekologiya, Toshkent,
2000.
Ahmadqul Ergashev, Ochil Mavlonov.
Yana qarang
Adabiyotlar


Bu sahifa oxirgi marta 6-Sentyabr 2023, 23:45 da
tahrir qilingan.

Ushbu maqolada
Oʻzbekiston milliy
ensiklopediyasi
 (2000-
2005) maʼlumotlaridan
foydalanilgan.
"
https://uz.wikipedia.org/w/index
.php?
title=Ekologiya&oldid=3855607

dan olindi


Matndan 
CC BY-SA 4.0
litsenziyasi boʻyicha
foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan
boʻlsa).

Yüklə 95,59 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin