Aholi umumiy daromadlari
Mamlakat aholisining farovonlik darajasini ifodalovchi
muhim ko’rsatkichlaridan biri aholi daromadlari
hisoblanadi.
Aholining umumiy daromadlari - majburiy to'lovlar va
boshqa ajratmalarni amalga oshirgunga qadar bo'lgan
yalpi daromadni ifoda etadi.
Aholining umumiy daromadiga pul daromadlari va
natura shaklidagi daromadlar kiradi hamda doimiy
asosda, takrorlanuvchi xususiyatga ega bo'lgan, yillik
yoki undan kam vaqt oralig`idagi davrda uy xo'jaligi yoki
uning alohida a'zolariga tushadigan tushumlardan tarkib
topadi.
Dastlabki ma'lumotlar
2018 yil yanvar-dekabr holatiga
Aholining umumiy daromadlari -
286,3 trln.so’m
· Aholi umumiy daromadlarining real
o’sish sur’ati - 110,3 %
· Aholi jon boshiga umumiy
daromadlari - 8 686,6 ming so’m
· Aholi jon boshiga real umumiy
daromadlari - 7 391,0 ming so’m
Raqamlarga murojaat qiladigan bo’lsak, dastlabki
ma’lumotlarga ko’ra, 2018 yilning yanvar-dekabr
holatiga aholi umumiy daromadlari 286,3 trln. so’mni,
bir kishiga o’rtacha hisoblaganda 8,7 mln. so`mni
tashkil etdi.
Real daromadlar nominal daromadlarni chakana
narxlar va tariflar o’zgarishini hisobga olgan holda
nominal daromadlarning real xarid qilish
qobiliyatini ifodalaydi.
Iste`mol narxlarining o`zgarishi sababli o’tgan
yilning mos davriga nisbatan aholining umumiy
daromadlarining real o`sish sur`ati 110,3 % ni,
aholi jon boshiga umumiy daromadlarining real
o`sish sur`ati 108,4 % ni tashkil etdi.
1
2018 yilning yanvar-dekabr holatiga O’zbekiston Respublikasi hududlari
Dostları ilə paylaş: |