O’tkir Hoshimov "Uch XIL odam" (hikoya)



Yüklə 49,89 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix24.12.2023
ölçüsü49,89 Kb.
#191298
@Kutubxona Elektron-Uch xil odam



O’tkir Hoshimov "Uch xil odam" (hikoya)
Bayram hamma yerda bir xil tantana qilinadi. Ammo hammayam 
bayramni bir xil nishonlayvermaydi... Ismoil to’rtinchi qavat 
derazasidan tashqarini tomosha qilib turardi. Kasalxona hovlisi 
gavjum. Ikki chetiga xonaki archalar ekilgan yo’lkadan ola xalat 
kiygan bemorlar, bashang kiyingan kishilar tinmay o’tadi. 
Qaerdadir birinchi qavatda, televizor qo’yilgan vestibyulda bo’lsa 
kerak, tantanavor musiqasadolari yangraydi. Ikki bino oralig’idagi 
gulzor atrofiga qo’yilgan o’rindiqlar tirband. Hov, chekkada 
kasalxona atrofini o’ragan beton devor yonidagi bir tup yong’oq 
soyasida, shundoq maysalar ustiga gazeta yozib er-xotin 
o’tirishibdi. Erkakning egnida kasalxona xalati. Xotin atlas ko’ylak 
kiyib olgan. To’rt-besh yoshlardagi bolakay qip-qizil pufagini 
havoda silkigancha, ularning atrofida pildirab yuribdi. Er-xotin 
unga ko’pda e'tibor berishmaydi ham, o’zlaribilan ovora. 
"Sog’inishib qolganbo’lsa kerak, — deb o’yladi Ismoil xayolan 
jilmayib. — Bugun shunaqa kun. Xotinlar eridan, erlar xotinidan 
xabar oladi". Shu tobda u o’zining yolg’izligini bugun ham, ertaga 
ham hech kim uni yo’qlamasligini o’ylab ko’ngli cho’kdi. Holidan 
xabar oladigan xotini yo’q. Bola-chaqasi yo’q. Ota-onasiga esa 
kasalxonaga tushganini xabar qilgisi kelmadi. Nima keragi bor 
keksa odamlarni ovora qilib? Operatsiyaga yotishi kerakliginiaytsa
battar vahimaga tushishadi. Dashnoboddan Toshkentga kelib-
ketish osonmi? U noxush xayollarni quvish uchun ishxonadagi 
do’stlarini o’yladi. «To’lqin ham kelmadi, kim biladi, balki 
kechanavbatchilik qilgan bo’lsa, uyidauyquni urib yotgandir". 
Navbatchilik qanaqa bo’lishini gazetachilar yaxshi biladi. Bitta 
harf o’zgarishi bilan «shahar»«zahar"ga aylanib, baloga qolishing 
hech gap emas...
O’sha kecha Ismoil ham navbatchi edi. Alla-pallagacha sahifa 
o’qib qattiq toliqdi. Chanqab, muzdekkina sovuq choy ichganini 
biladi. Oshqozonida shu qadar qattiq og’riq turdiki, changak bo’lib
qoldi. Tong-otarga yaqin to’ppa-to’g’ri shu yerga olib kelishdi. 
Uning baxtiga professor Narimonov hali ketmagan ekan.Ismoil ikki
yilcha avval shifoxona haqida maqola yozgan, mana shu mashhur 
jarroh bilan ham suhbatlashgan edi... Tekshirib ko’rishsa, dard 


oshqozonda emas, o’t xaltasida ekan. Xaltachadagi tosh siljisa, 
tiqilib qolib, yomon oqibatga olib kelishi mumkin ekan."Parvo 
qilmang, — dedi professor , — bu murakkab operatsiya emas. 
Ko’richakni kesgandek gap. Sizni o’zim«kesaman". Avvaliga 
palatada muttasil anqib turadigan dori hidi, operatsiyadan yangi 
chiqqan bemorlarning oh-vohiga ko’nikolmay yurdi-yukeyin 
o’rganib qoldi. Endi o’zini ham «kesish"ga tayyorlab qo’yishdi.
Hozir bir ko’ngli pastga tushib, televizor ko’rgisi keldi-yu 
tag’in«aynidi". Shu yerdan tashqarini kuzatishning o’zi tomosha 
emasmi? Boyagi yong’oq ostida hamon er-xotin o’tirishar, xotin 
oldidagi sumkasidan tuxum olib, eriga archib berar, bolakay esa 
pufagini o’ynar edi. Yo’lakdan oq xalat kiygan uch hamshira o’tdi. 
Har qaysisining qo’lida shoda-shoda nastarin. Qizlar nima 
haqdadir qattiq-qattiq gaplashishar, xandon otib kulishardi. "Bu yil
nastarin ko’p bo’libdi, — deb o’yladi u qizlardan ko’z uzmay. — 
Tahririyat xonasida biqinib o’tirib gulniyam unutib yuboradi 
odam". Ismoil yana o’sha tomonga qaradi-yu yo’lakdan bir-biriga 
suyanib kelayotgan ikki yigitni ko’rdi. Ulardan biri mast bo’lsa 
kerak. Ko’ksiga lolaqizg’aldoq bosgancha gandiraklab qadam 
tashlar, sherigi uni qo’ltiqlab olgan edi. "Shunaqa joygayam mast 
bo’lib keladimi!» Ismoil ensasi qotib yuzini o’girdi. O’girdi-yu 
birdan o’sha tomonga qaragancha seskanib ketdi. Yigitning 
ko’ksidagi lolaqizg’aldoq emas, qon edi. Uning oppoq ko’ylagi 
qizarib, yoqavayron bo’lib ketgandi.«Birov pichoq uribdi", deb 
o’yladi, Ismoil vujudi muzlab. Yigitlar bir-birini suyagan ko’yi 
deraza tagidan o’tib, bino tomon burilib ketdi. Ismoil yo’lakka 
shoshildi. Sement zinalardan yugurgudek bo’lib, birinchi qavatga 
— jarrohlik bo’limining qabulxonasiga keldi. Ostonasiga ho’l latta 
tashlangan ochiq eshik oldida to’xtab ichkariga razm soldi. Boyagi
oq ko’ylakli yigitcha kushetkada ikki buklanib o’tirar, boshini 
changallab nuqulso’kinar edi. Bemorning boshidan oqqan qon 
ko’ylagini qizartirganini endi ko’rdi. Kalta yengli, katak ko’ylak 
kiygan og’aynisi esa nima qilarini bilmay serrayib turar, rangi 
o’chib ketgandi.
- Nega o’zidan o’zi senlarga butilka otadi?
Ismoil ichkariga mo’ralab, devor tagidagi stol qarshisida o’tirgan 
do’xtirni endi ko’rdi. Bu— ko’zoynak taqib yuradigan rangsiz 


jarrohning familiyasi Olimboev ekanini Ismoil bilib olgan, bemorlar
negadir undan cho’chishini ko’rib, hayron qolgan edi. O’zi yoshu 
hamma undan qo’rqadi. Ismoil yana bemorga o’girilib qaradi-da 
uning boshidan hamon qon oqayotganini payqadi.
- Bilmadim, — dedi katak ko’ylakli yigit kipriklarini gunohkorona 
pirpiratib. — Ko’chada ketayotgandik. Birov avtobus derazasidan 
shisha otdi. Shisha Anvarning boshiga tegdi. — U gapini 
tasdiqlamoqchi bo’lganday bemorni barmog’i bilan ko’rsatdi. 
Anvar ko’zlarini do’xtirga qadab, boshini changallagancha yana 
so’kindi.
- Shunday qilib, shisha otdi degin? — Jarroh xotirjam o’tirgancha 
ko’zoynagini yiltillatib bemorga qarab qo’ydi.
- Qiziq, — dedi ingichka barmoqlari bilan stolni chertib, — bitta 
shisha shuncha qiladimi, a! Avval boshingga tegsa, keyin 
yoqangni yirtsa, ko’ylagingni dabdala qilsa. Qo’lli-oyoqli butilka 
ekan-da! Anvar labini yana ham qattiqroqtishlab, yig’lab yubordi. 
U yelkalari silkinib baralla yig’lar, ovozi endi rasta bo’lgani 
uchunmi, xunuk eshitilar edi. Katak ko’ylakli yigitcha esa nima 
qilishini bilmay, bir unga bir do’xtirga qarab javdirardi.
- Xo’sh, sizga nima kerak? — dedi do’xtir birdan boshini burib. 
Ismoil beixtiyor ichkariga kirib qolganini, jarrohning ko’zoynak 
ortidagi tikandek o’tkir ko’zlari o’ziga tikilib turganini endi 
payqadi.
- Nima sizniyam butilka bilan urishdimi?
Ismoil uning ovozidagi zaharxandani sezib, achchig’i chiqdi.
— Nega kalaka qilasiz? Ahvolini ko’rib turibsiz-ku, — dedi bemorga
imo qilib. — Bir odam najot kutib tursa-yu siz tergov qilsangiz? 
Qanaqa do’xtirsiz o’zi?
— O’zingiz kimsiz? — Olimboevshoshilmay o’rnidan turdi. Ismoil 
uning rangsiz yuzi yanada oqarib qirra burni qisilibketganini ko’rdi.
Bu bola kimingiz bo’ladi? — dedi ko’zoynak ortidagi mitti ko’zlari 
chaqnab.
— Taniysizmi?


— Tanishim shartmi? — dedi Ismoil bo’g’ilib. — Kim bo’lsa ham 
odam-ku, axir! Bemor-ku!
— Marhamat qilib xonani bo’shatib qo’ying. — Ismoil daf'atan 
esankirab qoldi. Hech kim u bilan bunday qo’pol muomalada 
bo’lmagan edi.
— Menga qarang, — dedi ovozi titrab. — Bemorga hoziroq yordam
ko’rsatmas ekansiz...«Feleton yozaman!» demoqchi bo’ldi-yu tilini 
tiydi. U hech qachon feleton yozmagan, yozmoqchi ham emasdi. 
Ammo birovning dardiga tomoshabin bo’lib turishni ham 
xohlamasdi. — Ketmayman! — dedi bo’g’iq ovozda. — Najot kutib 
turgan odamni so’roq qilishga nima haqqingiz bor? Prokurormisiz?
— Birovning ishiga aralashishgasizning nima haqqingiz bor? — 
Olimboev shunday deb bemorgayuzlandi. — O’lmaydi. Jarohati 
o’ladigan darajada emas. Birpas azobini tortsa bezorilik 
qilmaydigan bo’ladi. Inqillamay o’tir, so’tak!
Ismoil qolishini ham, ketishini ham bilmay ikkilanib turib qoldi. 
Do’xtirining buyrug’i bilan xonaga hamshira kirdi. Bemorning 
boshini tekshira boshladilar.
— O’n sakkizinchi palatada bitta joy bo’sh, — dedi Ismoil. — 
Yonimdagi cholga bugun javob tekkan.
Olimboev ko’zoynak ortidan«Haliyam shu yerdamisan» degandek 
istehzoli qarab qo’ydi.
— Joyingizga boring!
* * *
Ismoil yig’i tovushidan uyg’onib ketdi. Boshini ko’tarib Anvarning 
karavotida, oyoq tomonida o’tirgan xotinni ko’rdi.
Kecha Anvarni shu palataga olishganida Ismoil «Gapim 
Olimboevga ta'sir qipti-da", debo’ylagan edi. Keyin bilsa, 
boshqajoy yo’qligi uchun yigitchani shu yerga kiritishgan, miyasi 
chayqalgan-chayqalmaganini aniqlash uchun ikki kunga olib 
qolishgan ekan. Kechqurun hammana shu chigirtkadek ozg’in, 
qop-qora xotin Anvarning oldiga kelib ketgan edi. U tomirlari 


bo’rtib ketgan ozg’in qo’llari bilan yuzini to’sgan ko’yi o’ksib-o’ksib
yig’lar, o’g’lini koyir edi.
— Otangning kuydirgani yetmasmidi, juvonmarg! Endi sen 
bormiding, yergina yutkur! Ishlamasang, o’qimasang. Ajalning tig’i
parroniga uchragur otang topganini ichsa!Hah, peshonaginam 
qursin-a...
Ismoil uning ozg’in yelkalariga ingichka qo’llariga qarab rahmi 
keldi. Balki yagona umidi shu o’g’lidandir. Anvar sallaga o’xshab 
bint bilan bog’lab tashlangan boshini devor tomonga o’girib yotar,
indamas edi.
— Hah, peshonaginam qursin! — dedi ayol yana iztirob bilan.
Anvar yotgan joyida jerkib berdi:
— Ko’p vaysayvermang!
Ismoil uh tortib o’rnidan turdi. Ayol kaftini tushirdi-yu yoshli 
ko’zlarini unga tikdi:
— Sizniyam uyg’otib yubordikmi?
— Ziyoni yo’q, — dedi Ismoil karavot tepasidagi sochiqni 
olibtashqariga chiqarkan.
Uning ketidan Anvarning onasi ham chiqdi. Uch-to’rt qadam 
yurmasdan yetib olib Ismoilning qo’lidan ushladi.
— Nasihat qiling, o’rgilay, — dedi muhim bir sirni aytayotganday 
pichirlab. — O’rtoqlari o’lgur yomon... Uchtasini yerga qo’yib, 
topgan bolam shu. Kechki maktabda binoyiday o’qib yuruvdi. 
Bozor-o’charimni birpasda qilib keladi.Oyog’idan o’t chaqnaydi. 
Otasining ichishini maktabdagi o’rtoqlari yuziga solgan ekan, 
o’qishni tashlab ketdi. .. Shu odam bo’lsin deb ko’cha supuraman. 
— Ayol yelkasiga tashlab olgan xalatining etagini qayirib, burnini 
artdi.
Ismoil birovning ko’z yoshiga toqat qilolmasdi. Hozir ham 
tomog’iga iliq bir narsa tiqilib, ko’ngli buzildi.
— Kuyunmang, xolajon, — dedi xo’rsinib. — Anvar hali yosh. Yo’lini
topib ketadi.


— Esli yigit ko’rinasiz., — ayol yana yig’lamsiradi. — Nasihat 
qiling, Xudoyo baraka toping.
— Xo’p, — dedi Ismoil yutinib, — albatta aytaman. O’zim ishga 
joylab qo’yaman.
Ismoil yuvinib kelganda, Anvar tumbochka ustida turgan 
stakandagi choyga qand solib, qoshiq bilan aylantirib o’tirardi.
— Choy iching, — dedi u do’rillab.
"Yosh bola, — deb o’yladi Ismoiluning yonib turgan ko’zlariga, hali 
ustara tegmagan mo’yloviga qarab. —Hali go’dak-ku, bu! Yo’lga 
solish kerak".
— Rahmat. — Bir zum o’ylanib turdi-da, so’radi: — Nega 
urishding?
— Qiz talashdik, — dedi Anvar hamon qoshiqni aylantirarkan, 
axmoqlarcha iljayib.
Ismoil bu yoshdagi bolalarga nasihat yoqmasligini bilar, shuning 
uchun kechadan beri nima voqea ro’y berganini surishtirmagan 
edi.
— Qiz seni yaxshi ko’rsa, talashishning nima keragi bor! — dedi u 
iloji boricha tabiiy gapirishga urinib.
Anvar yana boyagiday iljaydi:
— Tanimayman o’zini!
— Tanimasang nega talashasan?
— Ie, qiz bo’lgandan keyin talashadi-da.
— Endiyam talashsang kaltakning bundan kattasini yeysan!
Ismoil uning boshidagi qon dog’i qotib qolgan «salla"ga imo qildi. 
— Bu safar oson qutulibsan!
— Menmi?! — Anvar tumbochkani shu qadar zarb bilan 
mushtladiki, tagida ozginachoy qolgan stakan zirillab ketdi. — 
Endi kaltakni boshqasiyeydi. Qonini ichaman!


Ismoilni operatsiya stoliga yotqizishlari bilan tepasida Olimboev 
paydo bo’ldi. Uning og’zi-burni doka niqob bilan to’silgan, faqat 
yiltirab turgan ko’zoynagining o’zi qolgan edi. Ismoilning yuragida 
qo’rquv aralash shubha uyg’ondi. Uni prfessor Narimonov 
operatsiya qilishi kerak edi-ku!
Olimboev uning ko’nglidan o’tganini sezgandek boshiga egildi.
— Domla sanaviatsiyada Navoiyga uchib ketdilar. Og’ir kasal bor 
ekan. — So’ng mitti ko’zlari qisilib kulimsiradi. — Qo’rqmang, 
operatsiyangiz murakkab emas. Uzog’i bilan birhaftada oyoqqa 
turib ketasiz.
Ismoil taqdirga tan berishdan boshqa iloji qolmaganini bilib, 
ko’zini yumdi. Rostini aytganda,endi unga baribir edi.
— Bilasizmi, do’stim, — dedi Olimboev uning boshiga egilib. — 
Meditsinani eng insonparvar kasb deyishadi. Ammo jarrohlikda 
shafqatni yig’ishtirib qo’yish kerak. Bo’lmasa jarrohning qo’li 
qaltiraydigan bo’lib qoladi... Gumanizm — sizlarning soha.
Bir necha lahzadan keyin shunday jimlik cho’kdi-ki, Ismoil o’z 
yuragining urishini o’zi eshitayotgandek bo’ldi...
* * *
Insonning doimiy hamrohi xayol bo’lmaganida odam nihoyatda 
qashshoq bo’lib qolarmidi... Ismoil oppoq shiftga muttasil tikilib 
yotgan uch kun mobaynida o’sha beadad xayollar uni tark 
etmadi.Operatsiyadan keyin qornida paydo bo’lgan og’riq azob 
berganida ham, osma ukol tagida yotib, ikki kun tuz totmaganida 
ham o’sha xayollarbilan ovundi. O’zlarining qishloqdagi 
chorbog’da bo’lgan to’yni esladi. Har gal qishloqqa borsa, uning 
huzuriga iymanibgina chiqadigan, sog’inib ketganini qulog’iga 
shivirlab aytib, unsiz yig’laydigan xotini Shohidaningrangpar, 
ammo ko’rkam yuzi, quralay ko’zlari tasavvurida jonlandi.
Ismoil uchinchi bosqichni bitirgandan keyin ota-onasi ko’zimiz 
tirikligida ko’rib qolaylik, deb uning to’yini o’tkazishgan edi. U 
Toshkentda yurganida hech kimni chandon yaxshi ko’rmagani 
uchun, qo’shni qishloqning eng suluv qizini olib beramiz de-
yishganlarida ko’nib qo’ya qolgandi. Avvaliga Shohidani yaxshi 


ko’radimi-yo’qmi o’zi ham bilmay yurdi. Faqat xotini vafot 
etganidan keyin uni yaxshi ko’rishini, jonidan ortiq sevishini his 
qildi.
Shohidaning yuragi tug’ma«porok» ekan. Do’xtirlar unga tug’ishi 
mumkin emasligini aytishsa ham Ismoildan yashirib yuraveribdi. 
Ona bo’lishni xohlamaydigan ayol bormi? Ustiga ustak qishloq 
tug’ruqxonasi.
...Ismoil uning azasiga yetib bordi. Ham suygan ayoli, ham yulduz 
ko’rmay jon bergan begunoh chaqaloqdan judo bo’lish og’ir ekan. 
Shundan keyin, Ismoil qishlog’iga qaytib bormadi. Yuqori 
bosqichda o’qiyotganida amaliyotda qatnashgan gazeta 
tahririyatidaeng «kichik» lavozim — musahhih yordamchisi qilib 
ishga olinganiga rahmat dedi... Daraxt bir yerda ko’karishi rost 
ekan. Bora-bora gazetaning yetakchi xodimlaridan biriga aylandi. 
Jurnalistning qattiq noni, goho kecha-kunduz tinim bilmay ishlash 
unga yoqar, to’g’rirog’i, yarasining eskirishiga yordam 
berayotgandek edi...
Kecha hamkasblari ko’rgani kelishganida o’zining behalovat 
hunarini qattiq sog’inganini his etdi. Erta-indin o’ziga javob 
berishlarini, tag’in ishga sho’ng’ib ketishini o’ylab taskintopdi.
So’ng Anvarga ishga kiritib qo’yaman, degani esiga tushib, 
hamshiradan turar joyini yozib oldi. Bitta-bitta yurib hovliga 
chiqdi. Ikki chetiga archalar ekilgan yo’lkadan ohista yurib ketdi.
Quyosh hali botgan, ammo havotund, ko’ngilni g’ash qiladigan 
bulutli oqshom edi. Hovlida odam siyrak, aftidan yomg’ir yog’sa 
kerak, namxush shamol esib turardi. U yo’lkaning oxiriga borib, 
orqasiga burilgan edi, tanish ovozni eshitib to’xtab qoldi.
— Qo’y deyman, joyiga! — dedi o’sha ovoz. Keyin qo’pol qilib 
so’kindi. — Qo’y bo’lmasa, abjag’ingni chiqarib tashlayman, 
onangni...
Ismoil ovoz chiqqan tomonga — kasalxona devori yonidagi 
yong’oq tagiga qaradi-yu davra qurib o’tirgan bir to’da odamlarni 
ko’rdi. Yo’q, bular bemor emasdi. Ismoil sinchiklab qarab, 
maykachan bo’lib olgan Anvarni ko’rdi. U o’tirgan joyida yonidagi 


yigitning qizil ko’ylagiga yopishib olgan, yigit o’rnidan turmoqchi 
bo’lar, Anvar qo’yib yubormas edi.
"Qayoqdan kiribdi bular! — deb o’yladi Ismoil o’sha tomonga 
yurarkan, keyin tushundi. — Devor oshib tushgan".
U yetib borguncha qizil ko’ylakliyigit o’rnidan turdi. Anvar ham 
uning yoqasiga yopishgancha turib ketdi.
"Ahmoq — deb o’yladi Ismoil ichida Anvarni koyib, — yana janjal 
boshlayaptimi?»
U yaqin kelib, maysa ustidagi sochilib yotgan mayda-yirik aralash 
pullarni ko’rdi. Nariroqda ikkita araq shishasi dumalab yotar, 
davradagi to’rt erkak bamaylixotir sigaret tutatib, Anvar bilan qizil
ko’ylakli yigitning janjalini kuzatar, ammo ajratib qo’yay demasdi.
"Ablahlar! Kap-katta odamlar yosh bolalarni urishtirib tomosha 
qilib o’tirsa!". U qorni og’riy boshlaganiga qaramay qadamini 
tezlatib keldi-da, Anvarning bilagidan ushladi.
— Qo’yvor! — dedi sekin, ammo qat'iy qilib.
Anvar yarq etib qaradi. Uning rangi o’chib ketgan, harsillar, ammo
raqibini qo’yib yubormasedi. Qizil ko’ylakli novcha yigitning ham 
rangi gezarib ketgan, bir og’iz ham gapirmay yulqinar, Anvarning 
changalidanchiqmoqchi bo’lar edi.
— Pulni yutib olib, endi qochadimi? — qichqirdi Anvar tupuk 
sachratib.
— Qo’yib yubor! — dedi Ismoil qat'iy qilib. — Kim senga qimor 
o’ynasin dedi
Ismoil bir qarashdayoq Anvarning ko’zlarida sovuq o’t yonib 
ketganini sezdi. Lekin e'tibor bermadi. U hech qachon qimor 
o’ynamagan, poezddami, boshqa joydami, shunday davrani 
ko’rsa, chetlab o’tar, bu o’yinning qoidalarini ham, yovvoyi zavqini
ham bilmas, tanolishni xohlamas edi.
Yerda o’tirganlardan biri, mast bo’lsa kerak qiyqirib kuldi.
— O’qituvching zo’r-ku, Anvar!
Anvar shuni kutib turganday Ismoilga o’shqirdi.


— Xo’jayinmisan menga?!
Ismoilga uning sensirashi alam qildi. Chigirtkaday ozg’in, qon 
qaqshab yig’layotgan ayol ko’z oldiga keldi-yu yuragi ezilib ketdi.
— Kallang ishlaydimi, ahmoq! — dedi bo’g’ilib. — Nima deb 
kelishgandik sen bilan!
Anvar hamon raqibiga yopishgan ko’yi xirilladi:
— Bor-r-re, onangni!...
Ismoil o’zini tutolmay qoldi. Anvarning yuziga tarsaki tushirdi. 
Sekin, ayab...
Kutilmaganda Anvar uning qorniga shu qadar zarb bilan musht 
tushirdiki, Ismoilning ko’zidan o’t chaqnab ketgandekbo’ldi. 
Biqinida chidab bo’lmas og’riq uyg’onib, hamma yoqni zulmat 
qopladi-da, gursillab yerga yiqildi.
U ko’zini ochganida eng avval bir juft yaltiroq narsani ko’rdi. 
Sinchiklab qarab, bu ko’zoynak ekanini, boshida Olimboev 
engashib turganini angladi. So’ng tag’in o’sha tanish jarrohlik 
stolida yotganini, atrofini oq libosli odamlar o’rab olganini ko’rdi.
Olimboevning yupqa lablari qimirladi. Ismoilning hamon guvillab 
turgan qulog’iga uning ovozi uzoq-uzoqdan eshitilgandek bo’ldi.
— Xavf o’tdi!... Qo’rqmang, do’stim, tuzalib ketasiz. Faqat bu gal 
ko’proq yotasiz... — bir zum sukut saqlab, qo’shib qo’ydi. — 
Gumanizm yaxshi narsa... Faqat bilgan odamga...

Yüklə 49,89 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin